23.12.2020 yildagi 808-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda ochiq maʼlumotlarning oshkoralik va sifati darajasini, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatiga yetkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga (keyingi oʻrinlarda — Portal) egalik qiluvchi, uni texnik qoʻllab-quvvatlash va taʼminlash hamda uzluksiz ishlab turishi uchun javobgar hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Portalda oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini navbatdagi yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) tomonidan har yil yakuniga qadar tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Portalni yuritish va uni yanada takomillashtirishda asosiy vazifalar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, uning sifatli va uzluksiz ishlab turishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi sohasidagi talablarga muvofiq ochiq maʼlumotlarning Portalda saqlanishi va himoyalanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalni muntazam takomillashtirish va modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalning elektron hukumat axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari, shuningdek, Korporativ axborot yagona portali bilan integratsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalning funksional imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrish, tizimdan foydalanish jarayonida davlat organlari va tashkilotlariga texnik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tajriba hamda foydalanuvchilarning fikr va mulohazalarini inobatga olgan holda Portalda eʼlon qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) muntazam yangilanib turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini navbatdagi yilda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, har yilning 1-dekabriga qadar Muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat asosida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan maʼlumotlarning toʻliq joylashtirilishi va ularning oʻz vaqtida Portalda aks ettirilishi boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish, joylashtirilayotgan ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining dolzarbligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining Portaldan samarali foydalanishlarini taʼminlash, shuningdek, undan samarali foydalanish boʻyicha metodologik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat organlari va tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini tasdiqlangan Roʻyxatda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilgan holda Portalda va rasmiy veb-saytlarda joylashtirib borish hamda ularning aynan bir xil va oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining dolzarbligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatni yangilashda ustuvor xalqaro maʼlumotlar bazalari koʻrsatkichlari va sohadagi nufuzli xorijiy tashkilotlar tavsiyalarini inobatga olgan holda takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni tayyorlash va Portalda joylashtirish, uni muntazam yangilab turishga masʼul yuqori malakali kadrlarni biriktirish va doimiy ravishda ularning malakasini oshirib borishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda Korporativ axborot yagona portaliga maʼlumotlar oʻz muddatida va sifatli kiritib borilishini taʼminlash uchun masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-avgustga qadar Portalning yangi talqinini ishlab chiqib, ishga tushirilishini taʼminlasin. Bunda quyidagilarni inobatga olsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni standartlashtirilgan shaklda yuritish, interaktiv xaritaga obyektning geografik joylashuv maʼlumotlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlarini hisobga olish mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini oʻz vaqtida joylashtirish va ularni yangilash ustidan nazorat qilish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda Portalni elektron hukumat hamda vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish boʻyicha reja-grafikni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda Portalda majburiy eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar toʻplamlari Roʻyxatini tasdiqlash uchun Muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ochiq maʼlumotlar sohasidagi xalqaro reytinglar, xususan, “Ochiq maʼlumotlar global indeksi” va “Ochiq maʼlumotlar barometri” reytinglarida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro ochiq maʼlumotlar xartiyasiga qoʻshilishi boʻyicha belgilangan tartibda zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Roʻyxat asosida Portalda eʼlon qilinadigan axborotlarning mazmuniga, toʻliqligiga, ishonchliligiga, oʻz vaqtida shakllantirilishiga va yangilab turilishiga hamda tegishli axborotlarni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarni, tavsiyalarni oʻrganishga va ularning amalda qoʻllanilishiga masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Ochiq maʼlumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 7-avgustdagi 232-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat statistika qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.A. Begalov va Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
808-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 808-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari va tamoyillarini, maʼlumotlarning ochiqligini metodik, tashkiliy va axborot-texnologik qoʻllab-quvvatlash tadbirlari hamda rivojlanish bosqichlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish ushbu Konsepsiyaga ilovada keltirilgan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsepsiyaning asosiy maqsadi 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini takomillashtirishning strategik yoʻnalishlarini shakllantirish va rivojlantirishdan, shu bilan birga, davlat organlari faoliyatining shaffofligini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasidagi joriy holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi davlat organlari va tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) fuqarolar va biznes hamjamiyati bilan oʻzaro hamkorligining yangi mexanizmlarini belgilab berdi. Rivojlanishning qabul qilingan ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq jamoatchilik nazorati, fuqarolik jamiyati institutlari roli sezilarli darajada kuchaytirilib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali davlat xizmatlari koʻrsatishning ochiqligi va sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ushbu yoʻnalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, xususan, 2015-yil mart oyida jamoatchilikka taqdim etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy maʼlumotlarni turli xil mashinada oʻqiladigan formatlarda eʼlon qilish imkoniga ega Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq maʼlumotlarni shakllantirish, joylashtirish va qayta ishlash tartibi, davlat organlarining oʻz rasmiy veb-saytlarida va Portalda eʼlon qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) tasdiqlandi. Hozirgi kunga qadar Portalda 147 ta vazirlik va idoralarning 10 mingdan ortiq ochiq maʼlumotlar toʻplamlari joylashtirildi, yuklab olishlar soni esa 7 milliondan oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, amalga oshirilgan ishlarga qaramay, ochiq maʼlumotlarning rivojlanishini cheklovchi bir qator muammolar mavjud boʻlib, ularning eʼlon