Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2021 08.01.2021 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda koʻmaklashish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik tartibning amaliyotda qoʻllanilishini tahlil qilgan holda, uni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har haftada tuman (shahar)lar hokimlarining mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻrinbosarlari hamda tegishli sektorlar rahbarlarining “Ayollar daftari” bilan ishlash boʻyicha faoliyatini tanqidiy muhokama qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari hamda mahallalarda tashkil etilgan “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish, ayollarning muammolarini tezkorlik bilan hal etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda har bir tuman va shahar kesimida xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlash, biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlari muhokamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan tizimli muammolar va ularning yuzaga kelishiga sabab boʻlayotgan omillarni har chorakda kamida bir marta chuqur tahlil qilgan holda, joylarda xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish hamda jamiyatda ayollarning nufuzini yanada oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samaradorligi toʻgʻrisida hokimlar hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida hisobot berib borishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda doimiy ravishda joylarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, biznes loyihalarini ishlab chiqishga oʻrgatish, ularga biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda koʻmaklashish, kredit ajratilgandan soʻng xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 2-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xotin-qizlar muammolarini “Ayollar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINChALIK TARTIB
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Vaqtinchalik tartib (keyingi oʻrinlarda — Tartib) “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar maslahat kengashi” — ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va hal etishga koʻmaklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, “odobli qiz”, “iffatli kelin” va “maʼrifatli ayol” gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida har bir fuqarolar yigʻinida tashkil etiladigan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tuzilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shahar)lar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shahar)lar va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining koʻmaklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar ishchi guruhi — sektor rahbari boshchiligida iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, qishloq xoʻjaligi sohasi, davlat boshqaruvi organlarining tuman (shahar)lar tuzilmalarining malakali mutaxassislari va tijorat banklari xodimlaridan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ishchi guruhlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Ayollar daftari” ushbu Tartibga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar tegishli qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Ayollar daftari”ni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir sektor kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar (bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan, daromad manbaiga ega boʻlmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobiliyatini qisman yoʻqotgan, biroq ishlash ishtiyoqi boʻlgan xotin-qizlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar (boquvchisi boʻlmagan, qoʻshimcha moddiy yordamga muhtojlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar (mehnatga qobiliyatsiz, oʻzgalar parvarishiga muhtojlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar (mehnat qilish qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, yolgʻiz yashaydigan, uy-joyini taʼmirlash imkoniyati boʻlmaganlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joylarda istiqomat qilayotgan, oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan xotin-qizlar (maʼmuriy binolar, yertoʻlalar va istiqomat qilish maqsadlariga moʻljallanmagan boshqa binolarda yolgʻiz yoki oila aʼzolari bilan birgalikda yashayotgan, shuningdek, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan holda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaramogʻida bir va undan ortiq I yoki II guruh nogironligi boʻlgan bolalari mavjud yolgʻiz ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (oʻzi va birgalikda yashovchi oila aʼzolari ogʻir ijtimoiy vaziyatda boʻlgan, surunkali yoki ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli daromad manbaiga ega boʻlmaganlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar (huquqiy maslahat olish istagida boʻlgan, huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida murojaat qilganlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sektorlar ishchi guruhlari tomonidan biriktirilgan mahallalarda fuqarolar yigʻinlari xodimlari va faollari bilan birgalikda barcha yoʻnalishdagi muammolarni har yarim yilda bir marotaba, bunda yarim yillik birinchi oyining dastlabki 15 kunida uyma-uy yurish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning murojaatlarini, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi”ga murojaatlarini koʻrib chiqish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish davomida xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari anketa-soʻrovnomalar orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarning aniqlangan muammolari sektorlar shtablari kotiblari va fuqarolar yigʻini xodimlari tomonidan xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga 3 kundan oshmagan muddatda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Individual anketalar sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻiga toʻldirilgan kundan boshlab 1 kun muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi 3 kundan oshmagan muddatda individual anketalar koʻrib chiqilishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Individual anketalarni koʻrib chiqish jarayonida maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tahlil natijalari asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi tomonidan 7 kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” loyihasi imzolangan holda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari va “Yoʻl xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan roʻyxatlar sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar roʻyxati 3 kun ichida tuman (shahar)lar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi va yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§ Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar hokimliklari, investitsiya boʻlimlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tijorat banklari bilan hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar hokimliklari aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlik nafaqasini tayinlash va toʻlash choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan yoʻnalishlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman (shahar)lar hokimliklari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish orqali bandligini taʼminlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari joylarda oʻquv kurslari tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun kredit olish istagida boʻlgan xotin-qizlarga tijorat banklarga ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes loyihalarni hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzishni oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit ajratilgandan soʻng xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kreditlar bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlarning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, chorvachilikni rivojlantirish, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, jumladan, avtotransport vositasining taʼminoti, mebel, aloqa xizmatlari toʻlovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonun hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga koʻra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining tuman (shahar) filiallari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning familiyasi, ismi, otasining ismi boʻyicha alfavit tartibida shakllantirilgan qatʼiy navbat asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bir martalik moddiy yordamni toʻlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqarolar yigʻinlari, sektorlar rahbarlari bilan kelishilgan holda, boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand xotin-qizlar, ijtimoiy yordamga muhtoj II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar, uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlari tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan xotin-qizlarga (har bir fuqaroning familiyasi, ism, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari koʻrsatilgan roʻyxatni tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining daromadlari tushumlari prognozidan kelib chiqib, tuman (shahar) moliya boʻlimi bilan kelishilgan holda, bir martalik moddiy yordamni oyma-oy toʻlash grafigini shakllantiradi hamda tuman (shahar)lar hokimlarining mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy toʻlash grafigining nusxasi fuqarolar yigʻinlariga ham taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5-sanasiga qadar fuqarolar yigʻinlari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlar asosida toʻlov vedomostlarini shakllantirib, tuman (shahar)lar hokimliklarning buxgalteriya boʻlimlariga va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli boʻlimiga (filialiga) taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tuman (shahar)lar hokimliklarining buxgalteriya boʻlimlari tasdiqlangan oyma-oy toʻlash grafigi hamda toʻlov vedomostlari asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zarur mablagʻlarni xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli boʻlimiga (filialiga) koʻchiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining tegishli boʻlimi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam toʻlovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi, tayinlangan, biroq oʻz vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordam, uni oluvchining nomidagi maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va oluvchining birinchi talabiga koʻra toʻlanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) hokimligi hamda mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi muhtoj xotin-qizlarga toʻlangan bir martalik moddiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda yopilgan vedomostning nusxasini tegishli fuqarolar yigʻiniga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan va uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga koʻmaklashish sektor rahbari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir martalik moddiy yordam olgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmagan yoki bir yil ichida qayta kiritilgan hollarda bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tasdiqlangan roʻyxat asosida fuqarolar yigʻinlari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini toʻlab berish boʻyicha talabnomalar sektorlar rahbarlariga hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining xulosasi asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda toʻlab beriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi oʻrtasida 2021-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatga tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy ijarasi uchun toʻlovlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijaraga beruvchiga toʻgʻridan toʻgʻri toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma summasi hisoblanganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ular bilan birga turadigan oila aʼzolariga, har bir oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan umumiy maydoni eng koʻpi bilan oʻn olti kvadrat metrdan (kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa yigirma uch kvadrat metrdan) kam boʻlmagan hajmda, biroq bir oila uchun jami 48 m2 oshmagan holda nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joydan foydalanganlik uchun ijara haqi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning sogʻligi sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli tibbiyot xodimini jalb qilgan holda oʻrganiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijasi boʻyicha kasallik aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy koʻrik natijasi yuzasidan koʻrsatma boʻyicha tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida statsionar yoki ambulator sharoitda davolanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan bemorlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Tartibning 20-bandida koʻrsatilgan huquqiy yordamni koʻrsatish shakllarining muddatlari va tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§ “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazi, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, taʼlim muassasalarining malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash choralari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash — Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Jamoat ishlari jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishga koʻmaklashish — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va kredit olishga koʻmaklashish — Xotin-qizlar va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari, xalqaro moliya institutlaridan jalb etiladigan imtiyozli kredit va grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni tiklash va boshqalar — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy ijarasi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda belgilangan manbalar hisobidan tuman (shahar)lar kesimida ajratiladigan mablagʻlar taqsimoti har chorak uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan har chorakdan oldingi oyning 20-sanasiga qadar tuman (shahar)lar hokimliklariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar)lar hokimliklari ushbu manbalar va oʻz mablagʻlari hisobidan xotin-qizlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordamlarning turini va ularni oluvchilar sonini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. “Ayollar daftari”dan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari”dan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandligi taʼminlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik moddiy yordam koʻrsatish orqali muammosi hal etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda toʻlab berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali tibbiy xizmat koʻrsatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz arizasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs vafot etgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan xotin-qizlarning barcha masalalari toʻliq hal etilishi daftardan chiqarish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Ayollar daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi mazkur Tartibning 24-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish, unga oʻzgartirishlar kiritish Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sektorlar shtablari kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tomonidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sektorlar, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalarni toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat darajasida — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida — Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar har kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sektorlar rahbarlari, sektorlar ishchi guruhlari, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi rahbar xodimlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni har oyda joyiga chiqqan holda monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi har chorakda kamida bir marta xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga masʼul boʻlgan sektorlar va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartibga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Ayollar daftari”ni yuritish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Masʼul

