|
“ |
2106909803 |
Mikronutriyenti dlya obogosheniya muki |
0 |
”. |
1-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Ijro muddati | Mablagʻ miqdori | Moliyalashtirish manbai | Ijro uchun masʼullar | Ijro mexanizmi |
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda xalqaro meʼyorlar va standartlarni implementatsiya qilish | ||||||
1. | Tayyor va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari retsepturasini oʻzgartirish, shuningdek davolash va taʼlim muassasalarida, ish joylarida natriyni past miqdorda taqdim etish orqali aholi tomonidan tuz isteʼmolini kamaytirish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Chora-tadbirlar dasturi |
2. | Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi boʻyicha amaldagi canitariya qoidalari va meʼyorlarini hamda davlat standartlarini va texnik reglamentlarni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — JSST)ning tavsiyalari va Alimentarius Kodeksi normalariga muvofiqlashtirish. | 2021 — 2023-yillar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Davlat standartlari, texnik reglamentlar, canitariya qoidalari |
3. | Chakana savdo shoxobchalarida xalq isteʼmoli tovarlari nazorat xaridini amalga oshirish va tovar (ish, xizmat)larni ekspertizadan (laboratoriya sinovlaridan) oʻtkazish tartiblarini ishlab chiqish. | 2020-yil noyabr | — | — | Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
4. | “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2020-yil dekabr | — | — | Vazirlar Mahkamasi, | Qonun loyihasi |
5. | Oliy nav bugʻdoy unini vitamin va mikronutriyentlar bilan boyitish boʻyicha davlat standarti va texnik reglamentni tasdiqlash hamda unni boyitish davlat dasturiga oʻzgartirish kiritish. Shuningdek, un mikronutriyentlar bilan boyitilgan taqdirda import qilishga ruxsat berish tartibini oʻrnatish. | 2021-yil yanvar | — | — | “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), | Davlat standarti |
6. | Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish, jumladan unga yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni jalb etish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, vivariy va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha yangi klinika tashkil etish. | 2021-yil yanvar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarorlari, |
7. | Yuqumli boʻlmagan kasalliklar indikatorlarini va reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalar ovqatlanishidagi muammolarni kuzatish imkoniyatini beruvchi statistik hisobotlarning davlat va idoraviy shakllarini qayta koʻrib chiqish. | 2021-yil I chorak | — | — | Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), | Statistik hisobotlar |
8. | JSSTning tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilovchi meʼyorlarni ishlab chiqish. | 2021-yil 1-mart | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Texnik reglament, |
9. | Respublika hududida realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan ozi?-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda tamgʻalash boʻyicha “Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2021-yil 1-mart | — | — | “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
10. | Aholi orasida yod tanqisligining ommaviy profilaktikasini amalga oshirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini yod bilan boyitish boʻyicha joriy etilgan davlat standartlari va texnik reglamentlarni takomillashtirish. | 2021-yil II chorak | — | — | “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), | Davlat standartlari |
11. | JSSTning tavsiyalariga asosan bolalarga qaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar marketingini tartibga solish. | 2021-yil III chorak | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarori |
12. | Biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish. | 2022-yil I chorak | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarori |
13. | Raqamli va chakana savdo muhitida bolalar va oʻsmirlar uchun tuz, qand va yogʻ miqdori belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va kuchli gazlangan, rangli, shirin hamda energetik ichimliklarning marketingini tartibga solish. | 2022-yil II chorak | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
