11.02.2021 yildagi PF-6168-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa respublika hududlaridan yosh mutaxassislarni izlab topish va tanlashga qaratilgan faoliyatni tubdan takomillashtirish va yanada modernizatsiyalash, ularning xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa kompaniyalarda maqsadli ta’lim olishini hamda stajirovkadan o‘tishini tashkil etish, professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etish borasida barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Jamg‘armaning qo‘shimcha vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa respublika hududlaridan davlat xizmatchilarini tizimli ravishda izlab topish, tanlash va rag‘batlantirish, ularning xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini va stajirovkadan o‘tishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xizmati va ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va ekspertlar, shuningdek, vatandoshlar bilan hamkorlikda onlayn platformalarga asoslangan masofaviy ta’lim dasturlari, o‘quv kurslari va boshqa ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mutaxassislarni izlab topish, tanlash va ularning xorijda ta’lim olishini tashkil etish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda, tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq stipendiya tanlovlari asosida xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish dasturlari Jamg‘armaning asosiy ta’lim dasturlari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim dasturlari) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarni saralash tanlovi muntazam ravishda va O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun, ularning respublikadagi ish va o‘qish joyidan qat’i nazar ochiq tarzda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha stajirovkadan o‘tish dasturlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarning ochiq saralash tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat boshqaruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha tarmoqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘arma 2021-yilda ochiq stipendiya tanlovlari asosida yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda bakalavriat dasturi bo‘yicha ta’lim olishi uchun 100 ta o‘rin, magistratura va doktoranturada o‘qish uchun avvalgi yillarga nisbatan o‘rtacha 5 barobar ko‘p o‘rin ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga Davlat budjetidan tegishli yil uchun ajratilib ishlatilmasdan qolgan mablag‘lar Jamg‘arma ixtiyorida qoldiriladi va keyingi yillar uchun uning ta’lim dasturlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilarining xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda stajirovkasi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda kadrlar malakasini oshirish, ularning stajirovkadan o‘tishini tashkil etish va xorijiy tillarga o‘qitish tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma stipendiyalari kvotalari Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra ta’lim dasturlari hamda istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni hisobga olgan holda ta’lim sohalari kesimida nomzodlarni saralash tanlovini o‘tkazish yo‘nalishlari bo‘yicha ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olgan stipendiatlarga stipendiat bilan tuzilgan shartnomada belgilangan tartib hamda muddat mobaynida vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlarda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma davlat xizmatchilari va boshqa toifadagi xodimlar salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni, eng avvalo respublika hududlaridagi yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy olimlar hamda ekspertlarni jalb etgan holda o‘quv kurslari, ilmiy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish huquqiga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stipendiat uzrsiz sababga ko‘ra ta’lim dasturlaridan chetlashtirilgan taqdirda yoki Jamg‘arma ta’lim dasturlari tugallanganidan so‘ng mehnat faoliyatini vazirliklar, idoralar yoki boshqa davlat tashkilotlarida davom ettirishdan bosh tortgan hollarda, Jamg‘arma tomonidan stipendiatning ta’lim olishi uchun sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar u bilan imzolangan shartnoma shartlariga muvofiq uning moliyaviy kafillari (yuridik va jismoniy shaxslar) va uning o‘zi tomonidan solidar tartibda qoplanadi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘arma Vasiylik kengashi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladigan stajirovkadan o‘tishni tashkil etish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma stipendiyalarini moliyalashtirishning bir stipendiatga mo‘ljallangan cheklangan miqdorini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarni ochiq saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-sentabrga qadar eng yaxshi tayyorlangan nomzodlarni Jamg‘armaning ochiq saralash tanlovida ishtirok etishga tavsiya etgan holda Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha real ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Jamg‘armaga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli asosda stipendiatlar mehnat faoliyatining monitoringini o‘tkazishda Jamg‘armaga ko‘maklashsin, ularni munosib ishga joylashtirish, O‘zbekistonda ularning kasbiy jihatdan o‘sishi va mansab pog‘onalarida ko‘tarilishi uchun sharoitlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armaga, istisno tariqasida, o‘z ta’lim dasturlarini tashkil etishi, respublikaga xorijiy olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni jalb qilishi uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda import kontraktlari (shartnomalari)ni majburiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkazmagan holda birja tanlovlari va vakolatli organlarda kontraktlar (shartnomalar)ni ekspertizadan o‘tkazmasdan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha Jamg‘arma nomidan tuziladigan import kontraktlarini amalga oshirish muddatlari aynan ushbu kontraktlarda belgilangan muddatlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamg‘arma manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘arma (A.Sh. Bekmurodov) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Kuchimov) va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.D. Xadjayev) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmon mohiyati va ahamiyati bo‘yicha chiqishlar va tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga shaxsiy javobgar etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari K.K. Kuranbayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har yil yakuni bo‘yicha axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6168-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ijrochi direktor

Ijrochi direktorning birinchi o‘rinbosari

Ijrochi direktor o‘rinbosari

Axborot-tahlil bo‘limi (2)

Professional kadrlarni xorijda tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish va prognozlash bo‘limi (2)

Xorijda faoliyat yuritayotgan va qimmatli tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘limi (2)

Ishlar boshqaruvchisi

Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi (3)

Ta’lim dasturlari bo‘yicha stipendiya tanlovlarini tashkil etish bo‘limi (3)