qilinishi koʻpchilik davlat organlarida jamiyat hayotini yaxshilash va davlat organlari faoliyatining shaffofligini oshirish boʻyicha ixtiyoriy tashabbus bilan emas, balki ish jarayonini nazorat qilish bilan bogʻliq. Oʻrnatilgan tendensiyaning sababi bir qator omillardan iborat, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalni tartibga solishda kamchiliklarni keltirib chiqaradigan eskirgan, zamonaviy talablarga javob bermaydigan normativ-huquqiy va metodik baza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni shakllantirish va eʼlon qilishda aholi va tadbirkorlik subyektlarining fikr-mulohazalari va ehtiyojlari hisobga olinishining samarali qayta aloqa tizimi mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda joylashtiriladigan maʼlumotlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish, ularni onlayn rejimida yangilash borasida Portalning texnik imkoniyatlari cheklanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni oʻz vaqtida yangilash, ularning dolzarbligini taʼminlash hamda ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish natijalari monitoringini olib borish ustidan nazorat tizimi mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining nafaqat fuqarolar va biznes uchun, balki idoralararo elektron hamkorlik qilishda davlatning boshqa organlari uchun ham yopiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga toʻsqinlik qiluvchi shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlashning qatʼiy tamoyillari shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari va tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirishning asosiy strategik yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarning normativ-huquqiy bazalarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning ochiqligini metodik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning ochiqligini tashkiliy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bularga qoʻshimcha ravishda quyidagi yoʻnalishlarda ishlar olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yildan boshlab ochiq maʼlumotlar boʻyicha hamjamiyatni shakllantirish va Internet jahon axborot tarmogʻida ochiq maʼlumotlar shaklida faoliyat yuritayotgan ilovalar va xizmatlar bozorini yaratish maqsadida muntazam ravishda “Open Data Day” va “Open Data Weyek”ni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlarning monitoringini olib borish, makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish uchun axborot bazasini kengaytirish, foydalanuvchilar va davlat organlari oʻrtasidagi aloqani mustahkamlash choralarini koʻrish, maʼlumotlar almashinuvini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat obroʻsini va investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash boʻyicha islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining ochiq maʼlumotlar sohasidagi xalqaro reytinglarda ishtirokini taʼminlash va mavqeyini yaxshilashda Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar xodimlarini ochiq maʼlumotlar sohasida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek, har yili yuqori darajadagi professionallikni taʼminlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ochiq maʼlumotlar sohasida koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy taʼlim standartlari va asosan sohaga oid fanlardan iborat sifat jihatidan yangi taʼlim tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahalliy hamda xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar bilan ochiq maʼlumotlar sohasida ilgʻor tajriba va ilmiy-tadqiqot yutuqlarini almashish, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash, malaka oshirish va doimiy ravishda stajirovkadan oʻtish sohasida hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odatiy ravishda ochiqlik — maʼlumotlarni qonuniy talablardan kelib chiqqan holda ochiq, bepul va mashinada oʻqiladigan formatlarda eʼlon qilish hamda ulardan erkin foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida eʼlon qilish va keng qamrovlilik — ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, maʼlumotlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli eʼlon qilish, shuningdek, ulardan foydalanish qamrovini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalana olish imkoniyati va qulayligi — axborotdan foydalanuvchilarning barcha toifalari uchun davlat organlarining mashinada oʻqiladigan va boshqa formatlardagi ochiq maʼlumotlaridan foydalanish uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqqoslash imkoniyatining mavjudligi va oʻzaro bogʻlanganlik — ochiq maʼlumotlarni izlash, taqqoslash va samarali qayta foydalanishni qoʻllab-quvvatlash uchun ochiq maʼlumotlarni standartlashtirilgan tarkib va formatda taqdim etish hamda oʻzaro bogʻliqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarali boshqaruv va fuqarolarni jalb etishga qaratilganlik — ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilishda hukumat va fuqarolar oʻrtasida boshqaruv va ishonchni mustahkamlashga qaratilganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama rivojlanish va innovatsiyalarga qaratilganlik — sohadagi ilgʻor xorijiy mamlakatlar bilan bilim va tajriba almashish hamda maʼlumotlarni toʻplash tartibotlari, standartlari va eʼlon qilish jarayonlarining shaffofligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish hamda ochiq maʼlumotlardan foydalanishning innovatsion usullarini ragʻbatlantirishga qaratilganlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ochiq maʼlumotlarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Ochiq” axborot va maʼlumotlarni aniq belgilash, fragmentlash, takrorlanish va boʻshliqlarni oldini olish maqsadida davlat organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborot va maʼlumotlardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ochiq maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish tartib-taomillarini qayta koʻrib chiqish va modernizatsiya qilish, ularni davlat organlari tomonidan joylashtirish va monitoring olib borish, ochiq maʼlumotlar tizimi ishtirokchilarini tashkiliy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va majburiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, ochiq maʼlumotlar foydalanuvchilari bilan munosabatlarni takomillashtirish hisobiga qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ochiq maʼlumotlarni rivojlantirish sohasida xalqaro hujjatlar imzolanishini tashkil etish va ularni amalga oshirish boʻyicha vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro ochiq maʼlumotlar Xartiyasiga qoʻshilishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maʼlumotlarning ochiqligini metodik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ochiq maʼlumotlarning shakllanishini hisobga olgan holda ularni takomillashtirishning talab etiladigan darajasi va davriyligidan kelib chiqib, ochiq maʼlumotlar tuzilmasining tavsifini unifikatsiya qilish, shu jumladan, ochiq maʼlumotlar toʻplamlarida yagona maʼlumotnomalar va tasniflagichlardan foydalanishni tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekspert baholari, yuklamalar boʻyicha statistik maʼlumotlar, foydalanuvchilarning Internet jahon axborot tarmogʻida soʻrovlari, qidiruv soʻrovlari natijalari, jismoniy va yuridik shaxslardan ochiq maʼlumotlarni olish boʻyicha soʻrovlar asosida joylashtirilgan maʼlumotlar toʻplamiga boʻlgan talabni baholash tartibini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Portalda