Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya resurslarining ishonchli ishlashini, shuningdek, ulardan markazlashtirilgan tarzda va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) telekommunikatsiyalar tarmoqlarining davlat tomonidan boshqarilishini, shuningdek, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimining shakllantirilishi va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
a) kundalik sharoitlarda — telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni olib borish; telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provayderlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlash va ularning texnik holati va favqulodda holat va vaziyatlardagi ishlarga tayyorgarligini nazorat qilish;
b) favqulodda holat va vaziyatlarda — idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan ustuvor darajada foydalanish va ularni markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish (maxsus isteʼmolchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno), davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari yoʻlida ularning barqaror ishlashini hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
v) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashtirilgan boshqarish rejimiga oʻtkazish, shuningdek, favqulodda holat va vaziyatlarda ulardan foydalanishni toʻxtatib turish yoki cheklash toʻgʻrisida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
2. Vazirlikning “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish boʻyicha ishchi organ etib belgilansin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar tarmoqlari va resurslarining samarali faoliyat yuritishi va ulardan oqilona foydalanish, zarur hollarda davlat va jamiyat uchun, favqulodda holat va vaziyatlarda ulardan markazlashgan holda foydalanishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
xorijiy mamlakatlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari bilan oʻzaro hamkorlikda Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish milliy markazi vazifasini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar telekommunikatsiya tarmoqlarining holati va sifatini Vazirlik tomonidan belgilangan xizmatlar sifati standartlariga muvofiqligi ustidan tizimli monitoring olib borish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
raqamlash sigʻimini, signalizatsiya punktlarining kodlarini ajratish uchun arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish, shuningdek, maʼlumot xizmatlari uchun qisqa maxsus raqamlarni ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni oʻtkazishda qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish ishlarini tashkil etish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mobil qurilmani xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish;
koʻchib oʻtgan raqamlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning markazlashtirilgan bazasi shakllantirilishi va ishlashini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor maʼmuriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifat koʻrsatkichlariga muvofiqligini baholash va telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarining ishlashi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Vazirlik ikki oy muddatda:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat boshqaruvi organlari, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga telekommunikatsiya xizmatlarini yetkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
favqulodda vaziyatlarda va alohida davr (harbiy safarbarlik) mobaynida maxsus isteʼmolchilar oʻrtasida tarmoqlararo kelishuvlar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish uchun safarbarlik rejalarini va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalarini ishlab chiqsin;
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafik oʻtkazishda qonun hujjatlari talablari buzilishini aniqlash va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini koʻchirib oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-oktabr,
680-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 680-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqildi hamda kundalik sharoitlarda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari boshqarish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maʼmuriy boshqarish tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarini va koʻrsatiladigan xizmatlarni rejalashtirish, texnik xizmat koʻrsatish, ekspluatatsiya qilish, tezkor va maʼmuriy boshqarish boʻyicha axborot texnologiyalari kompleksi asosida Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi tizim;
telekommunikatsiya resurslari — telekommunikatsiya tarmoqlari, kabelli, havo, radioreleli, yoʻldosh va boshqa aloqa tizimlari bazasida tashkil qilingan, kanallar, traktlar, uzatish liniyalari, oxirlovchi uskuna, telefon, telegraf aloqa, maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va boshqa telekommunikatsiyalar tarmoqlari stansiyalari, uzellari va boshqa obyektlari;
markazlashgan monitoring tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ishlashini boshqarish funksiyalarining bajarilishini taʼminlovchi, yagona apparat-dasturiy kompleksni hosil qiluvchi telekommunikatsiyalar texnik vositalari;
maxsus isteʼmolchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi telekommunikatsiyalar resurslari ustuvor tartibda taqdim etiladigan alohida toifadagi telekommunikatsiyalar xizmatlarining isteʼmolchilari hisoblanadi;
telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish — Vazirlik tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini favqulodda holat hamda vaziyatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus isteʼmolchilar manfaatlari uchun telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlashini taʼminlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini maʼmuriy boshqarish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (keyingi oʻrinlarda — provayder) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlar va favqulodda holat hamda vaziyatlarda telekommunikatsiya vazifalarini oʻz vaqtida va samarali hal etishga moʻljallangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimlarini, shuningdek, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, telekommunikatsiya operatorlari (keyingi oʻrinlarda — operatorlar) va provayderlarining tarmoqlarini oʻz ichiga oladi (telekommunikatsiya xizmatlarining maxsus isteʼmolchilari tarmoqlari bundan mustasno).
