01.04.2021 yildagi O‘RQ-681-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi tomorqa xo‘jaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi belgilangan tartibda xususiylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari, shuningdek meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Tomorqa xo‘jaligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligi shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ham erkin savdo uchun, ham oila ehtiyojlari uchun yetishtirish (qayta ishlash) bilan bog‘liq mehnat faoliyatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va tomorqa xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi. Tomorqa xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (qayta ishlash) bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi shaxs aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida yetishtirilgan (qayta ishlangan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xususiy mulkdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Shaxsiy tomorqa yer uchastkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tomorqa yer uchastkasi tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yoxud yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish maqsadida ajratilgan yer uchastkasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin savdo va oila ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi yerlari hamda aholi punktlari yerlaridan berilgan yer uchastkalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalaridan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalari yoki ularning bir qismi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlab qolingan holda jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanish uchun topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa xo‘jaliklarini erkin va mustaqil ravishda boshqarish, shu jumladan yetishtirilgan hamda mustaqil tarzda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin realizatsiya qilish, mustaqil ravishda narx belgilash va olingan daromadlarni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi yetishtirgan yoki qayta ishlagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlarda, savdo shaxobchalarida mustaqil ravishda yoki o‘z vakillari orqali moneliksiz va erkin realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agroklasterlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxonalar tashkil etish, urug‘liklar, ko‘chatlar, chorva mollari hamda parrandalar, qishloq xo‘jaligi ashyo-anjomlari va uskunalari, sug‘orish qurilmalari (nasoslar, artezian quduqlar va boshqalarni) sotib olish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlardan, shu jumladan imtiyozli kreditlardan, subsidiyalardan va boshqa preferensiyalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerga oid tashkilotlarning hamda xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va realizatsiya qilishga doir xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida davlat organlarining, shu jumladan arxitektura-qurilish, ekologiya, sanitariya-gigiyena organlarining hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi organlarning ruxsatnomasini olish zaruratisiz yengil konstruksiyalardan issiqxonalar qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini ta’minlashi, shu jumladan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki obodonlashtirishni amalga oshirishi;
(6-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish choralarini ko‘rishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy qurish huquqisiz ajratilgan yer uchastkalarida binolar va inshootlar qurmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ekologiya hamda sanitariya talablari va normalariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tomorqa xo‘jaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun zarur bo‘lgan urug‘liklar, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash mexanizmini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida yuqori hosilli, eksport uchun mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishni tashkil etishga, moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishni tashkil etishga doir tadbirlar dasturlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda realizatsiya qilish sohasida imtiyozlar, subsidiyalar va boshqa preferensiyalar berilishiga doir takliflarni ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tomorqa xo‘jaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va amalga oshiradi;
(8-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa xo‘jaliklarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilashga, ularni suv resurslari, zarur urug‘liklar, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashga doir tegishli chora-tadbirlarni, shuningdek tomorqa xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tomorqa xo‘jaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va realizatsiya qilishda, shu jumladan agrotexnika tadbirlarini bajarishda hamda shartnomalar tuzishda, mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishda har tomonlama yordam ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarda himoya qiladi, shuningdek sudda ularning manfaatlarini ifoda etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslarni tejovchi agrotexnologiyalarni, muqobil energiya manbalarini joriy etishga ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida dehqonchilik madaniyatini oshirishga ko‘maklashadi, shuningdek ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq samarali foydalanilishini ta’minlashga doir tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.
(9-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi yer uchastkalaridan xususiy yer egalari tomonidan foydalanilishi masalasi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda ularni yetishtirish (qayta ishlash) masalalariga doir tavsiyalarni ishlab chiqadi hamda bepul va pulli asosda tomorqa xo‘jaliklariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish sohasida ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalarining faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa xo‘jaliklarini erkin va mustaqil ravishda boshqarishda, shu jumladan yetishtirilgan (qayta ishlangan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini mustaqil tarzda tasarruf etishda, mustaqil ravishda narx belgilashda va daromadlarni tasarruf etishda shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalariga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi aholi o‘rtasida shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish masalalariga doir tushuntirish ishlarini olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi.
(10-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi O‘RQ-1061-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Tomorqa xo‘jaligidagi mehnat faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligidagi faoliyat shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasining va oila a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xo‘jaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila a’zolari (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar) ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. Bunda shaxsiy tomorqa yer uchastkasining egasi yoki uning oila a’zolari ijtimoiy soliqni ixtiyoriy asosda to‘laydi. Ijtimoiy soliqning belgilangan miqdorini to‘lash mehnat stajini hisoblab chiqarish chog‘ida bir kalendar yil deb hisobga olinadi. Ijtimoiy soliqni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-847-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 03/23/847/0384-son — 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Tomorqa xo‘jaligini yuritishda foydalaniladigan mol-mulk
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligini yuritishda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida joylashgan turar joy, ishlab chiqarish binolaridan, maishiy va boshqa binolardan, shuningdek transport vositalari va qishloq xo‘jaligi texnikasidan, ashyolar, asbob-uskunalar, qishloq xo‘jaligi hayvonlari, asalarilar, parrandalar, ipak qurti (pilla) va boshqa mol-mulkdan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Tomorqa xo‘jaliklarining hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaliklarining hisobi shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan Tomorqa xo‘jaliklarini hisobga olish reyestrini shakllantirish orqali yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaliklarini hisobga olish reyestrida quyidagi axborot aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkasi egasining, shuningdek u bilan birga yashovchi yoki tomorqa xo‘jaligini yuritishni birgalikda amalga oshiruvchi boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa yer uchastkasining don ekinlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan (qayta ishlanadigan) maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi hayvonlarining, asalarilarning, parrandalarning va ipak qurti qutilarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi texnikasining, uskunalarining, transport vositalarining soni to‘g‘risidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaliklarini hisobga olish reyestrida aks ettirilgan ma’lumotlardan qonunchilikda belgilangan tartibda tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantirish va amalga oshirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida tomorqa xo‘jaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi 113-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan O‘RQ-484-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 429-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda) 11-modda birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa, fermer va dehqon xo‘jaliklariga” degan so‘zlar “tomorqa, fermer va dehqon xo‘jaliklariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-409-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda) 111-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa, dehqon va fermer xo‘jaliklariga” degan so‘zlar “tomorqa, fermer va dehqon xo‘jaliklariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda) o‘zgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 12-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa xo‘jaliklaridagi” degan so‘zlar “tomorqa xo‘jaliklaridagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 96-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida” degan so‘zlar “tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-681-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/681/0264-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 03/23/847/0384-son; 05.05.2025-y., 03/25/1061/0409-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)