O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KAPROLAKTAMNI QAYTA ISHLAB POLIAMIDDAN MAHSULOT TAYYORLOVCHI RESPUBLIKA ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Avtomobillar va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan kard to‘qimasini ishlab chiqarish bo‘yicha respublikaning o‘z xom ashyo bazasini yaratish, shuningdek, Farg‘ona kimyoviy tola zavodi zaminida kaprolaktamni qayta ishlovchi zavodni foydalanishga topshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zkimyosanoat” uyushmasining Farg‘ona kimyoviy tola zavodi “Xema Balke Dyurr” (Germaniya) firmasi bilan yiliga 7 ming tonna polmamid-6 tovar mahsulotini, shu jumladan 3,5 ming tonna shina kard to‘qimasini ishlab chiqaruvchi qiymati 102,4 mln Germaniya markasi bo‘lgan texnologiya liniyasini yetkazib berish bo‘yicha kontrakt tuzgan. Bu kontraktning amalga oshirilishi respublikaning mazkur mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishni va yuqori likvidli tovarni eksport qilishni ta’minlaydi.
2. 1997-yil oktabri polivmid-6 va shina kard to‘qimasi ishlab chiqarishlarini qurish hamda foydalanishga topshirish muddati etib belgilansin.
“Xema Balke Dyurr” firmasi tomonidan amalga oshiriladigan loyihalashtirish va asbob-uskunalar, metall konstruksiyalarni yetkazib berish jadvaliga 1-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi pudrat loyiha va qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy texnologik ishlab chiqarishlar, yordamchi obyektlar hamda muhandislik kommunikatsiyalari korpuslarini qurish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi buyurtmachi — “O‘zkimyosanoat” uyushmasi Farg‘ona kimyoviy tola zavodi bilan birgalikda tasdiqlangan jadvalning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
4. Belgilab qo‘yilsinki, loyiha bo‘yicha xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash 3-ilovaga* muvofiq:
* 3-ilova berilmaydi.
“GERMES” agentligi sug‘urta qoplashi hisobiga Germaniya AKA banklar konsorsiumi krediti, bu kontrakt qiymatining 85 foizini tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, vakil qilingan bank tomonidan Respublika valyuta fondi mablag‘lari hisobiga milliy valyutada belgilangan tartibda ochadigan krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Kreditlarni va ular bo‘yicha foizlarni milliy valyutada to‘lash 1999-yildan boshlab besh yil mobaynida shina kard to‘qimasini sotishdan olingan daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
bir oy muddatda Germaniya AKA banklar konsorsiumi bilan kredit bitimni belgilangan tartibda rasmiylashtirsin;
olinayotgan kredit resurslar bilan Farg‘ona kimyoviy tola zavodini o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshirsin,
6. Moliya vazirligi mazkur loyiha uchun olinayotgan kreditlar bo‘yicha Hukumat kafolatini imzolashga vakil qilinsin.
7. Adliya vazirligi Germaniya tomoni talabnomalariga muvofiq Hukumat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosani belglangan tartibda rasmiylashtirsin.
8. Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “O‘zavtotrans” korporatsiyasi Farg‘ona kimyoviy tola zavodi buyurtmanomasi bo‘yicha keltirilayotgan asbob-uskunalar va moddiy resurslar boj hujjatlarining o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini (uch kundan ortiq emas) va belgilangan joyga to‘siqsiz yetkazib berilishini ta’minlasin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yu.F. Paygin zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 16-avgust,
321-son