Stipendiatlarni ishga joylashtirish va ularning mehnat faoliyati monitoringini yuritish bo‘limi (2)

Yuridik byuro (2)

Xorijda stipendiatlar ta’lim olishini tashkil etish bo‘limi (2)

Xorijiy hamkorlar bilan akademik aloqalarni o‘rnatish va protokol xizmati bo‘limi (2)

Jamg‘arma faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis

Ish yuritish va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis

Matbuot kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 28 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarni hisobga olmaganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning soni davlat boshqaruv organlarining amaldagi normativlari bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqsadlari, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tarkibiga kiradi va uning faoliyati ushbu agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlari malakasini oshirishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, o‘z mustaqil balansi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidagi shaxsiy hisobvaraqlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilidagi o‘z nomi tushirilgan muhr, shtamp va boshqa belgilariga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning joylashgan o‘rni (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 13-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘armaning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — “El-yurt umidi” jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — Fond “El-yurt umidi” po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Fond “El-yurt umidi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — “El-yurt umidi” Foundation for training specialists abroad and the dialogue with compatriots;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — “El-yurt umidi” Foundation.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa davlat xizmatchilarini respublika hududlaridan tizimli ravishda izlab topish, tanlash va rag‘batlantirish, ularning xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayangan holda xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xizmati va ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va ekspertlar, shuningdek, vatandoshlar bilan hamkorlikda onlayn platformalarga asoslangan masofaviy ta’lim dasturlari, o‘quv kurslari va boshqa ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni aniqlash, shu asosda Jamg‘arma stipendiatlarining yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda, shuningdek, tanlangan faoliyat sohasi bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa kompaniya va tashkilotlarda ta’lim olishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha stajirovkadan o‘tish dasturlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta’lim va tibbiyot muassasalarida, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo‘llash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining kadrlar bo‘yicha xizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash mumkin bo‘lgan, jahon mamlakatlari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarning elektron reyestri (ma’lumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga, ayniqsa, yangi, istiqbolli tarmoqlarga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida mehnat qilayotgan vatandoshlar orasida O‘zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo‘yicha ularning g‘oya va fikrlarini to‘plash, umumlashtirish va tegishli tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, to‘plangan materiallarni tayyorlash va tarqatishning samarali tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda, shuningdek, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislarni, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish hamda tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda istiqbolli mutaxassislarning o‘qishini monitoring qilish, ularning O‘zbekistonda munosib ishga joylashishiga ko‘maklashish, ushbu mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan o‘sishiga va mansab pog‘onalarida ko‘tarilishida ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatandoshlarimizning O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari chop etiladigan jurnallar, ilmiy to‘plamlarni tayyorlash va keng tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda kadrlarni xorijda o‘qitish borasidagi ishlar holatini monitoring qilish hamda xorijda kadrlarni tayyorlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda ularni hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘armaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘arma asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan kadrlarning xorijda ta’lim olishi bo‘yicha ishlar holati, xorijiy mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj va ularni, xususan vatandoshlar orasidan jalb etish, shuningdek, ayniqsa davlat xizmatiga jalb etilgan mutaxassislar faoliyati samaradorligiga doir tegishli axborotni so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stipendiatlarning nufuzli xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim dasturlari)da ta’lim olishi monitoringini yuritish masalalarida tegishli xorijiy va mahalliy tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy vakolatxonalari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stipendiatlar xorijda o‘qishni tugatganidan so‘ng ularning respublikadagi professional faoliyati monitoringini o‘tkazish, ularni O‘zbekistonda munosib ishga joylashtirishga, kasbiy va mansab pog‘onalarida ko‘tarilishiga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonlari, ilmiy tashkilotlarda tadqiqotchilik faoliyati, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda amaliy faoliyatda ishtirok etishi uchun xorijlik yetakchi o‘qituvchilar, olimlar, muhandis-texnik kadrlar hamda mutaxassislarni respublikaga belgilangan tartibda taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar hududida o‘z nomidan va o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnomalar hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ta’lim dasturlarini tashkil etish, shu jumladan respublikaga xorijiy olimlar va mutaxassislarni, xususan vatandoshlarni jalb qilish uchun xorijiy hamkorlar bilan birja tanlovlari va vakolatli organlarda kontraktlar (shartnomalar) ekspertizasini o‘tkazmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar hududida turli ko‘rgazmalar, tanlovlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy hamda ta’lim tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari va boshqa toifa xodimlari salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yetakchi xorijiy hamda mahalliy olimlar va ekspertlarni, jumladan vatandoshlarni jalb etgan holda o‘quv kurslari, ilmiy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma faoliyatiga vazirliklar, idoralar, ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning ilmiy-pedagogik kadrlari hamda mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda respublika hududida va uning tashqarisida tashkil etiladigan xalqaro ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar, turli nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlarining muassisi va hammuassisi bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida turli ta’lim, ilmiy, maslahat va boshqa xizmatlar ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma bir yilda kamida ikki marta nashr etiladigan “UzBridge” elektron ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy jurnalini chop etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘armaning oliy boshqaruv organi Vasiylik kengashi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashining majlislari rais yoki uning topshirig‘iga ko‘ra rais o‘rinbosari rahbarligida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashining majlislari zarurat bo‘yicha, ammo bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Jamg‘arma Vasiylik kengashining qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Jamg‘armaning