1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Ijro muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Sunʼiy intellekt sohasidagi normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish | |||||
|
1. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish: sunʼiy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadli davlat dasturi, strategiyani amalga oshirishning bir yillik “Yoʻl xaritasi”, ushbu sohani yillar boʻyicha rivojlantirish koʻrsatkichlari (indikatorlari); mashina yordamida oʻqitish va sunʼiy intellekt algoritmlarini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan raqamli maʼlumotlar ochiqligi va sifatini oshirish; sunʼiy intellektni mashina yordamida oʻqitish uchun katta hajmda davlat tilidagi raqamli maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, davlat tilidagi nutqni tahlil va sintez qilishni qoʻllovchi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish; sunʼiy intellekt sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun zamonaviy yuqori texnologik infratuzilma va apparat komplekslarini yaratish; sunʼiy intellekt sohasida malakali mutaxassislarni, jumladan xorijiy oʻqituvchilarni jalb qilgan holda sohaga oid oliy taʼlim muassasalarida alohida yoʻnalishlarni ochish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruv tizimlari uchun kadrlarni maqsadli oʻqitish orqali tayyorlashni tashkil etish; sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va qoʻllash, raqamli maʼlumotlarni qayta ishlashning umumiy tamoyillari va meʼyorlari, shuningdek, yagona standartlari va qoidalari masalalarini tartibga solishning kompleks tizimini ishlab chiqish; sunʼiy intellekt sohasidagi xatarlarni nazorat qilish va oldini olish tizimini takomillashtirish, shu jumladan sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan dasturlarning xavfsiz ishlashi, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarning oldini olish, shuningdek, foydalaniladigan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlash. |
1. Xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda strategiya loyihasini tayyorlash boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. 2. Strategiyani tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil fevral
|
Ijrochilar mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Markaziy bank, Fanlar akademiyasi, AT “Aloqabank”, “Oʻzmilliybank” AJ, vazirliklar, idoralar, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari |
|
2. |
Sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro standartlarni Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari sifatida qabul qilish. |
1. Sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro standartlarni tahlil qilish va ularni Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlari sifatida qabul qilish reja-jadvalini ishlab chiqish. |
2021-yil mart |
Ijrochilar mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasining sunʼiy intellekt sohasidagi davlat standartlarini ishlab chiqish va tatbiq etish. |
Reja-jadval asosida | ||||
|
3. |
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maxsus huquqiy rejimni yaratish. |
1. Ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda maxsus huquqiy rejimni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruhini shakllantirish. |
2021-yil fevral |
Ijrochilar mablagʻlari |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Maxsus huquqiy rejimni yaratishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. |
2021-yil aprel | ||||
|
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may | ||||
|
II. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi tizimida keng qoʻllash | |||||
|
4. |
Elektron hukumat va moliyaviy xizmatlar foydalanuvchilarini masofaviy identifikatsiya qilishni joriy qilish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. |
1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil may |
- |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyul | ||||
|
5. |
Ovozli biometriya va inson nutqini tanish texnologik yechimlarini joriy etish. |
1. Loyihani amalga oshirishning moliyaviy va texnik masalalarini ishlab chiqish. |
2021-yil mart |
Ijrochilar mablagʻlari, grantlar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, AT “Aloqabank” |
|
2. Ovozli biometriya yechimini AT “Aloqabank” aloqa markazi bilan integratsiyalash (tajriba-sinov loyiha). |
2021-yil oktabr | ||||
|
3. Nutqni tanish texnologik yechimini davlat tili nuqtai nazaridan mahalliylashtirish. |
2022-yil mart | ||||
|
6. |
“Sber” guruhi tajribasi asosida tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar uchun raqamli ekotizim yaratish. |
1. AT “Aloqabank” raqamli xizmatlari tomonidan biznesni onlayn roʻyxatdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish (tajriba-sinov loyiha). |
2021-yil may |
Ijrochilar mablagʻlari |
AT “Aloqabank”, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: tijorat banklari tomonidan alohida davlat xizmatlarining koʻrsatilishi; tijorat banklari tomonidan moliyaviy boʻlmagan maslahat xizmatlarining koʻrsatilishi; tijorat banklarining ularning raqamli ekotizimiga kiruvchi loyihalarda ulushli ishtirok etishlari imkonining yaratilishi. |
2021-yil sentabr |
Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari | |||
|
III. Sunʼiy intellekt sohasida innovatsion ishlanmalarning mahalliy ekotizimini yaratish | |||||
|
7. |
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish. |
1. Institut faoliyatini tashkil etish va uning tarkibiy tuzilmasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil mart |
