Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 29.08.2020 yildagi 526-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021-yillarda iqtisodiy oʻsishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurlaridagi Koronavirus pandemiyasining Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga taʼsirining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining investitsiyaviy va tashqi iqtisodiy faolligini tiklash, shuningdek, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida oʻtkazilgan majlisdagi topshiriqlardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqa vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tarkibiy oʻzgarishlarni tiklash va davom ettirish boʻyicha quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda iqtisodiyot asosiy sektorlarining rivojlanishini saqlashga va 2021-yildan boshlab barqaror iqtisodiy oʻsishni 5,0 — 5,5 foiz darajasida taʼminlashga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor institutlarini isloh qilishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda, inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va bank xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bank tizimini yanada isloh qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish va kambagʻallikni qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va raqobat siyosatini, jumladan, mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga ichki talabni ragʻbatlantirish, tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning strategik tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya jarayonlarini, birinchi navbatda, mahalliy investorlarning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va qoʻshilgan qiymatning ishlab chiqarish “zanjirlari”ni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini ragʻbatlantirish uchun ichki manbalarni kengaytirish yoʻli bilan faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi korxonalarni qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali, shu jumladan savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni yangi eksport bozorlariga yetkazib berishni kengaytirishda savdo-vositachilik tashkilotlarini ragʻbatlantirish hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari tizimida xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish, hududlardagi kichik sanoat zonalarini ularga ishlab chiqarish va transport infratuzilmasi obyektlarini oʻtkazish uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslarni ajratgan holda rivojlantirish asosida ishbilarmonlik va raqobat muhitining qulayligini oshirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda aholiga kompleks xizmatlar koʻrsatadigan savdo tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish, mahalliy mobil aloqa operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-bosqich sotish va qishloq joylarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2021-yilda barcha ijtimoiy muassasalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulashni yakunlash hisobiga xizmatlar sohasi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy oʻsishni tiklash va tizimli tarkibiy oʻzgarishlarni davom ettirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Harakatlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari (A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, S.U. Umurzakov) va Bosh vazir maslahatchisi (O.M. Umarov) bir hafta muddatda tadbirlarni amalga oshirishning aniq bosqichlari va muddatlarini koʻrsatgan holda, Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqilishi hamda ularning tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari kesimida tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mutasaddi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga har oyda maʼlumot kiritgan holda Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi”dagi tegishli tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish taʼminlanishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, shuningdek, hududlar kesimida “Yoʻl xaritasi” doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi tizimli asosda tahlil qilinishini va ularning Harakatlar rejasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarga erishishga taʼsirini baholashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, “Yoʻl xaritasi”ga manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan kelishgan holda, Harakatlar rejasini amalga oshirish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga taʼsirini baholash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har oyda axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
526-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 526-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy oʻsishni tiklash va tizimli tarkibiy oʻzgarishlarni davom ettirish boʻyicha 2020-2021-yillardagi amaliy harakatlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-bob. Koronavirus pandemiyasi tarqalishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishinining oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar yordamida dunyoning koʻplab mamlakatlarida kuzatilgan eng yomon holatlar chetlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 million kishiga toʻgʻri keladigan infeksiya va oʻlim darajasi (mos ravishda 110 va 0,5) dunyo boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 9-10 baravar past (mos ravishda 848 va 50).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infeksiya bilan zararlanganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, profilaktika qilish, davolash va tibbiy xodimlarni moliyaviy ragʻbatlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri sanitariya-gigiyena va tibbiy xarajatlar 651 milliard soʻmni (65 million dollar ekvivalentida), karantin markazlarining qurilishiga uzoq muddatli sarmoyalar va tibbiy asbob-uskunalar sotib olish — 1,2 trillion soʻmni (120 million dollar ekvivalentida) tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, asosan, joriy yilning II choragidagi majburiy karantin choralari iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga oʻz salbiy taʼsirini koʻrsatdi. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hisob-kitoblarga koʻra, joriy yilning I yarim yilligida YIMning oʻsishi 100,2 foizni (dastlabki prognozga nisbatan 105,8%), sanoat — 98,1 foizni (105,9%), xizmatlar — 102,6 foizni (107,3%), qishloq xoʻjaligi — 102,8 foizni (103,3 %) tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun: eng ogʻir karantin (aprel) oyida sanoatning pasayishi taxminan 22,8 foizga (2019-yil aprelga nisbatan), xizmatlar 37,5 foizga; eksport 9,6 foizga baholanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning may oyi oʻrtalaridan boshlab sanoat va qurilish korxonalarining karantin choralaridan bosqichma-bosqich olib chiqiilishi YIM, sanoat va qurilishni chuqur pasayishining oldini oldi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston iqtisodiyotda pasayish bilan emas, balki iqtisodiy oʻsish surʼatlari pasayishi bilan pandemiyaning salbiy oqibatlarini chegaralaydigan sanoqli davlatlardan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) davlat budjeti daromadlari qimmatbaho metallarning qulay narxlari hisobiga sezilarli darajada pasaymadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, 2020-yilning birinchi yarim yilligida konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining shakllanishi, shuningdek, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hisobiga ikkinchi darajali xarajatlarni sekvestrlashtirishga qaramasdan, YIMning 4,1 foizni (reja — 0,5 %) tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, karonavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar doirasida davlat budjeti daromadlari 2,8 trillion soʻm yoki YIMning 0,4 foiz miqdorida kamayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻtgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan investitsiyalar hajmi va oʻsish surʼatlari biroz pasaydi (prognoz qilingan 108,2 foizga nisbatan 87,2 foiz), lekin iqtisodiyot uchun muhim boʻlgan 39 ta yirik loyihalar obyektiv sharoitlar tufayli belgilangan muddatidan kech ishga tushiriladi. Bu nafaqat 2020-yilda, balki 2021-yilda YIMning oʻsish surʼatlariga salbiy taʼsir qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) xomashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berishda transport-logistika cheklovlari, korxonalarning vaqtincha yopilishi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda qoʻllangan karantin choralari nafaqat importning 15 foiz qisqarishiga taʼsir qildi, balki eksport hajmiga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi yarmida eksportdagi yoʻqotishlar 2019-yilning shu davriga nisbatan 1,8 milliard dollarga, jumladan, tabiiy gaz eksporti 735 million dollar, turizm xizmatlari — 399,1 million dollar, aviatsiya xizmatlari — 150,3 million dollar; meva-sabzavot mahsulotlari — 215,5 million dollar; mis va rux mahsulotlari — 106 million dollarga baholanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) turizm, transportning barcha turlari, umumiy ovqatlanish, nooziq-ovqat tovarlari savdosi, barcha turdagi taʼlim xizmatlari, madaniy va koʻngilochar muassasalar xizmatlari koronavirus pandemiyasidan eng koʻp zarar koʻrgan tarmoqlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaziyat shunday murakkablashmoqdaki, ushbu tarmoqlarning inqirozgacha faoliyatini tiklash nafaqat Oʻzbekiston Hukumatining choralari, balki dunyoda infeksiya tarqalishining umumiy holati bilan bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining keng avj olish davrida aholi va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash uchun qabul qilingan asosiy choralar, tiklanish bosqichlari va 2020-yilda kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sanitariya-gigiyena tadbirlarini oʻtkazish, infeksiya yuqtirish va yuqtirgan odamlarni davolash, iqtisodiyotning alohida eng koʻp zarar koʻrgan tarmoqlarini saqlash, investitsion faollikni va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni oshirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida 10 trillion soʻm miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 1-iyul holatiga, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 5,6 trillion soʻm mablagʻ sarflangan boʻlib, shundan tashxis-test tizimlari, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish, sanitariya-epidemiologiya ishlarini amalga oshirish hamda tibbiyot xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga 724 milliard soʻm sarflandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) korxonalar bankrot boʻlishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilish, muhtoj xoʻjalik subyektlariga, birinchi navbatda, zarar koʻrgan tarmoqlarga subsidiyalar, kreditlar yoki prolongatsiyalar shaklidagi qoʻshimcha moliyaviy resurslar ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, karantin choralaridan zarar koʻrgan 59,8 mingta kichik biznes subyektlari va korxonalar 567,5 milliard soʻm miqdorida mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod qilindi. 20,3 mingta xususiy tadbirkorlik subyektlariga foydalanilmayotgan yer uchastkalari va obyektlari uchun yuqori stavkalarni tadbiq etish va jarimalarni (1,1 trillion soʻm) undirish toʻxtatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328,8 mingta mikrofirma va kichik korxonalar (1,68 million ishchi) uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga (662 milliard soʻm) kamaytirildi. 