08.01.2021 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish, ushbu sohaning joylarda oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ularni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy taʼlim muassasalarida “5520100 — Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahalla xotin-qizlar faoli lavozimi uchun sirtqi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 2021/2022 oʻquv yili va undan keyingi oʻquv yillarida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirishda pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy taʼlim muassasalarida mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahalla xotin-qizlar faoli lavozimi uchun sirtqi taʼlim shakliga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlarini nazarda tutsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar tegishincha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida va mahalla xotin-qizlar faoli lavozimlari uchun kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni toʻliq tahlil qilgan holda 2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlariga kiritish uchun, keyinchalik har yili 1-martga qadar asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror asosida joriy etilayotgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahalla xotin-qizlar faoli lavozimi uchun sirtqi taʼlim shakli doirasida:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari, fan dasturlari hamda oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish uchun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega boʻlgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari va mahalla xotin-qizlar faollari belgilangan tartibda talabalikka tavsiya etiladi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyanoma berish ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyanoma asosida oʻqiyotgan talabalar oʻqishini boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga koʻchirishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlariga va mahalla xotin-qizlar faollariga tavsiyanomalar berish tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egallab turgan lavozimida soʻnggi bir yil davomida faoliyat yuritayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla tizimida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotgan fuqarolar yigʻini va xotin-qizlar faolining reyting koʻrsatkichi boʻyicha “namunali” deb topilganligi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishincha viloyat, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar boshqarmalari, boʻlimlari tomonidan ijobiy tavsiflanganligi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan ish faoliyati ijobiy deb baholanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 2021-yil 1-iyunga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquv reja va fan dasturlarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida ish yuritishni tashkil etishni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish, shuningdek, ularni tegishli fanlar boʻyicha zarur oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy taʼlim muassasalarining taʼlim jarayoniga tegishli soha yoʻnalishlarida yuqori amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi xodimlarni, shu jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik doirasida xorijiy professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari uchun oliy maʼlumot zarur boʻlgan lavozimlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun sirtqi taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanoma shaklini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri v.b. T. Xudayberganov, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/3/0001-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)