1-ILOVA
Direktor | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Direktorning birinchi oʻrinbosari — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini yuritish boshqarmasi boshligʻi | Direktor oʻrinbosari | “Inson va qonun” gazetasi tahririyati 6 | Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis 1 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish boʻlimi 15 | Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻlimi 5 | “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati 5 | Yuriskonsult 1 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish boʻlimi 5 | Media materiallarni tayyorlash boʻlimi 4 | Veb-resurslar bilan ishlash boʻlimi 6 | Moliya-iqtisod boʻlimi 2 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish boʻlimi 4 | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va huquqiy hujjatlar namunalarini tayyorlash boʻlimi 3 | Dasturiy va texnik taʼminot boʻlimi 2 | Marketing, reklama va obuna boʻlimi 2 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tarjimon 5 | Mehnatni muhofaza qilish va xoʻjalik ishlari mudiri 1 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
|
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
|
1. Oilada va taʼlim muassasalarida huquqiy madaniyatni yuksaltirish | ||||
|
1. |
Bolalar va yoshlarga huquqiy taʼlim-tarbiya berishning konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2020-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
2. |
Bolalar va yoshlar yuridik ensiklopediyasini tayyorlash va tarqatish |
Idoraviy hujjat |
2021-yil mart |
Adliya vazirligi (R. Davletov),Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
3. |
Oila davrasi uchun moʻljallangan yuridik ensiklopediya tayyorlash va tarqatish |
Idoraviy hujjat |
2021-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
4. |
Bolalarga kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini oʻrgatish boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar tayyorlash |
Koʻrgazmali qoʻllanmalar |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
5. |
Bolalar va yoshlar ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini, odob-axloq normalari va huquqiy madaniyatni shakllantirishga doir tushunchalarni chuqur singdirib borishga qaratilgan qisqa metrajli media mahsulotlarini tayyorlash va yetkazish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
6. |
Taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalar uchun davlat ramzlarini eʼzozlash, huquq va burchlarini tushuntirish, qadriyatlarni hurmat qilish mavzularida ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlarini tizimli va uzluksiz tashkil qilish |
Ochiq darslar, oʻquv mashgʻulotlari |
2020-yil noyabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
7. |
“bolahuquqlari. uz” huquqiy axborot portalidan bolalar va yoshlarning keng foydalanishini, jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablaridagi oʻquv jarayonlarida ushbu portaldan keng va samarali foydalanishni tashkil qilish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
8. |
Bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va erkinliklari hamda burchlarini, oʻzgalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilishni tushuntirishga, shuningdek, ularga “nima yaxshi-yu, nima yomon” tushunchalarini oʻrgatishga doir koʻrgazmali qoʻllanmalar tayyorlash |
Koʻrgazmali qoʻllanmalar |
2020-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
9. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi oʻrni, ahamiyati va mohiyatini oʻrganish maqsadida: barcha taʼlim turlari boʻyicha Konstitutsiyani oʻrganishga oid uslubiy koʻrsatmalar va boshqa didaktik vositalarga qoʻyiladigan talablarni zamon talablari asosida tubdan qayta koʻrib chiqish, bunda oʻqitish tizimiga innovatsion usullarni keng qoʻllash; Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha qoʻllanmalar va boshqa maxsus adabiyotlarni koʻrgazmali tarzda qayta nashr etish, ularni elektron shaklda ijtimoiy tarmoqlar orqali ham tarqatish chorasini koʻrish; Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha tarbiyachi va metodistlar, professor-oʻqituvchilarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish chorasini koʻrish. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil yanvar |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Umumtaʼlim muassasalarida “Konstitutsiya burchagi”ni tashkil etish va uni Konstitutsiya va qonunlar aks etgan zamonaviy targʻibot vositalari bilan jihozlash |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil dekabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), |
|
