1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish tartib-taomillarini takomillashtirish, bojxona jarayonlarini soddalashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, bojxona chegarasidan oʻtayotgan jismoniy shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur sohada samarali huquqiy tartibga solishni talab qiladigan bir qator masalalar saqlanib qolmoqda. Xususan, jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda tovarlar olib kirishda ularning belgilangan meʼyorlardan ortiqcha qismiga bojxona toʻlovlarini toʻlash imkoniyati boʻlmagan holatlarda amalga oshiriladigan bojxona tartibotlari belgilab berilmaganligi fuqarolar uchun noqulayliklarga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchilar va sayyohlarga yanada qulayliklar yaratish, chegara oʻtkazish punktlarida tirbandlikning oldini olish, jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali olib oʻtilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiqcha yoki tegishli ruxsatnomalar talab etiladigan tovarlarni vaqtincha saqlash va qaytarib yuborishning huquqiy mexanizmlarini belgilash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020-yil 31-yanvardagi farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020-yilga moʻljallangan faoliyat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori bilan bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan tovarlarni ayrim turlari normalari tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar roʻyxati tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib oʻtish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdor meʼyorlari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlari (keyingi oʻrinlarda — tovarlar) hisobini elektron yuritishga moʻljallangan axborot tizimi faoliyat yuritishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va qaytarish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlash va qaytarish uchun qabul qilingan tovarlar hamda ularga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yigʻimini undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni vaqtincha saqlash joyiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan hamda belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olinmagan tovarlar bilan ish yuritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tovarlar hisobini mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron yuritishni joriy etish va ishga tushirish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish Davlat bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar hisobini elektron yuritishni joriy etish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqsin, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin hamda axborot tizimini ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan jihozlanadigan jismoniy shaxslarning vaqtincha saqlashga qabul qilingan tovarlarini saqlashga moʻljallangan joylar tashkil etiladigan chegara bojxona postlari roʻyxatini tasdiqlasin va belgilangan tartibda tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi xalqaro temir yoʻl oʻtkazish punktlari va aeroportlarda tovarlarni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etishda Davlat bojxona qoʻmitasiga yaqindan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-fevraldagi 102-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan axborot tizimi — jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiqcha boʻlgan vaqtincha saqlanadigan tovarlar hisobini yuritishga moʻljallangan davlat bojxona xizmati organlarining axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan meʼyor — jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda qiymati va (yoki) miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona toʻlovlarisiz olib kirish normasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs — tovarlarning egasi yoki tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib kirayotgan yoxud shunday shaxslar tomonidan tovarlarni olib ketish uchun davlat bojxona xizmati organlariga maʼlum qilingan, shuningdek, tovarning egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlash joyi — jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiqcha boʻlgan vaqtincha saqlanadigan tovarlarni saqlashga moʻljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan, himoya va videokuzatuv tizimlari oʻrnatilgan alohida talablarga ega xona(lar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar — jismoniy shaxslarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlardan ortiqcha boʻlgan qismi uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmagan, ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlarda oʻz xohishi bilan qaytarib olib chiqib ketish yoki bojxona toʻlovlarini toʻlab rasmiylashtiruvni amalga oshirgan holda olib ketish istagi bildirilgan tovarlar;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar hujjatlari — vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar nomi, qiymati, miqdori, vazni, hajmi va boshqa xususiyatlarini tavsiflovchi (chek, yuk xati, tovarning tafsilotli roʻyxati (spetsifikatsiya), hisob-faktura, invoys, tovar ishlab chiqaruvchi yorliqlari va boshqalar) qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi — jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan va belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlarini vaqtincha saqlash joyida saqlaganlik uchun davlat bojxona xizmati organlari tomonidan undiriladigan yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara bojxona postlarida tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish dalolatnomasi — davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tovarlarni qabul qilib olish va chegara bojxona postlarida mavjud vaqtincha saqlash joyiga joylashtirish jarayonida tuziladigan, ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron shakldagi dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik ashyolariga, jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni tekshirish hamda maʼmuriy ishlarni yuritish jarayonida vakolatli organlarning tegishli qarorlariga asosan olib qoʻyilgan yoki xatlangan tovarlar va ularga tegishli hujjatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan tovar hujjatlarida va (yoki) tovar yorliqlarida yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati tegishliligiga koʻra ushbu Nizomda belgilangan vaqtincha saqlash muddatlarini inobatga olganda oʻn kalendar kunidan kam muddat qolgan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirik hayvonlar, biologik chiqindilar, karantin ostida deb eʼtirof etilgan mahsulotlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlarga, uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari bundan mustasno;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi orqali tranzit tarzda harakatlanayotgan shaxslarning tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy shaxslarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlardan ortiqcha boʻlgan qismi uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmagan, mazkur Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlar ichida qaytarib olib chiqib ketish yoki bojxona toʻlovlarini toʻlab bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketish istagi bildirilgan notijorat maqsadlardagi tovarlari ularning tanloviga koʻra davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtincha saqlashga qoʻyilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy shaxslar tomonidan bayon qilingan (deklaratsiyalangan) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tartib-taomillar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona deklaratsiyasida bayon etilgan tovarlarning miqdori yoki qiymati bojxona toʻlovlari toʻlamasdan olib kirish meʼyorlaridan ortadigan hollarda bayon qilingan tovarlarning belgilangan meʼyor doirasida qaysi qismini oʻzi bilan olib ketish va belgilangan meʼyordan ortiq qaysi qismini mazkur Nizom talablari asosida vaqtincha saqlash uchun qoldirish vakolatli shaxs tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan barcha tovarlarning vazni va miqdori oʻlchovdan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxs tomonidan maʼlum qilingan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi tovar hujjatlari taqdim etilmagan taqdirda, davlat bojxona xizmati organi tovarlarning bojxona qiymatini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlarning shaxsiy ehtiyojlar uchun moʻljallanganligi ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan sertifikat va (yoki) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishini istisno etmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat va (yoki) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishi lozim boʻlganda, bojxona toʻlovlarini toʻlab bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketiladigan tovarning vaqtincha saqlash muddati ularni vaqtincha saqlashga olingan kunning ertasidan boshlab bunday hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan rasmiylashtirish muddatigacha toʻxtatib turiladi va ushbu muddat tugagan kunning ertasidan uch ish kuni oʻtgandan keyin qayta tiklanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 85-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlash, hisobini yuritish, berish, belgilangan muddatlarda talab qilib olinmagan tovarlar bilan amalga oshiriladigan tartib-taomillar chegara bojxona posti boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan tayinlanadigan xodimlar tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chegara bojxona postlarida tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga olib kelinayotganda mazkur Nizom qoidalari tovarlarni olib kelgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tovarlarni va ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish avtomatlashtirilgan axborot tizimida elektron shakllantirilgan dalolatnomani rasmiylashtirish, shuningdek, mazkur dalolatnoma va tovarlarni bunday tovarlarning hisobini yuritish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha elektron kitobga dalolatnoma maʼlumotlari asosida avtomatik qayd etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dalolatnoma qogʻoz shaklida ikki nusxada chop etiladi hamda birinchi nusxasiga qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirilganligi va dalolatnoma nusxasini olganligi toʻgʻrisida yozuv yozilib imzo qoʻyilgandan soʻng uning ikkinchi nusxasi davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxsining shaxsiy muhri va imzosi bilan tasdiqlangan holda vakolatli shaxsga taqdim etiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaga vakolatli shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi nusxalari, mavjud boʻlgan hollarda tovar hujjatlari, shuningdek, tovarlarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi turli koʻrinishdagi sifatli fotosuratlar (kamida ikkita) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada tovarlarni vaqtincha saqlashning yakuniy muddati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli shaxs vaqtincha saqlash uchun topshirilgan tovarlarni ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olmagan taqdirda, tovarlar mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan deb hisoblanadi. Bunda vakolatli shaxs davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tovarlarni (mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha sudga alohida tartibda ish yuritish boʻyicha daʼvo arizasi kiritilishi haqida dalolatnoma orqali ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vaqtincha saqlash joyiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar chegara bojxona postlarida hamda xalqaro temir yoʻl oʻtkazish punktlarida va aeroportda mavjud boʻlgan obyekt(lar)dan ajratilgan, ushbu Nizomda koʻrsatilgan shunday tovarlarni saqlash uchun jihozlangan vaqtincha saqlash joyiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vaqtincha saqlash joyi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videokuzatuv tizimiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qulflash tizimiga ega boʻlishi, temir eshikli, derazalari (mavjud boʻlsa) temir panjarali boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi foydalaniladigan maxsus jihozlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unda maxsus javonlar (tokcha) oʻrnatilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitish-isitish tizimi va muzlatkichli shkaf bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar hamda ularga tegishli hujjatlarni saqlash va qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularga tegishli hujjatlar vaqtincha saqlash joylarida ushbu Nizomda belgilangan muddat davomida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtincha saqlab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularning hujjatlari davlat bojxona xizmati organlari tomonidan koʻpi bilan oʻttiz kalendar kun mobaynida, tez buziladigan tovarlar esa koʻpi bilan ikki kalendar kun mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ular boʻyicha hujjatlarni saqlash muddati ular vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan kunning keyingi kunidan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarning toʻliq saqlanishi va ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda vakolatli shaxsga topshirilishiga tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan davlat bojxona xizmati organi javobgar hisoblanadi. Bundan jismoniy shaxslarning vaqtincha saqlashga qabul qilingan tovarlarining tabiiy eskirishi yoki ularni tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlar (shuningdek, yaroqlilik muddati jihatidan) hamda yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida saqlash majburiyatlarini bajara olmaslik holatlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni qaytarish, vakolatli shaxs tomonidan dalolatnomaning bojxona organi tomonidan tasdiqlangan nusxasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etilishi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar hisoblangan bojxona toʻlovlari va (yoki) tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi toʻlangandan hamda hujjatlar rasmiylashtiruvi tugagandan keyin darhol qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilgan chegara bojxona posti boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi nomiga tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtgan shaxsning yozgan arizasiga asosan tovarlar va ular boʻyicha hujjatlar boshqa jismoniy shaxs tomonidan qaytarib olib chiqib ketilishi yoki bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada tovarlarni olib ketishi maʼlum qilingan jismoniy shaxs toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan kun, oy, yili, aniq yashash manzili (viloyat, shahar, tuman, qishloq, mahalla, koʻcha va boshqalar), telefon raqami, mavjud boʻlganda shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) koʻrsatilishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tovarlarni vaqtincha saqlagan davlat bojxona xizmati organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari (keyingi oʻrinlarda — Chegara qoʻshinlari) bilan hamkorlikda belgilangan tartibda tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish boʻyicha murojaat asosida tovarlar vakolatli shaxs bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan qaytarib chiqarib yuborilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish va boshqa shu kabi yuk operatsiyalari bilan bogʻliq barcha xarajatlar vakolatli shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil yoʻllarida joylashgan chegara bojxona postlari orqali olib kelingan, mazkur Nizom taʼsiri doirasiga tushadigan tovarlar shu vaqtning oʻzida vakolatli shaxs tomonidan qaytarib olib chiqib ketilishi bayon qilingan taqdirda, bunday tovarlar ularni olib kelgan shaxslar yoki ularning oʻz xohishiga koʻra boshqa shaxs bilan birgalikda Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan qaytarib chiqarib yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 38-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar boshqa shaxs tomonidan olib chiqiladigan hollarda tovarlarni topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxslar oʻz roziliklarini shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda yozma bayon qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizomda belgilangan muddat va tartibda tegishli tartib-taomillarni amalga oshirmagan holda tovarlarni olib ketish uchun vakolatli shaxsning hozir boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs hozir boʻlgan kun dalolatnomaning birinchi nusxasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan saqlash muddatlari oʻtganidan keyin tovarlarni olib ketish boʻyicha murojaatlar koʻrib chiqilmaydi va rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat bojxona xizmati organlari vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa asoslar bilan qaytarilishini rad etish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Chegara bojxona postlari tomonidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni saqlaganlik uchun tovarlar vaqtincha saqlovga olingan kundan eʼtiboran har 100 kg.gacha ogʻirlikka (brutto) toʻliq va toʻliq boʻlmagan har bir kalendar kun uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki besh kunda bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida, keyingi oʻn kunda bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi miqdorida, qolgan kunlarda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez buziladigan tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida milliy valyuta — soʻmda bojxona yigʻimi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan va belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan shaxsiy ehtiyojlar uchun moʻljallangan tovarlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan sertifikat va (yoki) ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar olinishi bunday hujjatlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan rasmiylashtirish muddati davomida tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi undirilishi istisno etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga bojxona toʻlovlarini toʻlash bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish boʻyicha murojaat boʻlganda — ushbu tovarlarga nisbatan rasmiylashtiriladigan bojxona kirim orderi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish boʻyicha murojaat boʻlganda — alohida bojxona kirim orderi rasmiylashtirilgan holda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Vakolatli shaxsning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Vakolatli shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona postida vaqtincha saqlovga topshirish, bunda tovarlarning belgilangan meʼyor doirasida qaysi qismini olib ketish va belgilangan meʼyordan ortiq qaysi qismini vaqtincha saqlash uchun qoldirishni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddat ichida oʻz xohishlari bilan tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda tovarlarni olib ketish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning vazni va miqdorini oʻlchovdan oʻtkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan tartibda tovarlar boshqa jismoniy shaxs tomonidan olib ketilishi yoki qaytarib olib chiqib ketilishini maʼlum qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Vakolatli shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi tovar hujjatlarini taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish va boshqa shu kabi yuk operatsiyalarini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni qaytarib olish uchun dalolatnomaning davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan nusxasini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddat va tartibda tegishli amallarni bajargan holda tovarlarni olib ketish uchun hozir boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlanadigan, olib ketish istagi bildirilgan tovarlarga hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida bergan koʻrsatmalarini bajarishi;
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona va chegara nazorati zonasi rejimi qoidalariga amal qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Davlat bojxona xizmati organlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat bojxona xizmati organlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlash uchun topshirgan tovarlarni ushlab turish, qaytarib yuborish hamda vaqtincha saqlash davrida talab qilib olinmagan tovarlar taqdirini hal etish uchun tegishli tartibda sudga ariza bilan murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxsdan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ularning hujjatlarini soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa jismoniy shaxs tomonidan olib ketilishi yoki qaytarib chiqarib yuborilishi boʻyicha arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligini talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymatini tasdiqlovchi tovar hujjatlari taqdim etilmaganda tovarlarning bojxona qiymatini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq mustaqil ravishda belgilash.