- |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil aprel | ||||
|
8. |
Sunʼiy intellekt sohasidagi startap loyihalarni qoʻshma moliyalashtirish (kraudfanding) mexanizmlarini joriy etish. |
1. Ishchi guruh tashkil etish. 2. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. |
2021-yil mart — dekabr |
- |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kelishish. |
2022-yil fevral | ||||
|
4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil may | ||||
|
9. |
Sunʼiy intellekt sohasida tayanch doktorantura va tadqiqotchi-stajyorlikka oʻqitish uchun har yili 5 nafardan maqsadli kvota ajratilishini belgilash. |
1. “Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt” doktorantura ixtisosligini tashkil etish. |
2021-yil avgust |
- |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
2. 2021/2022 oʻquv yili uchun kvotalarni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlash. |
2021-yil sentabr | ||||
|
3. “Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt” doktorantura ixtisosligini oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassisliklar nomenklaturasiga kiritish. |
2021-yil oktabr | ||||
|
4. Keyingi uch yilga qabul kvotalari uchun tavsiyalar ishlab chiqish. |
2021-yil noyabr | ||||
|
10. |
Umumtaʼlim maktablarida “Axborot jamiyati va unda sunʼiy intellektning oʻrni” mavzusida ochiq darslar oʻtkazish. |
1. Umumtaʼlim maktablarining informatika fani oʻqituvchilari uchun har ikki yilda bir marotaba onlayn tarzda oʻtkaziladigan “Axborot jamiyatida axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt” mavzusidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash qisqa muddatli kurslari dasturini (10 soatlik) tayyorlash. |
2021-yil noyabr |
Ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan |
Xalq taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
|
2. Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun (5-sinf va undan yuqori) “Axborot jamiyati va unda sunʼiy intellektning oʻrni” mavzusida bir yilda kamida ikki marotaba ochiq darslar tashkil etish. |
2022-yil aprel oyidan boshlab | ||||
|
11. |
Axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan xodimlar uchun axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish hamda “Sunʼiy intellekt” taʼlim yoʻnalishi fanlari boʻyicha oʻqituvchilarni tayyorlash. |
1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida “Raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellekt” malaka oshirish oʻquv dasturini ishlab chiqish. |
2021-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
|
2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi negizida oʻqituvchilar uchun qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish hamda yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan tinglovchilarga oliy taʼlim muassasalari talabalariga maʼruza oʻqish, mashgʻulotlar oʻtish uchun sertifikatlar berish. |
2021-yil mart oyidan boshlab | ||||
|
IV. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllovchi dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilariga raqamli maʼlumotlardan foydalanish uchun sharoit yaratish | |||||
|
12. |
Raqamli davlat maʼlumotlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish hamda ularni tezkor raqamlashtirishni taʼminlash. |
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: raqamlashtirilgan davlat maʼlumotlarini joylashtirish va shaxslarning ulardan foydalanishini tashkil etish; raqamlashtirilishi shart boʻlgan davlat maʼlumotlari roʻyxatini shakllantirish; raqamlashtirish formatiga va raqamlashtirilgan zarur davlat maʼlumotlarini joylashtirish davriga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash. |
2021-yil sentabr |
- |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, vazirlik va idoralar |
|
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini loyihasini kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil dekabr | ||||
|
13. |
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimi ehtiyojlari uchun Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma alyans faoliyatini tashkil etish. |
1. Har yili Qoʻshma alyansning harakatlar rejasi va uning ishtirokchilari tarkibini tasdiqlash. |
2021 va 2022-yillar dekabr |
- |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
2. Qoʻshma alyans ishtirokchilarining muammoli masalalarini taqdim etish va Sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida tegishli loyihalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha qarorlar qabul qilish. |
2021 va 2022-yillar yanvar | ||||
|
3. Amalga oshirilgan loyihalar natijalarini eshitish va tegishli qarorlar qabul qilish. |
2021 va 2022-yillar fevral | ||||
|
4. Har chorakda qoʻshma alyans faoliyati yuzasidan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi majlisini oʻtkazish. |
2021-2022-yillar mobaynida | ||||
|
14. |
Davlat tilida sunʼiy intellekt boʻyicha izohli lugʻat ishlab chiqish. |
1. Ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda sunʼiy intellekt sohasidagi termin va taʼriflarni shakllantirish. |
2021-yil may |
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining maxsus hisob raqami mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
2. Sunʼiy intellekt boʻyicha izohli lugʻat loyihasini ishlab chiqish va kelishish. |
2021-yil sentabr | ||||
|
3. Izohli lugʻatni eʼlon qilish. |
2021-yil dekabr | ||||
|
V. Sunʼiy intellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning investitsion jozibadorligini shakllantirish | |||||
|
15. |