ta’lim dasturlarida ishtirok etayotgan jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va uni rivojlantirish, Jamg‘armaning ta’lim va boshqa dasturlari bo‘yicha mablag‘larini taqsimlash va foydalanishga oid eng muhim masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yo‘nalishlari va Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim sohalari kesimida kvotalar ajratish uchun istiqbolli hamda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim dasturlari va nomzodlarni saralash tanlovini o‘tkazish yo‘nalishlari bo‘yicha istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni hisobga olgan holda ta’lim sohalari kesimida stipendiyalar kvotalarini ajratadi, shuningdek, tanlovda raqobat darajasini e’tiborga olgan holda, kvotalarga o‘zgartirishlar kiritadi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma stipendiyalarini olish uchun tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kalendar yil davomida davriy ravishda, ajratilgan moliyaviy resurslar doirasida ochiq saralash tanlovlarini e’lon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha tavsiya etilgan mamlakatlar, ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarni tavsiya etgan holda ochiq saralash tanlovlari g‘oliblarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladigan stajirovkadan o‘tishni tashkil etishning tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma stipendiyalarini moliyalashtirishning bir stipendiatga mo‘ljallangan cheklangan miqdorini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar bakalavriati, magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil o‘qishga kirgan hamda ta’lim olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Jamg‘arma stipendiyalarini ajratish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralash tanlovining barcha yo‘nalishlarida Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun tavsiya etiladigan xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar, vazirliklar, agentliklar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar va boshqa tashkilotlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning yillik daromad va xarajatlari, Jamg‘arma tomonidan xorijiy va mahalliy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar bilan birgalikda tashkil etiladigan ta’lim, tadqiqot va boshqa loyihalarni moliyalashtirish uchun Jamg‘arma sarf-xarajatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tobora ortib borayotgan talablarini hisobga olgan holda xorijiy olimlar, tadqiqotchilar, muhandis-texnik kadrlar va boshqa mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni doimiy va vaqtinchalik asosda ishga jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarning cheklangan miqdorini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vatandoshlar ishtirokida xorijda O‘zbekiston haqida ijobiy axborot muhitini shakllantirishga, nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarning cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari va boshqa toifa xodimlari salohiyatini oshirishda ko‘maklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida ilg‘or xorijiy hamda mahalliy olimlar va ekspertlarni, jumladan vatandoshlarni jalb etgan holda o‘quv kurslari, ilmiy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etishni moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi a’zolari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha majburiyatlarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ijrochi direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ijrochi direktori maqomi, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari esa — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shu’ba mudiriga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlari majburiyatlar taqsimotiga muvofiq uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamg‘armaning ijrochi direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlashga, Jamg‘arma mablag‘larini maqsadli va samarali sarflashga shaxsan javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan belgilab berilgan yo‘nalishlarga muvofiq Jamg‘arma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarorlari bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, boshqa tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda Jamg‘arma vakili hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘sh turgan moliyaviy resurslarning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq samarali boshqarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma nomidan shartnomalar tuzadi va Jamg‘arma xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi direktor amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jamg‘armaning mulki, moliyaviy mablag‘lari, hisobi va hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamg‘armaning mulki asosiy vositalar, binolar, inshootlar, uskunalar, aylanma mablag‘lar va mablag‘larni shakllantirishning barcha manbalari hisobidan xarid qilingan boshqa moddiy qimmatliklar, shuningdek, Jamg‘armaning moliyaviy resurslaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamg‘arma to‘rtta, shu jumladan uchta biriktirilgan va bitta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash limitiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘arma mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar Jamg‘arma xarajatlarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Jamg‘armaga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar quyidagi xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ta’lim dasturlari, xorijiy olimlar va ekspertlarni, shu jumladan vatandoshlarni taklif qilishni, shuningdek, davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralash tanlovi yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyalar kvotalari va bir stipendiatga mablag‘lar sarfining cheklangan me’yorlariga muvofiq ravishda Jamg‘armaning ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb qilish, chet elda istiqomat qiluvchi qimmatli kasbiy tajribaga ega vatandoshlar bilan aloqalar o‘rnatish va doimiy muloqot olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va faol ilgari surish, nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro forumlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari va boshqa toifa xodimlari salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida xorijiy hamda mahalliy olimlar va ekspertlarni jalb etgan holda o‘quv kurslari, ilmiy-ma’rifiy va boshqa tadbirlar tashkil etishni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) joriy ta’minot, shu jumladan ishchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash, Jamg‘armaga yuklatilgan bevosita vazifalarni bajarish uchun ajratilgan mablag‘lar qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy ta’minot, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, Jamg‘arma kadrlarining salohiyatini oshirish, uning axborot va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha ochiq saralash tanlovini o‘tkazish, xorijiy olimlar va ekspertlarni, shu jumladan vatandoshlarni taklif qilish bo‘yicha faoliyatni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘arma xodimlariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidagi tegishli lavozimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish miqdorlari va sharoitlari tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma xodimlarining lavozim maoshiga ular ish hajmi va samaradorligidan kelib chiqib (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda), lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamg‘arma o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq unga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamg‘arma belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini olib boradi, moliyaviy va statistika hisobotini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamg‘armani qayta tashkil etish va uni tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisi

lavozimiga ko‘ra

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari

A.Sh. Bekmurodov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari

A.X. Toshkulov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari

A.X. Kamilov

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

Sh.X. Shermatov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

B.S. Yuldashev

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

N.B. Xusanov

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

A.M. Xadjibayev

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

J.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri

I.Yu. Abduraxmonov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

U.N. Tashkenbayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i

M.M. Xodjimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

S.S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

A.Z. Sa’dullayev

O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori

I.I. Norqulov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

A.B. Voitov

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

J.I. Abruyev

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

lavozimiga ko‘ra

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktorining o‘rinbosari, Vasiylik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlarni ochiq saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tomonidan xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — ta’lim dasturlari) bo‘yicha nomzodlarni ochiq saralash tanlovini tashkil etish tartibi va mexanizmlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga yuborish ochiq saralash tanlovi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq saralash tanlovi arizalar kelib tushishi va to‘planishiga qarab, kalendar yil davomida davriy ravishda, ammo bir yilda kamida ikki marotaba o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nomzodlarni ochiq saralash tanlovini tashkil etish va o‘tkazish Tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, uning shaxsiy tarkibi hamda ishlash tartibi Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olishga qabul faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun hamda qabul va tanlab olishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qoidaga ko‘ra, o‘z nazariy bilim va/yoki amaliy tajribalari natijasida xorijda ta’lim olish uchun xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa tomonidan nomzodga taklif etilgan grant (stipendiya yoki boshqa moliyaviy imtiyoz)lar miqdori yoxud ta’lim muddatining qisqaligi tanlov jarayonida ustunlik beruvchi holat sifatida e’tiborga olinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Saralash tanlovlarida quyidagi shaxslar ishtirok eta olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha — 25 yoshdan katta bo‘lgan, avval o‘xshash ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xorijda bakalavriatda ta’lim olganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha — 20 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval o‘xshash mutaxassislik bo‘yicha xorijda magistraturada ta’lim olganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) doktorantura ta’lim dasturlari bo‘yicha (shu jumladan aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun) — 22 yoshdan kichik va 45 yoshdan katta bo‘lgan, shuningdek, avval falsafa doktori (PhD), fan nomzodi yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini xorijda olganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mehnat staji 2 yildan kam bo‘lganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar (mazkur talab bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlarga tatbiq etilmaydi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat hokimiyatining saylab qo‘yiladigan organlarida faoliyat yuritayotganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmaganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari tomonidan doktorantura va magistraturada ta’lim olish dasturlariga tavsiya etilgan nomzodlarga, shuningdek, bakalavriat ta’lim dasturi bo‘yicha nomzodlarga mehnat stajidan qat’i nazar saralash tanlovida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma stipendiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘arma stipendiyalari belgilangan tartibda Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan ta’lim dasturlariga muvofiq yetakchi xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda quyidagi dasturlar bo‘yicha ta’lim olish uchun ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorantura (aspirantura) — 3-4 yilga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura — 1-2 yilga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat — 3-4 yilga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim rivojlangan davlatlar ta’lim muassasalarida bir yilgacha bakalavriatga tayyorlov kurslari (Foundation year/course) xarajatlari Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Bunda, tayyorlov kursi va bakalavriatda o‘qishning umumiy muddati 4 yildan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorantura (shu jumladan aspirantura orqali falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) darajasini olish uchun), magistratura yoki bakalavriatda ta’lim olish tegishli xorijiy mamlakatlarning ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalari tomonidan qabul qilingan standartlar, talablar va o‘quv rejalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyasi va Jamg‘arma Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq respublika uchun alohida ahamiyatga ega tibbiy mutaxassisliklar bo‘yicha ikki yilgacha klinik ordinaturani o‘tash uchun stipendiyalar ajratilishi mumkin. Bunda klinik ordinaturaga magistratura dasturi bo‘yicha o‘qishning o‘ziga xos shakli sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma buyurtmachi tashkilotning asoslangan taklifiga muvofiq, istisno tariqasida, xorijiy oliy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarning murojaatlari asosida doktorantura va magistraturada ta’lim olish muddatini, qo‘shimcha moliyalashtirish huquqisiz, bir semestrgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamg‘arma stipendiyalari ushbu Nizom talablari asosida ochiq saralash tanlovidan o‘tgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — Stipendiatlar)ga xorijda ta’lim olish maqsadida quyidagi xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar, vazirliklar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar hamda boshqa tashkilotlarda Stipendiatlarning bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada o‘qishi qiymati to‘lovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stipendiatlar tomonidan vizalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stipendiatlarning barcha turdagi transport vositalari bilan ta’lim olish joyigacha bo‘lgan yo‘lkira xarajatlari (ikkala tomonga, ko‘pi bilan yiliga bir marta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada ta’lim olish davrida Stipendiatlarning yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish, shu jumladan darsliklar sotib olish, Stipendiat ta’lim olayotgan xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa talablariga binoan ilmiy maqolalar chop ettirish, ilmiy maqolalarni ko‘chirib (elektron tarzda yuklab) olish, maqolalar hamda ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada ta’lim olish davrida Stipendiatlarni tibbiy sug‘urtalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra Stipendiatlarning xorijda