239 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam ijtimoiy soliq miqdori bazaviy hisoblangan summaning 50 foizigacha (155 milliard soʻmdan ortiq) kamaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 022 ta eksport qiluvchi, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha debitorlik qarzlari mavjud korxonalarga 1,7 trillion soʻm miqdoridagi jarimalarni qoʻllash toʻxtatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan 23,9 trillion soʻmlik kreditlar prolongatsiya qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) “Har bir oila — tadbirkor” dasturi orqali aholining eng muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning daromad bazasini 4 trillion soʻmga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan aholini, ayniqsa, kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ishsizlarni jamoat ishlariga jalb etish uchun 621 milliard soʻm ajratildi. Ijtimoiy nafaqalar oluvchi oilalar soni 595 mingdan 799 minggacha yoki 34 foizga koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan ortiqcha toʻlangan pensiyalar boʻyicha 12,9 ming nafaqa oluvchilarning 20 milliard soʻmdan ortiq qarzlari hisobdan chiqarib tashlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi marta kambagʻallar bilan manzilli ishlar boshlandi. Uyma-uy oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida 583 mingta moddiy yordamga muhtoj “kambagʻal oilalar” aniqlandi. Ularni qashshoqlikdan chiqarish va bandligini taʼminlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Saxovat va koʻmak” umummilliy harakati doirasida ularga 307 milliard soʻmdan ortiq miqdorda moddiy yordam koʻrsatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligi uchun zarur va muhim boʻlgan sektorlarni maqsadli qoʻllab-quvvatlash (energetika, kimyo, toʻqimachilik, elektrotexnika sanoatlari, qurilish, bank ishi, turizm, sogʻliqni saqlash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, turizm bilan shugʻullanuvchi 3 167 ta yakka tartibdagi tadbirkor uchun jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan daromad soligʻini hisoblash toʻxtatildi (3,1 milliard soʻm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning oxiriga qadar 3 704 ta sayyohlik, mehmonxona xizmati va aviatsiya sohasi subyektlari yer soligʻi va mulk soligʻidan ozod qilindi, shuningdek, ular uchun ijtimoiy soliq xajmi 12 foizdan 1 foizga pasaytirildi (154,5 milliard soʻmdan ortiq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy asbob-uskunalarni import qilishda, 2,8 milliard soʻmlik bojxona toʻlovlaridan ozod qilish maqsadida imtiyozlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish va alkogol mahsulotlari savdosi sohasi bilan shugʻullanuvchi 11,2 mingdan ortiq korxonalar uchun ajratmalar (5 foizdan 3 foizgacha) va yigʻimlar miqdori (25 foizga) kamaytirildi, bu esa ularga 17,1 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlarni oʻz ixtiyorida qoldirishga imkon yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyatini taʼminlash maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2 166 milliard soʻm ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, irrigatsiya va meliorativ obyektlari, ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlari uchun 3,7 trillion soʻmlik qoʻshimcha 2 424 ta infratuzilma loyihalari roʻyxati shakllantirildi va mazkur loyihalar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 1,1 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini karantin choralaridan holi hudud sifatida saqlash, barcha qishloq xoʻjaligi tadbirlarini oʻz vaqtida moliyalashtirish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83 mingta qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qoʻshimcha yordam sifatida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdori 50 foizga kamaytirilib, 814 milliard soʻmdan oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, tabiiy ofatlar roʻy bergani sababli, shu yilning aprel oyida Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 16,6 ming gektar ekin maydonlari, shuningdek, Fargʻona vodiysining bir qator maydonlaridagi bogʻlar zarar koʻrdi. Sardoba viloyatidagi suv omborining qulashi tufayli 21 ming gektardan ortiq ekin maydonlari muomaladan chiqarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, 2020-yilning I yarim yilligida yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 102,8 foizni tashkil qildi (prognoz —102,4 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasiga qarab (“qizil”, “sariq”, yashil” mintaqalar) viloyatlar va yashash punktlarida karantin tadbirlarini oʻz vaqtida bosqichma-bosqich olib tashlash orqali virus tarqalmagan joylarda biznesni tiklash jarayonini kechiktirmaslikka imkon yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) biznes va aholini qoʻllab-quvvatlash uchun “qoʻl rejimida” ishlaydigan qashshoqlikni kamaytirish va aholining samarali talabini saqlashga qaratilgan keng koʻlamli maʼmuriy chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida eʼtibor pandemiya tufayli aholining, ayniqsa, mamlakatga qaytgan mehnat muhojirlari orasida ishsiz qolganlarning muammolariga qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 231,9 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinishi uchun Jamgʻarmadan 165,7 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar ajratildi. Xususiy xoʻjaliklar va kooperativlarga 30,7 mingdan ortiq fuqaro ishga jalb etilgan, shuningdek, bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan ajratilgan subsidiyalar hisobidan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan chora-tadbirlar Oʻzbekistonga joriy yilning may oyi boshida sanoat pasayishining eng past nuqtasini bartaraf etish va joriy yilning iyun oyi oʻrtalariga kelib, xizmat koʻrsatish sohalaridagi eng past pasayish nuqtasini bartaraf etish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Amaliy harakatlar rejasining asosiy maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi davrning asosiy cheklovlari va tahdidlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarilishining cheklanishi. Buning oldini olish uchun karantin davrida xoʻjalik faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turish tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganlarga alohida eʼtibor berib, korxonalarning xoʻjalik faoliyatini tezroq tiklash zarur. Muammoni hal etish iqtisodiyotga moliyaviy mablagʻlarni, shu jumladan, investitsiya ssudalari boʻyicha qarzlarni uzaytirish va aylanma mablagʻlar sifatida “tez pullar”ni ajratishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi daromadlarining pasayishi, ishlab chiqarish zanjiridagi uzilishlar tufayli ichki talabning cheklanishi. Muammoning yechimi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, yangi ish oʻrinlari yaratish va tiklash, keyin esa aholi daromadlarining oʻsishi bilan bogʻliq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Karantin choralarini liberallashtirish va koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlardan odamlarning koʻchib oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tashqi chegaralarning yopilishi bilan koronavirus infeksiyasining aholi orasida tarqalishi xavfi. Muammoning yechimi maʼlum sanitariya-gigiyena meʼyorlari va cheklovlarining saqlanishida (ayniqsa, ommaviy tadbirlar paytida, mamlakat tashqarisidan kirganda va hokazo) va bemorlarga zarur tibbiy yordamni kengaytirishda namoyon boʻladi. Koronavirusning sayyorada tarqalishining davom etishini hisobga olib, yagona usul — bu oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va samarali davolanishni oʻrganish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjet taqchilligining oshishi va tashqi davlat qarzining oʻsishi, makroiqtisodiy barqarorlik xavflarining namoyon boʻlishi. Jahon ishlab chiqarishining keskin pasayishi va global iqtisodiy tiklanish istiqbollari toʻgʻrisida noaniqlikning yuqori darajasi koʻplab davlatlarni iqtisodiyotda aholini va yalpi talabni qoʻllab-quvvatlash uchun budjet xarajatlarini (shu jumladan, tashqi qarz mablagʻlari hisobiga) koʻpaytirishga majbur qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi qarzning oʻsishini oldini olish uchun asos yaratish, xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar uchun sharoitni yaxshilash qisqa hamda uzoq istiqbolda inqirozdan keyingi tiklanish iqtisodiyot barqaror rivojlanishining asosiy shartlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotni liberallashtirish (jumladan, energiya resurslari bozori) sohasida boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish, raqobat muhitini rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiyotda davlat sektorining ulushini kamaytirishni talab qiladi va oʻrta muddatli istiqbolda xorijiy investitsiyalarning barqaror oʻsishiga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida potensial investorlarning moliyaviy ahvoli yomonlashishi natijasida yuzaga keladigan investitsiyalarga, ayniqsa, tashqi sarmoyalarga cheklovlar. Hozirgi vaziyatda mahalliy investorlarga xorijiy investorlar bilan teng investitsiya sharoitlarini yaratib, mahalliy sarmoyadorlar uchun ragʻbatlantirish va investitsiya imkoniyatlarini kuchaytirishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jahon moliyaviy inqirozi sababli, tashqi talabning cheklanishi va oʻzbek mahsulotlarini import qiluvchi mamlakatlardagi inqiroz. Rossiya, MDH mamalakatlari va Xitoydagi iqtisodiy pasayish Oʻzbekistondan asosiy mahsulotlar: tabiiy gaz, meva-sabzavot, toʻqimachilik, elektrotexnika, kimyoviy mahsulotlar, mineral oʻgʻitlar eksportining fizik hajmini kamayishi, shuningdek, asosiy eksport mahsulotlari: paxta va toʻqimachilik, tabiiy gaz, mis narxlarining pasayishi bilan bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muammo eksport geografiyasini kengaytirishni jadallashtirish, Yevropa va Osiyo bozorlariga chiqish, shuningdek, eksport qiluvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni davom ettirish, jumladan, davlat budjetidan transport xarajatlarining bir qismini subsidiya qilish orqali bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bandlik muammosi, jumladan, mehnat migratsiyasi imkoniyatlarining qisqarishi hamda kambagʻallikning oshishi Oʻzbekiston uchun katta tahdid hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning oldida turgan hozirgi turli tahdid va muammoli vaziyatni inobatga olib, amaliy harakatlar rejasi Hukumat, barcha vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot va aholi uchun salbiy oqibatlarini bartaraf etish (tiklash nuqtalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tizimli islohotlarni davom ettirish uchun sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) iqtisodiyot rivojiga qoʻshimcha turtki beradigan yangi imkoniyatlar va zaxiralarni aniqlash (“oʻsish nuqtalari”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy harakatlar rejasini ikki bosqichda amalga oshirish taklif etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqich — 2020-yil oxiriga qadar — barqarorlashtirish va tiklangan oʻsish. Yuqorida aytib oʻtilgan va taklif qilingan chora-tadbirlarning toʻliq bajarilishi bilan 2020-yilga moʻljallangan koʻrsatkichlar quyidagicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yalpi ichki mahsulotning oʻsishi — 102,2 foiz (dastlabki prognoz 105,5%), shu jumladan sanoat — 103,4 foiz (106,5 %), qishloq xoʻjaligi — 103,3 foiz (104 %), investitsiyalar — 101,2 foiz (109,3 %); xizmatlar — 100,1 foiz (105,8 %), chakana savdo aylanmasi, umumiy ovqatlanish bilan birga — 103 foiz (105,6 %); eksport — 94,3 foiz (115,6 %).