Sunʼiy intellekt sohasida amaliy algoritmlar yozishda tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish maqsadida doimiy ravishda “xakaton”lar va tanlovlar oʻtkazish. |
1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha yillik jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil mart |
- |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
2. Tadbirlarni oʻtkazish va ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
2021-2022-yillar mobaynida | ||||
|
16. |
Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun maxsus huquqiy rejim doirasida tajriba-sinov loyihalarni amalga oshirish maqsadida maxsus ochiq maydoncha yaratish. |
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2021-yil oktabr | ||||
|
3. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish. |
2022-yil may | ||||
|
17. |
Telekommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa davlat hamda hududiy dasturlar doirasida yoʻnalishlardagi loyihalarda ishtirok etish uchun ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlari (R&D) faoliyatini tashkil etish uchun talablarni oʻrnatish. |
1. Ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda takliflar tayyorlash boʻyicha ekspert guruh shakllantirish. |
2021-yil fevral |
Ijrochilar mablagʻlari |
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil may | ||||
|
3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyun | ||||
|
VI. Mahalliy korxonalar va mutaxassislarning sunʼiy intellekt sohasidagi axborot resurslari va bilimlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash | |||||
|
18. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq davlat maʼlumotlari portali faoliyati doirasida sunʼiy intellekt uchun raqamli maʼlumotlar platformasini yaratish, bunda shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish: barcha foydalanuvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratgan holda ochiq davlat maʼlumotlarini, integratsiya qilish talablarini va ulardan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qilish; sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish doirasida ochiq davlat maʼlumotlaridan bemalol foydalanish imkoniyatini olish uchun ariza berish. |
1. Ochiq maʼlumotlar portali platformasida joylashtirish uchun ochiq maʼlumotlar va masʼul tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil mart |
- |
Davlat statistika qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
|
2. Sunʼiy intellekt doirasida maʼlumotlar toʻplamini joylashtirish imkoniyatlarini yaratish uchun Ochiq maʼlumotlar portalini modernizatsiya qilish hamda maʼlumotlarni avtomatik tarzda kiritish va yuklab olishda integratsiyani taʼminlash. |
2021-yil iyul |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Statistika qoʻmitasi, vazirlik va idoralar | |||
|
3. Sunʼiy intellekt sohasidagi loyihalarda foydalanish uchun Portal platformasida maʼlumotlar toʻplamini oʻz vaqtida (shu jumladan avtomatlashtirilgan) joylashtirish. |
2021-yil avgust |
Vazirlik va idoralar | |||
|
VII. Sunʼiy intellekt va uni qoʻllash texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | |||||
|
19. |
Sunʼiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish. |
1. Sunʼiy intellekt sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil oktabr |
- |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Ilmiy tadqiqotda hamkorlikni oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganish. |
2022-yil fevral | ||||
|
3. Tegishli xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni faollashtirish boʻyicha “Yoʻl xarita”sini ishlab chiqish. |
2022-yil mart | ||||
|
20. |
Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government Artificial Intelligence Readiness Index) respublika pozitsiyasini yaxshilash choralarini koʻrish. |
1. Xorijiy tajribani oʻrganish va hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksi koʻrsatkichlarini tahlil qilish. |
2021-yil iyun |
- |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
2. Mamlakat pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha maqsadli harakatlar dasturini ishlab chiqish. |
2021-yil avgust | ||||
|
3. Dastur loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil sentabr | ||||
|
21. |
Sunʼiy intellekt sohasida milliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining hamkorlikdagi tadqiqot loyihalari faolligini oshirish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi sunʼiy intellekt sohasidagi ilmiy tashkilotlarning milliy va xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan 5 yillik hamkorlik rejasini ishlab chiqish: iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimiga sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha dolzarb mavzularni shakllantirish; sunʼiy intellekt sohasida tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishda xususiy sektor ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish. |
2022-yil fevral |
- |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
22. |
Sunʼiy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh olimlarni qisqa muddatli xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish. |
1. Sunʼiy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh olimlar roʻyxatini shakllantirish va tanlov asosida saralash. 2. Ilgʻor xorijiy ilmiy tashkilotlari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 3. Tanlov asosida saralash orqali yosh olimlarni maqsadli xorijiy ilmiy stajirovkalarga oʻzaro kelishuv asosida yuborish. |
2021-2022-yillar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
23. |
