Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2002 17.11.1992 yildagi 538-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGINING MINTAQAVIY VAKOLATLI VAKILI BOShQARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilova etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
538-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-noyabrdagi 538-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik yoki TIAV deb ataladi) respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirishni, tartibga solishni, nazorat qilishni hamda boshqarishni amalga oshiruvchi, respublikadan tashqarida, shuningdek, chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining vakili boʻluvchi, barcha tashqi iqtisodiy masalalarda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari borasida respublika nomidan hamda respublika manfaatlarini koʻzlab qatnashuvchi davlat organi hisoblanadi. Vazirlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik yagona tashqi iqtisodiy siyosatni hamda uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish hamda amalga oshirish, ham ichki, ham tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini taʼminlash, chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo-sotiq, sport, madaniy hamkorlikning samaradorligini oshirish, turistik va boshqa xil aloqalarni, hamkorlik qilishning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohadagi boshqaruvni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda samarali ish olib borishlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuzilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik oʻz faoliyatida xalqaro huquq meʼyorlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitimlariga, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, Vazirlik faoliyatiga taalluqli boʻlgan boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik oʻz faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-siyosiy, iqtisodiy, rejaviy, valyuta-kredit, moliyaviy va tahliliy masalalariga, ularning samaradorligini oshirishga, ana shunday aloqalar tartibini takomillashtirishga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisodiy tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar, jamoat tashkilotlari, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa davlat hamda jamoat korxonalariga, mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda “Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari” yoki “Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari” deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy sohada Oʻzbekiston Respublikasi davlat istiqloli va iqtisodiy mustaqilligi qoidalarini roʻyobga chiqarishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni taʼminlash zamirida yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit, investitsiya va narx-navo siyosati yuritishni, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda bu aloqalarning samaradorligini oshirishni taʼminlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit siyosati hamda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va bunday aloqalar istiqbolini belgilash tizimi hamda ularni rivojlantirish dasturlarining muhim masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda faol qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy masalalar va hamkorlikning oʻzga turlari boʻyicha, shu jumladan toʻlov hisob-kitob munosabatlari, chet el kreditlarini olish va davlat kreditlarini. berish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining chet el mamlakatlari bilan, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshirigʻiga binoan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish ishlarida ishtirok etishdan, ularning hisobini yuritish va ulardan qanday foydalanilayotganligini nazorat qilishdan, kredit evaziga aʼmollar bajarish uchun oʻz tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlarga topshiriqlar berish hamda kreditlar hisobiga tuzilayotgan bitimlar berilgan kreditlarning shartlariga mos ekanligi tezlikda nazorat etilishini taʼminlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining savdo iqtisodiy hamkorlik borasidagi xalqaro shartnomalari yuzasidan tomonlarning majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni taʼminlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda davlatlarning Oʻzbekiston ham aʼzo boʻlgan oʻzga ittifoqlari tarkibiga kirgan davlatlarning idoralari bilan tashqi iqtisodiy sohada oʻzaro hamjihat siyosat yuritishda birgalikda harakat qilishdan, shu jumladan boshqa chet el mamlakatlarining tashqi iqtisodiy tashkilotlari bilan hamkorlik qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumdavlat ahamiyatiga molik mollar (ishlar, xizmatlar) bilan eksport-import aʼmollari oʻtkazishni tashkil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda chet ellarda hamda respublika hududida chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida obyektlar qurilishini yoʻlga qoʻyish va amalga oshirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan meʼyoriy-huquqiy faoliyatni ishlab chiqish, amalga oshirish va uning davlat tomonidan tartibga solib borilishini takomillashtirishdan, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining ichki va tashqi bozorda Oʻzbekistonning davlat manfaatlariga, shu sohada amal qilib turgan qoida va meʼyorlarga rioya etishlarini nazorat qilish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib turish va tahlil etib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy-iqtisodiy va moliya-kredit holatini, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlarini, chet el mamlakatlarining tegishli qonunlarini, chet ellik sheriklarning ishonchli va ishbilarmonlik nufuzini oʻrganish va tahlil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda respublikaning import mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etishning va ulardan samarali foydalanish ustidan, respublika sarmoyasini chet ellarda oqilona joylashtirish ustidan nazorat oʻrnatishning umumdavlat siyosatini ishlab chiqishda va bu siyosatni yuritishda faol ishtirok etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab-ehtiyojlarni oʻrganish va shu asosda jahon tovarlar bozorining, investitsiya, injiniring, konsalting, marketing bozorlarining va boshqa ishlar hamda xizmatlar bozorining, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tamoyillari istiqbolini belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini narx-navo, valyuta, moliya, kredit, huquqiy masalalar yuzasidan, tashqi bozorning chet elga chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnikaviy xususiyatlariga boʻlgan talablar yuzasidan tijorat asosida uslubiy, axborot va maslahat yoʻsinidagi maʼlumotlar bilan taʼminlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat siriga rioya etgan va uni saqlagan holda mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari oʻrtasida tuzilayotgan savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar va ahdlashuvlarni muqarrar tarzda ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli va kimning tasarrufida ekanligidan qatʼi nazar yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan chet el tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarni tashqi iqtisodiy, aloqalar qatnashchilari sifatida roʻyxatga olish tartibini belgilash hamda ularni roʻyxatga olish, chet el firmalari, kompaniyalari va tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga mollar (ishlar, xizmatlar)ni eksport-import qilish uchun, shu jumladan eksport va import hamda tranzit yuklarni tashish uchun litsenziyalar berish tartibini belgilash va ularga litsenziyalar berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mollar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilish kvotasi yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va kiritishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining mollar (ishlar, xizmatlar)ni litsenziyalash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etishlarini nazorat qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noanʼanaviy eksport dasturlarini, shu jumladan ilm-fanni koʻp talab qiladigan mahsulotlarni, texnologiyalar va xizmatlarni, butlov mahsulotlarini yetkazib berish, ishlab chiqarish-texnologiya kuchlarini jamlash va ilmiy hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport dasturlarini hamda chet el