11. |
Bolalarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan interaktiv mobil oʻyin-ilova ishlab chiqish |
Mobil oʻyin-ilova |
2021-yil |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
12. |
Umumtaʼlim muassasalarining yuqori sinflari uchun “Har kunlik huquq” nomli qoʻllanmalar tayyorlash |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
13. |
Bolalarning huquqiy bilimlarini oshirish borasida mobil soʻz oʻyinlari, shuningdek, “Huquqiy krossvordlar”, kichik shakllardan huquqiy ahamiyatga ega rasmlar yigʻish (“pazl” va boshqalar) va huquqiy test oʻyinlarini yaratish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
14. |
Taʼlim muassasalari oʻquvchilari va talabalari orasida har yili huquq fanidan quyidagi tanlovlarni tashkil qilish: umumtaʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Huquq — bu toʻgʻrilikdir” rasmlar tanlovi; umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika koʻrik-tanlovi; oʻrta maxsus professional taʼlim tizimida “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovi; oliy taʼlim muassasalarida “Huquq bilimdonlari” koʻrik-tanlovi. |
Koʻrik-tanlovlar |
2021-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
2. Keng aholi qatlamining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
|
15. |
Tadbirkorlik subyektlariga tezkor ravishda bepul huquqiy maslahat va maʼlumotlar berishni nazarda tutuvchi “Advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portalini test rejimida ishga tushirish |
Tashkiliy-texnik tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
16. |
Jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini taʼminlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida “Gender-madad” elektron huquqiy maslahatchi loyihasini ishga tushirish (sayt, mobil ilova tarzida) |
Huquqiy maslahat sayti |
2021-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
|
17. |
Fuqarolarni, shu jumladan, mansabdor shaxslarni qonunga boʻysunish va hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlarni suratga olish va animatsion videoroliklarni tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish |
Qisqa metrajli filmlar, videoroliklar |
2021-yil |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev) |
|
18. |
Aholiga huquq va majburiyatlarini oddiy va xalqchil tilda tushuntirish boʻyicha videoroliklar, infografikalar va boshqa koʻrgazmali materiallar tayyorlash hamda ularni televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish |
Ijtimoiy videoroliklar, koʻrgazmali materiallar |
Har oyda kamida bir marta |
Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov) |
|
19. |
Huquq va majburiyatlarni ifodalovchi turli belgilar tasvirini ishlab chiqish va ularni aholi gavjum joylarda (bozorlar, savdo markazlari va hokazo) oʻrnatish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
20. |
Jamoat joylarida yurish, oʻzini tutish va atrofidagilar bilan muomala qilish madaniyatini shakllantirish boʻyicha yoʻlovchi transport vositalarida, avtobekatlarda, temir yoʻl bekatlarida va boshqa jamoat joylarida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ogohlantiruvchi va tushuntiruvchi bannerlarni oʻrnatish |
Ijrochilarning qoʻshma qarori |
2021-yil yanvar |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
21. |
Aholi oʻrtasida elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan oqilona foydalanish qoidalari hamda ularni tejash, maishiy chiqindilar hamda boshqa kundalik muammoli masalalar yuzasidan fuqarolar oʻrtasida keng qamrovli targʻibot ishlarini (infografika, plakat va bannerlar oʻrnatish va boshqalar) tashkil qilish |
Uchrashuvlar, tushuntirish tadbirlari |
2020-yil noyabrdan Reja-grafik asosida |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
22. |
Fuqarolar oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning oʻrni va ahamiyati boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish, bunda Konstitutsiyaning har bir moddasining mohiyati va ahamiyatini koʻrgazmali tarzda (infografika va boshqalar) ijtimoiy tarmoqlar va televideniye orqali aholiga yetkazish chorasini koʻrish |
Targʻibot dasturi, koʻrgazmali materiallar va boshqa tashkiliy choralar |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
23. |
Mehnat migrantlariga huquqlarini tushuntirish boʻyicha “Migrantga huquqiy yordam” loyihasi (risola, buklet, flayer, maʼruza va uchrashuvlar)ni tashkil qilish |
Targʻibot tadbirlari |
2021-yil yanvar |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
|
24. |