Sunʼiy intellekt sohasidagi yetakchi ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish hamda ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Sunʼiy intellekt sohasida oʻqitish va tadqiqot faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. |
2021-yil aprel |
Ijrochilar mablagʻlari |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalar oʻrnatish. |
2021-yil avgust | ||||
|
3. Magistratura va doktoranturada oʻqish uchun ilmiy-tadqiqot faoliyati va taʼlimning maqsadli dasturini shakllantirish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
4. Sunʼiy intellekt sohasidagi xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlar toʻgʻrisida axborotlarni eʼlon qilib borish. |
Har yili | ||||
|
24. |
Sunʼiy intellekt sohasida xususiy sektorni keng jalb qilgan holda muntazam tarzda xalqaro ilmiy konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish. |
1. “Sunʼiy intellekt — texnologik rivojlanish asosi” shiori ostida axborot-texnologiyalari haftaligini oʻtkazish, shu jumladan oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar, Dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari oʻrtasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimi uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan tanlov tashkil etish. 2. 2021-yilda “Innoweek” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida xorijiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar, banklar, yirik ishlab chiqaruvchilar vakillari ishtirokida “Sunʼiy intellekt — texnologik rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etish. |
2021-yil oktabr-noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari, grantlar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi |
|
3. Xalqaro konferensiya va boshqa tadbirlar oʻtkazish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. |
2021-yil dekabr | ||||
|
4. Yetakchi xorijiy ekspertlar va mutaxassislar, kompaniya va boshqa muassasalarni jalb qilgan holda xalqaro konferensiya va tadbirlarni tashkil qilish. |
2022-yilda alohida reja asosida | ||||
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmlari |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Yerni masofadan zondlash maʼlumotlari asosida tuproq va qishloq xoʻjaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish jarayonida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash. |
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil may |
XMI va XHMT mablagʻlari va grantlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekkosmos” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2021-yil avgust | ||||
|
3. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish. |
2021-yil dekabr | ||||
|
2. |
Tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari koʻrsatish sifatini tahlil qilish va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash. |
1. Xalqaro moliyaviy institutlar va konsalting kompaniyalari koʻmagida loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Markaziy bank, tijorat banklari, Banklar assotsiatsiyasi |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2022-yil yanvar | ||||
|
3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. |
2022-yil noyabr | ||||
|
4. |
Yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq toʻlovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash. |
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil may |
Ijrochilar mablagʻlari, grantlar va kreditlar |
Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2021-yil iyun | ||||
|
3. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish. |
2022-yil may | ||||
|
5. |
Lokomotivlarni boshqarish jarayonida ularning harakatini kuzatib borish va xavfli vaziyatlarda mashinistlarni ogohlantirishda, jamoat transporti harakatini tahlil qilish va ularning optimal yoʻnalishlarini aniqlashda, shuningdek, avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring qilishda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash. |
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Toshshahar-transxizmat” AJ, Ichki ishlar vazirligi |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2021-yil avgust | ||||
|
3. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish. |
2021-yil dekabr | ||||
|
6. |
Energiya resurslarini ishlab chiqarish va ularning isteʼmolini prognoz qilishda, texnologik uskunalar ishini optimallashtirishda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash. |
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil avgust |
Ijrochilar mablagʻlari va kreditlar |
Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2021-yil oktabr | ||||
|
3. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish. |
2022-yil aprel | ||||
|
7. |
Inson oʻpkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida koʻkrak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qoʻyish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash. |
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil avgust |
Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari grantlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2021-yil noyabr | ||||
|
3. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish. |
2021-yil dekabr | ||||
|
8. |
Bozorning dori vositalari va tibbiy buyumlariga boʻlgan ehtiyojlarini tahlil qilish va prognozlashtirishda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash. |
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil iyun |
Ijrochilar mablagʻlari |
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Dori-Darmon” AK, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2021-yil iyul | ||||
|
3. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish. |