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hisob-kitoblar Respublikada va dunyo miqyosida karantinni qayta joriy etish ehtimolini oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqich — 2021-yildan boshlab 5,0 — 5,5 foiz barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlaydigan, 2020-2021-yillar davomida koronavirus pandemiyasining oqibatlarini moslashtirish bilan tizimli islohotlarni davom ettirishga qaratilgan choralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tashqi taʼsirning davomiyligi va pandemiyaning iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sektorlariga (turizm, transport, eksport) taʼsirini hisobga olgan holda, ularning inqirozgacha boʻlgan tendensiyalariga chiqish 2021-yildan oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Makroiqtisodiy siyosat va bozor institutlarini isloh qilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat iqtisodiyotining tiklanishi va keyinchalik barqaror rivojlanishi makroiqtisodiy shart-sharoitlar, chora-tadbirlar va tartibga solish vositalarini yaratish bilan bevosita bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyada belgilangan makroiqtisodiy siyosat va institutsional islohotlarni davom ettirish bilan birga, hozirgi vaqtning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, 2020-yilning qolgan davrida va 2021-yilda quyidagilarga asosiy eʼtibor berish talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarzning oʻsishini cheklash, qarz mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini qatʼiy nazorat qilish. Bu esa moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, xususiy investitsiyalarni har tomonlama targʻib qilish, shuningdek, keyingi yillarda tashqi qarzdorlikni ustav chegarasidan oʻtishining oldini olish uchun oʻrta muddatli reja va chora-tadbirlarni tayyorlash, budjet xarajatlarini rejalashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirish, shuningdek, ulardan foydalanish ustidan qattiq nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarzlardan samarali foydalanish, ularni ustuvor ravishda, budjet defitsiti, infratuzilma loyihalarini, iqtisodiy oʻsishga bevosita va ikkinchi darajali taʼsir koʻrsatadigan ijtimoiy obyektlarni moliyalashtirishga qaratish, aholi bandligini taʼminlash, shuningdek, kambagʻallikni qisqa va oʻrta muddatda qisqartirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida loyiha tanlash mezonlarini takomillashtirish orqali davlat investitsiya xarajatlarini optimallashtirish, qiymati va amalga oshirish vaqti dolzarbligini yoʻqotgan investitsion loyihalarni rad qilish, shuningdek, ularning ishga tushirilganidan keyin investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi va samaradorligini monitoring qilish, loyihalarni moliyalashtirishda xususiy investitsiya vositalaridan foydalanishni kengaytirish, shu jumladan, korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish orqali davlat-xususiy sherikchilikni va fond bozorini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va bojxona imtiyozlarini optimallashtirish boʻyicha ishlarni yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va raqobat siyosatini takomillashtirish. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va “oʻsish nuqtalariga” moliyalashtirishni jalb etish, eksport bozorlarida raqobatbardoshlikni oshirish, xalqaro qiymat zanjirlarida ichki korxonalar ishtirokida izchil oʻsishni ragʻbatlantirish uchun yangi rivojlanish drayverlarini aniqlash bilan oʻrta muddatli sanoat siyosati strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish, shu jumladan, davlat korxonasi islohot jarayonini yakunlash, monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va raqobat muhitini yaratish chora-tadbirlari orqali, ishlab chiqarishni ilm-fan bilan birlashtirishning samarali tizimini yaratish (tadqiqot markazlari, loyihalash byurolari, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasini isloh qilishni davom ettirish. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining xoʻjalik faoliyatiga maʼmuriy aralashuvni toʻliq cheklagan xolda, narx shakllanishida bozor mexanizmlarini joriy etish, moliyaviy resurslarning harakati va yer aylanmasining garov mexanizmini takomillashtirish. Qishloq xoʻjaligida qiymat zanjirlarini yaratish mexanizmini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish orqali iqtisodiyotda mehnat unumdorligini oshirish orqali ish haqining hajmini oshirish, va mahalliy mahsulotlarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Bank sektoridagi asosiy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy harakatlar rejasining samaradorligi koʻp jihatdan bank tizimining moliyaviy koʻmagi asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatini tiklashi bilan bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy harakatlar rejasi, 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan bank tizimini isloh qilish Strategiyasida tasdiqlangan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil oxirigacha boʻlgan davr uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, iqtisodiy chora-tadbirlarni qoʻllagan holda tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini oʻrtacha darajada pasaytirish choralari koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechiktirilgan qarz miqdorini hisobga olgan holda, bank tizimining likvidligini baholash uchun stress-testlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy zaxiralash shartlarining qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan tijorat banklariga 2,2 trillion soʻm miqdorida qoʻshimcha likvidlik berish, shuningdek, Markaziy bankning pul-kredit instrumentlaridan, shu jumladan, maxsus vositadan foydalangan holda 3 — 6 oy muddatga, faqat kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 2,6 trillion soʻm taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronovirus pandemiyasidan zarar koʻrgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida ularni 2020-yilning ikkinchi yarmida 17 trillion soʻm miqdorida aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda davlat banklari faoliyatini kompleks diagnostika qilish asosida transformatsiya dasturlarini (yoʻl xaritalarini) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni yaratish, Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida” gi Qonunini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarda korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlagan holda korporativ boshqaruv sohasida Bazel qoʻmitasining tamoyillarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni qayta koʻrib chiqish orqali xorijiy strategik investorlarni bank sektoriga jalb etish shart-sharoitlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlar asosida tijorat banklarida tavakkalchilik tamoyili asosida boshqarishni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yilda amalga oshirish uchun taklif etilgan chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank operatsiyalarini soddalashtirish, jumladan, kredit berish boʻyicha qarorlar qabul qilish, shuningdek, bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali bank tizimi va tadbirkorlik subyektlari xarajatlarini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk yoki pul shaklida garov talab qilmaydigan, shu jumladan, ishonch, loyihani moliyalashtirish kabi kreditlash vositalarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud avtomatlashtirilgan bank tizimlarini baholash uchun tijorat banklarining AT-auditini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha takliflarini shakllantirish va ularni asoslashga yordam berish, ishga tushirilgandan soʻng loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, aylanma mablagʻlarni oʻz vaqtida toʻldirish orqali mijozlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Aholi bandligi, daromadlarini oshirish va kambagʻallikni qisqartirish hisobiga ichki talabni ragʻbatlantirishning asosiy chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin davrida aholi bandligining qisqarishi va tashqi mehnat migratsiyasidan keladigan daromadlarning kamayishi aholining xarid qobiliyatini pasaytirdi hamda ichki isteʼmol bozori imkoniyatlarini sustlashtirdi. Eksportni cheklash bilan bir qatorda, isteʼmol mahsulotlari, birinchi navbatda, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning pasayishiga sabab boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki toʻlov qobiliyatiga ega talabning tiklanishi va kengayishi mehnatga layoqatli fuqarolarning bandligini oshirish va daromad olishlari boʻyicha amalga oshirilgan choralar bilan bogʻliq. Ushbu maqsadlar uchun 2020-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar hajmi 4 trillion soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ish bilan taʼminlash, oilaviy biznesni qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatini qayta tiklash, uy-joy, ijtimoiy infratuzilmani qurish va rekonstruksiya qilish, yangi qishloq xoʻjaligi yerlarini foydalanishga topshirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar yil oxiriga qadar 810,6 mingta doimiy ish oʻrinlari tiklanishiga, 302,8 mingta doimiy va 662,8 mingta vaqtinchalik hamda mavsumiy ish oʻrinlarini yaratilishiga imkoniyat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali 265,2 ming nafar ishsizlar boʻsh ish oʻrinlariga joylashtiriladi, 301 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinadi, 53,6 ming kishi tadbirkorlik va uy-joy maydonlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik hamda tikuvchilik kooperativlarida aʼzolik uchun subsidiyalar bilan taʼminlanadi, 42,8 ming kishi bepul tarzda kasb-hunarga oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlarini izlash va ishga joylashtirish uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy taʼminot vositasi (my.mehnat.uz) joriy etilib, unda joriy yilning boshidan buyon 385 ming korxonalar qamrab olindi, 3,5 milliondan ortiq ishchilarga elektron mehnat daftarchalari yuritila boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keltirib oʻtilgan barcha chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlangan hamda amaliy chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikni, shu jumladan, rasmiy bandlikni kengaytirish, shuningdek, aholi daromadlarini oshirish uchun qoʻshimcha sharoitlarni yaratish maqsadida, 2020-2021-yillar uchun amaliy chora-tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining kambagʻal qatlamlari bilan ishlashning amaldagi shaklidan Jahon banki va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bogʻliqlikdagi uzoq muddatli kambagʻallikni qisqartirish Strategiyasini ishlab chiqish asosida kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan strategik va dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga oʻtish. Bunda, 4 ta mezon (mutlaq, nisbiy, moddiy deprivatsiya va kambagʻallikning koʻp oʻlchamli indeksi)dan foydalanish orqali Toshloq tumanida sinov tariqasida kambagʻallikni baholash uslubiyotini amaliyotda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatidagi sinov loyihasi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba asosida, ayniqsa, pandemiya sharoitida, ijtimoiy himoya reyestrni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro ekspertlar bilan birgalikda yashash minimumi va isteʼmol savatchasini hisoblash hamda qoʻllash uchun meʼyoriy bazani ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda kambagʻallikning oʻziga xos jihatlari va omillarini oʻrganish, shuningdek, kambagʻallikni qisqartirish sohasida tahliliy va uslubiy materiallar tayyorlash uchun Iqtisodiy tarraqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi qoshida markaz tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil oxiriga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiz hajmidagi bir martalik toʻlov (hozirgi vaqtda bu miqdor har oyda toʻlanadi) orqali oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turlarini kengaytirish, shu jumladan, uy-joy qurish hamda jismoniy shaxslarga tegishli kvartiralarni taʼmirlashni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari hamda xalqaro moliya tashkilotlarining kreditlari hisobiga loyihalarni amalga oshirishda mahalliy pudratchilar imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakasiz xorijiy ishchi kuchidan foydalanishni cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman yoki shahar sektor rahbarining tavsiyasi asosida ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsizlarga ajratilgan mikrokreditlar miqdorini 2,5 baravarga oshirish (bazaviy hisoblash miqdorining 100 dan 250 baravarigacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni boshlash uchun ishsizlarga davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki 3 oyda transport va ijara xarajatlarini qoplashga subsidiyalar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning asosiy kasb-hunarga oʻqitish punktlarini tashkil etish, bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150 ming nafar qaytib kelgan mehnat muhojirlarini mehnat organlari orqali jamoat