14. | Sogʻlom, tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz meʼyor doirasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dastur ishlab chiqish. | 2022-yil III chorak | — | — | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Ijrochilar qarori, |
II. Notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish | ||||||
15. | JSSTning xavfsiz ovqatlanishni taʼminlash boʻyicha “besh kalit dasturi”ni targʻib qilish. | 2020 — 2025-yillar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), | Amaliy |
16. | Ota-onalar va bolalar uchun interfaol usulda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha “Sogʻlom ovqatlanaylik” turkum koʻrsatuvlarini tayyorlash va tizimli ravishda efirga uzatish. | 2021-yil yanvardan boshlab doimiy | — | — | MTRK (A. Xadjayev), | Telekoʻrsatuv |
17. | Aholining yosh, jins, fiziologik holat va kasb boʻyicha turli guruhlari uchun ovqatlanishning maqbul meʼyorlarini ishlab chiqish. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarorlari |
18. | Aholini qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vitamin va minerallar bilan bepul taʼminlash boʻyicha davlat dasturini qabul qilish. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Hukumat qarori |
19. | Quyidagilarni amalga oshirish: 6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan; 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan; 2 — 10 yoshli bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan; homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan; 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepultaʼminlash. Bunda, 35 yoshgacha boʻlgan homilador va bola emizuvchi ayollarni alohida meʼyor asosida taʼminlash. | 2021-yil
| Hisob-kitoblar asosida | Budjet mablagʻlari, | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
20. | Noqulay mehnat sharoiti ishlarida band boʻlgan ishchilar uchun profilaktik ovqatlantirish normalarini ishlab chiqish. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarorlari |
21. | Tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun moʻljallangan ovqatlanish meʼyor va taomnomalarini, jumladan parhez taomlarini qayta koʻrib chiqish. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijrochilar qarorlari |
22. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarining sogʻlom va xavfsiz ovqatlanish tizimini takomillashtirish. Xususan, maktab oshxonalarini sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlari talablariga mos holatga keltirish, taomlar sifati va xavfsizligini nazorat qilishni yoʻlga qoʻyish. | 2021-yil II chorak | — | — | Xalq taʼlimi vazirligi(Sh. Shermatov), | Normativ-huquqiy hujjat |
23. | Umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida band boʻlgan mutaxassislar uchun sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Targʻibot materiallari |
24. | Notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha laboratoriya test sinovlari standartlarini qayta koʻrib chiqish. Laboratoriya test sinovlari standartlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari laboratoriyalarini zarur uskuna, sarf materiallari va reaktivlar bilan taʼminlash. | 2021-yil
| Hisob-kitoblar asosida | Sogʻliqni saqlash vazirligi uchun ajratilgan budjet mablagʻlari, | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Amaliy |
25. | Yuqumli boʻlmagan kasalliklarga oid diagnostika va davolash standartlari hamda klinik qoʻllanma va protokollarni toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha JSSTning tavsiyalari asosida qayta tasdiqlash. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Davolash |
26. | Respublika boʻyicha patronajning universal progressiv modelini ishlab chiqish yoʻli bilan homilador ayollar va 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning ota-onalariga ovqatlanish masalalari boʻyicha maslahat berib borish tizimini yaratish. | 2021-yil | 1 mln. AQSH doll. | YUNISEF mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Universal progressiv modelni amaliyotga |
27. | Aholi, xususan bolalar uchun mahalliy meva, sabzavot va boshqa xomashyolar asosida ilmiy asoslangan oziq-ovqat va ichimliklar retsepturalarini ishlab chiqish. | 2022-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Retsepturalar ishlab chiqish |
