09.10.2020 yildagi 637-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yoʻllanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yetkazib berish jarayonini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi (keyingi oʻrinlarda — Yagona milliy tizim) yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi boʻyicha umumiy qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona milliy tizim orqali pochta joʻnatmalarini yuborish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona milliy tizim orqali pochta joʻnatmalarini yetkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini taʼminlash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Yagona milliy tizim operatori etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta joʻnatmalarini yetkazib berish nazorat muddatlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda pochta joʻnatmalarining xavfsizligi va yozishmalar siri taʼminlangan holda qabul qiluvchilarga belgilangan muddatlarida yetkazib berilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda idoraviy axborot tizimlarini Yagona milliy tizim bilan integratsiya qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslar nomiga pochta joʻnatmalarini ushbu tizimdan foydalanilgan holda yuborishni joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili kelgusi yil uchun xarajatlar smetasini shakllantirishda pochta joʻnatmalarini Yagona milliy tizimdan foydalangan holda yuborish uchun mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yoʻllanuvchi huquqiy jihatdan ahamiyatli boʻlmagan xat-xabarlarni yetkazib berish jarayonini bosqichma-bosqich toʻliq elektron shaklga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
637-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 637-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar nomiga yoʻllanuvchi xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda — pochta joʻnatmalari) Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yetkazib berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻzaro almashinuvchi, shu jumladan, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali elektron almashinuvchi xat-xabarlar va hujjatlarga, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyat, maʼmuriy, fuqarolik hamda iqtisodiy ishlar, tergovga qadar tekshiruv, xizmat tekshiruvi va shu kabi toʻplangan hujjatlariga hamda davlat sirlari yoki tarqatilishi qonun bilan cheklanuvchi boshqa maʼlumotlarga ega hujjatlarga, shuningdek, xorijiy davlatlarga yoʻllanadigan pochta joʻnatmalariga, bundan tashqari yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz xohishlariga koʻra javob xatlarini ularning elektron pochta manziliga yuborilishini soʻrab qilgan murojaatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi bogʻlamalari — pochta yoʻnalishlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan, biriktirilgan hududda pochta joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish), pochtaga ishlov berish va uning almashinuvi boʻyicha oʻzaro bogʻliq vazifalar bajarilishini taʼminlovchi pochta aloqasi obyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi obyektlari — pochta aloqasi operatorlarining alohida boʻlinmalari (pochtamtlar, pochta aloqasi bogʻlamalari, boʻlimlari, punktlari, shuningdek, boshqa boʻlinmalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona milliy tizim — xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarning elektron tarzda qabul qilinishi hamda tegishli pochta aloqasi bogʻlamasi tomonidan qogʻoz koʻrinishida chop etilib, koʻrsatilgan manzillar boʻyicha pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yetkazib berilishini, yetkazilganligini tasdiqlashni, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishni taʼminlovchi axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qiluvchi — xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlar yuborilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi pochta joʻnatmalari Yagona milliy tizim orqali yoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, shu jumladan, ular tomonidan yoʻllangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov xabarnomalari va bildirishnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv qogʻozlari, sud xabarnomalari va protsessual hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish toʻgʻrisidagi qarorlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta joʻnatmalarini yetkazib berish va tizim orqali koʻrsatiluvchi qoʻshimcha xizmatlar Yagona milliy tizim operatori tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona milliy tizim orqali pochta joʻnatmalarini yuborish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pochta joʻnatmalarini Yagona milliy tizim orqali yetkazib berish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat organlari va tashkilotlarida mavjud axborot tizimlarini, shu jumladan, elektron hujjat aylanishi tizimlarini Yagona milliy tizimga integratsiya qilish orqali pochta joʻnatmalarini yuborish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona milliy tizim, shuningdek, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga integratsiya qilinadi, davlat organlari va tashkilotlariga ushbu tizimdan foydalangan holda Yagona milliy tizim orqali pochta joʻnatmalarini yuborish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat organlari va tashkilotlarida pochta joʻnatmalarini elektron shaklda Yagona milliy tizim orqali yuborishning imkoniyati boʻlmagan hollarda ushbu davlat organlari va tashkilotlarining xohishiga koʻra pochta joʻnatmalari Yagona milliy tizim operatorining pochta aloqasi obyektlarida qogʻoz koʻrinishda qabul qilinishi mumkin. Qogʻoz koʻrinishida qabul qilingan pochta joʻnatmalari Yagona milliy tizim operatori tomonidan qoʻshimcha haq evaziga elektron shaklga oʻtkazilib Yagona milliy tizimga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yagona milliy tizim orqali pochta joʻnatmalarini yetkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yagona milliy tizimga elektron tarzda tushgan (oʻzaro kelishilgan formatdagi) pochta joʻnatmalarini yuklash va keyingi ishlov berish jarayonida davlat organlari va tashkilotlariga berilgan shtrix koddan foydalaniladi, shuningdek, pochta joʻnatmalari avtomatik ravishda tegishli manzillar boʻyicha pochta aloqasi bogʻlamalariga tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tegishli pochta aloqasi bogʻlamalariga elektron shaklda tushgan pochta joʻnatmalari qogʻoz koʻrinishida chop etilib, boshqa pochta joʻnatmalaridan farqlanib turadigan maxsus pochta konvertiga joylashtiriladi yoki konvertsiz koʻrsatilgan manzillar boʻyicha joʻnatiladi va qabul qiluvchilarga nazorat muddatlarida yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pochta joʻnatmalarini qabul qiluvchilarga topshirish qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar qabul qiluvchi uning nomiga keladigan pochta joʻnatmalarini elektron shaklda olish toʻgʻrisida pochta aloqasi obyektlariga yozma ravishda murojaat qilgan boʻlsa, u holda pochta joʻnatmasi elektron shaklda qabul qiluvchi tomonidan koʻrsatilgan elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pochta joʻnatmalari yetkazib berilganligi yoki yetkazib berilmaganligi sabablari va boshqa maʼlumotlar tegishli pochta aloqasi bogʻlamasi tomonidan Yagona milliy tizimga muntazam ravishda kiritilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har bir pochta joʻnatmasi toʻgʻrisidagi maʼlumot unga taqdim qilingan shtrix kod orqali Yagona milliy tizimdan onlayn kuzatib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qogʻoz koʻrinishida chop etilgan pochta joʻnatmalarini qabul qiluvchilarga yetkazib berishning imkoniyati boʻlmagan hollarda ushbu pochta joʻnatmalari pochta aloqasi bogʻlamasida olti oy davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash muddati tugaganidan soʻng hujjatlar ularni joʻnatgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning talablariga binoan qaytariladi, talab qilib olinmagan xat-xabarlar va hujjatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan elektron shaklda yuborilgan pochta joʻnatmalari qachon va kimga topshirilganligi yoki topshirilmaganligi sabablari hamda pochta joʻnatmalarining elektron shakldagi maʼlumotlari Yagona milliy tizimda bir yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimda saqlash muddati tugaganidan soʻng ushbu pochta joʻnatmalarining elektron shakldagi maʼlumotlari dasturiy ravishda arxivlanib, belgilangan muddatda saqlash uchun idoraviy arxivga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yagona milliy tizimda axborot xavfsizligini taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yagona milliy tizim operatori tizim orqali pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini, tizimda shaxsga doir maʼlumotlar, shuningdek, pochta joʻnatmalaridagi maʼlumotlarning muhofaza qilinishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yagona milliy tizimda saqlanadigan pochta joʻnatmalaridan faqat ularni yuborgan davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, qabul qiluvchining roziligi bilan ushbu pochta joʻnatmalariga ishlov berish, ularni yuborish va olish uchun foydalaniladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar mustasno.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizom bilan tartibga solingan masalalar boʻyicha paydo boʻladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni Yagona milliy tizim orqali yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 09/20/637/1363-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)