Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998 21.10.1992 yildagi 485-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI RAGʻBATLANTIRISh, ChET EL INVESTITSIYaLARINI JALB ETISh VA ULARNI HIMOYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, chet el investitsiyalarini jalb etish va ularni himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga binoan, respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va tashqi iqtisodiy faoliyatni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda investitsiyalar yoʻnaltiriladigan respublika hayotining eng dolzarb muammolarini hal etishni, uning iqtisodiy qudratini va eksport imkoniyatlarini jadal rivojlantirishni taʼminlaydigan oʻta ahamiyatli loyihalarning roʻyxati va texnikaviy-iqtisodiy tavsifini oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining chet el investitsiyalarini himoya qilishni koʻzda tutuvchi va shu masalalar boʻyicha nizolarni hakamlik sudida koʻrib chiqish tartibini belgilovchi tegishli xalqaro-huquqiy bitim va ahdlashuvlarga qoʻshilishi haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda bir oy muddat ichida chet el investitsiyalarini himoya qilish milliy sugʻurta jamgʻarmasi haqidagi nizom loyihasini, chet el kapitali ishtirok etadigan sugʻurta kompaniyalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va chet el investitsiyalarini sugʻurta qilish boʻyicha aʼmollar oʻtkazgan paytda mazkur kompaniyalardan soliq olishda ularga beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar haqidagi takliflarni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining roziligi bilan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda soʻm va valyutaga chet el tovarlari sotadigan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarni va fuqarolarni jalb etuvchi savdo korxonalari tarmogʻini barpo etish uchun zarur boʻlgan obyekt (bino, xona)lar roʻyxatini aniqlasin, chet el firmalari bilan Oʻzbekiston Respublikasida savdo uylari, firma doʻkonlari ochish yuzasidan tegishli ish olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 10 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasiga tovar sotish va xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Istiqbolni belgilash va statistika Davlat qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga litsenziyalanadigan tovarlar, (ishlar, xizmatlar)ni birjalar orqali sotish kvotalarini belgilash tartibi haqida takliflar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Litsenziyalanadigan eksport va import tovarlari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ikki hafta muddat ichida litsenziyalari kimoshdi savdosida sotilishi moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni litsenziyalash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda xorijiy kompaniyalar va xalqaro moliya tashkilotlarini jalb qilgan holda Oʻzbekistonda xalqaro paxta birjasini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqsin. Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddat ichida tegishli takliflarni taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo aʼmollariga xizmat koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi, Oʻzbekistonning “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida transport-ekspeditorlik aksionerlik kompaniyasini tuzsin va uning xalqaro transport-ekspeditorlik muassasalari va tashkilotlari tizimiga kirishiga doir chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga* muvofiq ayrim tovarlar, materiallar eksporti va importi uchun bojxona toʻlovlarining vaqtinchalik stavkalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga* muvofiq eksport va import qilinadigan ayrim tovarga boj haqlarini hisoblash va undirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova rus tilida berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovaga* muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtish taqiqlangan buyumlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*5-ilova rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish cheklab qoʻyilgan xalq isteʼmol mollari roʻyxati Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi tomonidan, savdodan tashqari oborotda qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlari stavkalari, bojxona ishlari uchun haq esa — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishib, zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi bilan yagona bojxona ittifoqi tuzgan yoki erkin savdo zonasiga kiradigan davlatlardan chiqadigan tovarlarga nisbatan import uchun boj toʻlovlari boʻyicha ularni bunday toʻlovdan ozod qilish shaklidagi imtiyozlar joriy etish toʻgʻrisida, stavkalarni oʻzgartirish yoki imtiyozli olib kirish uchun kvotalar belgilash haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dunyo jamoatchiligini, xorijiy ishbilarmonlar doiralarini respublikada jamiyatni yangilash, uni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilish, savdo, tashqi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni koʻzda tutuvchi huquqiy asoslarni yaratish, Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan texnikaviy hamkorligini axborot xizmati bilan taminlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan keng miqyosda tanishtirish maqsadida, shuningdek, mahalliy va xorijiy sheriklar oʻrtasidagi samarali hamkorlikni taʼminlaydigan konsultatsiyaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatuvchi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aloqalarini axborot bilan taʼminlovchi xoʻjalik hisobidagi idoralararo Markaz tuzish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, Adliya vazirligiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga, Matbuot davlat qoʻmitasiga, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga, Milliy axborot agentligiga boshqa manfaatdor respublika va chet el tashkilotlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aloqalarini axborot bilan taminlovchi Markaz tashkil qilishda hissa qoʻshish asosida ishtirok etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Markazga noshirlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi berilsin, unga respublikada va chet ellarda tarqatish maqsadida maxsus davriy nashrlar, axborot va reklama mahsulotlari chiqarishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aloqalarini axborot bilan taʼminlash Markazining manzili qilib mazkur kompleksning obyekti huquqlari bilan Respublika xalqaro savdo obyektlari kompleksi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aloqalarini axborot bilan taminlash Markazini kerakli telekommunikatsiya aloqasi jihozlari bilan shartnoma asosida taminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, urshmalar, ittifoqlar, mahalliy boshqaruv organlari Markazga uning ustavida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur axborotlarni olishida yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq B.S. Hamidovga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1992-yilning dekabr oyida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
485-son