III. Ovqatlanish gigiyenasi va uning nutritsiologiya, diyetologiya kabi yoʻnalishlarida kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish hamda sogʻlom ovqatlanishni shakllantirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash | ||||||
28. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining tibbiy xodimlarini JSSTning tavsiyalariga koʻra yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalingan bemorlarni oʻzlarini parvarishlash va oʻz salomatligini nazorat qilishga oʻrgatish boʻyicha oʻqitish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), | Amaliy |
29. | Homilador, emizikli onalar va 2 yoshgacha bolalarning sogʻlom ovqatlanishiga oid JSSTning “Birinchi 1000 kunlik” dasturi asosida shifokor va hamshiralar malakasini oshirish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi | Amaliy |
30. | Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida JSSTning tavsiyalariga koʻra 40 va undan katta yoshdagi fuqarolarda yuqumli boʻlmagan kasalliklarning xavf omillarini aniqlash. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
31. | Keng turdagi maʼlumotlarni tahlil qilish orqali respublika aholisining turmush tarzi, ovqatlanishi va yondosh kasalliklariga bogʻliq holatda ularning metabolomikasini oʻrganish. | 2021-2022-yillar | Hisob-kitoblar asosida | Tanlov natijalariga | Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), | Ilmiy-tadqiqot ishlari |
32. | Tibbiyot taʼlimi tizimida ayol va bolalarning ovqatlanishi boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish. Oilaviy shifokor, pediatr, bolalar tor mutaxassislari, akusher-ginekolog, diyetolog va nutritsiologlar tayyorlash dasturlariga reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar va oʻsmirlarning toʻgʻri ovqatlanishi mavzusini kiritish. | 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab | 50 ming AQSH doll. | YUNISEF mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), | Oʻquv dasturlari |
33. | Davlat muassasa va tashkilotlarida diyetologiya mutaxassisini jalb qilgan holda tizimli ravishda toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha seminar-mashgʻulotlar oʻtkazib borish. | 2021-yildan boshlab doimiy | — | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Seminar mashgʻulotlari |
34. | Dekretiv kontingent vakillari uchun sogʻlom turmush tarzi, sanitariya-gigiyena koʻnikmalarini hosil qilish boʻyicha maxsus kurslarni tashkillashtirish va tizimli ravishda amalga oshirish. | 2021-yildan boshlab doimiy | — | Ijrochilarning mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Seminar mashgʻulotlari |
35. | Nutritsiologiya va diyetologiya mutaxassislarini tayyorlashda diplomgacha, diplomdan keyingi va malaka oshirish dasturlarini qayta koʻrib chiqish. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Oʻquv dasturlari |
36. | Oliy taʼlim muassasalarida “Oziq-ovqat texnologiyasi”, “Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi”, “Oziq-ovqat xavfsizligi”, “Agrobiotexnologiya”, “Meva-sabzovotchilikda biotexnologiya”, “Qishloq xoʻjaligida ekologik xavfsizlik”, “Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning anʼanaviy hamda innovatsion texnologiyasi va sertifikatsiyasi”, “Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlarini sifat va standart nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish. | 2021-yil | — | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), | Oʻquv dasturlari |
37. | Yoshlar orasida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish boʻyicha global tekshiruv (GYTS) tadqiqot dasturini amalga oshirish. | 2021-yil aprel | 10 ming AQSH doll. | JSST mablagʻlari (kelishuv asosida) | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
38. | Bolalar va ayollar holatini baholash boʻyicha YUNISEFning multiindikatorli “MICS” tadqiqot dasturini amalga oshirish. | 2021-yil sentabr | 295,0 ming AQSH doll. 700,0ming AQSH doll. | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlar YUNISEF mablagʻlari | Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
39. | Bolalarda semizlikni epidemiologik nazorat qilish boʻyicha Yevropa tashabbusi (COSI) dasturini 5 yilda bir marta amalga oshirish. | Dastlab 2021/2022 oʻquv yilida | 20 ming AQSH doll. | JSST mablagʻlari (kelishuv asosida) | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida) | Amaliy |
