1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish | ||||
|
1. |
“Fuqarolik jamiyati” va “fuqarolik jamiyati institutlari” tushunchalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Aprel |
Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish hamda jamiyat rivojlanishiga qoʻshgan hissasini inobatga olgan holda ularning faoliyatini baholash mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Aprel |
Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, AOKA, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlar faoliyatiga oid qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, ularni toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonun hujjatiga unifikatsiya qilish. |
Qonun loyihasi |
Dekabr |
AOKA, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonunlar normalarini oʻzaro birlashtirgan holda sohadagi boʻshliqlarni bartaraf qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonun hujjatiga unifikatsiya qilish. |
Qonu� loyihasi |
Dekabr |
AOKA, OʻzA, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor tashkilotlar va idoralar |
|
5. |
Ommaviy axborot vositalarining faoliyati yoʻnalishlari bilan bogʻliq barcha davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish. |
Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar |
Dekabr |
AOKA, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
Nodavlat notijorat tashkilotlarining roʻyxatga oluvchi organ bilan bogʻliq barcha davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish. |
Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar |
Dekabr |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
Fuqarolik jamiyatini ilmiy-nazariy oʻrganuvchi, uning rivojlanishini doimiy tahlil qilib boruvchi tahliliy, ilmiy-oʻquv laboratoriyalarni (aql markazlarini) tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Iyun |
Jamoatchilik palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
8. |
Fuqarolik jamiyati rivojlanishi masalalari boʻyicha amaliy va fundamental tadqiqotlar oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Yil davomida |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jamoatchilik palatasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
9. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. |
Rejaga asosan |
Yil davomida |
Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Kasaba uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularning aʼzolari soniga qoʻyilgan talabni qayta koʻrib chiqish, kasaba uyushmalari tomonidan kasbiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish boʻyicha huquqlarini yanada kengaytirish. |
Qonun loyihasi |
Dekabr |
Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmak koʻrsatish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish | ||||
|
11. |
Fuqarolik jamiyati institutlariga budjet mablagʻlarini aniq ijtimoiy maqsadlarni koʻzlagan holda ajratish mexanizmini hamda ulardan foydalanishning samaradorligini aniqlash boʻyicha indikatorlar ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
Sentyabr |
Adliya vazirligi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Ijtimoiy yoʻnaltirilgan loyihalarni fuqarolik jamiyati institutlariga davlat granti shaklidan aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy buyurtma berish orqali moliyalashtirish amaliyotini kengaytirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
1-sentabrdan boshlab |
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi,Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan bajarilayotgan vazifa va funksiyalarni fuqarolik jamiyati institutlari orqali amalga oshirish miqdorini koʻpaytirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
Yil davomida |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
14. |
Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan mablagʻlar ajratilishini tartibga soluvchi hujja�larni normativ-huquqiy hujjat sifatida qabul qilish va takomillashtirish. |
Qonun hujjatlari |
Avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
15. |
Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, ular tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga mablagʻlar ajratish boʻyicha loyihalarni tanlash hamda ulardan foydalanishning samaradorligini monitoring qilishda jamoat fondining ijrochi rahbar organi masʼuliyatini oshirish. |
Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarorlari loyihalari |
Aprel |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining rolini sohaviy va hududiy moliyalashtirishda kengaytirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
1-sentabrdan boshlab |
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
17. |
“Fuqarolik jamiyati asoslari” fani boʻyicha oʻquv dasturlari va qoʻllanmalarini tayyorlash, uning asosida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun doimiy ravishda maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jamoatchilik palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
18. |
Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlari rahbarlarining jamoatchilik eshituvini Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari tomonidan har yili tashkil etish amaliyotini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
1-avgustdan boshlab |
Jamoatchilik palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
III. Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish | ||||
|
19. |
Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida, shu jumladan Vazirlar Mahkamasiga kiritish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Dekabr |
Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
20. |
Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tomonidan monitoringni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini joriy qilish hamda jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash bilan bogʻliq huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish. |
Qonun loyihasi |
May |
Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, AOKA, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
21. |
Fuqarolik jamiyati institutlarining muhim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar ishlab chiqilishida ishtirok etishi va ularning ijrosi ustidan monitoring olib borishning huquqiy mexanizmlarini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Dekabr |
Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, AOKA, OʻzNNTMA, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, vazirlik va idoralar |
|
22. |
Yoshlar, bolalar, bandlik, xotin-qizlar, nuroniylar, atrof-muhit muammolari bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Yil davomida |
Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
IV. Davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish | ||||
|
23. |
Mahalliy budjetlar xarajatlarining yoʻnalishlarini belgilash va ularning ijrosini nazorat qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etish mexanizmlarini joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
1-apreldan boshlab |
Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
25. |
Davlat organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish miqdori va hajmini oshirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