taqdim etiladigan ochiq maʼlumotlarni hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini baholash tartibini qayta koʻrib chiqish va davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida “ochiq maʼlumotlar” boʻlimidagi bandlarni batafsil oʻrganib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Portal bilan integratsiya qilish boʻyicha ishlab chiqilayotgan tizimlarda integratsiyalash imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisidagi talablarni inobatga olgan holda davlat axborot tizimlarining texnik topshiriqlarini koʻrib chiqish va ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ochiq maʼlumotlar sohasidagi metodik bazani umumeʼtirof etilgan ilgʻor xalqaro standartlar va tavsiyalar, shu jumladan, shartnomalar boʻyicha ochiq maʼlumotlar standarti, moliyalashtirish boʻyicha ochiq standart, yordam koʻrsatishning shaffofligi boʻyicha xalqaro tashabbus asosida takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ochiq maʼlumotlarning dolzarbligini taʼminlash maqsadida ularning eʼlon qilinishi natijalari boʻyicha muntazam monitoring olib borish. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Kontekst” monitoringi — siyosiy va normativ-huquqiy muhit, institutsional tayyorgarlik, kadrlar salohiyati, fuqarolarning ishtiroki, innovatsiyalarni moliyalashtirish va texnologik infratuzilma kabi ochiq maʼlumotlar konsepsiyasini joriy etishning asosiy jihatlari holatini tizimli diagnostika qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Maʼlumotlar sifati va talabi” monitoringi — talab qilingan maʼlumotlar jamiyat uchun eng katta qiziqish va ahamiyatga ega boʻlgan axborot sifatida tushuniladi. “Sifatli” maʼlumotlar chuqur detallashtirish, ochiqlikning texnik, huquqiy va amaliy parametrlari kabi xususiyatlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumotlar sifati va ularga talab yuqori boʻlganlarining monitoringini olib borish metodikasi jahon hamjamiyati tomonidan qoʻllaniladigan mavjud baholash tizimlari asosida ishlab chiqilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Maʼlumotlardan foydalanilganlik” monitoringi — foydalanuvchilar toifasi va maʼlumotlardan foydalanish maqsadlarni oʻrganish. Ochiq maʼlumotlardan foydalanish monitoringi ochiq maʼlumotlar portalida va davlat organlarining veb-saytlarida jamoatchilik fikri soʻroviga asoslangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Ijtimoiy-iqtisodiy taʼsir” monitoringi — ochiq maʼlumotlardan foydalanishdan olingan imtiyozlarni baholash. Potensial foyda ijtimoiy, ekologik, siyosiy va iqtisodiy jihatlar doirasida oʻrganilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Taʼsir etish monitoringi usuli davlat maʼlumotlarini oshkor qilishning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini prognozlashtirish va baholash (investitsion jozibadorlik va tadbirkorlik muhiti, davlat va jamoat sektorlarida iqtisodiy samaradorlik, xavf-xatarlarni tahlil qilish, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar) asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Maʼlumotlarning ochiqligini tashkiliy qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ochiq maʼlumotlarni ishlab chiqish sohasidagi davlat siyosatini shakllantiruvchi organ, Portal operatori, ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilarning funksiyalari va vazifalarini aniq belgilab berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ochiq maʼlumotlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning ochiqligi va sifatini oshirishga, shu jumladan, ochiq maʼlumotlar yetkazib beruvchilarning huquqlari, majburiyatlari va masʼuliyatini qonunchilik hujjatlari darajasida mustahkamlash hisobiga maʼlumotlar yetkazib beruvchilarning masʼuliyatini va qiziqishini kuchaytirish.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muntazam ravishda yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda ochiq maʼlumotlar boʻyicha respublika va xalqaro konferensiyalar hamda sammitlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ilgʻor xalqaro tajribadan foydalangan holda ochiq maʼlumotlar bilan ishlovchi masʼul rahbar va xodimlarni doimiy oʻqitish jarayonini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ochiq maʼlumotlar boʻyicha hamjamiyatni shakllantirish va Internet jahon axborot tarmogʻida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda faoliyat yuritayotgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini yaratish va takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklikni mustahkamlash maqsadida “Open Data Challenge” va “Xakaton”larni muntazam ravishda oʻtkazish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻtkazilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va foydalanuvchilar, shu jumladan, chet ellik foydalanuvchilarning ochiq maʼlumotlardan foydalanishini ommalashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xalqaro arenalarda mamlakatning ochiqlik sohasida, ochiq maʼlumotlarning rivojlanish darajasi va foydalanish imkoniyati boʻyicha obroʻsini mustahkamlash, shu jumladan, istiqbolli xalqaro reyting va hisobotlarda mamlakat oʻrnini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Maʼlumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish hamda Portal faoliyati sifatini oshirish maqsadida Portal infratuzilmasi va dasturiy platformasini modernizatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Portalning funksional vositalarini rivojlantirish, ochiq maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish uchun foydalanuvchilar jamoasini jalb qilishda kraudsorsingdan keng foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat organlarining axborot tizimlarida mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlarni oʻrganish jarayonida ochiq maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish tartibini modernizatsiya qilish va qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Konsepsiyani amalga oshirishdan quyidagi natijalar kutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyatining shaffofligi va hisobdorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari faoliyatini nazorat qilish va monitoring olib borish imkoniyati orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ochiq Hukumat” konsepsiyasini amalga oshirish uchun axborot bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida ochiq maʼlumotlar shaklida faoliyat yuritayotgan ilovalar va xizmatlar bozorini shakllantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-foydali xizmatlar ishlab chiqishda budjet xarajatlarini tejash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari oʻrtasida axborot almashish imkoniyatlarini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Konsepsiyaning amalga oshirilishi monitoringini olib borish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Konsepsiyaning amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, umumiy muvofiqlashtirish, respublikada ochiq maʼlumotlar sohasi rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Konsepsiyani amalga oshirish monitoringi ushbu Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli bajarish boʻyicha davlat organlari faoliyatini baholash asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish natijasida erishiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR VA INDIKATORLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Joriy koʻrsatkich