40. | Oʻzbekiston aholisi orasida JSST va YUNISEFning tavsiya va metodikalari asosida har 5 yilda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadqiqotlar oʻtkazish: anemiya kasalligi, yod, foliy kislotasi va “A” vitamini yetishmasligini oʻrganish; homilador va 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida toʻgʻri va sogʻlom ovqatlanishdarajasini oʻrganish; aholi tomonidan tuz isteʼmol qilish darajasini oʻrganish; yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavf omillariring tarqalganlik darajasi va sabablarini oʻrganish. | 2022-yildan boshlab | Hisob-kitoblar asosida | Grantlar, | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov), | Amaliy |
IV. Respublika hududida sotish maqsadida tayyorlan?digan va olib kiriladigan oziq-?vqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida | ||||||
41. | Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi toʻyingan yogʻ kislotalari miqdorini kamaytirish va ularni toʻyinmagan yogʻ kislotalari, transyogʻlarni toʻyinmagan yogʻlar bilan almashtirish, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarda erkin qand miqdorini kamaytirish choralarini koʻrish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Davlat standartlari va texnik reglamentlar |
42. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha biotexnologik jarayonlarni takomillashtirish, shu jumladan ferment preparatlari va biologik faol moddalar yordamida yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish. | 2021 — 2025-yillar | Hisob-kitoblar asosida | Grantlar, ijrochilar mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Ilmiy tadqiqotlar |
43. | Korxonalarda mahsulotlarning xavfsizlik koʻrsatkichlarini belgilovchi yangi qabul qilinayotgan davlat standartlari va texnik reglamentlari asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Amaliy |
44. | Oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish zanjirida ishtirok etuvchi korxonalarda xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HACCP) tamoyillari asosida xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), | Chora-tadbirlar dasturi |
45. | Import va mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida sanoat transyogʻlari, jumladan texnik palma yogʻi boʻlmasligi ustidan nazorat oʻrnatish. | 2021 — 2025-yillar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev), | Amaliy |
46. | Maktab oʻquvchilarining aqliy rivojlanishini oʻrganib borish maqsadida ular orasida har yili IQ-testlarini oʻtkazib borish hamda test natijalarini respublika miqyosida umumlashtirish. | 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | — | — | Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), | Amaliy |
47. | Oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlarida koʻrsatiladigan maʼlumotlarni xalqaro standartlar va Alimentarius Kodeksi umumiy tamoyillariga muvofiqlashtirish. | 2021-yil | — | — | “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), | Texnik reglamentlar |
48. | Oziq-ovqat mahsulotlariga umumiy xavfsizlik talablarini belgilovchi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament”ni ishlab chiqish. | 2021-yil II chorak | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
49. | JSSTning tavsiyalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyogʻlardan, jumladan palma va kokos yogʻlaridan foydalanishni cheklash. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Texnik reglament, |
50. | Ilgʻor xorijiy tajriba asosida oziq-ovqat mahsulotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2021-yil III chorak | — | — | “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), | Tahliliy maʼlumot, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
51. | Taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oshxonalardagi oshpaz va oshpaz yordamchilari uchun sogʻlom ovqatlanish mavzulari boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish. | 2021-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Oʻquv kurslar |
V. Sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish | ||||||
