1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilg‘i sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va ko‘mir sanoati);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-sonli “Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, mablag‘larni shakllantirish, foydalanish hamda Jamg‘armani boshqarish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi mablag‘lari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va ko‘p kvartirali uylarda energiya samarador texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etgan holda ularning energiya samaradorligini oshirish, jismoniy shaxslarga tijorat banklari orqali milliy valyutada ajratiladigan “yashil” iste’mol kreditlarini, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan, hamda ajratilayotgan kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan 5 foizlik qismini qoplash uchun uch yil muddatga kompensatsiya ajratish, shu jumladan, issiqlik himoyasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlashni moliyalashtirish, shuningdek, energiya auditini o‘tkazish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlari tashkil etish (bino va inshootlarni qurishdan tashqari) va seminarlar o‘tkazish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, issiqlik nasoslari, rekuperatorlar, reaktiv quvvatni tiklovchi qurilmalar (kondensator batareyalari), rele himoyasi uchun mikroprotsessor bloklari, chastotali o‘zgartirgichlar va bir tekis ishga tushirish qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha startap-loyihalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish korxonalarining ustav jamg‘armalari (kapitallari) hamda korxonalarning loyihalarini shakllantirishda ishtirok etish;

Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini ta’minlash, uning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni moddiy rag‘batlantirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarorining 6-bandida ko‘rsatilgan tadbirlarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda energiya auditi o‘tkazish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

shahar transportining yoqilg‘i-energetika samaradorligini yaxshilash, shuningdek, energiya xarajatlarini kamaytirish uchun transport oqimlarini axborot va imitatsion modellashtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha innovatsion tadbirlarni o‘tkazish uchun yo‘naltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
640-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 640-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, mablag‘larni shakllantirish, foydalanish hamda Jamg‘armani boshqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z mustaqil balansiga, bank hisobvaraqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhriga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Istiqbol ko‘chasi, 21 uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘armaning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — Extra-budgetary Intersectoral Energy Saving Fund under the Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Extra-budgetary Intersectoral Energy Saving Fund;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq nomi — Vnebudjetniy Mejotraslevoy fond energosberejeniya pri Ministerstve energetiki Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Vnebudjetniy Mejotraslevoy fond energosberejeniya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘armaning asosiy maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda hamda aholi xonadonlarida energiya samaradorligi loyihalarini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Jamg‘arma faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari yoki xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar moliya tashkilotlari bilan birgalikda loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
grant asosida energiya samaradorligini oshirish loyihalarini rivojlantirishda vakillik xarajatlarni qisman qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarida, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarida zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etilishida bank bilan kelishilgan holda imtiyozli kredit berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad olish va ushbu olingan daromadlarni kichik energetika sohasini rivojlantirishga qayta yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish (qisman yoki to‘liq moliyalashtirish) va energiya samaradorligi loyihalarini va energiya tejamkorlik tadbirlarini ekspert guruhi xulosalariga ko‘ra moliyalashtirish (moliyaviy qarz berish) va amalga oshirilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalar, asbob-uskunalar va materiallarni ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga belgilangan tartibda imtiyozli ravishda moliyaviy qarz berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi energiya manbalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini hamda kichik energetikani rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya auditini o‘tkazishda moliyaviy va texnik ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining yoqilg‘i-energiya resurslari iste’molini qisqartirish va oqilona foydalanishga qaratilgan faoliyatini ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarida energetik tekshiruvlarni o‘tkazilish jarayonida foydalaniladigan texnologik uskunalar va texnik vositalarni xarid qilishni qisman yoki to‘liq moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari uchun energiya tejamkor uskunalarni xarid qilish va o‘rnatilishida moliyaviy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish loyihalari doirasida tijorat banklariga beriladigan kredit kafolatlari kabi kreditga layoqatni oshirish mexanizmlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish loyihalari doirasida tijorat banklari bilan hamkorlikda energiya servisi kompaniyalarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorlikni oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan davlat idoralari bilan energiya servisi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq energiya samaradorligi loyihalarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan targ‘ibot va axborot ta’minotini tashkil etishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa energiya tejamkorligi tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirish.
