Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.1996 24.03.1995 yildagi 95-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGIGA IShLAB ChIQARISh-TEXNIKA XIZMATi KOʻRSATISh SOHASIDA ShARTNOMAVIY MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 6-dekabrdagi 432-sonli “Qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatish sohasida shartnoma munosabatlarini chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud qishloq xoʻjaligi texnikasi parkidan oqilona foydalanish, uni ishlatish xarajatlarini qisqartirish hamda qishloq xoʻjaligidagi mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishning shartnomaviy shakllari tizimiga oʻtish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 1995—1999-yillar mobaynida “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining tuman boʻlinmalari negizida yerlarni tayyorlash, qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlov berish va hosilni yigʻib-terib olishga doir mexanizatsiyalashgan ishlarni xoʻjaliklar bilan shartnomalar boʻyicha bajaruvchi mashina-traktor parklarini 1, 2-ilovalarga* muvofiq tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga, xoʻjaliklardan keyinchalik sotib olish huquqi bilan, mashina va mexanizmlarni ijaraga olish yuzasidan ular bilan shartnomalar tuzishiga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina-traktor parklarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan mexanizatsiya ishlari uchun xoʻjaliklarning hisob-kitob qilishlari tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi belgilangan tartibda har yili, mashina-traktor parklari tashkil etilishiga qarab, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga shartnomalarda nazarda tutilgan hajmlarda dala ishlarini bajarish uchun yonilgʻi-moylash materiallariga limitlar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi 1995-yil yakunlari boʻyicha mashina-traktor parklarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishlari natijalarini umumlashtirsinlar va ularni takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-son