52. | Oʻzbekiston Respublikasining “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari toʻgʻrisida targʻibot ishlarini kuchaytirish. | 2020 — 2025-yillar | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Amaliy |
53. | Kasalliklar profilaktikasi, jumladan sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik, tamaki va alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish boʻyicha qisqa maslahatlar berib borish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallar ochish. | 2020-yil | — | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Ijtimoiy tarmoqlarda maxsus kanallar |
55. | Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab chiqaruvchilarning ochiq elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish. | 2021-yil | Hisob-kitoblar asosida | Ijrochilar mablagʻlari, | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Elektron maʼlumotlar bazasi |
56. | Mahallalar kesimida yuqumli boʻlmagan kasalliklar boʻyicha “aholining salomatlik profili”ni yaratish. “Aholining salomatlik profili” asosida yuqumli boʻlmagan kasalliklar boʻyicha xavf guruhiga kiruvchi aholi bilan manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. | 2022-yil | Hisob-kitoblar asosida | Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), | Aholining salomatlik profili |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar |
Maʼlumotlar manbai |
2019-yil |
2025-yil |
|
Kutilayotgan umr koʻrish davomiyligini oshirish | ||||
|
1. |
Tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi (ikkala jinsda) (yillarda) |
Statistika koʻrsatkichi |
75,1 |
76,4 |
|
2. |
Erkaklarning umr koʻrish davomiyligi (yillarda) |
Statistika koʻrsatkichi |
72,8 |
74,1 |
|
3. |
Ayollarning umr koʻrish davomiyligi (yillarda) |
Statistika koʻrsatkichi |
77,4 |
78,7 |
|
Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, jumladan toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish va kasalliklar profilaktikasi | ||||
|
4. |
Anemiya bilan kasallanish (100 ming aholiga) |
Idoraviy statistika hisoboti |
5 278,8 |
4 587,8 |
|
5. |
Yod yetishmasligi bilan bogʻliq kasallanish (100 ming aholiga) |
Idoraviy statistika hisoboti |
902,2 |
760,5 |
|
6. |
Ichak infeksiyalari bilan kasallanish (100 ming aholiga) |
Idoraviy statistika hisoboti |
140,8 |
80,0 |
|
7. |
Aholi tomonidan isteʼmol qilinayotgan kunlik tuz miqdori (gr.) |
YUNISEF tadqiqotlari |
15,1 |
10,5 |
|
8. |
Boʻy oʻsishi kechikishi mavjud boʻlgan 5 yoshgacha bolalar ulushi (foiz) |
YUNISEF tadqiqotlari |
8,7 (2017-y.) |
6,1 |
|
9. |
Vazn ogʻirligi yetishmasligi mavjud 5 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi (foiz) |
YUNISEF tadqiqotlari |
2,6 (2017-y.) |
1,5 |
|
10. |
Ortiqcha vazni mavjud 5 yoshgacha boʻlgan bolalar ulushi (foiz) |
YUNISEF tadqiqotlari |
4,6 (2017-y.) |
4,0 |
|
11. |
Ortiqcha vaznga ega (BVI≥25 kg/m²) katta yoshdagi aholi ulushi (foiz) |
STEPS tadqiqotlari |
56,4 |
56,4 (oʻsishini toʻxtatish) |
|
12. |
Semizligi (BVI≥30 kg/m²) mavjud aholi ulushi (foiz) |
STEPS tadqiqotlari |
23,5 |
23,5 (oʻsishini toʻxtatish) |
|
13. |
Yurak qon-tomir kasalliklarining xavf omillari yuqori boʻlgan 40 va undan katta yoshdagi aholining ulushi (foiz) |
STEPS tadqiqotlari |
20,2 |
20,2 (saqlab qolish) |
|
14. |
30 — 69 yoshdagi aholining oʻlim sabablarida yurak qon-tomir kasalliklarining ulushi (foiz) |
Davlat statistika hisoboti |
52,8 |
43,0 |
|
15. |
30 — 69 yoshdagi aholining oʻlim sabablarida saraton kasalliklarining ulushi (foiz) |
Davlat statistika hisoboti |
15,1 |
14,0 |
|
16. |
30 — 69 yoshdagi aholining oʻlim sabablarida qandli diabet kasalligining ulushi (foiz) |
Davlat statistika hisoboti |
5,7 |
5,0 |
|
17. |
30 — 69 yoshdagi aholining oʻlim sabablarida nafas aʼzolari surunkali kasalligining ulushi (foiz) |
Davlat statistika hisoboti |
1,1 |
0,9 |
3-ILOVA
| Mahsulot turi | Standart soni | Standart indeksi | |
| 2021-yilda — 39 ta standart | |||
| 1. | Qayta ishlangan meva va sabzavotlar (margimush tarkibini aniqlash, patulin tarkibini aniqlash, tanin tarkibini aniqlash usuli) | 20 | ISO 17239, ISO 8128-2, ISO 21803, ISO 3959, ISO 5500, ISO 6557-1, ISO 6557-2, ISO 6560, ISO 6636-2, ISO 6636-3, ISO 6637, ISO 7952, ISO 6661, ISO 6638-1, ISO 6638-2, ISO 5377, ISO 6664, ISO 6665, ISO 939, ISO 6477 |