investitsiyalarini sugʻurta qilish tashkilotlari tuzishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik koʻrsatmasi bilan chet el mamlakatlariga qisqa muddatli va uzoq muddatli xizmat safariga yuborilayotgan xalq xoʻjaligi mutaxassislarining chet elga chiqishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilish, chet el pasportlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, berilishi hamda saqlanishini taʼminlashdan, zarur ruxsatnomalarni olish, Vazirlik tizimidagi xodimlarning chet elda boʻlish muddatlarini, chet el pasportlarining, respublika va chet el ruxsatnomalarining amal qilish muddatlarini nazorat qilishdan, chet elga borishi Vazirlik tomonidan rasmiylashtirilayotgan shaxslarga tegishli tushuntirish va yoʻl-yoʻriq berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi tomonidan berib qoʻyilgan huquqlar doirasida aksiyali jamiyatlarda davlatga tegishli aksiyalarni (ulushlarni, paylarni) idora etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ahamiyatga molik boʻlgan keng koʻlamdagi loyihalar boʻyicha xalqaro savdo-sotiqlarni (tendyerlarni) tanlov asosida oʻtkazishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonalar va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa qatnashchilari faoliyatini tekshirish uchun auditorlik xizmatini, yirik tashqi iqtisodiy loyihalar va dasturlarning xolis ekspertizasini yoʻlga qoʻyishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonalar va chet el korxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, umumlashtirish va bu faoliyat samaradorligini tahlil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tarkibiga kirgan mamlakatlarda va chet ellarda respublikaning savdo vakolatxonalarini ochish, ularning kadrlar tarkibini belgilangan tartibda qaror toptirish, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda oʻz vakillarini Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzurida iqtisodiy maslahatchi etib tayinlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi savdo vakolatxonalari hamda iqtisodiy maslahatchilar faoliyatiga rahbarlik qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakillarini va ularning oʻrinbosarlarini, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda respublikaning chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni tayinlash hamda vazifasidan ozod etish (chaqirib olish) toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni va takliflarni kiritishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillari faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning ishini tashkil etish va muvofiqlashtirib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va chet ellarda tashqi iqtisodiy faoliyat uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan oʻtkazishni amalga oshirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy birlashmalar, firmalar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarni chet ellarga xizmat safariga yuborish va tashqi iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib borishdan hamda ana shu ish samaradorligini tahlil qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalarning xoʻjalik va tashkiliy-huquqiy tartibotini takomillashtirish yuzasidan qonunlar negizini ishlab chiqishda va takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishda faol qatnashishdan, respublikaning iqtisodiy idoralari, vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralarning, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikka muvofiq respublika tashqi iqtisodiy tashkilotlarining, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining chet ellardagi faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining savdo va iqtisodiy vakolatxonalari orqali muvofiqlashtirib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transportning barcha turlarida xalqaro miqyosda yuk tashish, shu jumladan, tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish yuzasidan mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar idoralar va tashkilotlarning ishlarini muvofiqlashtirib borishdan, shuningdek, tashqi savdo yuklarini tashishni tartibga solishning huquqiy, tarifga doir va boshqa tadbirlarini ishlab chiqishda, kelishib olishda va amalga oshirishda qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoh respublika hududida boʻlsin, xoh oʻz vakolatxonalari orqali Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarida boʻlsin, chegara punktlarida (portlarda, temir yoʻl stansiyalarida, yuklar tushirib, qayta ortiladigan bazalarda, shuningdek, aeroportlarda) eksport-import yuklarining holati ustidan davlat nazoratini yoʻlga qoʻyishda qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo yuklariga koʻrsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmati tizimini takomillashtirish, respublika hududida, shuningdek, asosiy dengiz portlarida, temir yoʻl chegara stansiyalarida tashqi savdo yuklarini omborga joylashdan, qayta ishlash va mollarning eʼlon qilinadigan roʻyxati haqidagi maʼlumotlarni yozishni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishdan, eksport-import yuklari va tranzit yuklarning harakatini nazorat qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorda umumdavlat manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazorat natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishdan, shu asosda tashqi iqtisodiy aloqalardagi, shu jumladan hamkorlikning yangi shakllari borasidagi, xususan qoʻshma tadbirkorlik, bevosita ishlab chiqarish va ilmiy-texnika aloqalari, mol almashuv aʼmollari, sohil boʻyi va chegara boʻyi savdosi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin iqtisodiy tegralar barpo etish borasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirishni, shu jumladan bu ishni eksport va import tuzilmasini yaxshilash, Oʻzbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini ragʻbatlantirish va kengaytirish yoʻli bilan taʼminlash, hamkorlikning yangi shakllarini oʻzlashtirish, valyuta mablagʻlaridan oqilona foydalanish hamda respublika kreditlari qaytarilishini taʼminlash ustidan nazorat qilib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib berishdan, respublika tashkilotlarining, mulkchilik shakli turlicha boʻlgan korxonalarning tashqi iqtisodiy sohadagi amaliy faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlovchi umumiy iqtisodiy va huquqiy muhitni yuzaga keltirishda qatnashishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari orqali kichik va oʻrta biznes korxonalari chiqaradigan mahsulotlarni eksportga sotishni tashkil qilish, ularga xorijiy bozorlar marketing tadqiqotlarini oʻtkazishda koʻmaklashish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning respublika viloyatlari va Toshkent shahri boʻyicha vakolatli vakillari boshqarmalari, ular huzurida barpo etilgan xoʻjalik hisobidagi tijorat tizimlari, ham respublika hududidagi, ham undan tashqaridagi ayrim mintaqalarda, punktlarda va obyektlarda ochilgan filiallar, chet ellardagi savdo va iqtisodiy vakolatxonalar, respublikaning xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, tijorat-reklama markazi (Respublika xalqaro savdo majmui). transport vakolatxonalari va vazirlik tasarrufidagi boshqa tashkilotlar hamda chet ellardagi muassasalar yuridik shaxs huquqida Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosati doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi rahbarligi ostida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mintaqaviy vakolatli vakillar boshqarmalari (matnda bundan keyin “Vakillar boshqarmalari” deb yuritiladi) hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi oʻz faoliyatini oʻzaro jips hamkorlikda olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning vakolatli vakili boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, vakolatli vakillar boshqarmalarining tarkibiy tuzilishi va shtatlari soni, ular huzurida barpo etilgan xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari hamda tashkilotlarining ustavlari, nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan belgilab qoʻyiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik tasarrufida boʻlgan tashkilotlar va boʻlinmalarning ustavlari va nizomlarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik tasarrufida boʻlgan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo birlashmalari, firmalari faoliyatni toʻla xoʻjalik hisobi