ishlariga jalb qilish, shu jumladan, foydalanilmayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarini oʻzlashtirish hisobiga ish bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yilda amalga oshirish uchun taklif etilgan chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan hududlarda davlat ulushi boʻlgan respublika davlat organlari va korxonalarini biriktirish, shuningdek, qishloq aholisi malakasini oshirish maqsadida 3 yil muddatga grant asosida oʻqigan oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari hamda davlat boshqaruvi akademiyasi talabalarini ushbu yoʻnalishlar boʻyicha ishga yuborish amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativlariga jalb etish orqali tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi sohasida tarkibiy islohotlarini davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilari tomonidan soliq majburiyatlarini bajarishni yengillashtirishga hamda soliq yukini qisqartirishga yoʻnaltirilgan soliq siyosatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi ish bilan band etgan fuqarolarni roʻyxatga olish va faoliyatini amalga oshirish tartibini soddalashtirish, shuningdek, qoʻshimcha kredit resurslarini ajratish va soliq majburiyatlarini soddalashtirish orqali yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini oshirish, kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlikni taʼminlash boʻyicha boshqa chora-tadbirlarning (yangi ish oʻrinlarini yaratish va mavjud quvvatlardan foydalanishni oshirish, investitsiya faoliyatini mustahkamlash, shu jumladan, uy-joy qurilishi sohasi, biznes muhitini yaxshilash, kichik biznesni rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda aholining oʻzini oʻzi ish bilan bandligini qonuniylashtirish) harakatlar rejasining keyingi boʻlimlari bilan bogʻliqligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Ishbilarmonlik va raqobat muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklangan muddat va investitsiya resurslari sharoitida aholi bandligi va daromadlarini koʻpaytirish muammolari va vazifalarini hisobga olgan holda, kichik biznes va tadbirkorlikning jadal rivojlanishi butun iqtisodiyot uchun eng muhim “oʻsish nuqtasi”dir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatli choralar tarmoq faoliyatini, ayniqsa, eng koʻp zarar koʻrgan sohalar faoliyatini tezroq tiklashga qaratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yilda amalga oshirish uchun taklif qilingan choralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil oxirigacha korxonalarning bankrotlik holatiga urinishlarini (ixtiyoriy bankrotlikdan tashqari) rad etgan holda joylarda davlat organlari tomonidan tijorat banklari kichik biznes va tadbirkorlik sohasi faoliyatini qayta tiklashda, yuqori darajada yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha toʻlangan daromad soligʻining hamda QQSning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash orqali tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi chakana savdo korxonalarini, shu jumladan, qishloq joylarda doʻkonlarning tashkil etilishini ragʻbatlantirish orqali kichik biznes subyektlariga mahsulotlarini ulgurji va chakana savdosi uchun sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo va xizmatlar sohasi aylanma mablagʻlariga biznes uchun maqbul foiz stavkalari boʻyicha kredit ajratishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes subyektlari uchun amaldagi kichik sanoat zonalarida yer uchastkalarini tezkor ravishda ajratish, aholisi 10 ming kishidan ortiq boʻlgan barcha aholi punktlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun hududlarni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati va raqobat muhitining erkinligini cheklovchi meʼyorlarni aniqlash maqsadida qabul qilingan qonunchilik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes subyektlari rivojlanishining oldingi bosqichlaridan farqli oʻlaroq, nafaqat ularning soni, balki ushbu sohadagi sifat oʻzgarishlari ham tubdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. U yanada texnologik va innovatsion ahamiyatda boʻlishi kerak. Shu nuqtai nazardan, islohotlarni davom ettirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yilda amalga oshirish uchun taklif qilingan choralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes subyektlari uchun mezonlarni aniq belgilash, korxonalarni tegishli biznes toifasi boʻyicha tasniflashiga qarab imtiyozlar (raqobat muhitini buzmagan holda) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, shuningdek, yer fondidan samarali foydalanish uchun davlat va xususiy xarajatlarni minimallashtirish maqsadida kichik biznes subyektlarini kichik sanoat zonalarida joylashtirishga yuqori darajada eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning hajmi, biznes-startap va texnologik innovatsiyalaridan qatʼi nazar, xususiy sektor korxonalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, venchur kapitalini rivojlantirish va aksiyadorlarga investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalarida yer uchastkalari arxitektura-rejalashtirish amalga oshirilgandan keyingina kichik va oʻrta korxonalarni tashkil etish uchun amalga oshiriladigan tartibni belgilash. Binolarning qurilishi, odatda, 2-3 qavatli qurilishda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, kichik sanoat zonalarida joylashgan korxonalar uchun yagona afzallik bu — zona chegaralariga muhandislik kommunikatsiya va yoʻllarni markazlashtirilgan ravishda olib kirish, shuningdek, ularga kichik sanoat zonasi rezidentlari uchun kirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturida kichik sanoat zonalariga muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasini yaratishga kapital qoʻyilmalar hajmini alohida yoʻnalish sifatida ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish uchun faqat innovatsion “startap” kompaniyalarga, ularga rezidentlik huquqini berish bilan texnoparklar shaklida viloyat markazlari va shaharlarida kamida bitta kichik sanoat zonasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulk huquqlarini soʻzsiz himoya qilishga qaratilgan sud tizimini isloh qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Sanoat va mahalliylashtirish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning mart-aprel oylarida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq ichki va tashqi cheklov choralari natijasida 2020-yilning birinchi yarmida sanoat ishlab chiqarishining pasayishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 98,1 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi talabning qisqarishi (gaz ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, toʻqimachilik), import qilinadigan qismlarni yetkazib berishni cheklash (elektrotexnika, farmatsevtika) va ichki talabning qisqarishi (elektr energiyasini ishlab chiqarish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, maishiy texnika, mebel) tarmoqlarda ishlab chiqarish faolligining pasayishidagi asosiy omillar sifatida xizmat qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qisqa muddatli chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlari (shu jumladan, sektorlar vakillari), xoʻjalik birlashmalari va respublika iqtisodiy organlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan (muammolar darajasini hisobga olgan holda) quvvatlardan foydalanishning karantindan oldingi darajasini (toʻliq foydalanishga kirishni rejalashtirish bilan) tiklashda maqsadli yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchta yoki undan ortiq ishtirokchi — mahalliy ishlab chiqaruvchilar (kabel va simlar, elektrotexnika, toʻqimachilik, poyabzal, oziq-ovqat mahsulotlarining va h.k.) ishtirokida mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida davlat xaridlari tenderlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroridagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining tegishli bandlari boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilardan davlat xaridlarini amalga oshirishda oʻrnatilgan cheklovlarni yechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarida mahalliy qurilish materiallari (sement, metall buyumlar) toʻliqligini qatʼiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzgi-qishki zaxira uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini (gurunch, kartoshka, sabzi, piyoz) sotib olish uchun ishlab chiqarish hajmini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlarida adolatli raqobatni taʼminlovchi va ichki ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshiruvchi sanoatga xos “Raqobatbardoshlik yoʻl-xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun onlayn monitoring tizimini ishga tushirish (www.localization.ijro.uz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kuvvatlardagi solishtirma shartli yoqilgʻi sarfi miqdorini 340 dan 216 gr kamaytirish orqali tabiiy gaz isteʼmolini 1,5 baravarga pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekneftgaz” AJning 2020-yilga moʻljallangan tabiiy gaz qazib olish prognozini taʼminlash uchun (qoʻshimcha ravishda 4,47 milliard kubometr tabiiy gaz qazib olish) 36 ta texnologik chora-tadbirlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarini oʻtkazish, 121 ta yangi quduqni burgʻulash ishlari hamda 549 ta quduqni kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarish hamda “Qoʻqon superfosfat zavodi” AJda superfosfat ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish obyektlarini loyihadagi quvvatlariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoning yetakchi mamlakatlarining tajribasini hisobga olgan holda, 0,4 — 6 — 10 kV past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish boʻyicha maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskirgan yuqori kuchlanishli 35 — 110 kV va 220 — 500 kV liniyalarni va podstansiyalarni yangilash va modernizatsiya qilish dasturlarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallurgiya va geologiya sanoatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlarini qidirish ulushini 2020-yilda 35 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlari natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini joriy qilish, foydali qazilma konlarini JORC Kodeksiga asosan qayta baholash va Davlat balansidagi zaxiralar balansining hisobini yuritish uchun JORC boʻyicha baholash natijalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tashkilotlar, oʻquv muassasalarini yirik va kichik biznes korxonalari oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorligini bogʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilsozlik sanoatini, kamyob metallardan mahsulotlar ishlab chiqarish va uning xomashyo bazasini rivojlantirish maqsadida mahalliy xomashyo resurslari negizida qoʻrgʻoshin-kalsiyli, qoʻrgʻoshin-nikelli va boshqa turdagi qotishmalarni ajratib olishda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish (kam uchraydigan metallardan foydalanish bilan) va jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho komponentlarni ajratib olib tovar mahsulotiga aylantirish imkonini beruvchi, birlamchi ishlab chiqarish va boyitishda, shuningdek, ikkilamchi texnogen xomashyodan yoʻldosh metallarni ajratib oluvchi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rangli, qimmatbaho va noyob metallarini xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda qazib olish va ishlab chiqarish boʻyicha hamkorlik qilish, bu rangli metallurgiya mahsulotlarining tijorat tarkibini yaxshilaydi, uning raqobatbardoshligini va bozor talablariga muvofiqligini oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muruntogʻ” karyerida kon-transport kompleksini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga muvofiq shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik ahamiyatga ega boʻlgan qattiq foydali qazilmalarni oʻzlashtirish uchun litsenziyalash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy yuqori samarali geologiya-qidiruv uskunalarini joriy etish va ilgʻor texnikalar bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari sanoatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlari, mahalliy xomashyoni qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish sanoatining xomashyo bazasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sement va oyna ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar soni va quvvatini sezilarli darajada oshirish orqali, ushbu turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishni demonopolizatsiya qilish va kelgusida sement va oynani monopol mahsulot turlari qatoridan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohadagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali xorijiy banklarning 175 million dollarlik uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar uchun teng sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi “Avtotransport vositalarini ishlab chiqarish sanoati toʻgʻrisida”gi Nizomni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston tajribasidan kelib chiqqan holda Ozarbayjon, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda ham avtotransport vositalarining sanoat usulida yigʻishni tashkil etish boʻyicha ishlarni jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektromobillar bozorini rivojlantirish uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha “maqsadli dastur” ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ERP” (ishlab chiqarish jarayoni va sotishni hisobini yuritish) zamonaviy avtomatlashtirilgan hisobot yuritish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarining narxlarini pasaytirish maqsadida, metall prokat isteʼmoli uchun belgilangan standartlarni qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarining plastmassa qismlari, gʻildirak disklarini ishlab chiqarish va metall quyish sexini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika mahsulotlarining eksportini oshirish maqsadida, chegaradosh hududlarda savdo zonalarini yaratish (Toshkent, Andijon, Fargʻona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mis xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 49 ming tonnagacha oshirish, misni chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulotni (elektrotexnika va boshqa sohalarda) ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratish maqsadida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika sanoatidagi standartlarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17 ta toʻqimachilik korxonalarining 569,1 milliard soʻm kredit qarzlarini toʻlash grafiklarini inventarizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni belgilash mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositilarini markirovkalash va kuzatish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjasida maxsus alohida savdo maydonchasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarni davlat xaridlari jarayoniga keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning barcha hududlarida chakana savdo qoidalariga rioya qilgan holda oziq-ovqat mahsulotlari bilan “koʻchma savdo”ni rivojlantirish orqali tayyor mahsulotlarni sotish hajmini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tarmoq islohotlarini davom ettirish choralari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish, ularni xususiylashtirishga tayyorlash, shu maqsadda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish maqsadida qarz vositalari va aksiyalar bozorini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sobiq “Toshkent mexanika zavodi” misolida hududlarda mavjud boʻlgan, boʻsh turgan va kam quvvatda ishlaydigan obyektlar negizida texnoparklar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotda energiya barqarorligini taʼminlash uchun ijtimoiy limit yoki kompensatsiya mexanizmining joriy etilishi bilan energiya bozorini (tabiiy gaz va elektr energiyasi) erkinlashtirish va ushbu sohaga xususiy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilar tomonidan suyultirilgan gazni sotishni faqat birja savdolari orqali amalga oshirishga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidroenergetika sohasida yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” AJni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
logistika tizimini takomillashtirish uchun temir yoʻl vagonlariga onlayn ariza berish tizimini qoʻllash hamda shu orqali murojaat holatini kuzatish imkoniyatini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatidagi Sangruntov Aktau konlarida slanetsli gazni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi ishtirokidagi tarmoq korxonalarini investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda xorijiy investorlarga sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallurgiya va geologiya sanoatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-transport kompleksini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish orqali “Yoshlik-I” konini oʻzlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli komponentlarni ajratib olib tovar mahsulotiga aylantirish imkonini beruvchi, birlamchi ishlab chiqarish va boyitishda, shuningdek, ikkilamchi texnogen xomashyodan yoʻldosh metallarni ajratib oluvchi yangi texnologiyalarini ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo (kamyob elementlar, volfram, molibden, qalay, nikel kabi) konlarida (shu jumladan, kam tonnali) tadqiqot ishlarini olib borish, kompleks qayta ishlash boʻyicha yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va ushbu metallarni ishlab chiqarish boʻyicha yangi loyihalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kukunli metallar va rangli metallarni qayta ishlash, zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan buyumlar va undan navli prokat ishlab chiqarish uchun ustuvor texnologiyalarni ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral gidroresurslar (plast suvlar, minerallashgan suv)ni sanoat ishlab chiqarishga jalb etish uchun kamyob metallardan tuzlarni ajratib olish boʻyicha ixtisoslashgan ishlab chiqarishni (korxona) yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rangli metallarga asoslangan holda yuqori darajada ishlov berilgan mahsulotlar ulushini ichki bozordagi talabning umumiy hajmidan kelib chiqib oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun davlat-xususiy sherikchilik mexanizmidan foydalangan holda yangi obyektlar qurilishini moliyalashtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining kichik quyuv sexlarini yaratish loyihalarini amalga oshirishda ishtirokini cheklaydigan qora va rangli metallarning parchalari, chiqindilarni sotib olish va ularni qayta ishlash boʻyicha monopoliya tartibini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirishni 2021-yilda 40 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorbop noruda qazilmalarni (kvars qumi, dolomit, pardozbop toshlar, bazalt, grafit va boshqalar) izlash ulushini keskin oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik hisobotlarni raqamli formatga oʻtkazish hamda jahon talablariga mos elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari sanoatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallarini diversifikatsiya qilish va uning turlarini kengaytirish, ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq mahalliy xomashyodan sement, qurilish oynasi, zamonaviy energiya tejaydigan devorbop materiallar, keramik plitkalar va mahsulotlar, tabiiy tosh va kompozitsion materiallardan tayyorlangan mahsulotlar, pardoz materiallari va boshqa materiallar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari ishlab chiqarishning energiya sigʻimini kamaytirish (quruq ishlab chiqarish usulda yoqilgʻi sarfini 127 sh.yo. gacha kamaytirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pishgan gʻishtning anologik hajmini ishlab chiqarishga nisbatan tabiiy gaz sarfini 6 barobarga kamaytirish imkonini beruvchi devorbop materiallar ishlab chiqarishda, pishgan gʻisht ishlab chiqarishdan energiya tejaydigan devorbop materiallarga (gazobeton yoki gʻovakli penobeton) bosqichma-bosqich oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sement ishlab chiqarish korxonalari negizida qurilish materiallari klasterini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda, avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilsozlik sanoatida jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari (Yaponiya va Janubiy Koreya) tajribalaridan kelib chiqib, har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlarini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilsozlik sanoatida mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlatiladigan xomashyolar asosiy turlarini mahalliylashtirish (poʻlat, yassi shisha, kauchuk);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilsozlik sanoatida yuqori texnologik ehtiyot qismlarini (shassi, transmissiya, rul boshqaruvi) mahalliylashtirishni asosiy yoʻnalish etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik uskunalarni (shtamplash, payvandlash, boʻyash va yigʻish liniyalari texnologiyalari) ishlab chiqish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaning muhandislik salohiyatini rivojlantirish (ikkilamchi bozor uchun butlovchi qism, aksessuarlar ishlab chiqarish va tyuning);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy brend ostida standartlashtirilgan traktor modellarini ommaviy ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Lean menedjment”, “Kaydzen”, “5S”, “Kanban” texnologiya va standartlari asosida kamxarj usullarda qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida, baʼzi kam samarali korxonalar tarkibini qayta qurish va bir turdagi texnika ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yigʻimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika sanoatida energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoatida yangi avlod elektrotexnika mahsulotlari va sanoat jihozlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreyaning Ilgʻor Texnologiyalar Instituti (KAIST), Tokio Ilgʻor Texnologiyalar Instituti (Yaponiya), “Nanyang” Texnologiya Universiteti (Singapur), “Sinxua” universiteti (Xitoy) vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish orqali davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida Toshkentda sohani yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida, elektronika va elektrotexnika sohasidagi mustaqil oʻquv yurtini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan eksportdan oldingi moliyalashtirishni kamida 6 oy muddatga aylanma liniyalar shaklida taqdim etish amaliyotlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda 150 million dollardan kam boʻlmagan miqdorda charm-poyabzal sanoatidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy banklarni uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada, shu jumladan, mavjud kichik biznes subyektlari negizida qoʻshma korxonalarni tashkil etish uchun tayyor mahsulotlarni tikish boʻyicha yirik buyurtmalarni shakllantirish hamda eksportbop tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jahon brendlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar koʻmagida, tarmoq korxonalariga AQSh va Yevropada tan olingan zamonaviy xalqaro sertifikatlarni olishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda sifat boshqaruvi tizimini va xalqaro standartlar talablariga muvofiq ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlardan kiyim-kechak, trikotaj, charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi mutaxassislarni maslahatchi sifatida sohani isloh qilish boʻyicha jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda yuqori malakali kadrlar (texnolog va dizaynerlar), ularni zamonaviy usullarda hamda ishlab chiqarish uchun innovatsion yondashuvlarga oʻrgatish boʻyicha chet el universitetlarini (Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika sanoatida kadrlarni tayyorlash uchun Buyuk Britaniyaning ilgʻor universitetlarini (De Montfort, Sanderlend, Dandi) jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorda narx barqarorligini taʼminlash va isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida isteʼmol tovarlari va qayta ishlangan mahsulotlar uchun yangi quvvatlar va omborlar yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. Investitsiya muhiti, investitsiya va qurilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yarim yilligida oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 84,8 trillion soʻm (prognoz — 104 trillion soʻm) yoki oʻtgan yil mos davriga nisbatan 87,2 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlarni optimallashtirish natijasida markazlashgan mablagʻlar hisobiga investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35,4 foizga, aholi mablagʻlari esa — 25,7 foizga qisqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tarkibiy islohotlarni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaratish qismi boʻyicha davom ettirish va markazlashgan investitsiyalardan foydalanishni koʻpaytirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qisqa muddatli chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy kapitalga investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmi (barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga) 216,8 trillion soʻmni, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar — 6,7 milliard dollar, davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar — 2,4 milliard dollarni tashkil etishi prognozlashtirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206 ta yangi yirik ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish (Shoʻrtan GKK tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish, “Navoiyazot” AJ negizida ammiak va karbamid ishlab chiqarish, Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatdagi 2-bugʻ-gaz qurilmasini ishga tushirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki davlat kafolati ostidagi tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yangi imzolanadigan kelishuvlarga oʻrnatiladigan yillik limitlar doirasida budjetni qoʻllab-quvvatlash hamda sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq va suv xoʻjaligi, ichimlik suvi taʼminoti va oqava, infratuzilma va yoʻl qurilishi, energetika va boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining moliyaviy mablagʻlarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420 million dollar miqdoridagi grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2027-yillar uchun YI-Oʻzbekiston hamkorligi yangi indikativ dasturini ishlab chiqish, mazkur dastur doirasida “koronavirusning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini kamaytirish”ni yaqin yillar uchun hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarga koʻzda tutilgan imtiyozlar tizimini mahalliy investorlarga qoʻllash orqali ularni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilarga investitsiya loyihalarini monitoring qilishning toʻliq va uzluksiz 3 bosqichli tizimini joriy etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq (soha) va butun iqtisodiyot rivoji uchun loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi, ustuvorligi va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi baholanishini taʼminlagan holda investitsiya davridan oldin (loyihaning TIAni tasdiqlashdan oldin) takliflarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya davri uchun monitoringni amalga oshirish (zayom, qarz shartnomalari imzolangan davrdan boshlab loyihani foydalanishga topshirgunga qadar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha foydalanishga topshirilgandan soʻng, undan foydalanish davrida (ekspluatatsiya) belgilangan natijalarga erishish jarayonini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda davlat xususiy sherikchiligi asosida tarmoq rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) markazlarini sifatli oqava suv tizimlari bilan taʼminlashni inobatga olgan holda Ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv tizimlarining rivojlanish dasturlari va konsepsiyalarini qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun energotejamkorlik, 24 oʻquv oʻrnigacha sigʻimli va boshqa talablarni inobatga olgan holda namunaviy loyihalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va hududlarni rivojlanish surʼatlarini taʼminlash maqsadida xomashyodan — tayyor mahsulot ishlab chiqarish zanjirini oʻzida mujassamlashtirgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasida takliflar tayyorlash (birinchi navbatda, teri, ipak va qishloq hoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga hamda “OKMK” AJ va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasida misni chuqur qayta ishlashga eʼtibor qaratish lozim).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi chora-tadbirlar bilan birga quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlarini prognozlash parametrlarida foydalanish maqsadida soliq va bojxona maʼmuriyatchiligida yangi axborot tizimlarini (onlayn KKM, elektron hisobvaraqa, dala hovli va turar joyni ijarasi, oʻzini oʻzi band qilish, alkogol mahsulotlarni markirovkalash ) joriy etishni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish sohasidagi manzilli ishlar hisobidan soliq toʻlovchilarning soliq tushumlar toʻliqligini taʼminlash, shuningdek, ish haqi fondini kamaytirish va ishchilar sonini yashirish faktlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan plastik kartalarni qabul qilish, kassa mashinalarida nazorat cheklarini berish, shuningdek, soliqdan qochishning boshqa yashirin holatlari yuzasidan nazoratni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yilda qoʻllash yuzasidan chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni kamaytirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini taʼminlash yuzasidan “Davlat investitsiyalarini boshqarish” (PIMA — Public Investment Management Assessment) tomonidan olingan baholash natijalarini hisobga olgan holda 2021-yildan boshlab investitsiya loyihalarini tanlab olishning mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda, yuqori kumulyativ samara koʻrsatadigan (sanoat korxonalari, qishloq hoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va aholini hududlarda yuqori taqsimlanish darajasini inobatga olib) infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan budjet mablagʻlarini samarali va oqilona taqsimlash maqsadida budjet resurslarini qayta yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq va hududlarning toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi salohiyatidan kelib chiqib, ustuvor yoʻnalishlarni inobatga olgan holda, 2025-yilga qadar moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 ta hududda “Loyihalar fabrikasi” mexanizmini amaliyotga joriy etish (Jizzax, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini inobatga olgan holda, 2030-yilgacha moʻljallangan avtomobil yoʻllarini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasining qayta shakllanishi va rivojlanishini inobatga olgan holda, 2030-yilgacha moʻljallangan irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha moʻljallangan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish obyektlarini kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashash massivlarini qurish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali tuman (shahar) markazlarida urbanizatsiya jarayonini rivojlantirish, shuningdek, shahar va unga tutash tumanlar orasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning daromadini mamlakat hududlariga qayta investitsiya kiritishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud va barpo etilayotgan maydonlardan oqilona va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, qurilish meʼyorlari va qoidalarini zamonaviy talablarga (xalqaro standartlarga) moslashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X bob. Xizmatlar va raqamlashtirish sohasidagi eng muhim chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi xizmatlar sohasiga, ayniqsa, transport xizmatlari, mehmonxona xizmati, umumiy ovqatlanish, noisteʼmol tovarlari bilan savdo qilish, taʼlim xizmatining barcha turlari, sanʼat va dam olish obyektlari xizmati sohasiga nisbatan kuchli taʼsir qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohalardagi korxonalar faoliyatining qisqartirilishi karantin choralariga va gavjum joylarda infeksiya tarqalishining oldini olish bilan bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblarga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 2,6 foizga oʻsdi, shu jumladan, transport xizmatlari — 9,1 foizga kamaydi, savdo — 0,8 foizga oʻsdi, yashash va umumiy ovqatlanish — 17,1 foizga kamayishi kuzatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bank-moliya, axborot va telekommunikatsiya hamda tibbiyot kabi tarmoqlar qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, masofaviy bank xizmatlariga boʻlgan talabning ortishi moliyaviy xizmatlar hajmining 35,9 foizga oʻsishiga turtki boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining Internet tarmogʻiga uzluksiz ulanish imkoniyati bilan taʼminlash, elektron tijorat kanallarining ishlashi, maktab oʻquvchilari va universitet talabalari uchun onlayn darslarni translatsiya qilish, videokonferensiyalar oʻtkazish, masofaviy ishlarni tashkil etish va karantin sharoitida ijtimoiy tarmoqlarni faollashtirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida axborot-kommunikatsiya xizmatlari 15,1 foizga oʻsdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar sohasi, ayniqsa, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini tiklashda asosiy muammo koronavirus pandemiyasi davrida ularning faoliyatini tiklashga ehtiyotkorlik bilan yondashishdir. Shu munosabat bilan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nooziq-ovqat tovarlari savdosining zamonaviy shakllarini tashkil etish va kengaytirish (“Ekobozor”, “Korzinka” va “Makro” kabi yirik savdo tarmoqlari tajribalariga asoslangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish, tozalash, yuvish va tikish, maishiy texnikalarni taʼmirlash kabi zamonaviy xizmatlar koʻrsatuvchi savdo tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish, bu oʻz navbatida, bank tizimi orqali moliyaviy aylanmalarni faollashtiradi va budjetga soliq tushumlarini oshiradi, shuningdek, savdo tizimidagi raqobatni oshiradi va mijozlarga xizmat koʻrsatish madaniyatini takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdoning barcha turlarida, jumladan, qishloq joylarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar bozorlariga kirish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan raqobat muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“dala-peshtaxta” tamoyiliga asoslangan holda qishloq xoʻjaligi bozorlariga mahsulotlarni toʻsiqsiz yetkazib berilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻplab xizmat koʻrsatish korxonalari uchun joriy yilning oxirigacha tiklanish omili bu — ularni qisqa muddatli aylanma mablagʻlari bilan taʼminlash, sanitariya-gigiyena talablarini joriy etish uchun zarur boʻlgan moliyaviy resurslarni ajratish va tezkor tarzda faoliyat yuritishga ruxsat berishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashda turizm va mehmonxona biznesiga alohida etibor qaratish lozim. Joriy yilning birinchi yarim yilligida turistik xizmatlar eksporti hajmi 203,2 million dollarni (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 66,3 foizga kam) tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan qarorlarni hisobga olgan holda, barcha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tezkor ravishda tasdiqlash va ularning toʻliq va sifatli ijrosini har oyda qattiq nazorat qilish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy va kelgusi yilda xizmat koʻrsatish sohasining asosiy “oʻsish nuqtasi” axborot texnologiyalari sohasi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlarning uzluksizligini taʼminlash boʻyicha vazifalarni amalga oshirish natijasida, shuningdek, karantin davrida aholining telekommunikatsiya xizmatlariga boʻlgan talabining ortib borishini hisobga olgan holda, AKT faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar soni 16,1 foizga oʻsdi va 8,4 mingtani tashkil etdi, shundan dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilar 2,5 ming korxonani tashkil etadi (19,9 foizga oʻsish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 186 ta (47 foiz) ijtimoiy soha obyektlariga 7 068 km optik-tolali aloqa liniyalari oʻrnatildi va buning natijasida 4 693 ta (46 foiz) maktab, 2 811 ta (49 foiz) maktabgacha taʼlim hamda 1 682 ta (48 foiz) sogʻliqni saqlash muassasalarida yuqori tezlikdagi Internetga ulanish imkoni yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida 119,7 million dollari miqdorida yoki prognozga nisbatan 130 foiz investitsiyalar oʻzlashtirilishi kutilmoqda (oʻsish surʼati — 2,4 baravar). 