Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.10.1995 yildagi 394-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHALLIY XOM AShYo RESURSLARIDAN SELLYULOZA IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq xoʻjaligining sellyulozaga boʻlgan ehtiyojini qondirish, uning importini kamaytirish va mahalliy xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil oxirigacha sholi poxoli va bugʻdoy somonidan bir yilda 10 ming tonna sellyuloza ishlab chiqaruvchi quvvatlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasining bir qancha sexlarini koʻp rangli serjilo karton qutilar ishlab chiqarishga moslashtirib qayta jihozlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi, “Oʻzogʻirmashsanoat” instituti ikki oy muddatda Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasini uning quvvatlaridan sellyulozani qayta ishlashda foydalanish maqsadida rekonstruksiya qilishning texnik-iqtisodiy asoslashlarini, 1996-yil 1-yanvargacha esa loyiha-smeta hujjatlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasini loyihalashtirish va rekonstruksiya qilish ishlarini, amalda bajarilgan ish hajmlari boʻyicha haq toʻlagan holda (loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar), bir yoʻla amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pul-kredit siyosati boʻyicha komissiya (Hamidov) joriy yil oxirigacha “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasida sellyuloza va undan mahsulot ishlab chiqarishga oid xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga 210 mln soʻm miqdorida kredit ajratish masalasini koʻrib chiqsin. Kredit obyekt foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab 5 yil mobaynida ilovaga* muvofiq toʻlanadi. Komissiya zarur materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalarni import boʻyicha xarid qilish uchun respublika valyuta birjasida 130 mln soʻmni “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasiga koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar hisobidan erkin muomaladagi valyutaga almashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Amalga oshirilayotgan loyihaning davlat ahamiyatiga ega ekanligini hisobga olib Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasi tomonidan ajratilgan kreditni toʻlashga yoʻnaltiradigan foyda, shuningdek “Tarx” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining mazkur loyihada nazarda tutilgan asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga investitsiya qilinadigan foydasi istisno tariqasida 5 yil muddatga (1996 — 2000-yillar) soliqdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekmebel” birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, sholi ekuvchi viloyatlar hokimliklari va “Oʻzogʻirmashsanoat” instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda sholi poxolidan bir yilda 20 — 25 ming tonna sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan zavodni joylashtirish masalasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 1996-yildan boshlab balansda Angren “Sanoatkartonsavdo” ishlab chiqarish-savdo birlashmasida sellyuloza ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan miqdorda sholi poxoli va bugʻdoy somonidan foydalanilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi sholi poxoli va bugʻdoy somonidan sellyuloza olishning yangi texnologiyasini belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari M.3. Usmonov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394-son