2021-yil dekabr | ||||
|
9. |
Elektron davlat va moliya xizmatlarini koʻrsatishda foydalanuvchilarni masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash. |
1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil may |
Ijrochilar mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, AT “Aloqabank” |
|
2. Dasturiy taʼminot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash. |
2021-yil iyun | ||||
|
3. Biometrik maʼlumotlar boʻyicha jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilishning Yagona biometrik tizimi (YABT)ni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish. |
2021-yil noyabr |
3-ILOVA
|
|
|
|
|
mlrd soʻm |
|
T/r |
Tashkilot nomi |
Ustuvor yoʻnalish |
Summa* |
Moliyalashtirish manbalari |
|
1. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
Sunʼiy intellekt texnologiyalari va katta maʼlumotlar bilan ishlash uchun superkompyuter va “bulutli” platformalarni rivojlantirish |
15 |
Budjet mablagʻlari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablagʻlar |
|
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
15 |
Budjet mablagʻlari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablagʻlar | ||
|
2. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
Nutqni aniqlashva sintezlash texnologiyalari, tabiiy tilga ishlov berish va sunʼiy intellektning boshqa yoʻnalishlarini rivojlantirish |
15 |
Budjet mablagʻlari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablagʻlar |
|
3. |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashning intellektual texnologiyalarini rivojlantirish |
15 |
Budjet mablagʻlari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablagʻlar |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
Yerni masofadan zondlash maʼlumotlari asosida tuproq va qishloq xoʻjaligi ekinlari ahvolini, shuningdek, global pozitsiyalash tizimlari maʼlumotlari asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish texnologiyalarini rivojlantirish |
20 |
Budjet mablagʻlari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablagʻlar |
|
5. |
Energetika vazirligi |
Ashyolar interneti intellektual texnologiyalarini rivojlantirish |
20 |
Budjet mablagʻlari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablagʻlar |
|
6. |
Markaziy bank |
Bank sohasida monitoring va tahlil qilish uchun intellektual texnologiyalarni rivojlantirish |
10 |
Oʻz mablagʻlari, grantlar, kreditlar |
|
AT “Aloqabank” |
10 |
Oʻz mablagʻlari, grantlar, kreditlar | ||
|
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ |
20 |
Oʻz mablagʻlari, grantlar, kreditlar | ||
|
7. |
“Olmaliq KMK” AJ |
Sunʼiy intellektdan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish |
20 |
Oʻz mablagʻlari, grantlar, kreditlar |
|
“Navoiy KMK” DK |
20 |
Oʻz mablagʻlari, grantlar, kreditlar | ||
|
“Oʻzavtosanoat” AJ |
20 |
Oʻz mablagʻlari, grantlar, kreditlar | ||
|
Jami |
200 | |||
4-ILOVA
|
T/r |
Raqamli maʼlumotlar nomi* |
Masʼul tashkilotlar |
|
1. |
Iqlim va ob-havo sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Gidrometeorologiya xizmati markazi |
|
2. |
Kompyuter tomografiyasi va monografiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
3. |
Suv resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz) |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi |
|
5. |
Markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulot toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Davlat soliq qoʻmitasi |
|
6. |
Sud qarorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz) |
Oliy sud |
|
7. |
Nazorat kassa mashinalari orqali aholi bilan pul operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz) |
Davlat soliq qoʻmitasi |
|
8. |
Jamoat transporti harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar** |
Transport vazirligi |
|
9. |
Jamoat transportida yoʻlovchilarning harakatlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz)*** |
Transport vazirligi |
|
10. |
Koʻchmas mulk, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz) |
Kadastr agentligi |
|
11. |
Avtomototransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz) |
Ichki ishlar vazirligi |
|
12. |
Yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz) |
Ichki ishlar vazirligi |
|
13. |
Maʼmuriy-hududiy birliklar va manzillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar |
Kadastr agentligi |
|
14. |
Tijorat banklarining muammoli kreditlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shaxsiy identifikatsiyasiz) |
Markaziy bank, Kredit byurosi |
5-ILOVA
|
T/r |
Tashkilot nomi |
Grant asosida qabul qilish parametrlari va oʻquv yilining boshlanishi | |||
|
Bakalavriat |
Oʻquv yili |
Magistratura |
Oʻquv yili | ||
|
1. |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
30 |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
10 |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
|
2. |
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti |
25 |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
10 |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
|
3. |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti |
25 |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
5 |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
|
4. |
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti |
20 |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
5 |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
|
5. |
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti* |
- |
- |
10* |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
|
Jami |
100 |
30 | |||
6-ILOVA