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kundalik sharoitlarda Vazirlik tomonidan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarining favqulodda holat hamda vaziyatlarda ishlashga tayyorligini taʼminlash faoliyatini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya tarmoqlari foydalanuvchilari uchun ishonchli aloqa va kafolatlangan xizmatlarni koʻrsatish maqsadida operatorlar hamda provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarining oʻzaro hamkorligini hisobga olgan holda, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Favqulodda vaziyatlar (harbiy harakatlar, zilzilalar, toshqinlar, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqalar) paytida Vazirlik telekommunikatsiya resurslaridan ustuvor ravishda foydalanish va markazlashtirilgan tezkor maʼmuriy boshqarish, shuningdek, ulardan foydalanishni toʻxtatib turish yoki cheklash huquqiga ega.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi Vazirlikning “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) markazlashgan monitoring tizimi, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek, operatorlar va provayderlarining boshqarish tizimlarini oʻz ichiga oladi, maxsus isteʼmolchilar telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari bundan mustasno.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlarda operatorlar va provayderlarning bir-biri bilan zarur oʻzaro hamkorligini taʼminlashni hisobga olgan holda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekistondagi telekommunikatsiya tarmoqlarining markazlashgan boshqaruvini taʼminlashi lozim.
Kundalik sharoitlarda markazlashgan monitoring tizimiga ulangan telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari (egalari) boshqarish tizimining tarmoq elementlari monitoringini pulli asosda amalga oshiradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi (keyingi oʻrinlarda — OʻzTTBT) favqulodda holat va vaziyatlarda Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarishni taʼminlashi shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
2-bob. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini maʼmuriy boshqarish tizimi operatorlar hamda provayderlarga aloqa tarmoqlari va xizmatlarini oʻzlariga tegishli tarmoqlarda mustaqil boshqarish uchun berilgan imkoniyatlar doirasida hamda zarur hollarda, favqulodda holat va vaziyatlarda ishlashga tayyorgarligini taʼminlashni hisobga olgan holda faoliyat yuritadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish boʻyicha operatorlar va provayderlar faoliyati quyidagilar orqali muvofiqlashtiriladi:
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarida sodir boʻlgan yirik avariya holatlarida avariyaviy-tiklash ishlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini favqulodda holat va vaziyatlarda boshqarish rejalarini tasdiqlash;
kundalik sharoitlarda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishni taʼminlash, shuningdek, operatorlar va provayderlarning tarmoqlararo ulanishlarga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil etish;
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini yaratish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni kelishish;
tarmoqlar va telekommunikatsiya vositalarini yagona tasniflash hamda kodlash asosida Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari resurslari boʻyicha markazlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini shakllantirish tarkibi va tartibini belgilash, ularni yaratish hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish;
shartnoma asosida Markaz va telekommunikatsiya operatorlari hamda provayderlari oʻrtasida ularning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tarmoqlarining ishlashini tekshirish;
telekommunikatsiya tarmoqlarini favqulodda holat va vaziyatlarda boshqarishni taʼminlashga tayyorligini baholash uchun telekommunikatsiya tarmoqlari holatini doimiy ravishda monitoring va tahlil qilish;
telekommunikatsiya tarmoqlarining resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan (shu jumladan, Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarining raqamlash rejasi va 7-son umumiy kanal signalizatsiya punktlarining kodlaridan foydalanish holati toʻgʻrisida) markazlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini yaratish va yuritish;
kundalik sharoitlar hamda favqulodda holat va vaziyatlar davrida maxsus isteʼmolchilarning aloqa kanallariga boʻlgan ehtiyojlarini markazlashtirilgan holda hisobga olish;
telekommunikatsiya tarmoqlarida ortiqcha yuklanish va avariya holatlarda tarmoqlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida maxsus isteʼmolchilar tomonidan foydalaniladigan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish rejalarini kelishish;
davlatlararo kelishuvlarga muvofiq telekommunikatsiya tarmoqlarining milliy boshqaruv markazlari va xorijiy davlatlarning operatorlari va provayderlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
favqulodda holat va vaziyatlarda, shuningdek, boshqa davrlarda borish qiyin boʻlgan chekka aholi yashash punktlarida sunʼiy yoʻldosh orqali telekommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlarini tashkil etish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Kundalik sharoitlarda telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
oʻz telekommunikatsiya tarmoqlarini mustaqil ravishda boshqarish;
Markazga Oʻzbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlari resurslarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazalarini yuritish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etish;
Markazga belgilangan tartibda oʻzlarining telekommunikatsiya tarmoqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
telekommunikatsiya tarmoqlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini taʼminlashda Markazning markazlashtirilgan maʼlumotlar bazalaridan maʼlumotlarni olish;
oʻz tarmoqlarida qisqa maxsus raqamlar, signalizatsiya punktlarining kodlarini ajratish, shuningdek, raqam sigʻimini qayta biriktirishni Markaz bilan kelishish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni Markazning markazlashgan monitoring tizimi bilan oʻzaro aloqasini taʼminlash zarurligini hisobga olgan holda ishlab chiqish va Vazirlikka kelishish uchun taqdim etish;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
