05.11.1992 yildagi 509-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON DAVLAT QISHLOQ XOʻJALIGI VA AVTOMOBIL MASHINASOZLIGI KONSERNI VA “DEU KORPOREYSHN” KORPORATSIYASI TOMONIDAN AVTOMOBILLAR ISHLAB CHIQARUVCHI “OʻZDEUAVTO” QOʻSHMA KORXONASI TASHKIL ETILISHI TOʻFRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi davlatlararo bitimga muvofiq hamda Oʻzbekistonda avtomobilsozlikni barpo etish va rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi va avtomobil mashinasozligi konserni bilan “DEU korporeyshn” korporatsiyasi oʻrtasida tuzilgan bitimni eʼtiborga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va avtomobil mashinasozligi konserni 3 oy muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasini barpo etish boʻyicha taʼsis hujjatlarini tayyorlashni va belgilangan tartibda uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni nihoyasiga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada avtomobilsozlikni rivojlantirish tamoyili boʻyicha takliflarni tayyorlasin hamda ularni koʻrib chiqish uchun Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzshartnomasavdo”, Istiqbolni belgilash va statistika Davlat qoʻmitasi “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi obyektlarini qurish, qayta qurish masalalariga, unga zarur qurilish materiallari, shu jumladan, limitlangan boshqa materiallar ajratishga birinchi navbatda bajariladigan vazifalar sifatida qarasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshma korxonaning bosh loyihalovchisi etib “Oʻzogʻirsanoat” ijara korxonasi, bosh pudratchisi qilib Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi taʼsischilarining tomonlardan har birining 100 mln AQSH dollari miqdoridagi badallaridan iborat boʻlgan 200 mln AQSH dollari miqdoridagi Ustav fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ustav fondini tashkil etish uchun kelishilgan muddatlarda 100 mln AQSH dollari miqdorida invalyuta mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qurilishni, qayta qurishni va texnika bilan qayta jihozlashni amalga oshirish, shuningdek, materiallar, asbob-uskunalar sotib olish, mutaxassislarni oʻqitish va boshqa vazifalar uchun imtiyozli shartlarda, shu jumladan, koʻpi bilan 8 foizli, jami 2 milliard soʻmgacha miqdorda kredit ajratishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi qurilish, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni oʻzlashtirish davrida hamda mahsulot ishlab chiqarila boshlangandan eʼtiboran 5 yil mobaynida Oʻzbekiston hududida amalda boʻlgan soliqlarning barcha turlaridan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy boshqaruv va texnik xodimlarni mehnatiga Amerika dollari bilan haq toʻlagan holda ulardan daromad soligʻini olmasdan, bu toʻlovlarni chet elga oʻtkazish soligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa soliqlarni undirmasdan ishga taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar va zayomlarni joylashtirish uchun banklarda valyuta hisoblarini ochish, AQSH dollarida hisob-kitob aʼmollarini amalga oshirish, shuningdek, eksport faoliyati natijasida olingan invalyutadagi daromaddan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fondlar, dastgohlar, asbob-uskunalar, dvigatellar, transmissiyalar, detallar, maxsus va yordamchi asboblarni avtomobillar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan miqdorda chet mamlakatlardan boj va soliqlar toʻlamasdan keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv va texnika xizmati koʻrsatish hamda texnikaviy yordam berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday toʻlovlarni, shu jumladan “DEU korporeyshn” korporatsiyasi aksiyalarini sotishdan tushgan daromadlarni soliqlar toʻlamasdan AQSH dollariga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy valyutani, shu jumladan, soʻmni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qabul qilingan rasmiy kurs boʻyicha AQSH dollariga almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi mahsulotlarini sotishdan tushgan daromadlarga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining koʻmagida paxta tolasi, mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, rangli metallarni sotib olish va ularni belgilangan tartibda eksport qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 6 va 7-bandlarida koʻzda tutilgan soliq boʻyicha va boshqa imtiyozlar “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi uchun detallar, uzellar, butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan va yetkazib beradigan respublika korxonalariga hamda oʻzbek yuridik shaxslari bilan Oʻzbekiston Respublikasida qoʻshma korxonalar tashkil etadigan boshqa investorlarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi qoʻshma korxonada kam litrajli avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat soliq bosh boshqarmasi qoʻshma korxonaning ishga tushirilish paytidan boshlab respublikaga boshqa mamlakatlardan, shu jumladan MDH mamlakatlaridan, agar boshqa bitimlar bilan oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, shunday avtomobillar olib kelinishiga soliq undirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritsinlar, shuningdek kompaniya ishlab chiqaradigan avtomobillarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz savdo tarmogʻi orqali erkin almashtiriladigan valyutaga sotishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi Rossiya Federatsiyasi Temir yoʻl vazirligi bilan yuklarni yetkazib berish tartibini va ularning hajmini kelishib olsin hamda ularni “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining talabnomasiga binoan amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining vakillik ofisi uchun bino ajratsin yoki uni qurish uchun yer maydoni belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi bilan birgalikda, mavjud maydonlardan foydalangan holda, maxsus avtosalon tashkil etish masalasini hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi Asaka pritseplar zavodi hududida omborxona tashkil etish va joylashtirish masalasini hal qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Andijon viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi meʼyorlarga muvofiq ravishda janubiy koreyalik mutaxassislarning oilalariga uzoq muddat istiqomat qilishlari uchun sharoitlar yaratib bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasida muqobil xizmatni oʻtashlari boʻyicha shartnomalar tuzishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining talablariga binoan quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurtini tugatishgandan keyin “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasini uning talabnomasi boʻyicha butlash uchun maxsus moʻljallangan 2—Z-kurslarning iqtidorli talabalaridan 1993-yildan boshlab oʻquv guruhlarini tuzishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yildan boshlab “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi mutaxassislarini ingliz va koreys tiliga tezkorlik bilan oʻrgatish kurslari tashkil etishni, shuningdek, ingliz tilini puxta egallagan bitiruvchi — tarjimonlarni “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasiga ishga yuborishni amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining talabnomasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “DEU korporeyshn” korporatsiyasi korxonalarida oʻqitish va tajriba orttirish uchun yuboriladigan mutaxassislarni tashish maqsadida “Toshkent—Seul—Toshkent” qatnov yoʻli boʻyicha kelishilgan qatnovlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aloqa vazirligi “Toshkent—Seul”, “Asaka—Seul”, “Toshkent—Asaka” aloqa yoʻllari boʻyicha, kelishilgan holda, toʻgʻridan toʻgʻri telefon va teleks aloqalarini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “DEU korporeyshn” korporatsiyasining qoʻshma korxona ishlari boʻyicha kelayotgan mutaxassislariga Oʻzbekiston hududida yashash va transportda yurish uchun soʻmlar boʻyicha hisob-kitob qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
509-son