| 2. | Yogʻ-moy mahsulotlari (linolen kislotaning murakkab va metil efirlari, yogʻ kislotalarining metil efirlarida erkin va umumiy glitserin va mono, di-triglitseridlarni aniqlash) | 6 | EN 14105, EN 14106, EN 14107, EN 14108, EN 14109, EN 14538 |
| 3. | Bolalar uchun sutli aralashmalar (“E” va “A” vitaminlarini aniqlash, “B (12)” vitaminini aniqlash, mio-inozitni aniqlash, umumiy yod miqdorini aniqlash) | 5 | ISO 20633, ISO 20635, ISO 20636, ISO 21446, ISO 23293 |
| 4. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining majburiy dasturlari (oziq-ovqat xavfsizligi uchun zaruriy dasturlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashish uchun texnik shartlar) | 5 | ISO/TS 22002-1, ISO/TS 22002-2, ISO/TS 22002-3, ISO/TS 22002-4, ISO/TS 22002-5 |
| 5. | Yogʻsiz mahsulotlar (ditiokarbamat va tiuram disulfid qoldiqlarini aniqlash) | 2 | EN 12396-1, EN 12396-2 |
| 6. | Isteʼmol uchun arzon oziq-ovqatlar (parhezbop oziq-ovqat mahsulotlari) | 1 | EN 16814 |
| 2022-yilda — 51 ta standart | |||
| 7. | Qoʻshimchalar tarkibini aniqlash (sulfit, “A” vitamin tarkibini, nitrat, oxratoksin “A”, toksin T-2ni aniqlash) | 39 | EN 1785, EN 1786, EN 1988-1, EN 1988-2, EN 12823-2, EN 15829, EN 15890, EN 12014-7, CWA 16255, CEN/TS 15634-5, EN 14177, EN 16857, EN 1377, EN 1378, EN 1379, EN 15911, EN 1376, CEN/TS 15634-3, CEN/TS 15634-4, EN 15634-2, EN 17251, EN 1164, CEN/TS 16233-1, CEN/TS 16233-2, CEN/TS 17303, CWA 16960, EN 16924, EN 16995, EN 14332, EN 16801, EN 16802, EN 17266, CEN/TS 17083, EN 16620, EN 17250, EN 16852, EN 15890, EN 16187, EN 16923 |
| 8. | Sirka (2H-NMR, C-IRMS sirka kislotalarining tahlili) | 5 | EN 13188, EN 13189, EN 16466-1, EN 16466-2, EN 16466-3 |
| 9. | Don va don mahsulotlari (oxratoksin A miqdorini, xom kleykovina tarkibini, yashirin hasharotlar zararlanishini aniqlash) | 4 | ISO 16624, ISO 5530-3, ISO 7971-1, ISO 7305 |
| 10. | Goʻsht va goʻsht mahsulotlari (umumiy fosfor miqdorini aniqlash, nitritni aniqlash usuli, L-(+) -glutamin kislota miqdorini aniqlash) | 2 | ISO 4134, ISO 1442 |
| 11. | Oziq-ovqat tarkibiy qismlarini aniqlash va texnik mezonlari (oziq-ovqat moddalari uchun texnik mezonlar) | 1 | ISO/TS 19657 |
| 2023-yilda — 68 ta standart | |||
| 12. | Meva va sabzavot sharbatlari (pHni aniqlash, natriy, kaliy, kalsiy | 30 | EN 1131, EN 1133, EN 1134, EN 1135, EN 1136, EN 1138, EN 1139, EN 1140, EN 1141, EN 1142, EN 12133, EN 12134, EN 12135, EN 12136, EN 12137, EN 12138, EN 12143, EN 12144, EN 12145, EN 12146, EN 12147, EN 12148, EN 12630, EN 12631, EN 12632, EN 12742, ENV 12140, ENV 12141, ENV 12142, ENV 13070 |
| 13. | Qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari (sirop koʻrinishidagi glukoza, | 15 | ISO 1741, ISO 1742, ISO 1838, ISO 1871, ISO 18787, ISO 13495, ISO 21983, ISO 22855, ISO 2295, ISO 24276, ISO 26642, ISO 6541, ISO 7304-2, ISO 6540, ISO 7002 |
| 14. | Sut va sut mahsulotlari (atom emissiyasi spektrometriyasi usuli, sut yogʻining titrlangan kislotaliligini aniqlash) | 8 | ISO 15151, ISO 21422, ISO 21424, ISO 23291, ISO 8086, ISO 9874, ISO 5764, ISO 488 |
| 15. | Molekulyar biomarker tahlil (SSR kungaboqar tahlili, SSR marker yordamida makkajoʻxori tahlili) | 6 | ISO/TR 17622, ISO 16577, ISO 16578, ISO 20813, ISO/TR 17623, ISO/TS 16393 |
| 16. | Gorizontal molekulyar biomarkerlarni tahlil qilish usullari (genetik oʻzgartirilgan organizmlarni aniqlash uchun tahlil usullari, PCRga asoslangan real vaqtdagi skrining usul) | 5 | ISO/TS 21569-2, ISO/TS 21569-3, ISO/TS 21569-4, ISO/TS 21569-5, ISO/TS 21569-6 |
| 17. | Hayvonlar va oʻsimliklarning yogʻ moylari (sterol va stanol tarkibini aniqlash, oksidlanishga chidamlilikni aniqlash) | 3 | ISO 23349, ISO 6463, ISO 18363-2 |
| 18. | Kraxmal (oltingugurt dioksidi tarkibini aniqlash) | 1 | EN 1185 |
4-ILOVA
| T/r | Yoʻnalish nomi | SanQvaM soni | shundan: | |||||
| 2021-yil | 2022-yil | 2023-yil | ||||||
| soni | indeksi | soni | indeksi | soni | indeksi | |||
| 1. | Fiziologik ehtiyojlar normalari | 11 | 2 | № 0036-95, | 4 | № 0107-01, № 0126-01, № 0132-02, № 0135-03 | 5 | № 0140-03, № 0333-16, № 0347-17, № 0348-17, № 0353-18 |