ta’lim olishi bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ta’lim dasturi bo‘yicha bitta Stipendiatga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdori Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Saralash tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ochiq saralash tanlovi haqidagi e’lon hujjatlarni qabul qilish muddati tugashidan kamida bir oy avval ommaviy axborot vositalari, shu jumladan internet nashrlar va Jamg‘armaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq saralash tanlovi o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lon quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizalarni qabul qilish muddatlari, tartibi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hujjatlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar (yoshi, mutaxassislik bo‘yicha zarur mehnat staji, xorijiy tilni bilish darajasi hamda xorijda o‘qishga kirishga qo‘yiladigan talablar, ilmiy maqolalarning mavjudligi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralash tanlovini o‘tkazish joyi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa telefonlari va elektron manzillar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha nomzodlar Jamg‘armaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ta’lim dasturi, shu jumladan o‘qiydigan mutaxassisligi, tanlangan mamlakat, ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa ko‘rsatilgan holda belgilangan shaklda Jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli ta’lim dasturi tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari uchun);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) uzrsiz sabablarga ko‘ra Stipendiat bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingan taqdirda, Jamg‘arma moliyaviy xarajatlarini (o‘tgan yillar davomida iste’mol narxlari indeksining o‘rtacha yillik darajasiga teng jarima bilan) qoplash to‘g‘risida manfaatdor vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar — yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar (ustuvor ravishda Stipendiatning ota-onasi, aka-ukasi yoki opa-singlisi, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo‘la olmagan taqdirda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar) tomonidan berilgan kafolat xati, bank kafolati yoki sug‘urta tashkilotining sug‘urta polisi (tanlov g‘oliblari uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, nomzod to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga to‘liq kiritilishi ta’minlanishi shart.
(10-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xorijda bakalavriatda o‘qish dasturi bo‘yicha nomzodlar 10-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi CEFR tizimi bo‘yicha V2 darajasidan past bo‘lmagan amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ta’lim muassasasiga shartsiz qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance)ni taqdim etgan nomzodlar, bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse (yozma ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xorijda magistraturada o‘qish dasturi bo‘yicha nomzodlar 10-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi CEFR tizimi bo‘yicha V2 darajasidan past bo‘lmagan amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga shartsiz qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance)ni taqdim etgan nomzodlar, bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nomzodning O‘zbekistonda va xorijda (agar mavjud bo‘lsa) e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati hamda ularning elektron variantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse (yozma ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xorijda doktoranturada o‘qish dasturi bo‘yicha nomzodlar 10-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilarni taqdim qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi CEFR tizimi bo‘yicha V2 darajasidan past bo‘lmagan amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga shartsiz qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance)ni taqdim etgan nomzodlar, bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tanlangan sohani rivojlantirish hamda uning natijalarini O‘zbekistonda qo‘llash uchun nomzod tadqiqotining dolzarbligi to‘g‘risida tegishli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa rahbarining tavsiya xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nomzodning O‘zbekistonda va xorijdagi ilmiy jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati hamda ularning elektron variantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadlari, uslublari va natijalari, ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqidagi esse (yozma ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ochiq saralash tanlovida ishtirok etish uchun arizalar nomzodlar tomonidan onlayn tarzda elektron shaklda topshiriladi. Saralash tanlovining barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar hujjatlarini tegishli tarzda rasmiylashtirilgan holda chop etilgan shaklda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamg‘arma xorijda ta’lim olish narxlari, muddatlari va shart-sharoitlarining maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, tegishli ta’lim dasturi bo‘yicha Stipendiatning ta’lim olishi uchun nisbatan afzal bo‘lgan xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasani tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha saralash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nomzodlarni saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqich hujjatlarni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida qabul qilish, tahlil qilish va ro‘yxatga olishni ko‘zda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bosqich Jamg‘arma xodimlari tomonidan o‘tkazilib, uning yakunlari bo‘yicha hujjatlarini Jamg‘arma talablariga mos ravishda taqdim etgan, saralash tanlovining 2-bosqichiga o‘tgan ishtirokchilarning yig‘ma ro‘yxati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqichda nomzodlar bilan xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, ma’naviy-axloqiy tafakkuri, sog‘lom dunyoqarashi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, shuningdek, davlat tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazilishi ko‘zda tutiladi.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra tanlovning 2-bosqichi raqamli texnologiyalarga asoslangan holda onlayn videomuloqot shaklida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning Vasiylik kengashi nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovi o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqich natijalari Tanlov komissiyasining imtihon qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov komissiyasi tanlov yakunlarini umumiy va Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha alohida shaklda umumlashtiradi hamda ularni tasdiqlash uchun Jamg‘armaning Vasiylik kengashiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamg‘arma Vasiylik kengashining Jamg‘arma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘tkazilgan saralash tanlovi natijalarini tasdiqlash haqidagi qarori tanlov o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddat ichida e’lon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamg‘arma Vasiylik kengashi bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish dasturlari bo‘yicha ochiq saralash tanlovi g‘oliblarini tavsiya etiladigan mamlakatlarni ko‘rsatgan holda tasdiqlaydi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan shakldagi sertifikatlar topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamg‘arma har yili o‘z rasmiy veb-saytida Stipendiatlar uchun tegishli ta’lim dasturi bo‘yicha tavsiya etiladigan ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar, vazirliklar, ishlab chiqarish, innovatsion kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatini e’lon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ro‘yxat Jamg‘arma tomonidan, birinchi navbatda, ta’lim sohalari bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasalarining, yetakchi ilmiy muassasalar, shuningdek, manfaatdor va mutasaddi vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatga, qoida tariqasida, THE (The Times Higher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), The U. S. News and World Report (Best Global University Rankings) va ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi xalqaro miqyosda e’tirof etilgan akademik reytingning eng ilg‘or 300 ta (yoki tanlab olingan fan bo‘yicha yetakchi 100 ta) ta’lim va ilmiy muassasalar ro‘yxatidan joy olgan xorijiy ta’lim, ilmiy hamda boshqa muassasalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatga Stipendiat tomonidan tanlab olingan sohada e’tirof etilgan va ilg‘or ta’lim, ilmiy hamda boshqa muassasalar, vazirliklar, agentliklar, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa kompaniyalar, xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, energetika hamda boshqa institutlar va tuzilmalar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stipendiat tomonidan tanlangan xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa ko‘rsatilgan ro‘yxatdan joy olmagan bo‘lsa, Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarori asosida Stipendiatga o‘zi tanlagan muassasada ta’lim dasturidan o‘tishiga ruxsat berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar Stipendiat tanlangan mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat va magistratura dasturi uchun olti oy, doktorantura dasturi uchun bir kalendar yil mobaynida tanlangan xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasaga shartsiz qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatni (“Letter of unconditional acceptance”) taqdim eta olmasa, uning stipendiyasi bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamg‘armaning Apellyatsiya komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomga rioya qilish, suhbat (test)ning o‘tkazilishi, shuningdek, tanlovni o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun Jamg‘arma Vasiylik kengashining qarori bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma apellyatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi va ishlash tartibi Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya komissiyasiga shikoyat saralash tanlovi natijalari e’lon qilinganidan so‘ng uch kun ichida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilingan shikoyatni ko‘rib chiqishi va ariza berilganidan so‘ng besh kun ichida tegishli qaror qabul qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tanlov komissiyasining tegishli kichik komissiyalari a’zolari, shuningdek, suhbat (test)ni olib borishda ishtirok etuvchi ekspertlar ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va noxolisligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Stipendiatlarning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Stipendiatlar shartnomalarni (kontraktlarni) Jamg‘arma tomonidan belgilangan tartibda to‘ldirishi va kelgusida ro‘yxatga olinishi hamda ijro etilishi uchun ko‘rsatilgan talablar va muddatlarga muvofiq Jamg‘armaga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim dasturi tugallanganidan so‘ng, Stipendiatlar shartnoma (kontrakt) talablariga qat’iy amal qilgan holda Jamg‘armaga diplom, sertifikat yoki boshqa hujjat nusxasini, shuningdek, dissertatsiyaning (diplom, bitiruv yoki sertifikat ishi yoxud boshqa hisobot shakli) elektron variantini Jamg‘armaning barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan elektron kutubxonasiga joylashtirish uchun taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xorijda ta’lim olishga ketayotgan Stipendiatlar quyidagi masalalar bo‘yicha yakka tartibdagi instruktajdan o‘tishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, an’analari, sayyohlik va investitsion salohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro etiket va protokol, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari bilan hamkorlik hamda konsullik hisobida turish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrli sabablarsiz Jamg‘arma vakillari bilan yakka tartibdagi instruktajdan o‘tmagan Stipendiatlar Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarori bilan Stipendiatlar safidan chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Stipendiatlarga vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida egallagan mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi muddatda to‘liq bandlik rejimida uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bakalavriatda o‘qish dasturi bo‘yicha — 5 (besh) yildan kam bo‘lmagan muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) magistratura va doktoranturada o‘qish dasturi bo‘yicha — 3 (uch) yildan kam bo‘lmagan muddatda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stipendiatning o‘z xohishiga ko‘ra xorijda ta’lim olish xarajatlarini moliyalashtirishda uning o‘zi yoki moliyaviy kafillari qisman ishtirok etgan taqdirda Stipendiatning majburiy ishlab berish muddatiga o‘zgartirish kiritilmaydi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Respublika hududlarini yetakchi xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada ta’lim olgan yosh mutaxassislar bilan ta’minlash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Jamg‘arma Vasiylik kengashi majburiy ishlab berish joyi sifatida respublikaning chekka hududlarida joylashgan davlat tashkilotlari yoki muassasalari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlarni tanlagan Stipendiatlarning majburiy ishlab berish muddatini bakalavriatda o‘qish dasturi bo‘yicha 2 (ikki) yilga qadar, magistratura va doktoranturada o‘qish dasturi bo‘yicha 1 (bir) yilga qadar qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Stipendiat uzrsiz sabablarga ko‘ra xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalarning talabalari safidan chiqarilgan yoki Jamg‘arma ta’lim dasturlari tugagandan so‘ng u bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari yoxud davlat ulushi mavjud bo‘lgan tashkilotlarda mehnat faoliyatini davom ettirishdan bosh tortgan taqdirda, Jamg‘arma tomonidan uni o‘qitishga sarflangan barcha moliyaviy xarajatlar Stipendiat va uning moliyaviy kafillari (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan solidar tartibda qoplab beriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stipendiya xarajatlarini hisoblashda Stipendiatning xorijda ta’lim olishi uchun xorijiy valyutada to‘lab berilgan stipendiya summasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi almashuv kursi asosida milliy valyutada aniqlangan miqdori asos sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stipendiatdan kafillar bilan birgalikda asosiy to‘lab berilishi lozim bo‘lgan xarajatlar miqdori bilan birga o‘tgan yillar davomida iste’mol narxlari indeksining o‘rtacha yillik darajasiga teng jarimani hisobga olgan holda dasturning to‘liq qiymatini to‘lab berishi Stipendiatlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq talab etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish

1.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-aprel

Talab etilmaydi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Xasanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashida tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash uchun kiritish:

“El-yurt umidi” jamg‘armasining shtatlar jadvalini hamda tegishli yilga mo‘ljallangan daromadlar va xarajatlar istiqbol ko‘rsatkichlari;

“El-yurt umidi” jamg‘armasining bir stipendiatiga mo‘ljallangan stipendiyasining eng yuqori me’yorini belgilash va uni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan vazirlik, idora va tashkilotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtmalari asosida istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha amalga oshiriladigan stajirovkadan o‘tishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari xorijda ta’lim olishi sifati va natijadorligiga qo‘yiladigan minimal talablar;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining ta’lim olish jarayonlari hamda ta’lim olishdan keyingi mehnat faoliyati monitoringini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining xorijda ta’lim olishi (bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish) bo‘yicha 4 (to‘rt) tomonlama shartnoma namunasi.

Vasiylik kengashi qarori



Har yili 1-fevralga qadar

2021-yil 1-aprel

Talab etilmaydi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Xasanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi

(R. Davletov)

3.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi kadrlari salohiyatini va tajribasini oshirish maqsadida ularni xorijdagi yetakchi mutasaddi tashkilotlar, hamkor universitetlar va ilmiy markazlar, ilg‘or kompaniya va tashkilotlarga malaka oshirish yoki stajirovkadan o‘tishga yuborishni tashkil etish.

Vasiylik kengashi qarori

2021-yil 1-apreldan boshlab doimiy

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, xorijiy hamkorlar grantlari va stipendiyalari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Xasanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev)

4.

“El-yurt umidi” jamg‘armasida axborotlar almashuvi va ularni saqlashning mavjud elektron bazalarini takomillashtirish, jamg‘arma faoliyatini xorijiy hamkorlar va ijtimoiy tarmoqlarda faol targ‘ib etish maqsadida maxsus innovatsion texnik vositalar xarid qilish.

Ochiq tanlovga muvofiq davlat xaridi to‘g‘risida shartnoma

2021-yil 1-may

“El-yurt umidi” jamg‘armasi va Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Xasanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

II. Xorijda ta’lim olish dasturlarini tashkil etish maqsadida stipendiya tanlovlarini o‘tkazishni tashkil etish

5.

Mazkur Farmonining mazmuni va “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlariga kiritilgan asosiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan Matbuot anjumanini tashkil etish va o‘tkazish.

Matbuot anjumani

2021-yil 1-aprel

Talab etilmaydi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Xasanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov)

6.

“El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq saralash tanlovida nomzodlarni ishtirok etishga tavsiya etgan holda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha real ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotlar (buyurtmalar portfeli)ni shakllantirish.

Buyurtmalar portfeli

2021-yildan boshlab har yili 1-sentabrga qadar muntazam ravishda

Talab etilmaydi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari

7.

Har yili kamida bir marta 1-sentabrga qadar ustuvor mutaxassisliklar bo‘yicha xorijda o‘qitish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi ochiq eshiklari” taqdimot tadbirlarini o‘tkazib borish.

Tadbir doirasida vazirlik, idora va hududlar rahbarlari bilan hamkorlikda kadrlarni xorijda tayyorlash bo‘yicha eng ustuvor mutaxassisliklarni aniqlash hamda ularga mos ravishda stipendiya kvotalari loyihalarini tayyorlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Vasiylik kengashi qarori

2021-yildan boshlab har yili 1-sentabrga qadar muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari

8.

Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq tanlov o‘tkazish yo‘nalishlari hamda ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim sohalari kesimida (ustuvor va talab yuqori bo‘lgan zamonaviy mutaxassisliklarni e’tiborga olgan holda) kvotalarni tasdiqlash va “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.

Vasiylik kengashi qarori

2021-yil 1-martdan boshlab har yili muntazam ravishda

Talab etilmaydi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Ko‘chimov)

9.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari orqali xorijda ta’lim olish uchun tavsiya etiladigan oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda ijodiy muassasalar, kompaniyalar va tashkilotlar ro‘yxatini ishlab chiqish va e’lon qilish.

Vasiylik kengashi qarori

2021-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar muntazam ravishda

Talab etilmaydi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

“El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni vazirlik, idora va tashkilotlar, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari vakillari orasida keng targ‘ib etishga qaratilgan onlayn amaliy-uslubiy seminarlar tashkil etish va o‘tkazish.

Onlayn amaliy-uslubiy seminarlar grafigi

2021-yildan boshlab muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

11.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati va uning stipendiyalari uchun ochiq saralash tanlovlarini o‘tkazish tartibi va muddatlari yuzasidan turli videoroliklar tayyorlash hamda ularni OAV orqali namoyish etish.

Reja-jadval

2021-yildan boshlab muntazam ravishda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov)

12.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlariga nomzodlar, xususan respublika hududlari yoshlari uchun qulaylik va teng imkoniyatlar yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda onlayn rejimda qabul qilishning modernizatsiyalashgan platformasini ishga tushirish.

Onlayn hujjat qabul qilish platformasi

2021-yil 1-aprel

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

13.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlarini tashkil etish, tanlov jarayonlariga malakali olimlar va ekspertlarni, jumladan xorijda ta’lim olgan yoki tadqiqotlar o‘tkazgan tajribali vatandoshlarni, yoshlar orasida hurmatga sazovor bo‘lgan yozuvchilar va shoirlarni keng jalb etish.