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat bojxona xizmati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning maqsadini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar boʻyicha elektron dalolatnomani rasmiylashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning vazni va miqdorini oʻlchovdan oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va ularning hujjatlari belgilangan talablar asosida saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan amallar bajarilgandan soʻng tovarlarni vakolatli shaxsga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vakolatli shaxs tomonidan ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olinmagan, mulk huquqini saqlab qolish niyatisiz qoldirilgan tovarlar yuzasidan davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha sudga alohida tartibda ish yuritish boʻyicha ariza bilan murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilingan va vaqtincha saqlovga olingan tovarlarga nisbatan bojxona yigʻimini undirish yoki undirmaslik masalasi sud qarori asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizomni qoʻllash natijasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar va ularga rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni roʻyxatga olish boʻyicha elektron kitob shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tomonidan tovar qaytarib olinganligi toʻgʻrisida belgi
F.I.O
sana
F.I.O
sana
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1.
2.
3.
.
.
.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Jismoniy shaxs — davlat bojxona xizmati organlari
Belgilangan meʼyorlardan ortiqcha boʻlgan tovarlar quyidagi holatlarda vaqtincha saqlash uchun qabul qilinadi:
bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmagan;
koʻrsatilgan muddat ichida qaytarib olib chiqib ketish istagi bildirilgan;
koʻrsatilgan muddat ichida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan holda olib ketiladigan tovarlar.
Chegara bojxona postidan oʻtish vaqtida
2-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan barcha tovarlarning vazni va miqdori oʻlchovdan oʻtkaziladi.
Tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish vaqtida
3-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari — jismoniy shaxs
Tovarlarni qabul qilish vaqtida QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi dalolatnoma tuziladi.
Tovarlarni vaqtincha saqlash uchun qabul qilish vaqtida
4-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlar shunday tovarlarni saqlash uchun jihozlangan vaqtincha saqlash joylarida saqlanadi.
1. 30 kalendar kun;
2. Tez buziladigan tovarlar 2 kalendar kun
5-bosqich
Jismoniy shaxs — davlat bojxona xizmati organlari
Vaqtincha saqlash uchun qabul qilingan tovarlarni qaytarish vakolatli shaxs tomonidan dalolatnomaning tasdiqlangan nusxasi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etilishi bilan amalga oshiriladi.
Bojxona toʻlovlari va tovarlarni vaqtincha saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi toʻlangandan hamda hujjatlar rasmiylashtiruvi tugagandan keyin darhol
6-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari, DXX Chegara qoʻshinlari
Tovarlarni vaqtincha saqlagan davlat bojxona xizmati organlari DXX Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda tovarlarni qaytarib olib chiqib ketish bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish boʻyicha murojaat asosida tovarlar vakolatli shaxs bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib chiqarib yuborilishini nazorat qiladi.
Hujjatlar rasmiylashtiruvi tugagandan keyin darhol
7-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari
Vakolatli shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda va tartibda talab qilib olinmagan tovarlar mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga alohida tartibda ish yuritish boʻyicha ariza bilan murojaat qilinadi.
Tovarlarni vaqtincha saqlash muddati
(30 kalendar kun, tez buziladigan tovarlar 2 kalendar kun) oʻtgandan soʻng
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 09/21/102/0158-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)