Xorijga ishlash uchun ketayotgan mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xususan, migratsiya, ishga joylashish hamda boshqa davlatlarning qonun hujjatlari boʻyicha huquqiy axborotlar berish maqsadida aeroportlar va vokzallarda huquqiy axborot burchaklarini tashkil qilish va targʻibot tadbirlarini oʻtkazish |
Huquqiy targʻibot tadbirlari |
2020-yil noyabrdan Reja-grafik asosida |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
|
25. |
Yoʻl harakati barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, koʻchalarda turli fleshmob tadbirlarini tashkil qilish |
Huquqiy targʻibot tadbirlari |
2020-yil noyabrdan Reja-grafik asosida |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
26. |
Nogironlar, yolgʻiz pensionerlar, yolgʻiz onalar, oʻqituvchilar, tadbirkorlar, kam taʼminlanganlar, ishsizlar va boshqa qatlam aholi vakillari uchun huquqlari, ularga berilgan imtiyozlar va qoʻshimcha kafolatlarni nazarda tutuvchi qoʻllanma va axborot tushuntirish materiallarini tayyorlash |
Qoʻllanmalar, tushuntirish materiallari |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
|
27. |
Koʻzi ojizlar uchun ularga qonun hujjatlarida berilgan turli imtiyozlar, yengilliklar va huquqlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan brayl shaklidagi qoʻllanma va uning audio shaklini tayyorlash |
Qoʻllanma |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston nogironlar jamiyati (K. Abdullayev) |
|
28. |
Harbiy qism va muassasalarda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni tushuntirish |
Uchrashuvlar, seminarlar |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Joʻrayev) |
|
29. |
Tibbiyot muassasalari xodimlari hamda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga ularning mehnatga doir huquqlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish |
Uchrashuvlar, seminarlar |
2020-yil noyabrdan Reja-grafik asosida |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
30. |
Mahallalarda eng dolzarb va muammoli masalalarni chuqur tahlil qilish va natijasiga koʻra aniq manzilli huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga tegishli qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini tushunarli tilda yetkazish boʻyicha zarur choralar koʻrish |
Uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar va boshqa tadbirlar |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
31. |
Aholi oʻrtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirish maqsadida quyidagi koʻrik tanlovlarini tashkil qilish: |
Koʻrik-tanlovlari |
2020-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
oʻquvchi va talabalar “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida umummilliy insholar tanlovi; |
Insholar tanlovi |
Qoʻshma qarorga muvofiq | ||
|
yoshlar oʻrtasida “Korrupsiyaga yoʻq deylik” va “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiorlari ostida fleshmoblar; |
Fleshmoblar | |||
|
keng aholi qatlami orasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi (“Eng yaxshi blogpost”, “Eng yaxshi jurnalistik material”, “Eng yaxshi yumoristik asar” hamda “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyalari boʻyicha). |
Megatanlov | |||
|
32. |
Aholini qiziqtiradigan eng dolzarb masalalarni aniqlash hamda ular boʻyicha huquqiy tushuntirish va huquqiy maslahat berish tizimini yoʻlga qoʻyish. Manzilli huquqiy targʻibot dasturi asosida aholiga qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini yetkazish. |
Manzilli huquqiy targʻibot dasturi |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
33. |
Fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning boshlangʻich koʻnikmalari boʻyicha maslahatlar berish, shu jumladan, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qabul qilingan maʼmuriy reglamentlar talablarini taʼsirchan usullarda (koʻrgazmali) aholiga aniq va batafsil tushuntirish |
Targʻibot-tushuntirish tadbirlari |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
34. |
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq aholiga birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimi huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, uning xalqaro talablar bilan uygʻunlashishini taʼminlash |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
35. |
Oliy taʼlim muassasalari talabalari va boshqa koʻngillilarni jalb qilish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muhim masalalar (“Xavfsizlik kamarini taqmasdan mashina haydama”, “Iflos qilma”, “Navbatga tur”, “Piyodalar oʻtish joyidan oʻt”, “Mashinani belgilangan joyga qoʻy”, “Qonunbuzilishni fosh qil”, “Chekni talab qil”, “Men qonunni hurmat qilaman”, “Huquqingni talab qil”, “Toʻxta, bu noqonuniy” va boshqalar) boʻyicha fleshmob tadbirlarini tashkil qilish, videoroliklar tayyorlash |