Rejalashtirilgan koʻrsatkichlar

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

I. Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga maʼlumotlar toʻplamlarini joylashtirish

Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirilgan maʼlumotlar toʻplamlari soni

ming, dona

9,2

10,0

11,2

12,0

12,5

13,0

Ochiq maʼlumotlar portaliga integratsiya qilish orqali avtomatik ravishda joylashtirilgan maʼlumotlar toʻplamlari soni

dona

-

100

200

1 000

4 000

6 500

II. Ochiq maʼlumotlar asosida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish

Ochiq maʼlumotlar asosida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va mobil ilovalar

dona

5

10

15

20

25

30

III. Ochiq maʼlumotlar sohasini ommalashtirish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar, vebinarlar, anjumanlar va tadbirlar tashkil qilish va ishtirok etish

Seminarlar, konferensiyalar, vebinarlar, anjumanlar

dona

15

20

25

30

35

40

IV. Ochiq maʼlumotlar sohasida davlat organlari va idoralari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish

Davlat organlari va idoralari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish

nafar

120

150

170

200

220

250

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 808-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasini 2021-yilda amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Ochiq maʼlumotlarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va maʼlumotlarning ochiqligini metodik qoʻllab-quvvatlash

1.

Ochiq maʼlumotlarning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

“Ochiq” axborot va maʼlumotlarni aniq belgilash, fragmentlash, takrorlanish va boʻshliqlar mavjudligining oldini olish maqsadida davlat organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborot va maʼlumotlardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

2021-yil iyun

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2.

Ochiq maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish, tasdiqlash hamda tasdiqlangan roʻyxat asosida davlat organlari tomonidan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari toʻliq eʼlon qilinishi, ularning dolzarbligi monitoringini olib borish.

1. Ustuvor xalqaro maʼlumotlar bazalari koʻrsatkichlari va nufuzli xorijiy tashkilotlar tavsiyalarini, shuningdek, foydalanuvchilarning taklif va ehtiyojlarini inobatga olgan holda ochiq maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil yanvar

Milliy statistika qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Ochiq maʼlumotlar roʻyxatini zaruratga koʻra, biroq yiliga bir martadan koʻp boʻlmagan holda qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

Har yili 1-dekabrga qadar

3. Tasdiqlangan roʻyxat asosida davlat organlari tomonidan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari toʻliq eʼlon qilinishi hamda ularning dolzarbligi monitoringini olib borish.

Doimiy ravishda

3.

Ochiq maʼlumotlarni rivojlantirish sohasida xalqaro hujjatlar imzolanishini tashkil etish va ularni amalga oshirish boʻyicha vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Xalqaro ochiq maʼlumotlar Xartiyasi”ga qoʻshilishi boʻyicha ishlarni amalga oshirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro ochiq maʼlumotlar Xartiyasiga aʼzo boʻlishi yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish.

2021-yil fevral

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Oʻzbekiston Respublikasida Xalqaro ochiq maʼlumotlar Xartiyasi tamoyillarini joriy qilish boʻyicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

2021-yil sentabr

4.

Ochiq maʼlumotlar sohasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.

Metodik bazani umumeʼtirof etilgan ilgʻor xalqaro standartlar va tavsiyalar, shu jumladan, shartnomalar boʻyicha ochiq maʼlumotlar standarti, moliyalashtirish boʻyicha ochiq standart, yordam koʻrsatishning shaffofligi boʻyicha xalqaro tashabbus asosida takomillashtirish.

2021-yil dekabr

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Ochiq maʼlumotlarni baholash mexanizmini yaratish

1. Ochiq maʼlumotlar sifatini baholash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2021-yil may

Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Ekspert baholari, yuklamalar boʻyicha statistik maʼlumotlar, foydalanuvchilarning Internet soʻrovlari, qidiruv soʻrovlari natijalari, jismoniy va yuridik shaxslardan ochiq maʼlumotlarni olish boʻyicha soʻrovlar asosida joylashtirilgan maʼlumotlar toʻplamiga boʻlgan talabni baholash tartibini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

6.

Yagona maʼlumotlar tuzilmasini shakllantirish.

1. Ochiq maʼlumotlarning shakllanishini hisobga olgan holda ularni takomillashtirishning talab qilinadigan darajasi va davriyligi, shu jumladan, ochiq maʼlumotlar toʻplamlarida yagona maʼlumotnomalar va tasniflagichlardan foydalanishni tartibga solish masalasini nazarda tutgan holda ochiq maʼlumotlar tuzilmasining tavsifini unifikatsiya qilish.

2021-yil may

Davlat statistika qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning ushbu yaratilgan yagona struktura orqali maʼlumotlarni shakllantirishni taʼminlash.

Doimiy ravishda

Manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Maʼlumotlarning ochiqligini tashkiliy qoʻllab-quvvatlash

7.