maxsus isteʼmolchilar foydalanadigan telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish boʻyicha rejalarni ishlab chiqish va Markaz bilan kelishish;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus isteʼmolchilar bilan (telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish bilan bogʻliq qismida) safarbarlik rejalari hamda favqulodda holat va vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalarini muvofiqlashtirish va Markaz tomonidan tashkil etiladigan tegishli oʻquv mashgʻulotlarda qatnashish;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kelishilgan safarbarlik rejalari hamda favqulodda holat va vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq favqulodda holat va vaziyatlarda oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish uchun tarmoqlararo, shu jumladan, xorijiy telekommunikatsiya operatorlari bilan shartnomalar tuzish;
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
oʻz telekommunikatsiya tarmoqlarida avariyaviy-tiklash ishlarini olib borish va ishlarning borishi toʻgʻrisida maʼlumotni Markazga taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Favqulodda holat va vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tartibi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan holda maʼmuriy boshqarish tizimi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
4-bob. Yakunlovchi qoida
24. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 680-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) qarorlari va buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
3. Markaz:
telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish boʻyicha Vazirlikning ishchi organi;
raqamlash, signalizatsiya punktlari kodlarini ajratish, ulardan oqilona foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish boʻyicha masʼul organ;
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni oʻtkazish tartibi buzilishiga qarshi harakat qilish tizimining operatori;
mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimining operatori;
koʻchib oʻtgan raqamlarning markazlashtirilgan bazasining operatori hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaz Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini taʼminlash, telekommunikatsiya resurslaridan oqilona foydalanish va rivojlantirishni taʼminlash, telekommunikatsiya operatorlari, idoraviy tarmoqlar egalari (keyingi oʻrinlarda — operatorlar) va provayderlarning tarmoqlarini muvofiqlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish, davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa va davlat xavfsizligi organlari manfaatlariga muvofiq tarmoqlardan ustuvor foydalanishni taʼminlash, telekommunikatsiya xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni toʻliq qondirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishda Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari, mudofaa va xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazlari bilan oʻzaro hamkorlikda Markaz Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish milliy markazi funksiyalarini bajaradi.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan, operator va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini samarali ishlashini taʼminlash va muvofiqlashtirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
markazlashgan monitoring tizimi va operatorlar, provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati hamda telekommunikatsiya tarmoqlari holatining belgilangan talablarga muvofiqligini tizimli monitoring qilish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini muvofiqlashtirilgan boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish;
telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqaruvini, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslaridan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibot organlari manfaatlari yoʻlida ustuvor foydalanishni taʼminlash;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kundalik sharoitlarda hamda favqulodda holat va vaziyatlarda xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish milliy markazlari bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va telekommunikatsiya resurslaridan oʻzaro foydalanish boʻyicha hamkorlik qilish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
kundalik sharoitlarda maxsus isteʼmolchilarni aloqa xizmatlari bilan maksimal darajada qondirish uchun telekommunikatsiya tarmogʻi resurslaridan oqilona foydalanish va rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
maʼlumot yigʻish va telekommunikatsiya resurslari maʼlumotlar bazasini, Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarining raqamlash rejalarini yuritish;
xalqaro ovozli trafikni oʻtkazish tartibi buzilishiga qarshi harakat qilish tizimining ishlashini taʼminlash;
mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari roʻyxatga olish tizimining uzluksiz ishlashini va takomillashtirishini taʼminlash;
koʻchib oʻtgan raqamlarning markazlashtirilgan bazasi shakllanishi, ishlashini va kuzatib borishni taʼminlash, shu jumladan, undagi axborot va maʼlumotlarni uzatish, yigʻish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek, koʻchib oʻtgan raqamlarning markazlashtirilgan bazasiga kirish uchun ruxsat berishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor maʼmuriy boshqarish, tarmoqlar holatining tizimli monitoringini yuritish va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifat koʻrsatkichlariga muvofiqligini baholash hamda telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tarmoqlarining ishlashi boʻyicha xizmat koʻrsatish;
(6-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlarda Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish rejasini tayyorlashda ishtirok etish;
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mobil aloqa darajasida jismoniy shaxslarning shubhali harakatlarini aniqlash va firibgarlikka qarshi himoyani taʼminlash.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
7. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) kundalik sharoitlarda:
davlat boshqaruvi organlari, mudofaa, xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlari manfaatlari yoʻlida aloqalarni tashkil etishni boshqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa, xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlarining umumiy foydalanishdagi tarmoqlar asosida qurilgan tarmoqlari, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqlari va telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining boshqaruv tizimlari boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlilini amalga oshiradi;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
markazlashgan monitoring tizimi orqali telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya tarmogʻidagi avariyalar, shikastlanishlar toʻgʻrisida maʼlumot toʻplaydi;
(7-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmogʻidagi avariyalar va shikastlanishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlaydi va nazoratdagi obyektlarning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish bazasiga kiritadi;
(7-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maʼlum davr mobaynida telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining telekommunikatsiya tarmoqlarining sifati, telekommunikatsiya transport tarmogʻining sifat koʻrsatkichlari oʻzgarishi dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlaydi va Vazirlikka taqdim etadi;
(7-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlarda operatorlar hamda provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish rejalarini tayyorlashda qatnashadi;
(7-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlarda operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish rejalariga muvofiq oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazadi;
(7-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
avariya holatlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa va xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlari manfaatlari yoʻlida foydalaniladigan aloqalarni tiklash boʻyicha telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining harakatlarini muvofiqlashtiradi;
(7-band “a” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus isteʼmolchilarga ijaraga berilgan aloqa kanallarining shikastlanishini hisobga oladi, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda operatorlar va provayderlarni telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish toʻgʻrisida xabardor qiladi;
(7-band “a” kichik bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlarning tashkil etilayotgan hamda ishlab chiqilayotgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ularning bir-biri bilan va OʻzTTBT bilan oʻzaro hamkorligini, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarida bardoshligini taʼminlash boʻyicha loyihalarida ishtirok etish;
(7-band “a” kichik bandining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yangi aloqa kanallarini tashkil qilishda, profilaktika ishlarini olib borishda maxsus isteʼmolchilar va umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
(7-band “a” kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarida sodir boʻladigan yirik avariya holatlari va shikastlanishlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mudofaa, xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlarining umumiy foydalanishdagi tarmoqlar asosida qurilgan tarmoqlari ishlashida qoidabuzarlik natijasida sodir boʻladigan xavf holatlarida avariya-tiklash ishlarini borishi boʻyicha Vazirlik va maxsus isteʼmolchilarni xabardor etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlar maʼlumotlari asosida telekommunikatsiya tarmogʻiga ulangan operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya vositalari (jihozlar, oxirgi (terminal) uskunalar, tizimlar, aloqa liniyalari)ni hisobga oladi va maʼlumotlar bazasini shakllantiradi (maxsus isteʼmolchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno);
(7-band “a” kichik bandining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
shartnoma asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor-texnik boshqarishni, tarmoqlarning holatini tizimli monitoringini, taqdim etilayotgan xizmatlar sifat koʻrsatkichlariga muvofiqligini va telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarining ishlashini baholaydi;
raqamlash tizimlari va rejalarni tasdiqlaydi, raqamlash sigʻimini, signalizatsiya punktlarining kodlarini, maʼlumot-axborot xizmatlari uchun qisqa maxsus raqamlarni (yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar bundan mustasno) ajratadi, shuningdek, ulardan foydalanishning hisobotini yuritadi va nazorat qiladi;
raqamlash sigʻimini va qisqa maxsus raqamlarni ajratganlik uchun bir martalik toʻlov tariflarini ishlab chiqadi va Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etadi;
xalqaro ovozli trafikni oʻtkazish tartibi buzilishiga qarshi harakat qilish tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni oʻtkazishda qonun talablari buzilganligi holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va olish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi;
abonent raqami koʻchib oʻtishini taʼminlash uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, saqlash va uzatishni avtomatlashtiradi va muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya tarmoqlarda ortiqcha yuklanish va avariya holatlarda tarmoqlarning ishonchliligini taʼminlash maqsadida, maxsus isteʼmolchilar tomonidan foydalanilayotgan telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta qurish sxemalari va rejalarini kelishadi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarida rejalashtirilgan va rejadan tashqari taʼmirlash-tiklash ishlarining bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya tarmoqlarini ishlash samaradorligini oshirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya xarakteristikalarini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar va telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish usullarini ishlab chiqadi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
telekommunikatsiya tarmoqlar va vositalarni tasniflash va kodlash yagona tizimidan foydalangan holda Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari resurslari, telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlash rejasi hamda 7-son umumiy kanal signalizatsiya punktlari (7-son UKS) kodlardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan markazlashtirilgan maʼlumotlar bankini yaratadi va yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