Kompleks targʻibot tadbirlari |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
36. |
Aholiga, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga (nogironligi mavjud shaxslar, kam taʼminlanganlar, ishsizlar, qaramogʻida voyaga yetmagan bolalari bor beva ayollar va boshqalar), ayniqsa qishloq joylarda va borish qiyin boʻlgan olis tumanlarda huquqiy masalalar boʻyicha sayyor maslahat va tushuntirishlar berish amaliyotini keng yoʻlga qoʻyish |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
37. |
Uzoq yillar huquqni muhofaza qilish organlari, sud va davlat idoralarida mehnat qilganlarning bazasini yaratish, ular imkoniyatlaridan jamoatchilik bilan uchrashuvlarda foydalanish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Har oyda kamida bir marta |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
38. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan axborot maʼlumotlarini tayyorlash va keng tarqatish, shu jumladan mavzuga oid bosma materiallarni chop etish |
Plakatlar, flayerlar, risola va bukletlar |
2020-yil noyabr-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
39. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyat natijalarini televideniye, radio, bosma va elektron OAV orqali shu jumladan mavzuga bagʻishlangan dasturlarni, intervyularni, muhokamalarni, press-konferensiyalarni va boshqa tadbirlarni keng yoritib borish |
Telekoʻrsatuvlar, radioeshittirish |
Alohida media-reja asosida |
MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
40. |
Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishni targʻib qilish yoʻnalishlarida aholini, shu jumladan mansabdor shaxslarning korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish boʻyicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli ijtimoiy-huquqiy koʻrsatuvlar tok-shoular va davra suhbatlarini tayyorlash va efirga uzatish |
Syujetli telekoʻrsatuvlar, tok-shoular va davra suhbatlari |
Alohida media-reja asosida |
MTRK (A. Xadjayev), EOAVMA (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
41. |
Normativ-huquqiy hujjatlarni mutaxassislar va keng jamoatchilikka etkazish, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarga sharhlar va tushuntirishlarni tayyorlash va tarqatish orqali yetkazish mexanizmini takomillashtirish |
Idoraviy hujjat |
2021-yil yanvar |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
3. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
|
42. |
Barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarda xodimlar uchun oʻz sohasiga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda huquqiy sohadagi muhim masalalarni oʻqitish boʻyicha “respublika-viloyat-tuman” prinsipida maxsus seminarlar tashkil qilish. |
Oʻquv seminarlari |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), |
|
43. |
Barcha mahalliy hokimliklarda har haftada “Qonunchilikdagi yangiliklar” mashgʻulotlarini tizimli tashkil qilish, unda adliya organlari tomonidan hafta davomida qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini hokimlik va mutasaddi tashkilot rahbarlariga koʻrgazmali tarzda tushuntirish, yangi qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini tashkil qilish holati boʻyicha tushuntirish va yoʻnalishlar berish |
Oʻquv mashgʻulotlari |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
44. |
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari bilimini huquqiy savodxonlikning minimal darajasi boʻyicha oshirish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora tadbirlar |
2020-yil noyabr-dekabr Reja-grafik asosida |
Adliya vazirligi (R. Davletov), |
|
45. |
Davlat organlari va tashkilotlarida Konstitutsiyani oʻrganish tadbirlarini tashkil qilish, bunda har bir xodim tomonidan Konstitutsiyaning har yarim yilda kamida bir marotaba oʻqib oʻrganilishini tashkil qilish. Natijasi boʻyicha xodimlarning Konstitutsiyani bilish darajasini adliya organlari tomonidan sinovdan oʻtkazish va baholash. |
Oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlari |
2020-yil noyabr Reja-grafik asosida |
Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
46. |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida har haftalik huquqiy taʼlim boʻyicha oʻquv soatlarini joriy etish va muntazam ravishda oʻtkazib borilishini tashkil etish. |
Oʻquv mashgʻulotlari |
2020-yil noyabrdan |
Vazirlik va idoralar |
|
II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish | ||||
|
47. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi va qoʻshimcha huquqiy axborotga kirish tizimlarini (“Advice. uz” (e-maslahat. uz) huquqiy axborot portali, “Advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portali, yuridik lugʻat, qonun hujjatlarini muhokama qilish uchun onlayn forum va boshqalarni) oʻz ichiga olgan va foydalanuvchilar uchun qulay shaklda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy huquqiy internet portalini modernizatsiya qilish, jumladan, bunda “aqlli” izlash funksiyalarini nazarda tutish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
48. |
Media resurslar, shu jumladan aholi gavjum joylarda oʻrnatilgan displey (Display advertising) va LED ekranlarda u yoki bu huquqiy masalaning yechimi toʻgʻrisida dolzarb va toʻliq maʼlumotlarni joylashtirish orqali aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
49. |
Huquqiy axborot tarqatish usullarini yanada keng joriy etish maqsadida aholi uchun huquq sohasi bilan bogʻliq xizmatlar va maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi, shu jumladan huquqiy maʼlumot resurslarini oʻzida jamlagan yagona mobil ilova yaratish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
50. |
Internet jahon axborot tarmogʻida oʻzbek, rus va ingliz tillarida yuritilayotgan “Huquqiy axborot” telegram kanali auditoriyasini yanada kengaytirgan holda, unda yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining qisqacha mazmunini tahliliy tarzda yoritib berish, shuningdek, aholiga huquq va majburiyatlarini tushuntirishga qaratilgan huquqiy materiallarni (xabarlar, sharhlar, infografikalar, video, audiomateriallar va boshqalarni) berib borish |
Targʻibot materiallari |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
51. |
Faol fuqarolik pozitsiyasi va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish hislarini shakllantirishga xizmat qiladigan, oʻz huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini oʻrgatishga qaratilgan “Street Law” huquqiy taʼlim dasturini keng joriy qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali tashkil qilish |
Kompleks huquqiy targʻibot tadbirlari |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
52. |
Davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan savollar asosida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga va telegramdagi rasmiy kanallariga anonim tarzda amaliy misollarni (“case study”) joylashtirish va bunda fuqarolarga muammo mazmun-mohiyatini tushuntirish, yechimlarni izlash va ulardan eng maqbulini tanlash imkoniyatini bergan holda real materialga asoslangan yoki unga yaqin hayotiy huquqiy, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa nizoli vaziyatlarni bayon etish |
Idoraviy hujjat |
2021-yil fevral |
Vazirlik va idoralar |
|
53. |
Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida “huquqiy onlayn maslahatchi” xizmatini joriy qilish va u orqali soha faoliyatiga doir qonun hujjatlarini targʻib qilish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy masaladagi savollariga javob berilishini taʼminlab borish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Vazirlik va idoralar |
|
54. |
Aholiga huquqiy axborot tarqatish samaradorligini yanada oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari bosh interfeysida majburiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali elektron manziliga (portal emblemasini koʻrsatgan holda) doimiy tarzda havola joylashtirish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Vazirlik va idoralar |
|
55. |
Aholi va ijrochilarga muntazam, toʻliq va tezkor ravishda huquqiy axborotni taqdim etib borishda, shu jumladan, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda veb-texnologiyalardan foydalanishni yanada kengaytirish chorasini koʻrish, bunda Internet jahon axborot tarmogʻidagi ijtimoiy sahifalarda (Facebook, Twitter, Youtube, Mytube. uz va h. k. ) faoliyatini faollashtirish chorasini koʻrish |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Vazirlik va idoralar |
|
56. |
“Here-and-now” tamoyili asosida fuqarolarga barcha dolzarb va zarur huquqiy maʼlumotlarni taqdim qiluvchi yangilangan e-maslahat. uz interaktiv huquqiy portalini (saytini) takomillashtirish |
Interaktiv axborot-huquqiy portali |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Madad” NNT (T. Tursunov) |
|
57. |
“Huquqiy targʻibotni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllash” tanlovini oʻtkazish |
Tashkiliy choralar |
2020-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish | ||||
|
58. |
Jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish boʻyicha bepul oʻquv kurslari va seminarlar tashkil qilish |
Oʻquv kurslari, seminarlar |