| 2. | Oziq-ovqat korxonalari uchun oʻrnatilgan va ishlab chiqarish jarayoni qoidalari | 15 | 2 | № 0048-95, № 0066-96 | 6 | № 0084-98, № 0265-09, № 0281-09, № 0106-01, № 0290-11, № 0257-08 | 7 | № 0301-12, № 0309-14, № 0308-14, № 0328-16, № 0344-17, № 0367-19, № 0369-19 |
| 3. | Oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosi va qoʻshimchalari | 3 | 1 | № 0070-97 | 1 | № 0338-16 | 1 | № 0366-19 |
| 4. | Oziq-ovqat sifati | 8 | 2 | № 0060-96, № 0067-96 | 3 | № 0085-98, № 0087-99, № 0093-99 | 3 | № 0108-01, № 0200-06, № 0362-18 |
| Jami | 37 | 7 | 14 | 16 | ||||
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | ||
Respublika darajasida | Viloyat darajasida | Tuman (shahar) darajasida | ||
1. | Aholini qarorning 1-bandida nazarda tutilgan vitamin, mineral va dori vositalari bilan taʼminlash. | 1. Aholini vitamin, mineral va dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) muddat: 3 oy | ||
2. Keyingi yil uchun davlat dasturini moliyalashtirish maqsadida respublika budjetining xarajatlar smetasida zarur mablagʻlarni nazarda tutish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh. Shoraxmedov), Moliya vazirligi (J. Abruyev) muddat: har yili 1-aprelga qadar | 1. Davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi sonining prognoz koʻrsatkichini tahlil qilish va umumlashtirish. masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, viloyat statistika boshqarmalari muddat: har yili 1-fevralga qadar | 1. Davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi sonining keyingi yil uchun prognoz koʻrsatkichini aniqlash. masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, tuman (shahar) statistika boʻlimlari muddat: har yili 1-yanvarga qadar | ||
3. Davlat dasturi bilan qamrab olingan aholining elektron reyestrini shakllantirish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (elektron reyestrni ishlab chiqish A. Azizov, unga kontingentni kiritib borish A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-may | 2. Elektron reyestrga kiritilgan aholini tahlil qilish va ular sogʻligʻini monitoring qilib borish. masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari muddat: tahlil qilish — har yili 15-aprelga qadar, monitoring qilish — doimiy | 2. Elektron reyestrga davlat dasturi bilan qamrab olinadigan aholi kontingentini kiritish. masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: dastlab — 2021-yil 15-mart, keyinchalik — kontingent aholi aniqlangan kun davomida | ||
4. Davlat dasturi boʻyicha zarur vitamin, mineral va dori vositalarini markazlashgan tartibda xarid qilish va hududlarga yetkazish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh. Shoraxmedov) muddat: har yili 1-iyunga qadar | 3. Davlat dasturi boʻyicha xarid qilingan vitamin, mineral va dori vositalarini birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga yetkazish hamda preparatlarning aholiga manzilli yetkazilishi ustidan nazorat olib borish. masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, viloyat hokimliklari, viloyat prokuraturalari muddat: yetkazish — tuman (shahar) tibbiyot boʻlimidan talab tushgach 3 kun ichida, nazorat — doimiy | 3. Davlat dasturi boʻyicha hududlarga yetkazilgan vitamin, mineral va dori vositalarini aholiga bevosita yetkazish. masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: kontingent aholi aniqlangan kunda | ||
3. | Bolalarning 5 yoshgacha boʻlgan davrda optimal rivojlanishi va oʻsishini taʼminlash maqsadida patronajning universal-progressiv modelini 2022-yil 1-yanvarga qadar toʻliq joriy etish. | 1. YUNISEFning tavsiyalari asosida patronaj hamshiralarini universal-progressiv model boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 1 oy | 1. Mazkur model boʻyicha ishlaydigan patronaj hamshiralarini saralab olish. masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari muddat: 2021-yil davomida | 1. Mazkur model boʻyicha ishlaydigan patronaj hamshiralarining nomzodlari boʻyicha takliflar kiritish. masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: har chorak yakunida |
