Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.05.1993 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IJODKOR YoShLARNING UY-JOY ShAROITLARINI YaXShILASh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning ijodkor yoshlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” 1992-yil 28-avgustdagi Farmonini bajarish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi ijodkor yoshlarining eng muhtoj qismining uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1993-yilda Nukus shahrida va barcha viloyatlarning markazlarida 30 xonadonli, Toshkent shahrida esa 60 xonadonli uy-joy binolarini qurib bitkazsinlar, ulardagi hamma xonadonlar faqat ijodkor yoshlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda materiallar va asbob-uskunalar qiymati oshib borishini hisobga olgan holda shu maqsadlar uchun o‘z vaqtida zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qurilishning borishi va bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining hajmlari haqida Vazirlar Mahkamasiga har oyda ma’lumot berib tursinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijodkor yoshlar uylarida uy-joy ajratish Tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat bo‘limi hamda hududiy-tashkiliy bo‘limi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 8-maydagi
208-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodkor yoshlar uylarida uy-joy ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning ijodkor yoshlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” 1992-yil 28-avgustdagi Farmoniga muvofiq O‘zbekistonning ijodkor yoshlari uchun Toshkent, Nukus shaharlarida va barcha viloyat markazlarida qurilayotgan uy-joylarga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijodkor yoshlar mehnat qiladigan tashkilotlar va muassasalar o‘rtasida uy-joylarni taqsimlash tegishli hokimliklar tomonidan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hududiy qo‘mitalari bilan birgalikda, ijodiy uyushmalar, ilmiy va muhandislik tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalarning iltimoslari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uy-joy quyidagi ijodkor yoshlarga (30 yoshdan katta bo‘lmagan) beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyoji borlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashaydigan boshqa joylardan o‘tish yo‘li bilan ishga taklif etilgan yoki qabul qilinganlarga (agar bu boshqa joyga ko‘chish bilan bog‘liq bo‘lsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijodkor yoshlarga uy-joy ajratish, birinchi navbatda ularning yaratgan asarlarini, ilmiy ishlanmalarga qo‘shgan aniq hissasini va ahamiyatini hisobga olgan holda ma’muriyat va mehnat jamoasining qo‘shma qarori asosida amalga oshiriladi.