(7-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — loyiha tashabbuskori xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki ijtimoiy soha muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit — qarz oluvchilar loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan bank krediti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi loyihalari — energiya tejamkor texnologiyalar va energiya tejamkor uskunalarni, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish orqali obyektning energiya sarfini kamaytirish, yoqilg‘i-energiya resurslaridan (elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi, suyultirilgan gaz, ko‘mir) foydalanishda kamida o‘n foiz samaradorlikka olib keluvchi chora-tadbirlari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘armani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma o‘z faoliyati to‘g‘risida Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Kuzatuv kengashi) hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armaning ijro etuvchi organi Direksiya hisoblanadi. Direksiyani ijrochi direktor boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kuzatuv kengashi o‘z faoliyati doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi loyihalari va energiya tejamkorlik tadbirlarini ko‘rib chiquvchi ekspert guruhi tarkibini tasdiqlaydi va uning faoliyatini moliyalashtirish masalalarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan energiya samarador loyihalarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va energiya samaradorligi loyihalarini va energiya tejamkorlik tadbirlarini ekspert guruhi xulosalariga ko‘ra tayyorlangan Direksiyaning taklifini ko‘rib chiqib, moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning yillik daromadlar va xarajatlar prognozini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini depozitlar va boshqa moliyaviy aktivlarni tijorat banklariga joylashtirishni cheklovchi parametrlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning umumiy strategiyasini, uning investitsiya siyosatini, moliyalashtirish manbalarini, moliyalashtirish vositalarini, loyihaga muvofiqlik mezonlarini va operativ boshqaruvni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning faoliyatini, shu jumladan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishini, moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida o‘z vaqtida qaror qabul qilishni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘larning sarflanishi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar va ajratilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligi va natijalari to‘g‘risida Jamg‘arma Direksiyasining hisobotlarini doimiy ravishda eshitib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan yil yakuni bo‘yicha audit o‘tkazish uchun audit tashkilotini tanlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish hollari aniqlanganda asossiz xarajatlarni va yetkazilgan zararni qoplash va suiste’mol qilish holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik energiya, qayta tiklanuvchi energiya va ikkilamchi energiya manbalarini rivojlantirish, ayniqsa chekka hududlarni infratuzilmaviy rivojlantirish loyihalar bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘armaning ustav jamg‘armasini ko‘paytirish to‘g‘risida taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Direksiyaning ta’minoti Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning joriy faoliyatini boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlar operatsion rejalari va prognozlarini shakllantiradi va Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarini qarz oluvchilar bo‘yicha qayta moliyalashtirish uchun qaytarish shartlari asosida moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashiga Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va manbalarini kengaytirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning o‘z vaqtida va samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning daromadlarini va xarajatlarini hamda ularning bajarilishi to‘g‘risida hisobotni tayyorlab, ularni tasdiqlash uchun Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan tizimli monitoring olib boradi va javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini depozitlar va boshqa moliyaviy aktivlarini tijorat banklariga joylashtirish yuzasidan Kuzatuv kengashiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashi ko‘rsatmalariga muvofiq Jamg‘armaning investitsiya siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etish maqsadida loyihalarni moliyalashtirish buyurtmalarini berish hamda moliyaviy vositalarni qo‘llash qoidalari va tartiblarini belgilovchi qo‘llanmani ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamg‘arma Direksiyasining ijrochi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijro etuvchi direksiyaning direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning boshqaruvini amalga oshiradi, Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan masalalar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini tashkil qiladi va nazoratini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan energiya samarador loyihalarni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqadi va Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ekspertizadan o‘tkazish, tahlil qilish, aktivlarni boshqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni direksiyaga jalb qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Jamg‘arma manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma nomidan mehnat, iqtisodiy, ssuda va boshqa bitimlar imzolaydi, shuningdek, Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini hamda boshqa moliyaviy aktivlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirish choralarini ko‘radi;
