O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY SARMOYaLAR BO‘YIChA AGENTLIK FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-martdagi 148-sonli “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikning tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikka bir oy muddatda Agentlik Ustavini ishlab chiqish va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tish tavsiya etilsin.
4. Davlat mulki qo‘mitasi xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlash uchun 1,0 mln so‘m ajratsin.
Moliya vazirligi xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikka uch yil davomida uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek telefon so‘zlashuvlari haqini to‘lash va ikkita xizmat avtomobili xarajatlari uchun har yili milliy valyutada 30 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan summa ajratishni nazarda tutsin.
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikning dastlabki uch yil davomida faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga hamda investitsiyalarga ko‘maklashish Xizmatini tashkil etish bo‘yicha texnikaviy ko‘maklashish loyihasi bilan belgilangan BMT rivojlanish Dasturi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
uch yil o‘tgandan keyin xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash Agentlik Ustavida belgilangan doirada uning o‘z faoliyati mablag‘lari hisobidan, shuningdek chet mamlakatlar bilan investitsiya hamkorligini kengaytirishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar va firmalarning, banklar va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan xorijiy korxonalar va firmalar, banklar va boshqa tashkilotlarning badallari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Aloqa vazirligi xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik buyurtmanomalari bo‘yicha uning ofisi uchun zarur bo‘lgan miqdorda telefon liniyalari, shu jumladan xalqaro va hukumat ATSi telefoni liniyalari ajratishni nazarda tutsin.
7. Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlik ijara to‘lovi undirilmasdan “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining Toshkent shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 45a-uydagi binosiga vaqtincha joylashtirilsin.
8. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikni joylashtirish uchun shaharning markaziy qismidan tegishli bino ajratsin va uni tekinga bersin.
9. Agentlik Hukumat qarorlari yuborilishi shart bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-iyuldagi 345-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-avgust,
340-son
Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha Agentlikning tashkiliy tuzilmasi
Bosh direktor
Bosh direktor o‘rinbosari
Investitsiya muhitini tahlil qilish sektori (5 kishi)
Investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash sektori (5 kishi)
Axborot va o‘qitish sektori (5 kishi)
Buxgalteriya (2 kishi)
Texnik xodimlar [4 kishi)
Qisqa muddatli va uzoq muddatli kontraktlar bo‘yicha jalb qilinadigan xalqaro ekspertlar