6 ming km dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari hamda 281 mingta ulanish portlari oʻrnatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jizzax” EIZ hududida yiliga 50 ming kmgacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega optik-tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, AKT sohasidagi xizmatlar hajmi 5,7 trillion soʻmni tashkil etib, oʻsish surʼati 122 foizga teng boʻlishi prognoz qilinmoqda, shu jumladan, dasturiy mahsulotlar hajmi 435 milliard soʻmga (oʻsish surʼati 104,3 foiz) oʻsishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKT xizmatlari eksporti hajmi 30 foizga oʻsib, 78 million dollarni, shundan dasturiy mahsulotlar — 6,8 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tezligi 6 foizga, mobil internet tezligi esa 18 foizga oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamlashtirishni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi ustuvor chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tezligini 10 foizga, mobil Internet tezligini esa 22 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 700 ming keng polosali ulanish portlarini oʻrnatish va ularning umumiy sonini 2,8 millionga yetkazish orqali Internetga ulanish imkoniyatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika boʻyicha 1 052 ta mobil aloqa bazaviy stansiyalarini oʻrnatish va ularning umumiy sonini 28,3 mingtaga yetkazish orqali mamlakatning aholi punktlarini qamrab olish darajasini 70 foizdan 90 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida mobil Internet tarmogʻining beshinchi avlodini (5G) joriy etish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirilgan 6 ming kmga qoʻshimcha 1,5 ming km optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va ularning umumiy uzunligini 50 ming kmga yetkazish orqali telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi muassasalarining 70 foizini hamda maktabgacha taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarining 100 foizini yuqori tezlikdagi Internetga ulash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK maʼlumotlar saqlash va qayta ishlash markazining (maʼlumotlar markazi) sigʻimini 5 baravarga kengaytirish (5 Petabaytgacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturlash, grafik dizayn, elektron tijorat asoslari boʻyicha yoshlarni oʻqitish uchun barcha hududlarda raqamli texnologiyalar boʻyicha oʻquv markazlarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim va xalq taʼlimi muassasalarining Internet-resurslariga bepul kirish imkoniyatini yaratish (14 ta taʼlim resurslari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron vaucher va kesh-bek xizmati tizimini rivojlantirish orqali elektron tijoratni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat sohasida qonun hujjatlari, statistik hisob va soliq tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron sogʻliqni saqlash sohasidagi axborot tizimlarini, jumladan “Yagona elektron tibbiy karta”, “Poliklinika” va “Laboratoriya” tizimlarini, COVID-19 koronavirusini yuqtirgan shaxslarni roʻyxatga olish maʼlumotlar bazasini hamda karantin davrida harakatlanish uchun ruxsat berish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv axborot tizimlari va dasturiy taʼminot mahsulotlarini, shu jumladan, maktablar uchun elektron kundalik va jurnal tizimini, taʼlim muassasalariga kirish uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish (“Abituriyent”) tizimini hamda oliy oʻquv yurtlarida masofaviy taʼlim platformasini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini modernizatsiya qilish va uning mobil ilovasini ijtimoiy himoya, notarial faoliyat, hujjatlarni rasmiylashtirish, toʻlovlarni amalga oshirish va boshqalarga doir kamida 50 ta yangi elektron xizmatlarni joriy etish hisobiga takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida elektron hukumat foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimini modernizatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron litsenziyalash” tizimini modernizatsiyalash, litsenziya va ruxsatnomalar turlarining kamida yarmini elektron shaklga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan elektron hukumat axborot tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi IT-Park ijtimoiy infratuzilma obyektlarini hamda Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan IT-maktab hududida va viloyatlarda (Namangan, Buxoro, Samarkand, Urganch, Nukus, Guliston shaharlarida) uning filiallarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy moliyalashtirishni (kraudfanding) tashkil etishga qaratilgan investitsiya platformalaridan foydalangan holda startap-loyihalarni moliyalashtirishning alternativ mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IT-park rezidentlarining loyihalarini xorijda targʻib qilish maqsadida AQShda IT-Park vakolatxonasini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet-doʻkonlar bilan ishlash va oʻz mahsulotlarini tashqi savdo maydonchalarida reklama qilish boʻyicha tadbirkorlarni onlayn oʻqitish uchun platforma yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik ahamiyatga ega boʻlgan elektron hujjatlarni hisobga olish va yetkazib berish davlat axborot tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2020-yil yakunigacha AKT xizmatlari hajmini 8 foizga va dasturiy mahsulotlar hajmini 20 foizga oshirib, AKT xizmatlari eksportini 172 million dollarga, jumladan, dasturiy mahsulot eksportini 20 million dollarga oshirishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻrta muddatli chora-tadbirlar va boshlangan tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda mahalliy uyali aloqa operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-bosqich sotish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy va xalqaro maʼlumot oʻtkazish tarmoqlarining viloyat markaziga oʻtkazish imkoniyatini 400 Gbit/s gacha (2 baravar) va viloyat markazidan tuman markazigacha 60 Gbit/s ga (1,5 baravar) oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro aloqa kanallarining oʻtkazish imkoniyatini 3 000 Gbit/s gacha (2,5 baravar) oshirish orqali xalqaro kommunikatsiya markazlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda qoʻshimcha 2,2 mingta bazaviy stansiyalarni oʻrnatish va ularning umumiy sonini 30,5 mingtaga yetkazish orqali uyali aloqa sifatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha ijtimoiy muassasalari, qishloq va mahallalarini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash boʻyicha ishlarni yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sigʻimi 100 Petabayt boʻlgan ikkita yangi korporativ maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini va 20 Petabayt sigʻimiga ega boʻlgan elektron hukumat markazlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat bojlari va yigʻimlarini kamida yarmini elektron toʻlov shakliga oʻtkazish hisobiga elektron hukumatning yagona billing tizimini modernizatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning boshqa mintaqalarida (Jizzax, Qarshi, Navoiy va Termiz) IT-Park faoliyatini kengaytirish va 10 ta oliy oʻquv yurtlarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash markazlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston pochtasi” AJning elektron savdo maydonchasi uchun axborot tizimini yaratish va uni xorijiy Internet platformalari bilan integratsiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI bob. Eksport sohasidagi asosiy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bosqichda eksportyorlar duch keladigan asosiy qiyinchiliklar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eksportga yetkazib berishda toʻlov muddatlarining oshishi sababli, aylanma mablagʻlarning yetishmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksport bozorlarida mahalliy mahsulotlarga boʻlgan talabning qisqarishi va narxning pasayishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashqi bozorlarda karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan transport xarajatlarining oshishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi muammolarni yechishda eksportyorlarga koʻmaklashish maqsadida Amaliy harakatlar rejasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil yakuniga qadar boʻlgan davrda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportni 17 milliard dollar miqdorida taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyati doirasida eksport qiluvchilarga koʻmaklashish orqali doimiy va tizimli ravishda maqsadli ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan qatʼiy shartnomalar tuzishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pandemiya munosabati bilan tashqi bozorlarda talab ortgan eksport mahsulotlarini tezkor yetkazib berish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni yanada kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilarga meva va sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun naqd pul shaklidagi kreditlarni qaytarish muddatini 180 kungacha uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport tushumi tushish muddatini 120 kundan 180 kunga uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportda avtomobil, temir yoʻllari va havo transportida tashish hizmatlari xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar roʻyxatini 68 tadan 184 tagacha kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining eksportdan oldingi kreditlari boʻyicha, shu jumladan, eksport qiluvchilarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat jamgʻarmasi kafolatlarining maksimal miqdorini 25 milliard soʻmga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit hajmi va tijorat banki tomonidan belgilangan stavkadan qatʼi nazar, eksportchilarga eksportdan oldingi moliyalashtirish va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun berilgan ssudalar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil yakuniga qadar boʻlgan davrda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, xususan, 2021-yilda toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 1,5 barobarga; elektrotexnika mahsulotlari eksportini 1,3 barobarga; ipakchilik, charm va boshqa tarmoq mahsulotlari eksportini kamida 20 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport faoliyatining obyektiv va aniq natijalari bilan bogʻliq boʻlgan eksport qiluvchilarni davlat tomonidan ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston uchun MDHning Erkin savdo zonasi toʻgʻrisidagi bitimni qoʻllash shartlari muddatlarini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston uchun Yevropa ittifoqining “GSP+” benefitsiar maqomini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish (saralash, saqlash, qayta ishlash va logistika), avtotransport parklarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilar guruhi uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun karantin ruxsatnomalarini olish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga chorvachilik mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish maqsadida mahalliy parrandachilik va chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilarga tegishli ruxsatnomalarni olish boʻyicha ishlarni olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 526-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