manfaatdor telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari, xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish milliy markazlarining raqamlash rejasidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tarmoqlarda profilaktika ishlarini olib borish, qayta qurish yoki yangi aloqa kanallarni tashkil etish natijasida ayrim uchastkalar va yoʻnalishlarda yuzaga keladigan ortiqcha yuklanishlar mumkinligi haqida manfaatdor operator va provayderlarni ogohlantiradi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
telekommunikatsiya tarmoqlarining holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etishning talab qilinadigan rejimi va maxfiyligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
Markazga berilgan vakolatlar doirasida davlatlararo shartnomalarga muvofiq xorijiy davlatlarning milliy telekommunikatsiya boshqaruv markazlari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlar yuzaga kelishi va oqibatlarini bartaraf etish davri uchun Vazirlik, Markaz, operatorlar tarmoqlarini boshqarish markazlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik shartlari va tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
(7-band “a” kichik bandining yigirma toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) favqulodda holat va vaziyatlarda:
(7-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashgan hamda tezkor maʼmuriy boshqarish, ularni qayta qurish va tiklash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya tarmoqlari holatini monitoringini yuritadi;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda holat va vaziyatlar telekommunikatsiya tarmoqlarining ishlashiga taʼsirni baholaydi va keluvchi maʼlumotlarni tahlil qiladi;
(7-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya tarmoqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlikka, manfaatdor operatorlar va provayderlarga, tegishli davlat organlariga va maxsus isteʼmolchilarga yetkazadi;
(7-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
telekommunikatsiya tarmoqlarida tiklash ishlarini muvofiqlashtiradi, shuningdek, oldindan kelishilgan rejalar asosida eng muhim yoʻnalishlarda aloqaning uzilishi bilan bogʻliq boʻlgan holatlarda aloqalarni tiklash va avariyaviy vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuch va vositalarni boshqaradi;
tarmoqlarni boshqarish, aloqa kanallarini qayta qurish va tiklash boʻyicha xorijiy davlatlarning operatorlari va milliy boshqaruv markazlari bilan oʻzaro tezkor hamkorlikni amalga oshiradi.
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
8. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya operatorlari va provayderlaridan Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha, shu jumladan, telekommunikatsiya resurslarining mavjudligi va holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrash;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa va xavfsizlik, huquq-tartibot va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish organlari manfaatlari uchun aloqalarni tashkil etish jarayonlarini boshqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlarga umumiy foydalanishdagi tarmoqlarda avariya ishlarini oʻtkazish, rejali va rejadan tashqari oʻtkaziladigan taʼmirlash-tiklash ishlari oʻtkazilganda davlat hokimiyati va boshqaruvi, mudofaa va xavfsizlik organlari manfaatlari yoʻlida ishlatilayotgan aloqalarni tiklash boʻyicha koʻrsatmalar berish;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatorlar va provayderlarga telekommunikatsiya tarmoqlarini tezkor maʼmuriy boshqarish tizimini takomillashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlari resurslaridan isteʼmolchilar manfaatlari uchun foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar berish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
belgilangan tartibda Vazirlikka Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
tarmoqlarni qayta qurish va aloqa kanallarini tiklash boʻyicha operator va provayderlarning boshqarish tizimlari va xorijiy davlatlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini milliy boshqarish markazlari bilan tezkor operativ hamkorlikda boʻlish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
oʻz faoliyati doirasida Vazirlik bilan kelishgan holda qoʻshma korxonalar tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish boʻyicha Markazning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari barcha telekommunikatsiya operatorlar, provayderlar va idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari egalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
10. Markaz zimmasiga yuklangan vazifalar va qonunchilikka muvofiq qabul qilingan qarorlarning toʻgʻri bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
11. Markazning tuzilmasi Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Markaz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish sohasida tashkiliy tuzilmaning tarkibiy qismidir va yuridik shaxs boʻlib, mustaqil balansga, bank hisob raqami, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-noyabrdagi 789-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)
13. Markaz direktori:
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Markazga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
kadrlarni tanlash va joylashtirishni amalga oshiradi, shu jumladan belgilangan tartibda oʻz oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
oʻz oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
Markazning tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflar kiritadi, Markazning shtatlar jadvalini Vazirlik bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
Markazning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
mehnat va xoʻjalik shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, jamoat birlashmalari, shuningdek, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Markaz nomidan ish yuritadi;
Markaz mablagʻlarini boshqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Markaz faoliyatini moliyalashtirish Markaz tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar, shu jumladan, raqamlash resurslari ajratilganligi uchun olingan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
15. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/680/1445-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.11.2024-y., 09/24/789/0982-son)