2. Hamshiralarni oʻqitish tarmoq rejasini tuzish va unga asosan oʻqitish ishlarini amalga oshirish hamda patronaj hamshirasining yuklamasini qayta koʻrib chiqish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil davomida | 2. Mazkur model boʻyicha patronaj hamshiralarini dastur boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish. masʼullar: viloyat tibbiyot boshqarmalari, oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazlari muddat: 2021-yil davomida | 2. Mazkur model boʻyicha ishlaydigan patronaj hamshiralari uchun zarur sharoitlar yaratish. Hududlar kesimida homilador va tugʻruqdan keyingi davrdagi ayollar hamda 5 yoshgacha bolalari mavjud oilalar reyestrini shakllantirish va ularni belgilangan meʼyorlar asosida kuzatib borish masʼullar: tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: tarmoq rejasiga muvofiq | ||
4. | Aholiga toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollik masalalarida yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib borish boʻyicha “Sirdaryo eksperimenti”ni oʻtkazish. | 1. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish uchun tizimning amaldagi shtat meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | 1. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarida faoliyat yuritadigan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlarini maxsus dastur boʻyicha qayta tayyorlash. masʼullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev), Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining Guliston filiali (M. Qarshiboyeva) muddat: 2021-yil 1-may | 1. Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarini tashkil etish va jihozlash. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklari va tibbiyot birlashmalari muddat: 2021-yil 1-yanvar |
2. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari faoliyat yuritadigan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlarining funksional vazifalari, tibbiy-sanitariya yordam hajmi va ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2021-yil 1-yanvar | 2. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash natijalarini tahlil qilish. masʼullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: har oyda, 2022-yil 1-iyulga qadar | 2. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalari tibbiyot xodi��lari faoliyati samaradorligini baholab borish. masʼullar: Sirdaryo viloyati tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: har oyda, 2022-yil 1-iyulga qadar | ||
3. Eksperiment natijasini atroflicha tahlil qilib, uni takomillashtirish va respublikaning boshqa hududlariga bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) muddat: 2022-yil 1-iyul | 3. Eksperiment natijasini umumlashtirib borish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish. masʼullar: Sirdaryo viloyati tibbiyot boshqarmasi (R. Yuldashev) muddat: har chorakda, 2022-yil 1-iyulga qadar | 3. “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” xonalarida profilaktik tadbirlardan oʻtgan aholining takliflarini umumlashtirish. masʼullar: Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari muddat: doimiy, 2022-yil 1-iyulga qadar | ||
5. | Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sogʻligʻi uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda ularni tamgʻalash tizimini joriy etish. | 1. Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sogʻligʻi uchun foyda yoki zararli ekanligini hisobga olgan holda ularni tamgʻalash belgilarini ishlab chiqish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida) muddat: 2021-yil 1-fevral | ||
2. Tamgʻalash belgilarini hisobga olgan holda JSSTning tavsiyalari asosida oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori inson sogʻligʻi uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilovchi meʼyorlarni ishlab chiqish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), JSSTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (kelishuv asosida) muddat: 2021-yil 1-mart | 1. “Nazorat xaridi” orqali aniqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalash qoidalariga rioya etmaydigan ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisida keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari muddat: doimiy ravishda | 1. Oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalash qoidalariga rioya etilishini “nazorat xaridi” orqali oʻrganib borish. masʼullar: Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov) muddat: doimiy ravishda | ||