sharoitida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, Vazirlik tasarrufidagi boshqa tashkilotlar qoʻshimcha daromad manbalariga ega boʻlish maqsadida aksiyali jamiyatlar, uyushmalar, qoʻshma korxonalar, konsernlar va tadbirkorlikning (tijoratning) boshqa shakllarida qatnashish, shu jumladan bunday korxonalar, konsernlarni va tadbirkorlikning (tijoratning) bu xildagi shakllarini oʻzlari taʼsis etish, qolaversa faoliyatning boshqa turlarida ishtirok etish uchun, Vazirlikning roziligini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik oʻz tasarrufidagi xoʻjalik hisobidagi va boshqa xil tashqi iqtisodiy tashkilotlarning majburiyatlari yuzasidan mulkiy javobgar boʻlmaydi, tashqi iqtisodiy tashkilotlar esa Vazirlik majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy va. ijtimoiy rivojlantirishning tamoyillari va asosiy yoʻnalishlarini, shuningdek, istiqbolga moʻljallangan dasturlar va boshqa yechimlarning Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini ham yaxlit holatda, ham ayrim mamlakatlar, bir guruh mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha rivojlantirishga doir qismini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import boʻyicha valyuta rejasi loyihasi yuzasidan kvota ajratish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi ishlab chiqqan uzoq muddatga moʻljallangan rejalariga, vazirliklar, idoralar, konsernlar, tashkilotlar, “Oʻzshartnomasavdo” buyurtmanomalariga muvofiq uskunalar, materiallar, xomashyoni, shu jumladan xalq xoʻjaligining ijtimoiy majmui tarmoqlari uchun ham uskunalar, materiallar, xomashyoni, xalq isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolarni chetdan olib kelishning davlat rejasi loyihasini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligini rivojlantirish va uning ehtiyojlarini qondirish uchun valyuta mablagʻlariga boʻlgan talabni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi ajratadigan tegishli kvotalar asosida, korxonalar, tashkilotlarning chet elga mol chiqarishini ragʻbatlantirish uchun Moliya vazirligi eksport dotatsiyalari va boshqa kerakli mablagʻlar ajratishini nazarda tutib, eksport va import qilish rejasining va chet elga mol chiqarish borasidagi davlat buyurtmasining loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi eksport va import rejasining muvozanatlashtirilgan loyihasini Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi statistika hisoboti shakl-andozalarini, Standartlashtirish davlat qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Respublika uygʻunlashgan tizimini, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda esa eksport-import aʼmollarini tarif asosida va tarifsiz boshqarish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklari bilan birgalikda tovar-moliya kreditlarining, ularga xizmat koʻrsatishning, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻzining valyuta xarajatini oʻzi qoplash qoidalari asosidagi yirik investitsiya mablagʻlarining miqdorlari va yoʻnalishlarini belgilaydi, kreditlardan foydalanish ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar davlat nazorati, boshqarish va ularga oid axborotlar tizimining yagona axborot tarmogʻini tuzishni taʼminlaydi va uning ishini yoʻlga qoʻyadi, tashqi iqtisodiy aloqalarga doir maʼlumotlarning respublika jamgʻarmasini vujudga keltiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilikning hamma shaklidagi korxonalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobotlari va taqdimnomalari, shuningdek yuklarning eʼlon qilingan roʻyxati toʻgʻrisida bojxona tomonidan beriladigan maʼlumotlar asosida eksport va import yuzasidan davlat buyurtmasi bajarilishini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va importning surʼati, mutanosibligi va samaradorligini natura holida va narx-navo ifodasida tahlil qiladi hamda istiqbolni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va toʻlov balansining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyati turlariga doir qismi yuzasidan istiqbol narxlarini ishlab chiqadi va ularning holatini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar hamda tashqi iqtisodiy aloqalar boshqa qatnashchilari Vazirlikka yuboradigan axborotlar asosida ular tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi davlat topshiriqlarini qanday bajarayotganliklarini tahlil etadi, respublikaning xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlari qanday bajarilayotgani haqida jamlama hisobotlar tayyorlaydi, tashqi savdo bitimlari hisobotini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining, shu jumladan belgilangan tartibda respublika hududida ham, chet ellarda ham chet el jismoniy va yuridik shaxslarining faoliyatini muayyan yoʻnalishda va keng koʻlamda tekshirishni tashkil etadi hamda oʻtkazadi (zarur hollarda bu ish Moliya vazirligi, davlat soliq inspeksiyasi, maxsus yurisdiksiyaga ega boʻlgan idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida oʻtkaziladi), tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari respublika qonunlarini buzayotgan va Oʻzbekiston manfaatlariga zarar yetkazayotgan hollarda, shu jumladan gʻirrom raqobat, litsenziyalarning shartlari buzilgan hollarda eksport-import aʼmollarning oldini oladi, tezlik bilan toʻxtatib qoʻyadi, Vazirlar Mahkamasiga tashqi iqtisodiy faoliyatni toʻxtatib qoʻyish, sudlarga esa tashqi iqtisodiy faoliyatni toʻxtatish va bunday ish qilgan tashkilotga nisbatan boshqa tegishli tadbirlar koʻrish haqida, shuningdek, toʻxtatib qoʻyilgan aʼmollarni tiklash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el savdo vakolatxonalari bilan, chet el mamlakatlari elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar bilan birgalikda ish olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el mamlakatlari hukumatlari, tashkilotlari va firmalarining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi, zarur hollarda shu masalalar yuzasidai takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, tovar oborot va toʻlovlar, yetkazib beriladigan mollarining hajmi va navbati toʻgʻrisida, eksport va import ishiga kredit berib turish toʻgʻrisida manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida muzokaralar olib boradi hamda oʻz huquq doirasida zarur hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisod sohasidagi hukumatlararo shartnomalarining asl nusxalarini oʻzida saqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishni va koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalarning xorijiy xodimlarini shaxsan akkreditatsiya qilishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, shuningdek, bunday vakolatxonalar tomonidan taqdim etiladigan oʻzlari toʻgʻrisidagi axborotlarni koʻrib chiqadi;
(11-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi respublika birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari ishtirokida xorijiy mamlakatlarda tashkilotlar tuzishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida chet ellarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida obyektlar qurish uchun investitsiya ajratishdan oldingi hujjatlarni va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellarda barpo etilayotgan, shuningdek, chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan obyektlar uchun ajratilgan eksport tovar fondlari hamda valyuta mablagʻlaridan oqilona foydalanish va ularni rasamadi bilan sarflash ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va import boʻyicha reja asosidagi hisob-kitob baholarini ishlab chiqishda hamda valyuta-kredit masalalari yuzasidan tadbirlarni amalga oshirishda, shuningdek, tashqi savdodagi baho va tariflarni belgilashning qoidalari va usuliyotini ishlab chiqishda ishtirok etadi, asosiy eksport va import mollari yuzasidan tashqi savdo baholari darajasini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport mollarini ortish hamda Oʻzbekiston hududidan chet el tranzit yuklari olib oʻtish uchun ruxsatnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi tashqi iqtisodiy firmalar va birlashmalar orqali shartnoma asosida tashqi savdo yuklarini hamda Oʻzbekiston hududidan olib oʻtiladigan chet el tranzit yuklarini tashish va ularga transport ekspeditorlik xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyadi, tashqi savdo yuklari tashishni takomillashtirish, bunday yuklar saqlanishini yaxshilash ha ularni asrashini taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va idoralar, chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik yuzasidan hukumatlararo komissiyalar va qoʻmitalarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi va ularning ishida ishtirok etadi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar masalalariga doir konferensiyalarda, kongresslarda, simpoziumlar va yigʻilishlarda qatnashadi, tashqi iqtisodiy aloqalarga doir masalalarni muhokama etish va hal qilish uchun Oʻzbekistonga keladigan chet el delegatsiyalarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari belgilangan tartibda bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim mollar (ishlar, xizmatlar)ga, mamlakatlar va bir guruh mamlakatlarga muayyan davrga eksport-importni litsenziyalash va kvotalashni joriy etish toʻgʻrisida, shuningdek, toʻlov imkoniyatlari holati va boshqa iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlar taqozo qilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan bir taraflama kamsituvchi cheklovlar kiritgan ayrim davlatlarga nisbatan eksport-import aʼmollarini taqiqlash, cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlarining amaliy faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan cheklash yoʻliga oʻtgan yoki respublika tashkilotlari oldida zimmasiga olgan majburiyatlarini halol bajarmayotgan kompaniyalari roʻyxatini yuritadi, bu roʻyxat mazmuni yuzasidan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga maslahatlatlar berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi va chet ellardagi ommaviy axborot vositalaridan foydalanib, chet el mamlakatlari va shu mamlakatlardagi savdo-sotiq doiralari bilan Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish yuzasidan targʻibot-axborot ishlarini, shu jumladan aksiltargʻibot ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining xalqaro iqtisodiy va boshqa tashkilotlardagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi, tashqi bozorda aʼmollar oʻtkazishda hamda hamkorlikning yangi shakllarini oʻzlashtirishda amaliy yordam koʻrsatadi, ishning koʻzini biladigan sheriklarni izlashda koʻmaklashadi, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari, tashqi savdo qonunlari, anʼanalari, rasm-rusumlari va qoidalari yuzasidan tegishli axborotlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya hamkorligi loyihalarini birgalikda roʻyobga chiqarish maqsadida respublikadagi tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga, banklarga, jamgʻarmalarga va boshqa tashkilotlarga chet el firmalari bilan oʻzaro foydali asosda aloqalar oʻrnatishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tadbirkorlarining boshqa mamlakatlarning, korxonalari, tashkilotlari va firmalari bilan ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy hamkorlik oʻrnatishlariga, shuningdek, qoʻshma korxonalar tashkil etish hamda tadbirkorlik ishlarini birgalikda olib borishning boshqa shakllarini rivojlantirishga koʻmaklashadi, shu jumladan Oʻzbekiston hududida erkin iqtisodiy tegralar barpo etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el savdo-sotiq doiralari va jamoat tashkilotlarining vakillarini respublikaga taklif etadi va kelganlarida qabul qiladi ish va tadbirkorlik bilan bogʻliq turizmni rivojlantirishga koʻmaklashadi, ham chet ellarda, ham Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchrashuvlar, simpoziumlar, konferensiyalar, kongresslar tashkil etadi va oʻtkazadi, Vazirlik huquqi doirasiga kiritilgan masalalar yuzasidan amaliy aloqalar oʻrnatish uchun oʻz vakillarini chet ellarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil qiladi, ularning ish tajribasini, shu sohada amal qilib kelayotgan meʼyoriy hujjatlarni qoʻllanish tartibini oʻrganadi, ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi hamda ijobiy tajribani ommalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari, birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatining meʼyoriy negizini ishlab chiqishga, ularning faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda nazorat etib turadi, ularning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlarini, moliya rejalari hamda tovar hisob-kitoblarini jamlaydi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va chet ellarda xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, kim oshdi savdolari va boshqa tadbirlar uyushtiradi, tijorat-axborot va reklama ishlari olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik huquq doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan vaqtli nashrlar, axborot-reklama va boshqa xil materiallar chop etadi, tashqi iqtisodiy aloqalar muammolari yuzasidan fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari hamda sanoat mulkining boshqa obyektlariga muhofaza etuvchi hujjatlar olish yuzasidan, shuningdek, respublika qonunlari va xalqaro shartnomalardan kelib chiqib, ularning huquqlarini himoya qilish yuzasidan respublika va chet el yuridik hamda jismoniy shaxslariga maslahatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan olib kelingan molni qayta eksport qilish aʼmollariga ruxsatnomalar beradi, respublikadan olib chiqilayotgan mollarning yaratilishi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni (sertifikatlarni), shu mollarga ilova qilingan hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni tasdiqlab beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va import mollar, xomashyolar, uskunalarning sifati, butligi va miqdori yuzasidan, shuningdek, mollarning oʻrab joylanishi va xos belgilari holati yuzasidan mustaqil ekspertiza va nazorat oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalarning shartlariga muvofiq favqulodda va kutilmagan hodisalar, holatlar (fors-major) toʻgʻrisida dalolat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirish, hisob va statistika hujjatlarini yuritish, meʼyoriy negiz ishlab chiqish, auditorlik faoliyati va tashqi iqtisodiy faoliyatga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining boshqa barcha masalalari yuzasidan rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining chet el firmalari akkreditatsiya qilingan vakolatxonalarining, xalqaro xoʻjalik, iqtisodiy tashkilotlarning Davlat roʻyxatini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi balansida turuvchi, Oʻzbekiston hududidagi va chet ellardagi davlat mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tashqi iqtisodiy tashkilotlarni hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidagi boshqa tashkilotlarni shifrli aloqa bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tarkibiga kiruvchi muassasalar va tashkilotlar xodimlarini, eng avvalo budjetdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish, budjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻlarga ega boʻlish maqsadida Vazirlik tizimida xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini oʻzlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, mamlakat ichkarisidagi va chet ellardagi oʻz tasarrufida boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tijorat hamda moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirib turadi va taftishlar oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar tranziti chogʻida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;