Maʼlumotlardan foydalanishni ragʻbatlantirish va natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etish.

1. Yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda ochiq maʼlumotlar boʻyicha respublika va xalqaro konferensiyalar hamda sammitlarni tashkil etishni joriy qilish.

Doimiy ravishda

Milliy statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2. Ochiq maʼlumotlar kuni “Open Data Day”ni oʻtkazish.

2021-yil mart

3. Ochiq maʼlumotlar haftaligi “Open Data Week”ni oʻtkazish.

2021-yil dekabr

4. Ilgʻor xalqaro tajribadan foydalangan holda ochiq maʼlumotlar bilan ishlovchi masʼul rahbar va xodimlarni oʻqitishni tashkil etish.

Alohida grafikka muvofiq

5. Ochiq maʼlumotlar boʻyicha hamjamiyatni shakllantirish va Internet jahon axborot tarmogʻida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda faoliyat yuritayotgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini yaratish va takomillashtirish maqsadida “Open Data Challenge” va “Xakaton”kabi tadbirlarni tashkil etish.

Doimiy ravishda

6. Oʻtkazilgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish hamda mahalliy va xorijiy foydalanuvchilar ochiq maʼlumotlardan foydalanishini ommalashtirish.

Doimiy ravishda

8.

Oʻzbekiston Respublikasining ochiq maʼlumotlar sohasidagi xalqaro nufuzli reytinglarda ishtirokini taʼminlash.

Maʼlumotlarning ochiqligi, rivojlanish darajasi va mavjudligi, jumladan, istiqbolli xalqaro reyting va hisobotlarda mamlakatning mavqeyini yaxshilash hisobiga xalqaro maydonda mamlakat obroʻsini mustahkamlash boʻyicha ishlar olib borish.

Doimiy ravishda

Milliy statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Maʼlumotlarning ochiqligini axborot-texnologik qoʻllab-quvvatlash

9.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish hamda Ochiq maʼlumotlar portali faoliyati sifatini oshirish maqsadida Portalning infratuzilmasi va dasturiy platformasini modernizatsiya qilish.

1. Ochiq maʼlumotlar portalining yangi talqinini ishlab chiqish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2021-yil fevral

Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Ochiq maʼlumotlar portalining yangi talqinini ishlab chiqish boʻyicha ijrochini aniqlash.

2021-yil mart

3. Ochiq maʼlumotlar portalining yangi talqinini ishga tushirish.

2021-yil iyul

10.

Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatini takomillashtirish.

1. Portalning funksional vositalarini rivojlantirish, ochiq maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish uchun foydalanuvchilar jamoasini jalb qilishda kraudsorsingdan keng foydalanish.

Doimiy ravishda

Axborot texnologiyalari vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi

2. Davlat organlarining axborot tizimlarida mavjud boʻlgan elektron maʼlumotlarni oʻrganish jarayonida ochiq maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish tartibini qayta koʻrib chiqish.