1-apreldan boshlab |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
26. |
Volontyorlik faoliyatini yoʻnaltirish, muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, hisobga olish mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat organlarining vazifa va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamkor shaklda bajarish amaliyotini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Oktyabr |
Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA, Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
27. |
Yirik korxonalarning korporativ volontyorlik faoliyatini tashkil etishda uslubiy, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan koʻmaklashish hamda qoʻllab-quvvatlashning tashkiliy va huquqiy asoslarini mustahkamlash. |
Qonun loyihasi |
Oktyabr |
Yoshlar ishlari agentligi, Jamoatchilik palatasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
28. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining volontyorlik dasturida Oʻzbekiston fuqarolarining ishtirokini kengaytirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
1-apreldan boshlab |
Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, OʻzNNTMA |
|
29. |
BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
1-apreldan boshlab |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA |
|
V. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash | ||||
|
30. |
Nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar mablagʻlari ishlatilishi hamda oʻz ularning mol-mulki va pul mablagʻlaridan foydalanishi jarayonining oshkoraligini taʼminlash boʻyicha “Openness of non-governmental non-profit organizations” — “Ochiqlik standarti”ni joriy etish. “Ochiqlik standarti”ni hamda ushbu tashkilotlarda ochiqlik boʻyicha monitoring oʻtkazish va ochiqlik indeksini hisoblashga qaratilgan tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Dekabr |
Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
31. |
Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish jarayonida “kraudfanding instituti” imkoniyatidan foydalanish mexanizmini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Iyul |
Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
32. |
Volontyorlik faoliyati hisobini olib borish va yoʻnaltirish imkonini taʼminlo�chi yagona interaktiv portal yaratish. |
Tashkiliy-texnik tadbirlar |
May |
Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3-ILOVA
| T/r | Koʻrsatkich | Oʻlchov birligi | 2021 | 2022 | 2023 | 2024 | 2025 | Ijro uchun masʼullar |
| 1. | Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hajmi. Shundan: | mlrd soʻm/ta | 45,8/310 | 50/364 | 56/428 | 63/462 | 68/498 | Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Moliya vazirligi |
| davlat subsidiyalari | mlrd soʻm/ta | 25/11 | 27/11 | 30/12 | 32/12 | 33/13 | ||
| davlat grantlari | 13/281 | 15/330 | 17/390 | 20/420 | 22/450 | |||
| davlat ijtimoiy buyurtmalari | 7,8/21 | 8/23 | 9/26 | 11/30 | 13/35 | |||
| 2. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga ajratilgan mablagʻlar hajmi | mlrd soʻm | 16 | 28 | 42 | 56 | 70 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 3. | Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish, aholining siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini taqdirlash, shu jumladan: | |||||||
| “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan | ta | 60 | 75 | 90 | 105 | 120 | Jamoatchilik palatasi | |
| boshqa davlat mukofotlari bilan | ta | 55 | 60 | 65 | 70 | 75 | Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya, Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, OʻzNNTMA | |
| 4. | Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi aʼzolari soni (jami faoliyat koʻrsatayotgan | foiz | 10 | 15 | 20 | 25 | 30 | OʻzNNTMA |
| 5. | Nodavlat notijorat tashkilotlariga aʼzo boʻlgan fuqarolar soni | mln nafar | 20,8 | 20,85 | 20,9 | 20,95 | 21 | OʻzNNTMA, siyosiy partiyalar, Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar |
| 6. | Nodavlat notijorat tashkilotlar sektorida ishlaydigan fuqarolar soni | ming nafar | 40 | 40,5 | 41 | 41,5 | 42 | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, OʻzNNTMA |
| 7. | Faol va moliyaviy barqaror nodavlat notijorat tashkilotlari soni | ta | 2 800 | 2 900 | 3 000 | 3 100 | 3 200 | OʻzNNTMA, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi |
| 8. | Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatida fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining ishtirokini kengaytirish (jami jamoatchilik kengashlari tarkiblariga kiritilgan | foiz | 5 | 10 | 15 | 20 | 25 | Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, OʻzNNTMA, vazirlik va idoralar |
| 9. | Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kiritilgan takliflar soni | ta | 1 000 | 2 000 | 3 000 | 4 000 | 5 000 | Adliya vazirligi, OʻzNNTMA |
| 10. | Mamlakatimizda eʼlon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar soni | ta | 30 | 35 | 40 | 45 | 50 | Jamoatchilik palatasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, OʻzNNTMA, Adliya vazirligi |
| 11. | Amaldagi jarayonlarni soddalashtirish va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish orqali nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan sodir qilinayotgan huquqbuzarliklarni kamaytirish (jami 2020-yilda sodir qilingan huquqbuzarliklar soniga nisbatan) | foiz | 3,8 | 7,7 | 11,5 | 15,3 | 19,2 | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 12. | Davlat xaridlari, soliq, bandlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatayotgan kengashlar, komissiyalar va boshqa idoralararo tuzilmalarda nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari soni (kengashlar, komissiyalar va boshqa | foiz | 10 | 15 | 20 | 25 | 30 | Vazirlar Mahkamasi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA |
| 13. | Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ijtimoiy foydali tadbirlar soni | son | 200 | 250 | 300 | 350 | 400 | Vazirlik va idoralar, OʻzNNTMA |
| 14. | Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida doimiy asosida efirga uzatilayotgan maxsus telekoʻrsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) soni | son | 400 | 450 | 500 | 550 | 600 | MTRK, OʻzNNTMA |
| 15. | Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari | son | 50 | 100 | 150 | 200 | 250 | Davlat boshqaruvi akademiyasi, OʻzNNTMA |
| 16. | BMT volontyorlik dasturida Oʻzbekiston fuqarolarining ishtiroki | foiz | 0,1 | 0,2 | 0,3 | 0,4 | 0,5 | Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, OʻzNNTMA |
| 17. | Tijorat tashkilotlari tomonidan “ijtimoiy shartnoma” asosida moliyalashtiriladigan (grant ajratiladigan) nodavlat notijorat tashkilotlari soni (jami faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari soniga nisbatan) | foiz | 2 | 5 | 10 | 15 | 20 | Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 18. | Davlat organlarining ayrim vazifa va funksiyalarini nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻtkazish (jami davlat | foiz | 0,1 | 0,3 | 0,5 | 1 | 1,2 | Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA, vazirlik va idoralar |