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni bilan bajarilgan ishlar va keyingi chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar yuzasidan Kuzatuv kengashiga hisobot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq Direksiyaning faoliyatini tashkil etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamg‘armaning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash, boshqa ishga o‘tkazish va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasining shtat birligi va xarajatlar smetasi Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbaalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisobiga neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan 5 foiz miqdoridagi o‘tkazmalar, korxonalarning sof foydasidan dividendga yo‘naltirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno. Mazkur o‘tkazma mablag‘lari Jamg‘armaga korxonalar sof foydasining taqsimoti va davlat ulushiga hisoblangan dividendlar to‘g‘risida ularning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir oy ichida o‘tkazib berilishi lozim;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani me’yordan ortiqcha iste’mol qilganlik uchun korxonalarga qo‘llaniladigan oshirilgan tariflardan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan iqtisodiy sanksiyalar summasining 20 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar berish va Jamg‘armaning boshqa moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlari hamda donor tashkilotlari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamg‘arma aktivlarini boshqarish, shu jumladan, bo‘sh mablag‘larni bank muassasalarida depozit sifatida joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomaga muvofiq moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan olingan foydaning bir qismi, bunda uning summasi ko‘rsatilgan xizmatlar summasining yigirma besh foizidan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(18-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamg‘armaning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘limida belgilangan tartibda ochilgan hisobvaraqlarida jamg‘ariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamg‘armaning mablag‘laridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va ko‘p kvartirali uylarda energiya samarador texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etgan holda ularning energiya samaradorligini oshirish, jismoniy shaxslarga tijorat banklari orqali milliy valyutada ajratiladigan “yashil” iste’mol kreditlarini, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan, hamda ajratilayotgan kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan 5 foizlik qismini qoplash uchun uch yil muddatga kompensatsiya ajratish, shu jumladan, issiqlik himoyasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlashni moliyalashtirish, shuningdek, energiya auditini o‘tkazish;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlari tashkil etish (bino va inshootlarni qurishdan tashqari) va seminarlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, issiqlik nasoslari, rekuperatorlar, reaktiv quvvatni tiklovchi qurilmalar (kondensator batareyalari), rele himoyasi uchun mikroprotsessor bloklari, chastotali o‘zgartirgichlar va bir tekis ishga tushirish qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha startap-loyihalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish korxonalarining ustav jamg‘armalari (kapitallari) hamda korxonalarning loyihalarini shakllantirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini ta’minlash, uning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni moddiy rag‘batlantirish;
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda energiya auditi o‘tkazish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar transportining yoqilg‘i-energetika samaradorligini yaxshilash, shuningdek, energiya xarajatlarini kamaytirish uchun transport oqimlarini axborot va imitatsion modellashtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha innovatsion tadbirlarni o‘tkazish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘armadan moliyaviy mablag‘ jalb etish uchun hujjatlarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Loyiha tashabbuskori Jamg‘armadan moliyaviy mablag‘ jalb etish maqsadida onlayn Direksiyaga (energoservis saytiga) buyurtma to‘ldirish orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Buyurtmada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz olish uchun ariza, aniq qarz summasini ko‘rsatilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etiladigan kredit bo‘yicha pul oqimini tahlil qilingan holda biznes reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energoaudit xulosasi, erishilishi kutilayotgan energiya samaradorligi darajasi ko‘rsatilgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomonidan buyurtma berilgan arizada, qarz summasi, qarzga xarid qilinadigan uskuna, undan erishiladigan natija ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Direksiyaga kelib tushgan buyurtma ekspert guruhi tomonidan besh ish kunida ko‘rib chiqiladi va loyihani moliyalashtirish yoki rad etish to‘g‘risida xulosa tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekspert guruhi tomonidan moliyaviy mablag‘ ajratish to‘g‘risida ijobiy xulosa berilgan loyihalar bo‘yicha Direksiya tomonidan bir hafta muddatda taklif tayyorlanib, Kuzatuv kengashiga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekspert guruhi tomonidan moliyaviy mablag‘ ajratish rad etilgan xulosa berilgan loyihalar bo‘yicha Direksiya bir hafta muddatda qarz oluvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kuzatuv kengashi uch kun muddatda loyihani moliyalashtirish to‘g‘risida 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma to‘ldiradi. Ushbu bayonnoma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi va Jamg‘armadan mablag‘ ajratilishiga, tijorat banki tomonidan loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kuzatuv kengashining qarori ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘lsa, Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi kuchga ega hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Direksiya Kuzatuv kengashi tomonidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kundan keyin bir kun muddatda energoservis sayti orqali onlayn tarzda qarz oluvchiga ma’lumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamg‘armadan mablag‘ ajratilishi Jamg‘arma va qarz oluvchi o‘rtasida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qarz oluvchi shartnomada keltirilgan shartlarga asosan mablag‘larni qaytarish uchun mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ekspert guruhi tomonidan mablag‘ ajratish rad etilgan xulosa berilgan taqdirda Direksiya bir kun ichida qarz oluvchiga asoslangan tarzda onlayn rejimda buyurtma qabul qilinmaganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirish 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Huquq va majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Direksiyaning (Jamg‘armaning) huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz olgan tashkilotlar tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan to‘liq ma’lumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkli bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro aloqalar o‘rnatish, hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish hamda xalqaro dasturlar va loyihalarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish faoliyatini xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga to‘liq mos holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomda nazarda tutilgan maqsadlarga erishishda xususiy sektor, xalqaro hamkorlar va turli milliy, mintaqaviy va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni rag‘batlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(33-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Direksiya (Jamg‘arma)ning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlariga va Jamg‘armaning ustaviga muvofiq amalga oshirish;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choraklik va yillik hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Kengashga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha buyurtmachilar va tegishli loyihalar kamsitilmasligi, xolislik va teng imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, jamg‘armaning mol-mulkidan foydalanilishi to‘g‘risida har yili hisobotlar tayyorlash va e’lon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya (Jamg‘arma) zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham qabul qilishi mumkin.
(34-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jamg‘armaning joriy yilda sarflanmagan mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kuzatuv kengash, ijrochi direktor va bosh hisobchi Jamg‘arma mablag‘laridan qonuniy va maqsadli foydalanilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Jamg‘arma tugatilgan taqdirda, Jamg‘arma tomonidan kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin uning barcha mablag‘lari va aktivlari O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasidan mablag‘ ajratilishiga ruxsat berish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAYONNOMA

Kuzatuv kengashi a’zolari loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasi direksiyasi tomonidan ekspert guruhi xulosasiga asosan tayyorlangan taklifni o‘rganib chiqib, qaror qiladi:
1. Taqdim etilgan xulosaga asosan energiya jihatidan samaradorlikka erishish uchun ____________________________ so‘m miqdorida moliyaviy qarz (kredit) berilsin.
2. Ijro etuvchi direksiya loyihani o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirilishini tashkillashtirsin.
Ushbu xulosaga ilova qilinayotgan asoslantiruvchi ma’lumotlar uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ilova ____ varaqda.
Kuzatuv Kengashi a’zolari:
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlari
Muddatlar
I bosqich
Loyiha tashabbuskori
1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasiga (Nizomda keltirilgan ma’lumotlar) hujjatlarni onlayn tarzda taqdim etadi.
Zarurat bo‘lganda
II bosqich
Ekspert guruhi
Tashabbuskorning murojaat va hujjatlarini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi va Direksiyaga taqdim etadi.
5 ish kuni
III bosqich
Direksiya
1. Ekspert guruhi tomonidan ijobiy xulosa berilgan loyihalar bo‘yicha moliyaviy mablag‘ ajratish to‘g‘risida Direksiya tomonidan taklif tayyorlanib, Kuzatuv kengashiga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
2. Ekspert guruhi tomonidan rad etilgan xulosa berilgan loyihalar bo‘yicha qarz oluvchiga xabar beradi.
7 ish kuni
IV bosqich
Kuzatuv kengashi
Kuzatuv kengashi loyihani moliyalashtirish to‘g‘risida bayonnoma to‘ldiradi. Ushbu bayonnoma Jamg‘armadan mablag‘ ajratilishiga va tijorat banki tomonidan loyihani qayta moliyalashtirishga asos hisoblanadi.
3 ish kuni
V bosqich
Direksiya
Kengash tomonidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin onlayn tarzda qarz oluvchiga ma’lumot beradi.
1 ish kuni
VI bosqich
Direksiya, Loyiha tashabbuskori
Jamg‘armadan mablag‘ ajratish uchun shartnoma rasmiylashtiriladi.
3 ish kuni
VII bosqich
Direksiya, tijorat banki
Tijorat banki orqali Jamg‘armadan ajratilgan qarz loyiha tashabbuskori hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
1 ish kuni
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/640/1366-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.10.2023-y., 09/23/517/0740-son; 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son)