1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.06 (Кучини йукотган) Xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi PQ-4553-son qarorida belgilangan vazifalar hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va taʼlim jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribani tatbiq etish, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda oliy maʼlumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi (Yaponiya) oʻrtasida 2020-yil 17-aprelda “JDU — Japan Digital Universities” satellit kampusini tashkil etish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda muassis sifatidagi “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasining (Yaponiya) Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori boʻlgan boshqa sohalari boʻyicha oliy maʼlumotli raqobatbardosh kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning oliy taʼlim tizimiga oʻquv jarayonini zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalaridagi dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari, oʻqitishning masofaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning, xususan Yaponiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda oʻqitish Yaponiyaning Otemaye universiteti, Tokio onlayn universiteti va boshqa nufuzli oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — Yaponiya universitetlari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablari inobatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va fan dasturlariga muvofiq yapon va oʻzbek tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi va masofaviy taʼlim shakllarida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Muassis) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga muvofiq Universitet bitiruvchilariga oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Yaponiya universitetlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining belgilangan namunadagi diplomlari beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rektori Muassis tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda talabalar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olingandan soʻng taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muassisning quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning moddiy-texnik va oʻquv bazasini shakllantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni zamonaviy laboratoriya uskunalari, oʻquv va ilmiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi bilan taʼminlash hamda oʻquv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirish hamda Yaponiya universitetlari taʼlim dasturlari asosida sifatli taʼlim jarayonini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli universitetining Vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Universitet faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamoatchilik organi ekanligi inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyatini tashkil etishni taʼminlash, toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, huquqiy, iqtisodiy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning tuzilmasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, Universitetni jihozlash, uning infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik taʼminlashga doir tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyatini tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan tarmoq jadvallarida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat va monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Yaponiya va Oʻzbekistondagi tegishli tashkilotlarda samarali tashkil etish va takomillashtirish, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash sifatini tizimli ravishda oshirish, Universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy sohaning yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2020/2021 oʻquv yili hamda keyingi oʻquv yillarida Universitetga qabul qilish parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun homiylik hayriyalari, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, shu jumladan uni zamonaviy axborot-kommunnikatsiya vositalari va jihozlari, oʻquv-laboratoriya uskunalari hamda oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashga, Universitet infratuzilmasini yaxshilashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturi asosida Yaponiyadagi yetakchi universitetlarda talabalar oʻqishini davom ettirishni, shuningdek, maxsus stipendiyalar berish orqali xorijdagi boshqa yetakchi taʼlim muassasalariga malakaviy amaliyot oʻtashga yuborish uchun iqtidorli talabalarni tanlov asosida saralab olishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, “Muhandis-dasturchi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha Universitetga talabalarni qabul qilish 2020/2021 oʻquv yilidan, “Kompyuter grafikasi va dizayn” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha — keyingi oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kelgusi yillarda, respublika iqtisodiyot tarmoqlarining yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda, Universitetda Vasiylik kengashi qaroriga asosan zarur yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Universitet Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yoʻli koʻchasi, 21-a uy manzilidagi 3-oʻquv binosining birinchi qavatiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur bino va inshootlar hamda unga tegishli hududni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, kommunal toʻlovlar Universitet mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan birgalikda Universitetda yapon tili, ingliz tili, Oʻzbekiston tarixi va boshqa fanlar boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib borish uchun respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali oʻqituvchilari va mutaxassislarini jalb etsin hamda istiqbolda ularning stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassis mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Muassisga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet ustavini tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet tuzilmasini tasdiqlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlashda zarur yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Universitetga oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlariga taklif qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Universitetda taʼlim sifatini taʼminlash hamda qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
762-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 762-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli universitetining Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
X. Xaga
—
“Digital Knowledge Co., Ltd.” aksiyadorlik jamiyati (Yaponiya) prezidenti, Vasiylik kengashi raisi
2.
U. Begimkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari
3.
O. Pekos
—
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
U. Azizov
—
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori
5.
S. Babaxodjayev
—
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori
6.
Ch. Kobayashi
—
“Digital Knowledge Co., Ltd.” aksiyadorlik jamiyati (Yaponiya) loyiha menejeri (kelishuv asosida)
7.
X. Torigoye
—
Otemaye universiteti (Yaponiya) prezidenti (kelishuv asosida)
8.
Y. Muraoka
—
Tokio onlayn universiteti (Yaponiya) prezidenti (kelishuv asosida)
9.
lavozimi boʻyicha
—
Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga, ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/762/1584-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)