1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatda taʼlim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bogʻcha tarbiyalanuvchilari, oʻquvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, taʼlim tizimlari hamda ilm-fan sohasi oʻrtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, milliy taʼlim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-maʼrifat egalari, jismoniy va maʼnaviy sogʻlom insonlar etib tarbiyalash, taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda oʻqituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga boʻlgan hurmat-eʼtiborni yanada oshirish, oʻquvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
6.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;
7.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
8.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va gʻoyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir boʻlgan, intellektual va maʼnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari boʻlishlari uchun ularda zarur koʻnikma va bilimlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, oʻquv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-oʻqituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi oʻrni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida oʻqish” tamoyili asosida takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xususiy sektorning salmogʻini kengaytirish, hududlarda nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan xolda taʼlimni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy taʼlimni yanada rivojlantirish, taʼlim oluvchilar oʻrtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika taʼlim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy oʻquv dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqsin va unda quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch oʻquv rejasini takomillashtirish hamda oʻzaro uzviy bogʻliq fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va ularga oʻz bilim va koʻnikmalaridan amaliyotda foydalanishni oʻrgatuvchi malaka talablarini sinflar kesimida ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlararo oʻzaro aloqadorlik va sinflar kesimida davriylikka toʻliq rioya qilgan holda oʻquv dasturlari oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi avlod darsliklarini oʻqituvchining metodik qoʻllanmasi, oʻquvchining mashq daftari va multimedia ilovasi bilan birga kompleks tarzda yaratish va nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning fan boʻyicha egallagan bilimlari bilan bir qatorda savodxonlik, kompetensiya va shaxsiy sifatlarini baholash hamda kasblarga boʻlgan qiziqishini aniqlash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-mayga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Dasturning ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida ekspertizadan hamda keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayanch umumtaʼlim muassasalarini belgilasin hamda Dasturni 2021/2022 oʻquv yilida ularning taʼlim jarayoniga tajriba-sinov tariqasida joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2021-yil 1-martdan boshlab pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat taʼlim tashkilotlariga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning (keyingi oʻrinlarda — umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlari) malakasini oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlari oʻz ixtiyoriga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarida, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarida yoki litsenziyaga ega nodavlat taʼlim tashkilotlarida malakasini oshirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari va nodavlat taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlar malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlari ushbu maqsadlar uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Maktabdan tashqari taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — pedagog xodimlar) attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifasini berish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarga barcha malaka toifalarini berish, shuningdek, talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, pedagog xodimlarning oliy maʼlumot yoki qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan tayyorlov, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassislik yoki ixtisosliklarga mos keladigan fanlardan imtihonlar tashkil qilinadi va axborot tizimlarini qoʻllagan holda ularning faoliyat samaradorligi baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlarga malaka toifalarini berish boʻyicha navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi, navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.05 Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish huquqi;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining umumtaʼlim muassasasini saqlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini kamaytirmagan holda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti 0,7 dan past boʻlgan umumtaʼlim muassasalarini tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor vakillariga 5 yilga ishonchli boshqaruvga (keyinchalik uzaytirish huquqi bilan) berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchi umumtaʼlim muassasasida taʼlim olayotgan hamda unga biriktirilgan mikrohudud oʻquvchilarini bepul oʻqitish, ularning raqobatbardoshligini taʼminlash, taʼlim sifatini oshirish, umumtaʼlim muassasasining koʻrsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqish, binolarini taʼmirlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv jihozlari va laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha investitsiya majburiyatlarini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli boshqaruvchiga umumtaʼlim muassasasining boʻsh turgan binolari va yer maydonlari nodavlat taʼlim, sport va madaniyat tashkilotlari (shu jumladan, toʻgaraklar, seksiyalar, kurslar, markazlar) faoliyatini tashkil etish uchun ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasasining boʻsh turgan binolari va yer maydonlarini ishonchli boshqaruvchiga ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalq taʼlimi vazirining qabul qilgan qaroriga asosan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4306-son qarorida roʻyxati belgilangan xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan umumtaʼlim muassasalarining oʻqituvchilariga — oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining oʻqituvchilariga — bosh oʻqituvchi malaka toifasi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika fan olimpiadalarida va koʻrik-tanlovlarning respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarni tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir pogʻonaga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020-yil 1-noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qoʻshimcha toʻlovlar 1,5 baravarga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-apreldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi metodistlarning ish haqi miqdori — oliy toifali oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga, kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari uslubchi-maslahatchilarining ish haqi miqdori — bosh oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli boʻyicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan umumtaʼlim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorida ragʻbatlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori oʻrinbosarlari — 6 baravardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktori oʻrinbosarlari — 4,5 baravardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʼlim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktori oʻrinbosarlari — 3 baravardan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning umumiy sonini hisoblaganda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan oʻquvchilar hisobga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish koʻrsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar boʻlgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 oʻquv yiliga qadar faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan umumtaʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoshini mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini koʻrsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan har yili tumanlar (shaharlar) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuziladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi oʻrinni egallagan umumtaʼlim muassasalari direktorlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida bir martalik ragʻbatlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirlari va metodistlariga, umumtaʼlim muassasalari direktorlariga hamda tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta oʻrinlarni egallagan umumtaʼlim muassasalarining 2 nafar oʻqituvchilariga Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yoʻllanmalar beriladi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq taʼlimi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yiliga qadar oʻquvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini taʼminlash maqsadida barcha umumtaʼlim muassasalarida “Elektron kundalik” dasturini joriy qilsin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudirlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining taʼlim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari hisoblanadilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2021-yil 1-yanvardan boshlab har bir umumtaʼlim muassasasida Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimiga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan taniqli shoir, yozuvchi, jurnalist va ijodkorlar, oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va oʻqituvchilari jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimiga tayinlangan:
(13-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy gumanitar kafedralari professor va oʻqituvchilarining mehnatiga — mazkur oliy taʼlim muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilarga yosh avlodni maʼnan barkamol etib tarbiyalash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish, ularni kasb-hunarga oʻrgatishni muvofiqlashtirish, shuningdek, maktab oʻqituvchilari va faol oʻquvchilarining ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazishga koʻmaklashish, turli xildagi viktorinalar, mushoiralar, adabiy kechalar, qiziqarli darslar, kitobxonlik va sheʼrxonlik musobaqalarini tashkil etish vazifalari yuklanadi.
(13-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilari oʻz iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib oʻrnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun “Kasbga yoʻnaltirish tizimi” joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tizim doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(15-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-sinfdan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazsin, kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini aniqlasin va ularning maʼlumotlar bazasini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-sinf oʻquvchilari uchun har oyda bir marta “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida maxsus kurslar olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-sinf oʻquvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar olib borsin hamda oʻquvchilarni kelajakda egallamoqchi boʻlgan kasblarga yoʻnaltirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligi boʻyicha oʻtkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunar maktablarida taʼlim olishi mumkin boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(15-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatorida umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilari shugʻullanishi mumkin boʻlgan kasb va lavozimlarni belgilasin hamda ularning professional standartlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan mutaxassisliklarga oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning maktab fanlari boʻyicha amaliy darslarini salohiyatli ish beruvchilar, ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi korxonalari, klasterlar va kooperatsiyalarda oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari hamda yaqin masofada joylashgan kasb-hunar maktablarida umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish boʻyicha maxsus “situatsion xona”larni tashkil etsin, elektron dastur va koʻrgazmali materiallarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari rahbarlari tomonidan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun kasbga yoʻnaltirish boʻyicha amaliy darslar oʻtkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.12.00 Muddatli mehnat shartnomalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.16.00 Amaliyot. Stajirovka]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilansinki, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlarini joriy etish maqsadida professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dual taʼlim tizimi asosida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan oʻquvchilarga ish beruvchi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasiga muvofiq ish haqi toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning kasbiy malakasini “WorldSkills” standartlari asosida baholash tartibi bosqichma-bosqich joriy qilinadi va ishchi kasblar boʻyicha “WorldSkills Uzbekistan” musobaqalari oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional taʼlim muassasalariga xorijiy mamlakatlardagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashni tashkil etish vakolati beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi nufuzini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy reytingda soʻnggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta oʻrindan birini egallab kelayotgan oliy taʼlim tashkilotlariga oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash boʻyicha akademik va moliyaviy mustaqillik berilsin hamda mustaqillik mezonlari Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi standartlariga muvofiq qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy reytingda birinchi 10 ta oʻrindan birini egallagan oliy taʼlim tashkilotiga mavjud ixtisosliklar boʻyicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va tizimida oliy taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar 2021-yil 1-fevralga qadar 2030-yilgacha xalqaro reytinglarda 2 ta oliy taʼlim tashkilotini — birinchi 500 ta oʻrindagi, 8 ta oliy taʼlim tashkilotini — birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kiritish uchun tegishincha “2+500” va “8+1 000” loyihalarini ishlab chiqsin va taqdimot qilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy taʼlim tashkilotini tashkil qilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Axborot texnologiyalari, biologiya, kimyo va geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.05 Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki, 2021-yildan boshlab oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar buyurtmasiga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tematik grantlar koʻlami kengaytiriladi, doktoranturaga qabul bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Farmonning alohida bandlari ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha harakatlar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5538-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xalq taʼlimi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova belgilansin.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6108-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari, biologiya, kimyo va geologiya-mineralogiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti
3.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti
Biologiya fanlari
1.
Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti
3.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Geologiya-mineralogiya fanlari
1.
Mineral resurslar instituti
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
1.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 06/20/6108/1483-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son; 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son)