1-ILOVA
|
Tadbir nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish | ||||
|
1. |
“Tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish va ularni xalqaro roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi Lissabon bitimi”ning (1958-yil 31-oktabr) qoida va normalariga muvofiqlashtirilgan “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi |
2021-yil 1-iyun |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
2. |
Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish boʻyicha real mexanizmlarni nazarda tutuvchi quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi — intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilishiga oid tegishli moddalardagi sanksiyalarni kuchaytirish; Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi — mualliflik va turdosh huquqlari buzilishi hamda oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuzasidan; “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi va “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari — yuridik shaxslarning korporativ javobgarligini belgilash, bunda ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash yuzasidan; tegishli qonunlarga — mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarining, jumladan, audiovizual asarlar va fonogrammalarning axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida himoyasini toʻliq taʼminlash yuzasidan. |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi |
2022-yil may |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oliy sud (K. Kamilov) |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga tovar belgisiga topshirilgan talabnoma norezidentlarga oʻtkazilgan hollarda norezidentlar tomonidan patent bojlarini mutanosib miqdorlarda toʻlanishini taʼminlashni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi |
2021-yil 20-mart |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
4. |
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish, bunda rivojlangan mamlakatlar tajribasini asos sifatida olish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), tegishli vazirlik va idoralar | |
|
5. |
Intellektual mulk huquqlarni buzish natijasida intellektual mulk obyekti huquq egasiga yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foydani aniqlash hamda qoplash mexanizmini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokur��tura (N. Yoʻldoshev), Oliy sud (K. Kamilov) | |
|
6. |
Intellektual mulk sohasidagi dolzarb quyidagi xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish: a) Koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish toʻgʻrisidagi Marokash shartnomasi (2013-yil 27-iyun); b) Tovar belgilari boʻyicha qonunlar toʻgʻrisidagi Singapur shartnomasi (2006-yil 27-mart); v) Sanoat namunalarini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida Gaaga bitimining Jeneva akti (1999-yil 2-iyul); g) Ijrochilar, fonogramma yaratuvchilar va eshittirishlar tayyorlovchi tashkilotlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Rim xalqaro konvensiyasi (1961-yil 26-oktabr). |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2021-yil 20-aprel |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), MTRK (A. Xadjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
II. Intellektual mulk sohasi faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish | ||||
|
8. |
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha mulkiy huquqlarni himoya qilishga koʻmaklashuvchi “Faol muallif” maʼlumotlar reyestrini yaratish. Mazkur reyestr quyidagi mezonlar asosida ishlashini nazarda tutish: mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarni ushbu reyestrga joylashtirish va undan bepul foydalanishni taʼminlash; muallif yoki boshqa huquq egasi oʻz vakolatlarini mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning birigagina berishga haqli ekanligi. Maʼlumotlar reyestrini yaratish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarning oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-sentabr |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
|
9. |
Quyidagi tarkibiy qismlardan iborat “IP-Protection” axborot portalini ishlab chiqish: intellektual mulk obyektlari orasida eng koʻp huquqbuzarlik hollariga uchrayotganlari roʻyxati; sohaga oid huquqbuzarlik avj olayotgan hamda huquqbuzarlik darajasi va oʻsish tempi pasaymayotgan joylar xaritasi; sud ajrimlari hamda tadbirkorlik subyektlari yoki ularning patent vakillari (advokatlari)ning arizalari va asoslantirilgan maʼlumotlarini monitoring qilish asosida tuzilgan huquqbuzarlar reyestri. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 25-aprel |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raximov) |
|
10 |