2021-yil Yanvar — mart Reja-grafik asosida |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev) |
|
59. |
Ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun oʻz sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha doimiy ravishda matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish |
Matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar |
Reja-grafik asosida |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), MTRK (A. Xadjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
60. |
Fuqarolarning huquqiy madaniyati va maʼrifatini oshirishga xizmat qiladigan, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hamda huquqiy mavzudagi boshqa loyihalarni tayyorlash |
Media-reja |
2020-yil |
MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
61. |
Davlat va jamiyat hamda fuqarolar hayotidagi muhim qonunlar, shuningdek yangi qabul qilingan boshqa qonun hujjatlari mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tahliliy tok-shou, bahs-munozara yoʻnalishidagi koʻrsatuv va eshittirishlarni tayyorlash va efirga uzatish |
Media-reja |
2020-yil |
MTRK (A. Xadjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
IV. Yuridik taʼlimni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish | ||||
|
62. |
Masofaviy taʼlim orqali qisqa muddatli kurslarda maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari va boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining huquq asoslari va bola huquqlari boʻyicha malakasini oshirish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
63. |
Oliy va oʻrta maxsus yuridik taʼlim muassasalari axborot kutubxona fondlarini ilgʻor xorijiy mamlakatlarda chop etilgan zamonaviy va ixtisoslashgan yuridik adabiyotlar va ularning elektron nusxalari bilan boyitish |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov),Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
64. |
Yuridik taʼlim muassasalarida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrgangan holda yangi oʻquv rejalarni ishlab chiqish,talabalar tomonidan huquqshunoslar uchun zarur boʻlgan zamonaviy bilim va koʻnikmalarni chuqur egallashlarini taʼminlash maqsadida ixtisoslashtirilgan fanlar hajmini koʻpaytirishni taʼminlash |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2020-yil dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
65. |
Yuridik taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga sudlar, ichki ishlar organlari, prokuratura, bojxona va soliq idoralari, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlaydigan yuristlarni, shu qatorda xalqaro (xorijiy) yuristlarni jalb qilish |
Tashkiliy |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), vazirlik va idoralar |
|
66. |
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning tajribasidan keng va unumli foydalangan holda Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻquv jarayoniga masofaviy taʼlimni tatbiq etish |
Tashkiliy |
2020-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
67. |
Oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish, mehnat bozorida talab qilinadigan kadrlar tayyorlash uchun yuridik kollejlarda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari koʻlamini kengaytirish |
Kompleks |
2021-yil iyun |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish | ||||
|
68. |
Jamiyatda huquqiy axborotni tarqatish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan dissertatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar koʻlamini kengaytirish |
Ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalari |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov) |
|
69. |
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish muammolariga bagʻishlab konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish |
Konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari |
2020-yil noyabrdan |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
70. |
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ahvoli, uning darajasi, koʻlamlari, dinamikasi va tendensiyalari yuzasidan ijtimoiy, maxsus, ilmiy va boshqa izlanishlarni amalga oshirish |
Ijtimoiy, maxsus, ilmiy va boshqa izlanishlar |
Har yarim yilda kamida bir marta |
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
71. |
Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish darajasi boʻyicha oʻtkazilgan sotsiologik soʻrov natijalarini ommaviy axborot vositalari, elektron va bosma nashrlarda hamda vazirlik va idoralarning veb-saytida doimiy yoritib borish |
Tahliliy materiallar |
2021-yil mart |
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), MTRK (A. Xadjayev) |