Zaruratga koʻra, yiliga bir martadan koʻp boʻlmagan holda

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 808-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalining maqsad va vazifalarini, uning operatori, ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilari va foydalanuvchilari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portali operatori Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalini texnik qoʻllab-quvvatlash, uning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish, uzluksiz ishlashini taʼminlash hamda idoraviy axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) — Internet jahon axborot tarmogʻidagi Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida faoliyat koʻrsatuvchi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlarini joylashtirish uchun moʻljallangan, ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilishda va ulardan foydalanishda Portal operatori, ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlovchi data.gov.uz elektron manzilida joylashgan axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar — koʻp marotaba, erkin va bepul foydalanish maqsadida mashinada oʻqiladigan formatda Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirilgan davlat organlari va tashkilotlarining axboroti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinada oʻqiladigan format — maʼlumotlarni dasturiy qayta ishlashni taʼminlovchi, ushbu maʼlumotlarni taqdim etishning elektron formati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplami — ochiq maʼlumotlarning bir turdagi elementlari va ularni tavsiflovchi atributlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplami pasporti — ochiq maʼlumotlar toʻplamini bir xil identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ushbu toʻplam toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal operatori — davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) shakllantirish, yangilash va ularga ochiq maʼlumotlar sohasida metodologik yordam koʻrsatuvchi hamda Portaldan foydalanish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar — Portalda ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini joylashtiradigan davlat organlari va tashkilotlari. Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar sifatida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va nodavlat notijorat tashkilotlar ham ishtirok etishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilar — Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlardan foydalana oluvchi jismoniy va yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari va tashkilotlarida axborotni tayyorlash va Portalda joylashtirish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan, xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilinadigan maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Portalning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Portalning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona axborot resursida mavjud boʻlgan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni shakllantirish, eʼlon qilish va ulardan foydalanish boʻyicha yagona aloqa platformasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar sohasida yagona texnologik siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarga Internet jahon axborot tarmogʻidagi ochiq maʼlumotlardan foydalanishning yagona elektron maydonini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻida ochiq maʼlumotlarga kirishni va ulardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarning ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar va ularning faoliyati toʻgʻrisida hamma erkin foydalana olishi mumkin boʻlgan axborotni olishda foydalanuvchilar uchun byurokratik toʻsiqlar va toʻgʻanoqlarni qisqartirish va bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Portalning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilishning yagona texnologik va metodologik prinsiplarini tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirilgan ochiq maʼlumotlardan koʻp marotaba, erkin va bepul foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarning ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar bilan, shu jumladan, joylashtirilgan ochiq maʼlumotlarning dolzarbligi, yangi ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ochiq maʼlumotlarni olishda foydalanuvchilar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash masalalari yuzasidan oʻzaro aloqalarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar yangilanishi ustidan nazorat qilishning yagona texnologik platformasini, shuningdek, maʼlumotlarni dolzarb holatda saqlab turish maqsadida ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish natijalari monitoringi olib borilishini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda joylashtiriladigan maʼlumotlar bilan davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy manfaat maqsadida tanishib chiqishi, yuklab olishi va ulardan foydalanishi bepul tarzda amalga oshiriladi. Tijorat va xoʻjalik faoliyatini yuritish maqsadida Portal bilan elektron hamkorlikni yoʻlga qoʻyish (API interfeyslaridan foydalangan holda) orqali foydalanish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan ochiq maʼlumotlar toʻplamlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini rasmiylashtirish lotin alifbosidan foydalanilgan holda davlat tilida va ingliz tilida, shuningdek, kirill alifbosidan foydalanilgan holda rus tilida grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga rioya etilgan holda taqdim etiladi. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari ularni joylashtirish imkoniyati va texnik vositalar mavjud boʻlganda qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari ularni rasmiylashtirish formatlari va qoidalarining quyidagi talablariga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinada oʻqiladigan formatda (XLSX, CSV, XML, JSON, RDF) eʼlon qilinishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamlaridagi maʼlumotlar ulardan dasturiy interfeys orqali avtomatik foydalana olish imkoniyati bilan taʼminlanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamining saqlanadigan versiyalari soni foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda saqlash uchun resurs imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining tuzilmasi ochiq maʼlumotlar toʻplamining har bir axborot maydoni tavsifini namoyish etishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamining tuzilmasi oʻzgartirilganda tuzilmaning versiyaliligi va bu versiyaning ochiq maʼlumotlarning keyingi toʻplamlariga mos kelishi taʼminlanishi kerak. Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari tuzilmasining har bir saqlanadigan versiyasi havolaga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Portalda eʼlon qilinadigan maʼlumotlar “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi toʻgʻrisida” va “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ochiq maʼlumotlar toʻplamiga kiritiladigan axborot quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlaridan foydalana olishni taʼminlamasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, bank, tijorat, soliq sirini yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan maʼlumotlarni, shuningdek, maxfiy axborotni oshkor qilmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasligi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olmasligi kerak.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Portaldagi axborotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat davlat organlari va tashkilotlarining respublika darajasidagi yuqori turuvchi tuzilmalari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek, rus va ingliz tillarida mashinada oʻqiladigan va boshqa formatlarda eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadigan axborot bilan aynan bir xil va oʻzaro bogʻlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Portalda quyidagi birlamchi maʼlumotlar ochiq maʼlumotlar shaklida majburiy joylashtirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi faoliyati toʻgʻrisida erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan umumiy maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi faoliyatining asosiy sohalari boʻyicha statistik maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat axborot tizimlari va axborot resurslarida mavjud boʻlgan, oshkor etilishi qonunchilik hujjatlari bilan cheklanmagan ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchining maʼlumotlari va axboroti;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilar oʻrtasida hamda minoritar va portfel investorlari tomonidan yuqori darajada talab qilinadigan maʼlumotlar va axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi tomonidan yaratilgan yoki oʻz vakolatlarini amalga oshirishda unga kelib tushgan erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat organlari va tashkilotlarining Internet jahon axborot tarmogʻida ochiq maʼlumotlar shaklida joylashtirilishi kerak boʻlgan axboroti hamda ularni joylashtirish muddatlari va yangilash davriyligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladigan va “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat zaruratga koʻra, biroq yiliga bir martadan koʻp boʻlmagan holda ustuvor xalqaro maʼlumotlar bazalari koʻrsatkichlari va sohadagi nufuzli xorijiy tashkilotlar tavsiyalari, shuningdek, foydalanuvchilarning taklif va ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ochiq maʼlumotlar shaklida joylashtiriladigan axborotlar qoʻl mehnati yordamida hamda avtomatlashtirilgan rejimda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli, toʻliq boʻlishi, shu bilan birga, davlat sirlarini yoki qonun bilan muhofazalangan boshqa sirlarni oʻz ichiga olmagan holda davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlaridagi axborot bilan aynan bir xil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Portal operatorining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Portal operatorining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalni rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalning funksional imkoniyatlariga oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro maʼlumotlar bazalari koʻrsatkichlari va sohalar boʻyicha nufuzli xorijiy tashkilotlar tavsiyalari, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari, shuningdek, Portaldan foydalanuvchilarning taklif va ehtiyojlarini inobatga olib Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan, eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini yangilash va dolzarbligi masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxat asosida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan maʼlumotlar toʻliq joylashtirilishi va ularning oʻz vaqtida Portalda aks ettirilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalariga asoslangan holda Portalda ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilish va yangilash tartibini buzgan ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar yuzasidan vakolatli organga taqdimnoma kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Portal operatorining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchilarning rasmiy veb-saytlarida va Portalda eʼlon qilinishi majburiy boʻlgan Ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini umumlashtirish hamda yangilanishning aniq muddatlarini va davriyligini belgilagan holda tasdiqlash uchun Muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar mavzularini ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalning funksional imkoniyatlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida Portal foydalanuvchilarini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning Portalga kirishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari dolzarbligini doimiy monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar tomonidan biriktirilgan masʼul