Hududlardagi mavjud ilmiy salohiyat va axborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga ixtisoslashgan oliy taʼlim tashkilotlarida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari tarmogʻini kengaytirish, ularning faoliyatini ragʻbatlantirishni koʻzda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2021-yil 15-may |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
III. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasida qonuniylikni taʼminlash | ||||
|
11. |
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlarining efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlardagi ijrosini oʻrganish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Muntazam ravishda |
Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
Oʻrganish yakunlari va xorijiy ilgʻor tajriba asosida maʼlumotnoma tayyorlash, unda xalqaro konvensiyalar va milliy qonun hujjatlari ijrosini ham inobatga olish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2021-yil 1-iyul | ||
|
12. |
Mualliflarning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini toʻlaqonli himoya qilish maqsadida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarining Internetdagi himoyasini toʻliq taʼminlash mexanizmini ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 10-may |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), “Oʻzkomnazorat” (Gʻ. Ziyayev), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov) |
|
IV. Intellektual mulk sohasidagi qonuniylikni taʼminlashda idoralararo hamkorlikni taʼminlash | ||||
|
13. |
Tadbirkorlik subyektlarining tovar kelib chiqqan joy nomi (geografik koʻrsatkich) bevosita aks ettirilgan mahsulotni xalqaro elektron savdo platformalari orqali eksport qilgandagi sarf-xarajatlari boʻyicha kompensatsiyalar berish masalasini tahliliy oʻrganish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2021-yil 15-iyul |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (U. Muradov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
14. |
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish boʻyicha idoralararo hamkorlik mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2021-yil 1-avgust |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raximov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), “Oʻzkomnazorat” (Gʻ. Ziyayev) |
|
15. |
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda bojxona organlariga oʻz tashabbusiga koʻra intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish vakolatini berish boʻyicha amaldagi bojxona qonunchiligiga “ex officio” talabini kiritish masalasini tahliliy oʻrganish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2021-yil 1-mart |
Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov) |
|
Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirishni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Muntazam ravishda | ||
|
16. |
Tajriba tariqasida Fargʻona viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida hamda respublika toʻqimachilik klasterlarida qoʻllanilayotgan texnologiyalarda muhofazalangan intellektual mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-may |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Haydarov) Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov) |
|
Tajriba doirasida amalga oshirilgan ishlar monitoringini olib borish hamda tajribaning ijobiy yakunlari boʻyicha uni keyinchalik doimiy asosda joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2021-yil 1-iyul | ||
|
17. |
Intellektual mu�k himoyasi markazlari, hududiy adliya va soliq organlari xodimlari uchun intellektual mulk obyektlarini himoya qilish boʻyicha amaliy seminar-treninglar, vebinarlar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Tasdiqlangan grafikka muvofiq |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
|
Intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtirish va huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligini taʼminlash maqsadida markazlar va hududiy adliya organlari xodimlari uchun muayyan sohalarga (alkogol, qandolat, parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish kabi) taalluqli uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish. |
Uslubiy qoʻllanmalar |
2021-yil davomida | ||
|
V. Intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashda targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish | ||||
|
18. |
Tadbirkorlik subyektlari bilan tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish, ixtirolarni patentlash, franshiza (brendni xorijga eksport qilish) bitimlarini tuzish, xorij bozorlarida milliy tovar belgilarini himoya qilish va targʻib qilish, mahalliy brendlar hamda davlatning imijiga brendreydingning salbiy jihatlari kabi masalalar yuzasidan konferensiyalar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Yilda ikki marta |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (U. Muradov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