Chora-tadbir

Muddat

1-bosqich

Sektor ishchi guruhlari, fuqarolar yigʻinlari xodimlari va faollari
Masʼul tashkilotlar, “Ayollar maslahat kengashi” aʼzolari

1. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari uyma-uy yurib oʻrganiladi.

Har yarim yil 1-oyining dastlabki 15 kunida

2. Xotin-qizlarning murojaatlari, shu jumladan “Ayollar maslahat kengashi”ga qilingan murojaatlar koʻrib chiqiladi.

Xotin-qizlarning muammolari anketa-soʻrovnoma orqali aniqlanadi.

Doimiy

2-bosqich

Sektor shtabi kotibi, fuqarolar yigʻini xodimlari

1. Aniqlangan muammolar xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

Sektor rahbari, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

2. Individual anketalar sektor rahbari, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻiga taqdim etiladi.

1 kun muddatda

3. Individual anketalar koʻrib chiqilishi tashkil qilinadi.

4. Anketa maʼlumotlari idora va tashkilotlarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi hamda ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.

3 kundan oshmagan muddatda

3-bosqich

Sektor rahbari, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” loyihasini Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

7 kundan oshmagan muddatda

4-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari

“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari va “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.

Belgilangan tartibda

5-bosqich

Sektor sh�abi kotibi

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashida tasdiqlangan roʻyxatlar Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari, sektor rahbarlari, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, Xalq banki, Fermyerlar kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tibbiyot muassasalari, Moliya, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar organlari

Vaqtinchalik tartibda belgilangan xizmatlarni koʻrsatadi.

Belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Sektor rahbari, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

“Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritiladi.

Zaruratga koʻra

8-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari

“Ayollar daftari”dan chiqarish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.

Zaruratga koʻra

9-bosqich

Sektor shtabi kotibi

Xalq deputatlari tuman (�ahar) kengashi qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga kiritiladi.

3 kundan oshmagan muddatda

10-bosqich

Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari

“Ayollar daftari”dan chiqarilgan ayollar bu haqida yozma ravishda xabardor qilinadi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 kun ichida

11-bosqich

Sektorlar, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari

Mahalla yagona axborot tizimi dasturida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalar toʻliq aks ettirib borilishi taʼminlanadi.

Muntazam ravishda

12-bosqich

Masʼul tashkilotlar xodimlari, sektor shtabi kotibi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolarining bartaraf etilganligi haqida hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi.

Har kuni soat 18.00 gacha

13-bosqich

Sektor rahbari, sektor ishchi guruhi, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi rahbar xodimlari

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda monitoring qilib boriladi.

Har oyda

14-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” ijrosi muhokama qilinadi.

2. Kengash sessiyalarida muammolarni hal qilishga masʼul boʻlgan sektorlar, idora va tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitib boriladi.

Har chorakda kamida bir marotaba

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/2/0003-son)