1-ILOVA
Ilmiy kengash | Direktor | Institut kengashi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari | Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari *** | Ilmiy kotib 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Olimpiya va paralimpiya sport turlarini tahlil qilish va prognozlashtirish laboratoriyasi 4 | Oʻquv-uslubiy boʻlim*** 2 | Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻlimi 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xodimlar boʻlimi 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sportchilarni funksional va psixodianostika qilish laboratoriyasi 3 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Buxgalteriya 2 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sportda biomexanik tahlil qilish va harakatlarni korreksiyalash laboratoriyasi 3 | Birlashgan tahririyat** (“Fan sportga”, “Sportda ilmiy tadqiqotlar” va “Eurasian Journal of Sport Science” jurnallari) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bosh yuriskonsult 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ommaviy sportni tadqiq qilish oʻquv laboratoriyasi 3 | Devonxona 1 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yordamchi xodimlar* | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda maʼmuriy boshqaruv tizimini takomillashtirish | |||||
|
1. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish. |
1. Oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish. 2. Oʻrganish va tahlil natijalari asosida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash. |
— |
2020-yil dekabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
2. |
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi va mahalliy kadrlar isteʼmolchilarining talablaridan kelib chiqqan holda malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlash hamda ularda soha boʻyicha zamonaviy taʼlim xizmatini koʻrsatish jarayonlari, shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarni aks ettirish. |
Zamonaviy mehnat bozori va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun takomillashgan malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishish. |
— |
2020-yil dekabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
3. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti va boshqa oliy taʼlim muassasalarida sport tibbiyoti, farmakologiyasi, reabilitologiyasi, psixologiyasi va diyetologiyasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari magistraturasida “Diyetologiya” va “Nutritsiologiya (ovqatlanish ilmi)” mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash. |
1. Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Ushbu fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash. |
Budjet |
2021-yil iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), |
|
II. Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ilmiy-metodik taʼminotni takomillashtirish, sportda innovatsiya va ilm-fanni rivojlantirish | |||||
|
4. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ilmiy ??�alohiyatini oshirish. |
1. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini tashkil etish. |
Budjet |
2020-yil noyabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |
|
2. Ilmiy izlanuvchilarning ilmiy faoliyat olib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2020-yil dekabr | ||||
|
5. |
Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun maqsadli grantlar berish hamda universitet uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarini ajratish choralarini koʻrish. |
1. Har yili eʼlon qilinadigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligiga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kamida 10 ta maqsadli grantlar loyihalarini kiritish. 2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga har yili kamida 10 ta qabul kvotasi ajratish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
2021-yil yanvar va har yili reja asosida |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
6. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jismoniy tarbiya va sport” nashriyoti va bosmaxona faoliyatini tashkil etish. |
1. Nashriyot va bosmaxonani belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2020-yil dekabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |
|
2. Nashriyot va bosmaxonani zarur texnik vositalar va boshqa uskunalar bilan jihozlash. |
2021-yil dekabr | ||||
|
7. |
Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash uchun zamon talablariga javob beradigan oʻquv adabiyotlarini bosqichma-bosqich nashrga tayyorlash va chop etish. |
1. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning oʻquv rejalarida belgilangan fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik holatini monitoring qilish. 2. Soha boʻyicha ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalarining yetuk olimlari bilan hammualliflikda oʻquv adabiyotlarini yaratish uchun hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 3. Darslik va oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2020-2021-yillar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |
|
8. |
Yangi ochiladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish. |
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar xususiyatini hisobga olgan holda xorijiy tajribalarni oʻrganish orqali yangi darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish. |
— |
2020-2021-yillar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |
|
9. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida sohaning istiqbolli talablaridan kelib chiqib, innovatsion faoliyat va tijoratlashtirish yuzasidan talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar, seminar-trening, master-klasslar tashkil etish. |
1. Seminar-treninglarda iqtidorli talabalar va yosh olimlarning faol ishtirokini taʼminlash. 2. Iqtidorli yoshlarning innovatsion ishlanmalari va faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish. |
Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2021-2022-yillar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |
|
10. |
Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Genomika va bioinformatika markazlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish hamda ularning ilmiy xodimlarini universitetning istiqbolli yosh ilmiy tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida jalb qilish. |
— |
2021-2022-yillar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), |
|
11. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ustuvor ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish. |
1. Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha takliflarni Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. |
— |
2020-yil dekabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |
|
2. Ustuvor yoʻnalishlar doirasida yuqori natijalarni taʼminlovchi ilmiy loyihalarni tayyorlash va tanlovlarda ishtirok etish. 3. Loyihalarning bajarilishi ustidan monitoring olib borish va natijalarni tahlil qilish. |
Tanlov eʼlon qilingan muddatda | ||||
|
III. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish hamda xalqaro aloqalarni mustahkamlash | |||||
|
12. |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yangi taʼlim yoʻnalishlarini ochish. |
Buyurtmachi tashkilotlarning ehtiyojlarini oʻrgangan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni tashkil etish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. |
— |
2021-2022-yillar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |
|
13. |
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish va stajirovkalari boʻyicha aloqalarni yoʻlga qoʻyish. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining pedagogik va ilmiy kadrlarining stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish hamda oʻqituvchi va yosh olimlarni doktorantura (PhD)da va magistraturada oʻqish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalariga yuborish. |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmuradov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) | |
|
Malaka oshirish — 30 nafar; Stajirovka — 10 nafar; Doktorantura va magistraturada oʻqish — 10 nafar. |
2021-2022-yillar | ||||
|
14. |
Xorijiy mutaxassislar, xizmat koʻrsatgan trenerlar, xalqaro toifadagi hakamlar va oʻqituvchilarni oʻquv va ilmiy jarayonlarga jalb qilish, ilmiy va uslubiy hamkorlikni rivojlantirish. |
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari va soha mutaxassislarini oʻquv yili davomida taʼlim jarayoniga jalb qilish rejasini ishlab chiqish. |
— |
2020-yil noyabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |
|
15. |
Universitetga chet el grantlarini jalb qilish. |
Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlantirish jamgʻarmasi (OPEC/OFID) loyihalari va boshqa xorijiy taʼlim grantlarida ishtirok etish. |
— |
2020-2021-yillar davomida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev) |