19. |
Har yili bir marta respublika boʻylab kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi real samarali kurashishni koʻzda tutuvchi hamda targʻibot-tashviqot ruhi bilan sugʻorilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligini oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Har yili 15-fevral — 15-mart |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), tegishli vazirlik va idoralar |
|
20. |
“Kontrafaktsiz hudud” shiori ostida intellektual mulk obyektlari huquqlari boʻyicha harakatni kengaytirish va targʻibot-tashviqot ishlarini jadallashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Tasdiqlangan grafikka muvofiq |
Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
|
21. |
Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi oqibatida isteʼmolchilarga yetkaziladigan zarar, xususan ularning inson salomatligiga boʻlgan salbiy taʼsiri toʻgʻrisida toʻliq va batafsil axborot berilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Muntazam ravishda |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov), MTRK (A. Xadjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro mexanizmi |
Masʼul ijrochilar |
Bajarish muddati |
|
I. Ilmiy ishlanmalarni yaratish, joriy qilish va texnologiya transferini rivojlantirish | ||||
|
1. |
Oliy taʼlim muassasalari (OTM), ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
OTMlar va ilmiy tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlari, sanoat korxonalari oʻrtasida texnologik platformani (kommunikatsion maydon) yaratish maqsadida sohalar boʻyicha intellektual mulk obyektlari va yangi texnologiyalar yarmarkalarini tashkil etish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2021 — 2023-yillarning I, III choraklari |
|
2. |
Ilmiy laboratoriyalar tomonidan xorijiy muassasa va kompaniyalar bilan hamkorlik asosida tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlanmalar va ixtirolar qilish hamda ularni joriy qilish ishlarini faollashtirish. |
1. Ilmiy tashkilotlar, markazlar, laboratoriyalar tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari yoki yuqori texnologiyalarga asoslangan kompaniyalarda dolzarb muammolarni oʻrganish va hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini (R&D) rivojlantirish, ixtirolar qilish va joriy etish ishlarida faollikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), tizimida ilmiy tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar |
2021-yil II chorak |
|
2. Har bir muassasa tomonidan xorijiy ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari yoki yuqori texnologiyalarga asoslangan kompaniyalar bilan dolzarb muammolarni oʻrganib, hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, ixtirolarni yaratish, patentlash va joriy etish ishlarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil III chorak | |||
|
3. |
Respublika va xalqaro miqyosda boʻlib oʻtadigan innovatsion ishlanmalar va gʻoyalarga bagʻishlangan tadbirlarda Geologiya fanlari universiteti hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ishtirokini tizimli yoʻlga qoʻyish hamda yangi ishlanmalarning patentlash va joriy etilishini taʼminlash. |
1. Ilmiy-tadqiqot institutlarining yillik qoʻlga kiritayotgan natijalari, ishlanmalarini doimiy ravishda geologiya qidiruv ishlari amaliyotida sinovdan oʻtkazish hamda innovatsion ishlanmalar va gʻoyalarga bagʻishlangan tadbirlarda muhokamadan oʻtkazish. 2. Sinovdan samarali oʻtgan ishlanmalarga patent olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 3. Innovatsion ishlanmalar va gʻoyalarni amaliyotga joriy etilishini amalga oshirish. |
Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov), ilmiy-tadqiqot institutlari |
Doimiy ravishda |
|
4. |
Ilmiy-tadqiqot institutlarida geologiya sohasida muddatlari yakunlangan, dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan ishlanmalari patentlarining amal qilish muddatlarini uzaytirish choralarini koʻrish. |
1. 4 ta ilmiy tadqiqot institutlarida mavjud patentlarning dolzarbligi boʻyicha roʻyxatini shakllantirish. 2. Dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan ishlanmalar uchun olingan patentlar (agar muddati yakunlangan boʻlsa) muddatlari uzaytirilishini amalga oshirish. |
Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov), ilmiy-tadqiqot institutlari |
Doimiy ravishda |
|
II. Ilm-fan tizimida intellektual mulk va uning muhofazasini takomillashtirish | ||||
|
5. |
OTM va ilmiy tadqiqot institutlarining intellektual mulk sohasidagi siyosatini ishlab chiqish. |
1. Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) akademik va ilmiy-texnikaviy muassasalar uchun intellektual mulk sohasidagi siyosati boʻyicha Namunaviy nizomini OTMlar bilan muhokama qilish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari |
2021-yil I chorak |
|
2. Namunaviy nizom boʻyicha OTMlar va ilmiy-texnikaviy muassasalarning intellektual mulk sohasidagi siyosati loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish. |
2021-yil II chorak | |||
|
6. |
OTMlar va ilmiy-tadqiqot institutlari uchun intellektual mulk muhofazasi boʻyicha konsalting xizmatlarini kengaytirish. |
1. “Intellektual mulk konsultativ markazi” DUK va respublika mintaqalaridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari (TIQQM) yordamida intellektual mulk muhofazasi boʻyicha konsalting xizmatlarini keng yoyish. |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari |
2021-yil IV chorak |
|
2. OTMlar va ilmiy-texnikaviy muassasalar tomonidan yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish boʻyicha OTMlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish. |
Doimiy ravishda | |||
|
7. |
Huquqni qoʻllovchi organlar xodimlarining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va malakalarini oshirish. |
Huquqni qoʻllovchi organlar, jumladan bojxona organlari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2021 — 2023-yillarning II, IV choraklari |
|
8. |
Intellektual mulk muhofazasi sohasida patentshunos kadrlarni va patent vakillarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Oliy taʼlim tizimida “Patentshunoslik” (bakalavr) yoʻnalishini tashkil etish hamda Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi, OTM va ishlab chiqarish korxonalari uchun bugungi kunda oʻta zarur boʻlgan intellektual mulk sohasidagi kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. Bunda, BIMT Akademiyasi va sohada ilgʻor boʻlgan xorijiy davlatlarning patentshunoslar hamda patent vakillarini tayyorlash boʻyicha tajribasi va oʻquv dasturlarini inobatga olish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2021-2022 oʻquv yilidan boshlab |
|
9. |
Ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlarining marketing xizmati faoliyatini qayta tashkil etish. |
Masʼul vazirlik va idoralar hamda tarmoq oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan har bir muassasaning marketing xizmati faoliyatini va kadrlar masalasini tanqidiy koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritish. |
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), tizimida ilmiy tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar |
bir oy muddatda |
|
10. |
Ixtirolarni xorijda patentlash boʻyicha sohaga oid kadrlar uchun davlat tilida tegishli qoʻllanma va axborot materiallarini ishlab chiqish. |
Xorijda patentlash, jumladan xalqaro Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnoma (Patent Cooperation Treaty — PCT) asosidagi tizim boʻyicha ixtirolarni patentlash, talabnomalarni tuzish, PCT tizimda onlayn tarzda talabnomalarni topshirish, ish yuritishni tashkil etish boʻyicha qoʻllanmalar va patentlash jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirib beruvchi axborot materiallarini tayyorlash. |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2021-2022-yillar |
|
III. Intellektual va innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish | ||||
|
11. |
Intellektual mulk obyektlari yaratish va tijoratlashtirish sohasiga venchur fondlarini keng jalb qilish. |
Patent egalarini venchur fondlar bilan bogʻlashning zamonaviy va yangi mexanizmlarini oʻrganish hamda joriy qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
2021 — 2023-yillar |
|
12. |
Oliy taʼlim muassasalari va tarmoq tadqiqot institutlarida yaratiladigan ilmiy ishlanmalarni patentlash va tijoratlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish. |
1. Raqobatbardosh ishlanmalar sonini oshirish va ishlanmalar sifatini yaxshilash uchun ishlab chiqarishga joriy etilgan intellektual mulk obyektlarining mualliflarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tizimida ilmiy tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar, Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
2022-yil II chorak |
|
2. Jahon intellektual mulk bozorida (Intellectual property market) raqobatlashish va investitsion jozibadorlik sifatlariga ega intellektual faoliyat natijalarini yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2022-yil IV chorak | |||
|
IV. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish | ||||
|
13. |
Elektron shakldagi oʻquv materiallar bazasini yaratish. |
