1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 5-maydagi PF-5989-son Farmoni va “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari tashkilotlariga Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 93-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari xizmat koʻrsatuvchi bankda ochilgan tegishli hisobvaraqda jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan shakllantiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — soha tashkiloti) xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soha tashkilotlarining xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan, ularni xorijga oʻqish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Uyushmaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ijro etuvchi apparati xodimlarini saqlash va moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Uyushma aʼzolari umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilangan va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmadan mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan yoʻnalishlarga mablagʻlar ajratish tasdiqlangan xarajatlar smetasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uyushma tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan soha tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar boʻyicha xarajatlarini qoplash Uyushma taʼsischilari umumiy yigʻilishi bilan tasdiqlanadigan ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soha tashkilotlariga Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soha tashkilotlariga Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soha tashkilotlari mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun Uyushmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank boʻlinmasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, elektron pochta manzili, STIR koʻrsatilgan ariza varagʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish zarurligini tegishli hujjatlar (mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishiga qarab) bilan asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha tashkilotlarining oxirgi hisobot davri uchun, jumladan, barcha ilovalari bilan birgalikda buxgalteriya hisobotining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 4-bandi “v” kichik bandida koʻrsatilgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida ariza taqdim etilgan taqdirda, qoʻshimcha ravishda loyihaning biznes-rejasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi soha tashkilotlari mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha soha tashkilotlarni xarajatlarining 50 foizi miqdoridagi qismi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror soha tashkilotlarining arizasi olingan kundan boshlab 10 ish kunidan, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar 30 ish kunidan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soha tashkilotlarining Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun taqdim etilgan va mazkur Nizom talablariga mos keladigan hujjatlari koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uyushma Jamgʻarma mablagʻlarini olish uchun soha tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, agar buyurtmanoma Jamgʻarmaning maqsad va vazifalariga mos kelmasa, mablagʻlardan maqsadsiz foydalanish tavakkalchiligi mavjud boʻlsa va loyihaning maqsadga muvofiqligi hamda iqtisodiy samaradorligi yetarlicha asoslanmagan boʻlsa, mablagʻlarni ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uyushma boshqaruvi tomonidan Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin 1 ish kuni ichida ariza beruvchini xabardor qiladi va belgilangan mablagʻ soha tashkilotlari arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga 3 ish kuni ichida oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi soha tashkilotlari ushbu Nizomning 4-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan tadbirlar amalga oshirilganidan soʻng tasdiqlovchi hujjatlarni 15 ish kuni ichida Uyushmaga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soha tashkilotlarida oʻzlashtirilmasdan qolgan mablagʻ hamda ajratilgan yoʻnalishdan boshqa maqsadlarga sarflangan mablagʻ toʻliq hajmda soha tashkilotlari tomonidan Uyushmaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va unga oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Istiqboldagi vazifalarni sifatli amalga oshirish va mablagʻlardan foydalanishning maqsadli hamda manzilli boʻlishini taʼminlash uchun har moliya yili uchun Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetasi (keyingi oʻrinlarda — smeta) tuziladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Smeta loyihasi yil boshidagi Jamgʻarma mablagʻlari qoldigʻi, kelgusi yil mobaynida alohida hisobvaraqqa tushishi kutilayotgan mablagʻlar va istiqboldagi vazifalardan kelib chiqqan holda Uyushma tomonidan tuziladi. Smetaning daromadlar va xarajatlar qismi balanslashtirilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Smetaning daromadlar qismi moliya yili boshiga Jamgʻarma mablagʻlari qoldigʻi hamda kelgusi yilda tushishi kutilayotgan mablagʻlar prognozi koʻrsatkichlaridan tarkib topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Smetaning xarajatlar qismi mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblar, shuningdek, toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlaridan tayyor mahsulotlargacha boʻlgan ishlab chiqarish quvvati bilan taʼminlangan soha tashkilotlari hamda Uyushma ustaviga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi soha tashkilotlarining asosli hisob-kitoblari bilan taqdim qilinadigan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun arizalar asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kelgusi yil uchun moʻljallangan smeta loyihasi joriy moliya yilining 1-dekabridan kechikmasdan Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish va kelishish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Smeta loyihasi boʻyicha Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan taklif va eʼtirozlar bildirilgan taqdirda, smeta loyihasi qayta ishlanadi va tasdiqlash uchun Uyushma boshqaruviga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smeta loyihasi har moliya yilining 25-dekabriga qadar Uyushma boshqaruvi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Moliya yili mobaynida Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi bilan kelishgan holda smetaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Moliya yili davomida foydalanilmagan (oʻzlashtirilmagan) Jamgʻarma mablagʻlari kelgusi moliya yiliga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarma mablagʻlari harakati va ulardan foydalanilishi hisobi Uyushma tomonidan alohida yuritiladi va yillik hisobotlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanilishi ustidan nazorat Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uyushma hisobot davridan keyingi oyning 15-kuniga qadar Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soha tashkilotlariga Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Ijro muddati
I-bosqich
Soha tashkilotlari
Xalqaro standartlarni joriy etish, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga Jamgʻarmadan mablagʻlar olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.
Zarur boʻlganda
II-bosqich
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi
1. Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun soha tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, tahlil etish va koʻrib chiqish.
2. Hujjatlar boʻyicha moliyalashtirish (qoplash) yoki Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish 30 ish kuni ichida
III-bosqich
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi
Soha tashkilotlariga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma yuborish.
Uyushma boshqaruvining tegishli qarori qabul qilingandan soʻng 1 ish kuni ichida
IV-bosqich
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi
Soha tashkilotlari arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga Jamgʻarmadan mablagʻlar oʻtkazish.
Xabarnoma olingandan soʻng 3 ish kuni ichida
V-bosqich
Soha tashkilotlari
Soha tashkilotlari tomonidan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Uyushmaga taqdim etish.
Tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng 15 ish kuni ichida
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2021-y., 09/21/93/0141-son; 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2024-y., 09/24/466/0567-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)