shaxslarning ochiq maʼlumotlar sohasiga doir tashkil etilgan oʻquv kurslarida malakasini oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilardan kelib tushgan takliflarni, ularning kelib tushgan kundan boshlab bir kun muddatda qayta ishlash va tegishli ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarga koʻrib chiqish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda ochiq maʼlumotlar toʻplamlariga boʻlgan talab statistikasini eʼlon qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldagi ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini yangilash muddati kechiktirilgan taqdirda, ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining Portaldan samarali foydalanishlarini taʼminlash, shuningdek, undan foydalanish masalasida metodologik yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Portalni texnik qoʻllab-quvvatlovchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Portalni texnik qoʻllab-quvvatlovchining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning idoraviy axborot tizimlari va resurslarini Portal bilan integratsiyalashga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik Portal operatoriga xabar qilish orqali Portalning funksional imkoniyatlariga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal operatori bilan kelishgan holda Portalni rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Portalni texnik qoʻllab-quvvatlovchining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, uzluksiz ishlashi va funksional imkoniyatlarini takomillashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning soʻroviga asosan belgilangan tartibda shartnoma asosida Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlar toʻplami maʼlumotlari elektron hamkorlik orqali avtomatlashtirilgan holda taqdim etilishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi talablaridan kelib chiqqan holda Portaldagi ochiq maʼlumotlarni himoya qilish va saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti lotin alifbosidan foydalanilgan holda davlat tilida tuzilgan boʻlishi kerak. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti qoʻshimcha ravishda boshqa tillarda ham tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini rasmiylashtirish quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shrifti — “Times New Roman”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shrift oʻlchami — 14;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashishi — sahifaning chap tomoni boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini toʻldirish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ochiq maʼlumotlar bilan ishlashda Portal operatori, ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilarning oʻzaro munosabati tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ochiq maʼlumotlarni Portalda joylashtirish va ular bilan ishlashda Portal operatori va ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning oʻzaro munosabatlari ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi Portalda oʻz shaxsiy kabinetini ochish uchun masʼul shaxsning maʼlumotlarini koʻrsatgan va zarur materiallarni ilova qilgan holda Portal operatoriga rasmiy soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchidan rasmiy soʻrovni olgandan keyin Portal operatori masʼul shaxsga ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilish uchun Portalda shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi masʼul shaxs roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatiga ega boʻlganidan soʻng Portalda ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Har bir foydalanuvchi Internet jahon axborot tarmogʻi orqali data.gov.uz veb-saytida Portaldagi ochiq maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Foydalanuvchilar Portal operatoriga Portalning dasturiy-texnik vositalaridan foydalangan holda uning faoliyat koʻrsatish masalalari boʻyicha va ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarga Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari yuzasidan axborot xabarlarini yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan biriktirilgan masʼul rahbar va xodimlarning Portal operatori tomonidan tashkil etilgan Portal bilan ishlash, jumladan, ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini joylashtirish boʻyicha koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirishga qaratilgan oʻquv kurslarida malakasini oshirib borishlariga zarur sharoit yaratib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Portaldagi ochiq maʼlumotlar toʻplamlaridan foydalanishda ochiq maʼlumotlardan foydalanish shartlari yoki ularga boʻlgan havolani koʻrsatish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini va ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini va ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish, Portalda joylashtirishdan tashqari, davlat organining rasmiy veb-saytida ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini va ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirish uchun quyidagilar zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini mashinada oʻqiladigan formatda eʼlon qilish uchun “Ochiq maʼlumotlar” boʻlimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-saytning bosh sahifasida “Ochiq maʼlumotlar” boʻlimiga vizual farqlanadigan havolani kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ochiq maʼlumotlar” boʻlimida ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining alohida sahifalariga havolalardan iborat ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining reyestrini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ochiq maʼlumotlar toʻplamini va ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirish qoʻshimcha ravishda boshqa veb-resurslarda ham ixtiyoriy shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini yangilash va dolzarbligi masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqish va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal operatori bilan kelishgan holda Portalda ochiq maʼlumotlarning qoʻshimcha toʻplamlarini eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda ochiq maʼlumotlarni saqlash muddatlari, shu jumladan, ochiq maʼlumotlar toʻplamlari takrorlanmasligining oldini olish maqsadida Portalda ochiq maʼlumotlarning tegishli havolasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni Portalda joylashtirishda yuzaga kelgan texnik masalalar boʻyicha Portal operatoriga yoki Portalni texnik qoʻllab-quvvatlovchiga murojaat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilish masalalari boʻyicha masʼul rahbar va xodim tayinlash, uning aloqa maʼlumotlarining Portalda eʼlon qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz rasmiy veb-saytlarida “Ochiq maʼlumotlar” boʻlimini yaratish hamda mazkur boʻlimda tasdiqlangan Roʻyxatga muvofiq ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarning dolzarbligini baholash orqali, shu jumladan, foydalanuvchilarning axborot xabarlarini qayta ishlash natijalari boʻyicha Portalda joylashtiriladigan ochiq maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi va dolzarbligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor xalqaro maʼlumotlar bazalari koʻrsatkichlari va sohadagi nufuzli xorijiy tashkilotlar tavsiyalarini inobatga olgan holda Roʻyxatni yangilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va har yilning sentabr oyiga qadar Portal operatoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan Roʻyxatga muvofiq ochiq maʼlumotlarning yangilanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini taʼminlash;
(37-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamlarining pasportlarini tuzish, rasmiylashtirish va Portalda eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatik ravishda eʼlon qilinadigan maʼlumotlar toʻplamlari joylashgan axborot resurslarini Portal bilan integratsiyasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, Portal operatoriga ishlab chiqilgan ochiq maʼlumotlar toʻplami bilan birgalikda xabarnoma yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Foydalanuvchining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldan foydalangan holda ochiq maʼlumotlarga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni takror ishlab chiqish, nusxa olish, eʼlon qilish va uzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlardan erkin, muddatsiz, bepul va chegarasiz foydalanish (shu jumladan, takroran foydalanish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlarni tarqatish va qayta guruhlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar toʻplamlaridan foydalangan holda axborotlar tayyorlash va uni moslashtirish, modifikatsiyalash, oʻzgartirish va (yoki) chiqarib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlardan tijorat maqsadlarida, shu jumladan, turli xildagi dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratishda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va moliya bozorlarining monopoliyasini aniqlash maqsadida ochiq maʼlumotlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal operatoriga Portalning dasturiy-texnik vositalaridan foydalangan holda uning faoliyat koʻrsatish masalalari boʻyicha va Ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarga Portalga joylashtiriladigan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari yuzasidan axborot xabarlarini yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Foydalanuvchining majburiyatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlardan faqat qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan maqsadlarda foydalanish;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlardan foydalanishda axborot manbaiga havolani biriktirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Portalni takomillashtirish va uni texnik qoʻllab-quvvatlashni moliyalashtirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Portalning yangi versiyasini yaratish, joriy etish va kelgusida uni qoʻllab-quvvatlashni, shuningdek, ochiq maʼlumotlar sohasida yagona metodologiyani ishlab chiqish, mahalliy va xalqaro ekspert va konsultantlarni jalb qilgan holda masʼul xodimlar malakasini oshirib borishni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻidagi mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat va xoʻjalik faoliyatini yuritish maqsadida Portal bilan elektron hamkorlikni (API interfeyslaridan foydalangan holda) yoʻlga qoʻyish uchun tuzilgan shartnomalar orqali tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(40-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur Nizomning 40-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan moliyalashtirish manbalari tomonidan yigʻilgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foizi — Portal faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnika bazasini, jumladan, server va kommunikatsiya uskunalarining ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarini ish holatida saqlash uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — xalqaro tan olingan tajribalar asosida ochiq maʼlumotlarni sifatli tayyorlashga yoʻnaltirilgan yagona metodikani ishlab chiqish, ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar masʼul xodimlarining muntazam ravishda malakasini oshirib borish va mazkur jarayonlarga mahalliy va xalqaro tashkilotlarning ekspert va konsultantlarini jalb qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Portalda joylashtirilgan axborotlarning oʻz vaqtida eʼlon qilinishi, ularning ishonchliligi va toʻliqligi uchun ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Portal operatori va Portalni texnik qoʻllab-quvvatlovchi foydalanuvchilar ochiq maʼlumotlardan foydalanishi oqibatlariga, shu jumladan, Portalda joylashtirilgan ochiq maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zarar uchun javobgar emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilinadigan maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Harakatlar