Intellektual mulk obyektlari va ularning huquqiy muhofazasi aks ettirilgan oʻquv-video materiallar bazasini yaratish va bunday materiallar bazasini muntazam oshirib borish. |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
2021-yil davomida |
|
14. |
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) masofaviy oʻqitish tizimi asosida Intellektual mulk agentligi veb-sahifasida masofaviy oʻqitish tizimini joriy etish. |
1. BIMTning masofaviy oʻqitish tizimi (WIPO Distance Learning) materiallarini BIMT roziligi asosida oʻzbek tiliga tarjima qilish. |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
2021-yil IV chorak |
|
2. Masofaviy oʻqitishning moddiy-texnik bazasini shakllantirish. |
2022-yil I chorak | |||
|
3. Intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti negizida masofaviy oʻqitish veb-sahifasini yaratish. |
2022-yil II chorak | |||
|
15. |
Hududlarda sohaviy “fan — taʼlim — ishlab chiqarish” integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, taʼlim va ilm yoshlariga maxsus axborotlar bazasi, boshqa axborot resurslardan foydalanishni oʻrgatuvchi konferensiyalar, taʼlim seminarlari, trening va davra suhbatlarini oʻtkazish xizmatlarini koʻrsatuvchi axborot maydonchalari yaratilishida TIQQMlar rolini oshirish. |
1. Maxsus axborotlar bazasi, boshqa axborot resurslardan foydalanishni oʻrgatuvchi konferensiyalar, taʼlim seminarlari, trening va davra suhbatlarini oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish. |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akade�iyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) |
2021-yil II chorak |
|
2. Xizmatlarni koʻrsatuvchi axborot maydonchalarini TIQQMlarda tashkil etish, yagona TIQQM axborot portalini yaratish. |
2022-yil I chorak | |||
|
3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha matbuotda doimiy ravishda maʼlumotlar va tushuntirish berib borish. |
Muntazam ravishda | |||
|
V. Qishloq xoʻjaligi sohasida intellektual mulkni rivojlantirish | ||||
|
16. |
Qishloq xoʻjaligi sohasida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlarini rivojlantirish. |
1. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari yarmarkalarini tashkil etish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
Har yilning III choragi |
|
2. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari uchun patent olishga koʻmaklashish maqsadida bepul konsalting xizmatlarini joriy etish. |
2021-yil II chorak | |||
|
17. |
Hududlarda mavjud geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish. |
1. Hududlarda mavjud istiqbolli geografik koʻrsatkichlarni aniqlash. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2022-yil I chorak |
|
2. Istiqbolli geografik koʻrsatkichlar yarmarkalarini tashkil etish. |
2022-yil II chorak | |||
|
3. Geografik koʻrsatkichlarning muhofaza belgilarini ishlab chiqish. |
2022-yil III chorak | |||
|
4. Istiqbolli geografik koʻrsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga koʻmaklashish. |
2023-yil I chorakdan boshlab | |||
|
VI. Mamlakatda innovatsion tafakkur va yaratuvchanlik muhitini shakllantirish | ||||
|
18. |
Ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish va yaratuvchanlikni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan TIQQM faoliyatini kuchaytirish. |
1. Respublikadagi TIQQMlar faoliyati samaradorligining doimiy monitoringini olib borish uchun ishchi guruhi tuzish. |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) |
2021-yil I chorak |
|
2. Ishchi guruh tomonidan har chorak yakuni boʻyicha monitoring natijalariga koʻra takliflarni ishlab chiqish hamda Adliya vazirligiga kiritib borish. |
2021-yil II chorak | |||
|
3. Adliya vazirligi tomonidan TIQQMlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil IV chorak | |||
|
19. |
TIQQM orqali foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan toʻlovsiz va toʻlovli xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish. |
1. TIQQM orqali foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan toʻlovsiz va toʻlovli, asosiy va qoʻshimcha xizmatlarni tahlil qilish. |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar |
2022-yil I chorak |
|
2. TIQQM orqali koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini shakllantirish va tizimlashtirish. |
2022-yil II chorak | |||
|
20. |
Intellektual mulk obyektlarining litsenzion shartnomalar asosida Intellektual mulk agentligida roʻyxatdan oʻtkazilishi va tijoratlashtirilishini ragʻbatlantirish bilan jadallashtirish. |
1. Tuzilgan litsenzion shartnomalarni va ularning ishlash holatini tahlil qilish. |
Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar |
2021-yil III chorak |
|
2. Litsenziya shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish afzalliklarining targʻibotini kuchaytirish. |
2022-yil I chorak | |||
3-ILOVA