(11-bandning qirq sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qarori bilan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi, amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralaridan, shuningdek, bevosita korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar boshqa qatnashchilaridan tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir buxgalteriya, hisobot, statistika maʼlumotlari, takliflar va xulosalar hamda boshqa materiallar, davlat buyurtmasini hamda eksport va import boʻyicha valyuta rejasini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini tekshirish uchun kerakli materiallar, shu jumladan idoraviy statistika materiallari va boshqa axborot materiallari olish hamda zimmasiga yuklatilgan funksiya va vazifalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan yozishmalar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga yordam beradigan tashqi iqtisodiy konsorsiumlar, konsernlar, aksiyali kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va loyihalarning muassisi boʻlish, ularning faoliyatida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona tashqi iqtisodiy siyosat oʻtkazish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etish, uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarga doir boshqa masalalar yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining, mahalliy idoralari, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining, hamda boshqa davlat, kooperativ va jamoat korxonalari, birlashmalari hamda oʻzga tashkilotlarning rahbarlari hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi va chet ellardagi oʻz tasarrufida boʻlgan xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari, firmalar, markazlar, agentlar, jamgʻarmalar, oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlarni, shu jumladan, chet ellik sheriklar ishtirokidagi ana shunday tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik oʻz vazifalarini yanada toʻliqroq va samaraliroq bajarishiga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan ittifoqlar, uyushmalar, federatsiyalar va boshqa birlashmalar tarkibga kirish, shu jumladan birlashmalar barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalar, boʻlimlar barpo etish, oʻz firma va birlashmalarining filiallari hamda vakolatxonalarini ochish, shu jumladan ularni chet ellarda ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari muammolari yuzasidan muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnikaviy va boshqa xil kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, shuningdek, maxsus kengashlar chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning eng muhim muammolari yuzasidan takliflar tayyorlash uchun olimlar, xalq xoʻjaligi mutaxassislari orasidan zaruratga (qarab muvaqqat ishchi guruhlari tuzish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida maslahat olish, bu sohadagi muammolarni oʻrganish va hal etish uchun xoh respublikadan, xoh Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridan, shu jumladan chet ellardan olimlarni, mutaxassislarni va ekspertlarni shartnoma (bitim) asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirish, ragʻbatlantirish, kadrlar tayyorlash jamgʻarmalari hamda boshqa markazlashgan jamgʻarmalar barpo etish uchun oʻz tasarrufidagi tashkilotlar, firmalar, korxonalar, markazlarning daromadlarida soʻm va valyutadagi ajratmalarning meʼyorlarini belgilab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning daromadlaridan markazlashgan maxsus, shu jumladan valyutadagi isteʼmol va jamgʻarma fondlarini tashkil etish tartibini hamda ularni tarkib toptirish miqdorlarini belgilab qoʻyish, sugʻurta fondlari hosil etish va ulardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik sarf-xarajatlarga moʻljallangan smetadan tejab qolingan mablagʻlarni oʻz tasarrufida qoldirish, Vazirlik va uning boʻlinmalari respublikaning oʻzida va uning sarhadlaridan chetda turli xizmat va faoliyat koʻrsatishdan olgan, budjetdan tashqari mablagʻlardan toʻliq foydalanish, oʻz moddiy-texnika negizlarini rivojlantirishni pul bilan taʼminlash va ijtimoiy maqsadlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari sifatida roʻyxatga olganlik, chet el yuridik shaxslariga litsenziyalar berganlik va akkreditatsiyadan oʻtkazganlik uchun toʻlov olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus va shaxsiy unvonlar, martaba darajalari, ilmiy darajalar, chet tillarini bilganlik va maʼlum xizmat muddati uchun lavozim maoshlariga ustama haq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining, uning tasarrufida boʻlgan birlashmalar, firmalar va tashkilotlarning (Vazirlikning roziligi bilan) rasmiy taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el delegatsiyalarining respublika hududida boʻlishi va transport xarajatlarini soʻmlarda toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el mamlakatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari bilan oʻzaro kelishib texnikaviy va iqtisodiy axborotlar almashish, shu maqsadda vazirliklar, idoralar, tashkilotlar hamda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan zarur materiallar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilab qoʻyilgan miqdor va ish haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilishiga oʻzgarishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquq doirasida Oʻzbekistonning oʻzida ham, chet ellarda ham davlat idoralari, muassasalari, korxonalari, tashkilotlari, mansabdor va xususiy shaxslar bilan bogʻlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta kimoshdi savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga mollar, xomashyo, ishlar va xizmatlar uchun tanlov asosida litsenziyalar berish, shu jumladan kvotalangan mollarni eksportga chiqarish litsenziyalarini kimoshdi savdosi orqali sotish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdigʻiga taqdim etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlari, shu jumladan ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Oʻrinbosarlar oʻrtasida vazifalarni Vazirning oʻzi taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakillarining vakolat doirasini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi va uning oʻz vazifalarini ado etishi uchun shaxsan javobgardir. U oʻz oʻrinbosarlarining hamda Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlariga rahbarlik qilishdagi javobgarlik darajasini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidagi mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, koʻrsatmalari, yoʻl-yoʻriqlarini bekor qiladi yoki ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik huquq doirasiga taalluqli masalalar yuzasidan qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilab qoʻyilgan tarkibiy tuzilish miqdor va ish haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat xodimlarini, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakillarini, Vazirlik tasarrufida boʻlgan muassasalar va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning rahbar xodimlarini, savdo vakillari va ularning chet ellardagi apparati xodimlarini, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni lavozimga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik xodimlarini, shuningdek, oʻz tasarrufidagi muassasalar va xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning rahbar xodimlarini chet elga xizmat safariga yuborish masalalarini hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), Vazir oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri (lavozimiga koʻra), Vazirlikning, uning tasarrufidagi tashkilotlarning boshqa rahbar xodimlari, shuningdek, respublika huquq-tartibot, bojxona, moliya idoralarining hamda oʻz vazifalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari boshqaruvida qatnashuvchi boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning miqdori va uning tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining hayʼati oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir muhim qonunchilik aktlari va qarorlarining loyihalarini tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashqi iqtisodiy shartnomalarini tayyorlash, tuzish, ijro etish va bekor qilish (denonsatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar tashqi bozorda davlat manfaatlariga rioya etishi ustidan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatda kelishilgan tarzda siyosat olib borish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchilari boʻlgan boshqa davlatlarning tashqi iqtisodiy idoralari bilan ishni muvofiqlashtirib turish va oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda oʻz tasarrufida boʻlgan birlashmalar, firmalar, markazlar va tashkilotlar faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining rahbarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri va vazir oʻrinbosarini, xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari hamda birlashmalarning, markazlarning va oʻz tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning bosh direktorlarini, bosh direktor oʻrinbosarlarini, direktorlarini, savdo vakillarini, ularning oʻrinbosarlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat topshiriqlarini, Vazirlikning valyutaga oid va boshqa rejalarini bajarish masalalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat oʻz majlislarida Vazirlik huquq doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlisida uning tarkibiga kirganlarning yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirdagina majlis vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama etilayotgan masala yuzasidan qaror koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarori, odatda, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hayʼat oʻrtasida tafovut kelib chiqqan taqdirda Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilib, oʻz qarorini hayotga tatbiq etadi, hayʼat aʼzolari esa oʻz navbatida fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻz huquq doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning vakolatli vakillari, oʻz tasarrufidagi tashqi iqtisodiy birlashmalar, firmalar, vakolatxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet el mamlakatlaridagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar apparatlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, yoʻl-yoʻriqlar, meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqadi, koʻrsatmalar beradi, ularning ijrosini tashkil etadi va tekshirib boradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi oʻziga berilgan vakolatlar doirasida ishlab chiqqan va tasdiqlagan meʼyoriy va uslubiy hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari ijro etishi uchun ham majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik zarur hollarda boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan birgalikda yoxud ular bilan kelishib, buyruqlar va yoʻl-yoʻriqlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilishi, ish haqi fondi va xodimlarining sonini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-noyabrdagi 538-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NI3OM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining (matnda bundan keyin “Vazirlik” deb yuritiladi) viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha (matnda bundan keyin “Mintaqa” deb yuritiladi) Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi (matnda bundan keyin “Vakolatli vakil boshqarmasi” deb yuritiladi) mintaqada yagona iqtisodiy siyosat oʻtkazish va uni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo, madaniy, sport, turistik va boshqa xil aloqalar samaradorligini oshirish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda samarali ish olib borish uchun mintaqaning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli vakil boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli vakil boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mustaqil tarkibiy boʻlinmasi sifatida tuziladi va u oʻz faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-iqtisodiy, rejaviy, tahliliy va boshqa masalalariga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisod tashkilotlari, birlashmalari va korxonalariga, jamoat tashkilotlariga, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kooperativlar hamda boshqa davlat va oʻzga xil jamoat korxonalariga, mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, xususiy tadbirkorlarga (matnda bundan keyin “Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilar” yoki “Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari” deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli vakil boshqarmasi oʻz faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boʻlinmalari, Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisod va tashqi savdo birlashmalari hamda firmalari bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi savdo vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli vakil boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi ishlarni davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari bilan oʻzaro jips hamkorlikda olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli vakil boshqarmasining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini har taraflama va teng huquqli asosda rivojlantirishni taʼminlash zamirida mintaqada Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit va investitsiya siyosatini oʻtkazishni, bu aloqalarning respublikani, mintaqani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdagi samaradorligini oshirishni taʼminlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy valyuta-kredit va investitsiya siyosatining hamda tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning uzoq muddatga moʻljallangan muhim masalalari hamda bunday aloqalarni rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan rejalari va dasturlarining loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ham ichki, ham tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshirishdan, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirib borish va boshqarib turishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo tashkilotlarida umumrespublika ahamiyatiga molik mollar yuzasidan eksport-import aʼmollarini oʻtkazishda koʻmaklashish, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida obyektlar qurishda chet el firmalari, tashkilotlariga texnikaviy va iqtisodiy koʻmak berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirish, shu jumladan mintaqa, umuman respublikaning talab-ehtiyojlarini inobatga olgan holda eksport va import tuzilmasining tarkibini yaxshilash, valyuta mablagʻlarini oqilona sarflash yoʻli bilan bunday aloqalar samaradorligini oshirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish, shu jumladan ham import boʻyicha, ham eksport boʻyicha jahon bozorlaridagi talab-ehtiyojlar va baholarni oʻrganish hamda istiqbolini belgilash orqali yordam koʻrsatishdan, eksport asosini vujudga keltirish va rivojlantirishga, eksport mahsulotlarining texnikaviy darajasi va raqobatga qobilligini tahlil etish va eksport mollari, mahsulotlarini aniqlash ishlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish, manfaatdor korxonalar va tashkilotlarni axborot, maslahatlar bilan taʼminlash va auditorlik xizmati koʻrsatishdan, ham respublikaning oʻzida, ham chet ellarda kadrlarni tayyorlash va stajirovkadan oʻtkazishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi bozorga chiqishlari uchun, shuningdek, tadbirkorlik uchun amaldagi qonunlarga muvofiq eng qulay sharoitlar yaratib berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tuzadigan savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar va ahdlashuvlarning tijorat sirlari saqlanishini taʼminlagan holda ularni majburiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olib borishdan, litsenziyalar asosida eksport va import qilinadigan mollar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlar roʻyxati boʻyicha bitimlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatlar va mollar (ishlar, xizmatlar)ning turlari boʻyicha tashqi iqtisodiy aʼmollarni oʻtkazish uchun kvotadan foydalanish va litsetsziyalar berish, ularni tarifsiz boshqarishning boshqa tadbirlari yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga kiritish uchun takliflar tayyorlashdan, berilgan litsenziyalar istifoda etilishi ustidan nazoratni taʼminlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvota va litsenziyalarni tanlov yoki kimoshdi savdosi asosida sotishni yoʻlga qoʻyishda qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada bozor tizimini shakllantirishda, mollar ishlab chiqarish tarmoqlarini, shuningdek, savdo uylari, tovar birjalari, yarmarkalar va kimoshdi savdolari tarmogʻini kengaytirishdan, shu maqsadda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini ularga jalb etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi axboroti uchun mintaqaning eksport imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplashda qatnashish, mintaqaning ichki bozori muvozanatlashtirilgan boʻlishini va isteʼmolchilarning huquqlari himoya etilishini taʼminlashga koʻmaklashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mintaqalarda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qonunlarining qoʻllanish amaliyotini umumlashtirish hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga shu xususda tegishli axborot va takliflar tayyorlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlari, mollar, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilish yuzasidan belgilangan davlat topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqib Hukumat belgilaydigan topshiriqlar bajarilishini taʼminlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalarning xoʻjalik tashkiliy-huquqiy tartibotlarini takomillashtirishga va bunday aloqalar samaradorligini oshirishga koʻmaklashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara punktlarida (portlarda, temir yoʻl stansiyalarida, yuklar tushirilib qayta ortiladigan bazalarda, aeroportlarda) eksport va import yuklarining holati ustidan mintaqada davlat nazoratini tashkil etishda qatnashishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli vakil boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning tamoyillari va asosiy yoʻnalishlarini, shu jumladan uzoq muddatga moʻljallangan boshqa dasturlar va rejalarning respublikaning tashqi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarini rivojlantirishga doir qismini ishlab chiqishda, shuningdek, tashqi bozorda xaridorgir, raqobatga qobil eksport mollari, mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish tadbirlarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning eksport va importga doir jamlama koʻrsatkichlari, chet el valyutasidagi tushumlar va toʻlovlar yuzasidan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning takliflari asosida dasturlarning loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda mahalliy hokimiyat idoralari (hokimliklar) bilan kelishib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari eksport va importga doir davlat buyurtmasini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tasarrufidagi, mintaqada joylashgan va oʻz faoliyatini shu yerda amalga oshirayotgan barcha tashkilotlar ishini kuzatib boradi. Vazirlik rahbariyatining topshirigʻiga koʻra bevosita bu tashkilotlardagi ishlar ahvolini tekshiradi hamda tegishli axborot tayyorlaydi, ularning ishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari, mahalliy statistika boshqarmalari, bojxona va boshqa tashkilotlar yuboradigan koʻrsatkichlar va maʼlumotlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining ishini tahlil qiladi, tashqi savdo bitimlari va savdoga taalluqli boʻlmagan aʼmollar bajarilishi hisobini yuritadi va nazorat qilib boradi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga tegishli jamlama axborot tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi topshirigʻiga koʻra belgilangan tartibda (shu jumladan Moliya vazirligining, Davlat soliq bosh boshqarmasining va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mintaqa boʻlinmalari bilan birgalikda) mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yalpisiga va muayyan yoʻnalish boʻyicha tekshirish ishini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomaqbul raqobat, litsenziya shartlarini buzish hollari sodir boʻlgan taqdirda, eksport-import aʼmollarining oldini oladi va ularni tezlik bilan toʻxtatib qoʻyadi, respublika qonunlarini buzayotgan va Oʻzbekiston manfaatlariga ziyon yetkazayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga nisbatan chora koʻrish, shuningdek, toʻxtatib qoʻyilgan aʼmollarni tiklash toʻgʻrisida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada eksport-import aʼmollarini olib borish, tashqi iqtisodiy aloqalarni, akkreditatsiyalash ishlarini yoʻlga qoʻyish masalalari yuzasidan chet el mamlakatlari tashkilotlari va firmalarining murojaatlarini koʻrib chiqishda qatnashadi yoki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan kelishib, oʻzi koʻrib chiqadi, shuningdek, mazkur masalalar yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi, manfaatdor birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ishtirokida sheriklar bilan muzokaralar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlarining Oʻzbekiston bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikda kamsituvchi (cheklovchi) ish amaliyotiga oʻta boshlagan, oʻz majburiyatlarini halol bajarmaydigan kompaniyalari, firmalarining roʻyxatini olib boradi, bu kompaniyalar va firmalar toʻgʻrisida tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini, respublikaning manfaatdor tashkilotlarini xabardor etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlar, firmalarning xoʻjalik tartibotini takomillashtirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, shu jumladan qoʻshma korxonalar tashkil etishda tashabbuskor boʻlib chiqadi, bunday korxonalarni mintaqa hududida va chet ellarda mustaqil ravishda, qolaversa tegishli birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda qurish hamda ulardan foydalanish ishini, shuningdek, oʻz ehtiyojlari uchun amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning tarkibidagi boʻlinmalar, firmalar va birlashmalar orqali tashqi savdo yuklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa respublikalar hududidan olib oʻtiladigan chet el tranzit yuklari, eng avvalo davlat buyurtmasi asosidagi yuklar tashilishi hamda ularga transport-ekspeditorlik xizmati koʻrsatilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo yuklarining tashilishini takomillashtirish, ularni saqlab turishni yaxshilash hamda asralishini taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari hududida, chet ellarda tijorat koʻrgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazishda faol qatnashadi, mintaqa, respublika eksport-import aʼmollari qatnashchilarining doirasini kengaytirish maqsadida axborot-reklama va noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro, respublika tashkilotlari, komissiyalari, uyushmalarining chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va amaliy hamkorlikka doir ishida qatnashadi, xalqaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan konferensiyalarda, kongresslarda, simpozium va kengashlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarma huzurida tashkil etilgan firmalar, tashkilotlarning buxgalteriya hisoboti, moliya rejalari va tovar topshiriqlariga oid maʼlumotlari va hisob-kitoblarini jamlab umumlashtiradi va belgilangan tartibda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, mahalliy hokimiyat idoralariga eksport-import aʼmollari roʻyxatini kengaytirish, tashqi iqtisodiy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisod masalalari yuzasidan maslahatlar berib boradi, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishni moʻljallayotgan tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, shartnomalari va boshqa taʼsis hujjatlarini bu tashkilotlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida roʻyxatga olingunga qadar koʻrib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatga olish Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili tegishli yozma xulosasidan keyin amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yuzasidan mintaqadan chet ellarga xizmat safariga boruvchi shaxslarning hujjatlarini koʻrib chiqadi, ular yuzasidan chiqargan xulosalarini keyinchalik safar hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari bilan birgalikda eksport va import qilinadigan mollarning mintaqaviy kvotalarini taqsimlashda ishtirok etadi hamda ularning roʻyobga chiqarilishini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import, valyuta, kredit, investitsiya va baho munosabatlarini boshqarib borish va muvofiqlashtirib turish darajasini oshirish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari huzuridagi tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha mintaqaviy kengashlar (komissiyalar) ishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqadagi obyektlar qurilishiga chet el firmalari va tashkilotlarini jalb etish toʻgʻrisida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan, shuningdek, chet ellik sheriklardan tushgan takliflarni koʻrib chiqishda davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari bilan birgalikda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda belgilangan tartibda mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini axborotlar bilan taʼminlash tiziminn tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat miqyosida nazorat qilish va boshqarib borish tizimining yagona axborot tarmogʻini vujudga keltirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari ishtirokida xorijiy mamlakatlarda tashkilotlar tuzilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasidagi vazifalarni bajarish uchun vazirlik boʻlinmalaridan, boshqa idoralar va tashkilotlardan, bojxona xizmati, statistika boshqarmalaridan, chet ellardagi savdo vakolatxonalaridan, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan, Oʻzbekiston Respublikasining xususiy tadbirkorlaridan kerakli axborot, uslubiy, meʼyoriy va talab-ehtiyojlarga oid materiallar (tijorat siri saqlanishini taʼminlash sharti bilan) iqtisodiyot-statistikaga taalluqli maʼlumotlar, shu jumladan bojxona statistikasiga doir maʼlumotlar, buxgalteriya hisobotlari va boshqa yoʻsindagi hisobot maʼlumotlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etish, uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa masalalari yuzasidan tegishli korxonalar, birlashmalar tashqi iqtisod tashkilotlari davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining mahalliy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa va umuman Oʻzbekiston Respublikasi talab-ehtiyojlari, narx-navo va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa muammolari yuzasidan olimlar, xalq xoʻjaligi mutaxassislari, ekspertlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda oʻz huquq doirasida kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari, muvaqqat ishchi guruhlari tuzish, maxsus kengashlar chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashkilotlari bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi aʼzolari va davlatlarning hamda xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy masalalar yuzasidan oʻzaro kelishuv asosida zarur axborotlar ayirboshlashni amalga oshirish huquqi beriladi. Berilishi kerak boʻlgan materiallar hajmi va xarakteri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquq doirasida ham Oʻzbekiston Respublikasida ham uning tashqarisida davlat idoralari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va xususiy shaxslar bilan aloqa bogʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi boʻlinmalarining, boshqa idoraviy tashkilotlarning, bojxona, moliya idoralari va boshqa idoralarning xodimlarini, ularning rahbarlari roziligi bilan boshqarma oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq oʻtkazadigan tadbirlarni amalga oshirishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengashlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi topshirigʻiga koʻra mintaqa tashqi iqtisodiy faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq muzokaralarda Vazirlik nomidan ish koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro koʻrgazmalardagi, yarmarkalardagi, tijorat ishlariga va konferensiyalar, simpoziumlar, boshqa tadbirlarda qatnashish uchun boshqarma xodimlarini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlariga va chet ellarga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining roziligi bilan Boshqarma huzurida xoʻjalik hisobidagi firmalar, kichik korxonalar, uyushmalar, qoʻshma korxonalar, tijorat banklari hamda tashqi iqtisodiy tashkilotlarining boshqa turlarini, shu jumladan chet ellik sheriklar ishtirokida mustaqil yuridik shaxs sifatida va bunday huquqsiz faoliyat koʻrsatadigan shunday tashkilotlar tuzish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda qayta tashkil etish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining roziligi bilan aksiyali jamiyatlar, qoʻshma korxonalarga muassis sifatida kirish, oʻzaro hamkorlik qilish Boshqarmaga oʻz vazifa va funksiyalarini yanada toʻliqroq va samaraliroq bajarishiga yordam berishi mumkin boʻlgan uyushmalar, federatsiyalar va boshqa birlashmalar tarkibiga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma huzurida tashkil etilgan xoʻjalik hisobidagi tuzilmalar daromadidan rivojlantirish, ragʻbatlantirish, kadrlar tayyorlash fondlarini barpo etish uchun soʻmlar va valyutalardagi ajratmalarning meʼyorlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roziligi bilan belgilab qoʻyish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda, shartnoma asosida konsalting, injiniring, marketing xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil balansga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritish, buxgalteriya, statistika va operativ hisobotlar tuzish hamda ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvni takomillashtirish maqsadida belgilangan ish haqi fondi va xodimlarning chegaralangan soni doirasida boshqarma tarkibiy tuzilishini oʻzgartirish yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga takliflar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili boshqarmasiga Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshligʻi boshchilik qiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshligʻi keyinchalik mahalliy hokimiyat idorasi (viloyatlar, shaharlarning hokimliklari) tasdigʻiga taqdim etish sharti bilan Vazirning buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli vakilining oʻrinbosari — Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari ham xuddi shu tartibda tayinlanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili — Boshqarma boshligʻi Boshqarma xodimlarini Vazir bilan kelishib turib tayinlaydi. Boshqarma huzuridagi xoʻjalik hisobidagi firmalar va tashkilotlarning rahbarlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshligʻi Vazir bilan kelishib turib tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshligʻi Boshqarmaning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi va u Boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi hamda oʻz zimmasidagi vazifalar samarali ado etilishi uchun, shu jumladan Boshqarma huzurida tashkil etilgan xoʻjalik hisobidagi firmalar va tashkilotlar faoliyati uchun shaxsan javob beradi, u oʻz oʻrinbosari, Boshqarma xodimlari hamda xoʻjalik hisobidagi firmalar, tashkilotlar rahbarlarining oʻz zimmalaridagi vazifa va majburiyatlarni bajarishlari uchun javobgarligi darajasini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqadagi birdan-bir muxtor vakili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining markaziy apparati, Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralariga murojaat etganlari taqdirda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili albatta xabardor etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning tasarrufida boʻlgan tashkilotlarning mintaqaga xizmat safariga yuborilgan xodimlari Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshligʻini xizmat safaridan koʻzlangan maqsad toʻgʻrisida. xabardor etishlari shart (Vazirlik rahbariyatining Vakolatli vakil boshqarmasi hamda uning huzurida tashkil etilgan firmalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirishga doir maxsus topshiriqlari bilan borilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili boshqarmasi oʻz huquq doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining farmoyishlari va buyruqlari asosida hamda ularni ijro etish uchun mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar mintaqadagi korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, kooperativlar boshqa jamoat tashkilotlari, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, xususiy shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi, shuningdek, ularning ijrosini tekshirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili bashqarmasining tarkibiy tuzilishi, shtat jadvali, balansi, daromadlar boʻyicha xarajatlarning maxsus bandi Vazir tomonidan tasdiqlanadi. Vakolatli vakil boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi Nizomni, vakolatli vakil boshqarmasi huzurida barpo etilgan firmalar, tashkilotlarning ustavlari va boshqa taʼsis hujjatlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshligʻi Vazir bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Vakolatli vakil boshqarmasi huzurida barpo etilgan xoʻjalik hisobidagi tashqi iqtisod va tashqi savdo firmalari tashkilotlari qoʻshimcha daromad manbalariga ega boʻlish maqsadida aksiyali jamiyatlarda, uyushmalarda, qoʻshma korxonalarda va tadbirkorlikning boshqa shakllarida ishtirok etish, shu jumladan ularni taʼsis etish uchun Vazirlikning roziligini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilida yozilgan oʻz muhriga, shu jumladan maxsus ish qogʻozlariga, Vazir tasdiqlaydigan uch (toʻrt) burchakli shtampga, mahalliy (respublika) banklarida oʻzining schyotlari, shu jumladan valyuta schyotlariga ega boʻladi. Vakolatli vakil boshqarmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining topshirigʻiga koʻra boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Vazir tasdiqlab beradigan maxsus raqamli muhrga ham ega boʻlishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-yil, 11-son, 35-modda; 1998-y.,7-son, 28-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 127-modda; 2002-y., 9-son, 66-modda)