O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BAHOUDDIN NAQSHBANDIY TAVALLUDINING 675 YILLIGIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ko‘plab fuqarolar, ulamolar va Movarounnahr Musulmonlari idorasining 1993-yilda Sharq xalqlari tafakkuri taraqqiyotiga katta xissa qo‘shgan alloma Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligini nishonlash haqidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Yubiley komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Komissiya bir oy muddat ichida Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqib, bajarishga kirishsin.
*Ilova berilmaydi.
3. Buxoro viloyati hokimligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Movarounnahr Musulmonlari idorasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tegishli tashkilotlar bilan birga 1993-yilda Buxoro shahrida Bahouddin Naqshbandiy tavalludining 675 yilligiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazsinlar.
4. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasiga:
— mazkur sana munosabati bilan 1993-yilning sentabr oyida ilmiy konferensiya o‘tkazish;
— “Naqshbandiya ta’limoti va uning jahonshumul ahamiyati” monografiyasini hamda Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns”, As-Safiyning “Rashohot ayn ul-hayot” asarlaridan naqshbandiya ta’limotiga oid ma’lumotlarni tarjima etib, ularni ilmiy sharhlar bilan nashr etish topshirilsin.
5. Buxoro viloyati hokimligiga Buxoro shahrida va Bahouddin Naqshbandiy tug‘ilgan Qasri Orifon qishlog‘ida uning nomini abadiylashtirish tadbirlarini ko‘rish yuklatilsin.
6. Mana shu tadbirlarini o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan yigirma besh million so‘m ajratilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-oktabr,
497-son