Masʼullar

Muddatlar

1-bosqich

Ustuvor xalqaro maʼlumotlar bazalari koʻrsatkichlari hamda sohadagi nufuzli xorijiy tashkilotlar indekslari va tavsiyalari, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari talablarini inobatga olgan holda Ochiq maʼlumotlar portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) eʼlon qilinadigan maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) kiritish uchun takliflarni Portal operatoriga taqdim etish.

Davlat organlari va tashkilotlari

Har yili 1-sentabrga qadar

2-bosqich

1. Davlat organlari va tashkilotlari takliflarini Portalga joylashtirish imkoni va samarasi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqish.

2. Asoslangan takliflarni oʻz ichiga olgan Roʻyxatni shakllantirish va tasdiqlash uchun “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

Portal operatori

Har yili 1-dekabrga qadar

3-bosqich

Tasdiqlangan roʻyxat asosida ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini belgilangan muddatlar va shakllarda Portalga joylashtirib borishni taʼminlash.

Davlat organlari va tashkilotlari

Roʻyxat asosida

4-bosqich

Tasdiqlangan roʻyxat asosida davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarni Portalga joylashtirib borishi monitoringini olib borish.

Portal operatori

Doimo

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portali toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasportini toʻldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ochiq maʼlumotlar toʻplamining pasporti

TAVSIFI

1.

Ochiq maʼlumotlar toʻplamining identifikatsiya raqami (kodi).

2.

Ochiq maʼlumotlar toʻplami haqida maʼlumot:

2.1

toʻliq nomi;

2.2

tavsifi;

2.3

tarkibi;

2.4

ishlab chiqish metodikasi.

3.

Ochiq maʼlumotlar toʻplamini yetkazib beruvchi:

3.1

ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi tashkilotning toʻliq nomi;

3.2

masʼul shaxs (F.I.O.);

3.3

masʼul shaxsning telefon raqami;

3.4

masʼul shaxsning elektron manzili (yetkazib beruvchi domenidagi elektron pochta manzili).

4.

Ochiq maʼlumotlar toʻplami formati.

5.

Ochiq maʼlumotlar toʻplamlarini eʼlon qilish:

5.1

birinchi marta eʼlon qilingan sanasi va vaqti;

5.2

oxirgi kiritilgan oʻzgartirishlar sanasi va vaqti;

5.3

oxirgi kiritilgan oʻzgartirish mazmuni;

5.4

yangilash davriyligi;

5.5

oʻlchov birligi;

5.6

boshqa veb-resurslardagi ochiq maʼlumotlar toʻplamiga havola;

5.7

ochiq maʼlumotlar toʻplamining avvalgi versiyasiga havola.

6.

Ochiq maʼlumotlar toʻplamining mazmuniga mos keluvchi kalit soʻzlar.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/808/1663-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)