22.01.2021 yildagi 31-son
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali hamda uning tarkibidagi “Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish bo‘limi faoliyatini tashkil etish

1.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial) ustavini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

1. Filial ustavi loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustavni belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil mart

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

2.

Filialni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash.

1. Yuqori malakali va tajribali professor-o‘qituvchi va xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2. Xoreografiya san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda Professor-o‘qituvchi va xodimlarning tarkibini tanlov asosida shakllantirish.

2021-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

3.

Filialning Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash, unga kadrlarning iste’molchilari bo‘lgan madaniyat va san’at muassasalari, vazirliklar va idoralar, bo�qa tashkilotlar vakillarini kiritish.

1. Vasiylik kengashini tashkil etish, uning tarkibini shakllantirish.

2. Vasiylik kengashining ish rejasini ishlab chiqish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

4.

“Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish bo‘limida (keyingi o‘rinlarda — “Lazgi” bo‘limi) faoliyat olib boradigan mutaxassis xodimlar tarkibini shakllantirish hamda xodimlarning lavozim yo‘riqnomasini ishlab chiqish.

1. Bo‘limda faoliyat olib boradigan sohaning yetuk, malakali mutaxassislaridan iborat xodimlar tarkibini shakllantirish.

2. Bo‘lim xodimlarining faoliyat yo‘nalishlari va funksional vazifalarini belgilash bo‘yicha lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

II. Filialda ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

5.

2021/2022 o‘quv yili va keyingi yillar uchun Filialga o‘qishga qabul qilish parametrlarini istiqbolda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni hamda raqs sohasi bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda ishlab chiqish.

1. Madaniyat sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab prognozini tahlil qilish.

2. Tahlil natijasi bo‘yicha ehtiyojni oliy ta’lim muassasalariga kvota ajratish rejasiga kiritish.

2021-yil mart


har yili aprel

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Ortiqov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

6.

Ko‘p asrlik raqs ijodkorligi an’analarini o‘zlashtirgan, o‘zining iste’dodi va salohiyati orqali ularni zamon ruhi bilan boyitib, “ustoz-shogird” an’analariga muvofiq yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan taniqli raqs ustalari va xoreograflarni Filial faoliyatiga jalb etish.

1. Yuqori natijalarga erishgan yosh ijodkorlarni tarbiyalab kelayotgan raqs ustalarini aniqlash.

2. Raqs ustalarini ularning amaliy faoliyati natijalariga ko‘ra Filial bilan hamkorlikka jalb etib borish.

doimiy

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

7.

Filialda axborot va mutaxassislarning tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish.

Mahorat darslari va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlari va san’at arboblarini taklif etish.

1. Filialning axborot ma’lumotlarini boyitish maqsadida mahalliy va xorijiy axborot-resurs markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2. Yetakchi turdosh xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvch�lari va tajribali mutaxassislarining mahorat darslarini tashkil etish.

3. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olim va san’at arboblarini taklif etish.

doimiy

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

8.

Ish beruvchilar kadrlar malakasiga qo‘yayotgan talablar hamda Filialda mutaxassis tayyorlash dasturlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash.

1. Ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ishtiroki va mas’uliyatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Filialda samarador marketing xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

3. Bitiruvchining ish beruvchilar qo‘yayotgan zamonaviy talablarga javob beradigan, mehnat bozorida zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aks ettiruvchi malaka talab-mezonlarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

-

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

III. Filialda ta’lim jarayoni sifatini yanada yaxshilash va o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish

9.

Milliy raqs san’atini targ‘ib etishda xorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida yosh va iqtidorli xoreograf hamda san’atshunos olimlarni xizmat safarlariga yuborish, ularga xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda qatnashish imkonini yaratish.

1. Yosh va iqtidorli xoreograf hamda san’atshunos olimlar nomzodlarini saralash mexanizmlarini ishlab chiqish.

2. Saralab olingan xoreograf va san’atshunos olimlarni xorijiy mamlakatlarga kasbiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish.

3. Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2021-2022-yillar

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

10.

“Lazgi” ijrochiligi tartibotini amalga oshirish maqsadida sharq xalqlari musiqa san’ati namunalari va yetuk namoyandalari bilan hamkorlik qilish, mahorat darslari va konsert dasturlarini o‘tkazish.

1. Xorijiy davlatlarning ilmiy-ijodiy va badiiy jamoalari bilan ilmiy-ijodiy hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzish.

2. Hamkorlik shartnomalari asosida ijodiy konsert dasturlari yaratish hamda ularni respublika va xorijiy sahnalarda namoyish etish.

3. Xorijiy mamlakatlarda “Lazgi” ijro uslubini keng tartib qilish hamda “Lazgi” ansamblining konsert dasturlari va mahorat darslarini tashkil etish.

Doimiy

Hamkor tashkilotlarning mablag‘lari, xalqaro grantlar va ishtirokchilarning mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

11.

“Lazgi” rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustoz san’atkorlar hayoti va ijodiga doir ommabop va maxsus ilmiy kitoblar, nota to‘plamlari va annotatsiyali nota albomlarni nashr etish, bu borada turli konferensiya va seminarlar tashkil qilish.

1. Xorazmning ustoz san’atkorlari hayoti va ijodiga doir ma’lumotlarni to‘plash.

2. Ommabop va maxsus ilmiy kitoblar, nota to‘plamlari va annotatsiyali nota albomlarini nashr etish, shu borada turli ta’lim va boshqa madaniyat muassasalarida konferensiya va seminarlar o‘tkazish.

2021-yildan boshlab doimiy

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),
Xorazm viloyati hokimligi

(F. Ermanov)

IV. Filialning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash

12.

Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uni zarur mebel, inventar, uskuna hamda raqsga oid turli maxsus poyabzal va liboslar bilan ta’minlash.

1. Mebel, inventar va uskunalar ro‘yxatini shakllantirish hamda texnik parametrlarini ishlab chiqish.

2. Zarur jihozlar bilan ta’minlash.

3. O‘quv mashg‘ulotlari va ijodiy dasturlar namoyishi uchun zarur bo‘lgan ma�sus raqs liboslari va poyabzalga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

4. Raqs liboslari va poyabzal bilan ta’minlash.

2021-yil iyul

Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)

13.

Filialni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

2021-yil avgust

Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov)