29.12.2020 yildagi 815-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatidagi “Oʻzbek — Turkman doʻstlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek — Turkman xalqlarining qadimiy tarixi va madaniyati, mushtarak maqsadlari, hamjihatlikdagi taraqqiyotini yorqin ifodalaydigan Xorazm viloyatidagi “Oʻzbek — Turkman doʻstlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasini yuqori darajada saqlash va samarali boshqarish, majmuaning sayyohlik salohiyatini oshirish va bu erda qardosh xalqning oʻzaro uygʻunlikdagi etnografik madaniyatini targʻib etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tarkibida davlat muassasasi shaklidagi “Oʻzbek — Turkman doʻstlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumani Gʻoybu qishlogʻi “Turkmanlar” mahallasi hududidagi “Oʻzbek — Turkman doʻstlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasida joylashgan bino va inshootlarni Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda topshirish, Direksiya esa qabul qilib olish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuaning ilmiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, majmuada oʻzbek — turkman xalqlarining doʻstligi mavzusini, uning dastlabki koʻrinishi va oʻsha davr muhitini aks ettiruvchi doimiy ekspozitsiya — koʻrgazma yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuadagi obyektlarda madaniy-maʼrifiy, etnografik tadbirlar, ilmiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, yarmarkalar, sayillar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuada qardosh xalqlar haqida batafsil maʼlumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borish, unga oid kitob va toʻplamlar, video va foto hujjatlar kabi boshqa manbalarni izlash, toʻplash, oʻrganish va targʻib qilish hamda axborot-resurs markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuaning tarixiy koʻrinishini saqlagan hududda zarur infratuzilmani shakllantirish, xizmat turini kengaytirish va sifatini oshirish, bu erda dam olish va mazmunli hordiq chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, majmuani madaniy etnografik turistik markazga aylantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning tuzilmasi va ustavini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash, malakali xodimlar bilan taʼminlash va uning samarali faoliyat olib borishi bilan bogʻliq boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Direksiya xodimlar shtat birliklarini belgilash tartibi hamda mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi koʻrgazma va galereyalarga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Direksiyani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning asosiy faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorazm viloyati hokimligi Direksiyaning moddiy-texnika bazasini yaratish, shu jumladan, zarur jihozlar bilan taʼminlash hamda Direksiyani saqlash xarajatlari uchun zarur mablagʻlarni 2021-yilda Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Direksiyani saqlash xarajatlari uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
815-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2020-y., 09/20/815/1695-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)