Vasiylik kengashi qarori asosida tanlov
reja-grafigi

Stipendiya tanlovlari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan muddatlarda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov), Davlat test markazi (M. Karimov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Hojimatov), Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

14.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlari natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi qarorini qabul qilish, stipendiatlarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish va ularga stipendiatlik sertifikatlarini tantanali topshirish.

Vasiylik kengashi qarori

Stipendiya tanlovlari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan muddatlarda

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

15.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya g‘oliblarini xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilg‘or kompaniya va tashkilotlarga ta’lim olishga yuborishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, xorijiy hamkorlar grantlari va stipendiyalari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining xorijda ta’lim olishining hamda O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng mehnat faoliyatining doimiy monitoringini olib borishni tashkil etish.

Monitoring dasturi

Har yili ikki marotaba

Talab etilmaydi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Xasanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh olimlar, ekspertlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan doimiy muloqot qilish

17.

Xorijda istiqomat qilayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlar bilan muloqotlar o‘rnatish ishlarini yanada kengaytirish, vatandoshlar elektron reyestrini takomillashtirish va undan foydalanish samaradorligini ta’minlash.

Idoralararo chora-tadbirlar rejasi

2021-yil 1-aprel

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi huzuridagi xalqaro ekspert vatandoshlar forumi faoliyatini rivojlantirish, xorijda istiqomat qilayotgan olimlar va ekspertlar bilan muloqotlar olib borish hamda sohalar kesimida turli mavzularda taqdimotlar o‘tkazish.

Onlayn video-konferensiyalar o‘tkazish grafigi

2021-yil yanvardan boshlab doimiy

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

“UzBridge” elektron jurnalida O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga oid tahliliy materiallar, jumladan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning ilmiy maqolalari va ocherklarini chop etish.

“UzBridge” elektron jurnali nashri

Har yili kamida ikki marta

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Xasanov)

20.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh olimlar, tajribali ekspertlar va tadqiqotchilar uchun ochiq ro‘yxatdan o‘tish elektron platformasini yaratish.

Jamg‘arma veb-saytida ochiq elektron platforma

2021-yil apreldan boshlab doimiy

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlar hamda sobiq “Umid” va “El-yurt umidi” jamg‘armalari stipendiatlari ishtirokida an’anaviy xalqaro forum o‘tkazib borish.

Vasiylik kengashi qarori

2021-yildan boshlab doimiy

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, homiylar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(A. Xasanov), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ushbu “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjat shakli o‘zgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda ko‘zda tutilgan o‘zga hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ko‘proq hujjatlar birlashtirilganda tegishli bandlarni bajarish uchun belgilangan eng kech ko‘rsatilgan muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5545-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislarni, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish hamda tayyorlashni tashkil etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4, 5, 7 va 18-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 8-banddan “, malaka oshirish va stajirovka o‘tash” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) Jamg‘arma stipendiatlarini xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada o‘qitishni tashkil etish, xorijiy olim va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarimizni respublikada mehnat faoliyatini amalga oshirishga jalb etish, shuningdek, Jamg‘arma ta’lim dasturlarining samaradorligini ta’minlash hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida boshqa tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “tegishli yildagi iste’mol narxlarining prognoz indeksiga teng koeffitsiyentni qo‘llagan holda” so‘zlari “Jamg‘armaning xorijiy olim va ekspertlarni, shu jumladan vatandoshlarimizni jalb qilish bilan bog‘liq ta’lim dasturlari, tadbirlari, shuningdek, Jamg‘arma ta’lim dasturlari samaradorligini ta’minlash hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga bo‘lgan real ehtiyoji prognozini hisobga olgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 14-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“stipendiatlar xorijiy mamlakatlarga viza olishida, konsullik hisobiga qo‘yilishida, notarial va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishida, borgan davlatida stipendiatlarning o‘qishini monitoring qilishda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 1 — 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3815-son qarorining 20-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish xalqaro moliya institutlarining grantlari, budjet mablag‘lari va Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3982-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 6-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Lavozimiga ko‘ra — Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4091-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2, 3, 4 va 7-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingiga ko‘ra jahondagi eng yaxshi 300 talik yoki tanlangan fan yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi 100 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarning bakalavriati, magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil tarzda kirgan va ta’lim olayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga Jamg‘arma stipendiyalarini ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisidan “, shu jumladan, Jamg‘arma stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga o‘qitish dasturlarini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2 va 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PQ-4472-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 11-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 12-band quyidagi mazmundagi “m” kichik bandi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“m) davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo‘yicha ustuvor va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlaydi hamda ta’lim dasturlarini amalga oshirishga tashkiliy, huquqiy va moliyaviy jihatdan ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari va mutaxassislar salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, iqtidorli va istiqbolli yoshlarni, eng avvalo respublika hududlaridagi yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy olimlar hamda ekspertlarni jalb etgan holda o‘quv kurslari, ilmiy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ta’lim, ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va ekspertlar, shuningdek, vatandoshlar bilan hamkorlikda onlayn platformalarga asoslangan masofaviy ta’lim dasturlari, o‘quv kurslari va boshqa ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari va mutaxassislar tomonidan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish jarayonida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalardan samarali foydalanilishiga, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarning ro‘yobga chiqarilishiga hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ommalashtirishga ko‘maklashadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim farmonlari ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5121-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5139-son Farmonining 12-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)