Moliyalashtirish manbasi
(mlrd. soʻm)

Hujjat shakli, kutilayotgan natija

Makroiqtisodiy barqarorlashtirishni taʼminlash

1.

Inqirozga qarshi kompleks chora-tadbirlarni va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hisobiga 2020-yil yakuniga koʻra ijobiy iqtisodiy oʻsishni taʼminlash.

2020-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Iqtisodiyotda vaziyatning meʼyorga kelishi va uni bosqichma-bosqich tiklash nazarda tutiladi.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Hukumat kafolati ostida imzolanadigan yangi kelishuvlarni qonunchilikda oʻrnatilgan eng yuqori hajmlardan oshmasligini taʼminlash hamda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,5 foiz darajasida saqlab qolish.

Qarz mablagʻlarini faqatgina infratuzilma va ijtimoiy obyektlarni rivojlantirish uchun ishlatishni koʻzda tutuvchi qoidani joriy etish. Ichki qarzlar ulushini bosqichma-bosqich koʻpaytirish orqali davlat qarzi tuzilmasini diversifikatsiya qilish.

2020-yil sentyabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Markaziy bank

Chora-tadbirlar rejasi.

Davlat tashqi qarzini keskin oʻsishiga yoʻl qoʻyilmasligi va budjet taqchilligi oshirilmasligi nazarda tutiladi.

3.

Energoresurslar bozorini liberalizatsiya qilish, raqobat muhitini rivojlantirish, davlat korxonalarini (shu jumladan, banklarni) isloh qilish, mulkdorlarning huquqlarini himoya qilish taʼsirchanligini taʼminlash, yer munosabatlarini isloh qilish boʻyicha koʻzda tutilgan tarkibiy islohotlarni amalga oshirilishini tezlashtirish hamda biznes va investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil
aprel

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

manfaatdor vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Investitsion muhit yaxshilanishi, xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmi oshishi hamda davlat mablagʻlarini va bank kreditlarini ishlatishga boʻlgan bosim kamayishi nazarda tutiladi.

4.

Xususiylashtirilishi belgilangan Davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish uchun tayyorgarlik koʻrish jarayonlarini tezlashtirish, ulardagi korporativ menejment sifatini yaxshilash.

2020-yil dekabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Markaziy bank,

manfaatdor vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Iqtisodiyotda davlat korxonalarining ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borish, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligini oshirish nazarda tutiladi.

5.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar aylanmasining garov mexanizmini takomillashtirish.

2020 yil oktyabr

“Davgeodezkadastr” qoʻmitasi,
Iqtisodiy tara???qiyot vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi ,
Adliya vazirligi, Markaziybank

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Qishloq xoʻjaligida investitsion imkoniyatlarni kengaytirish nazarda tutiladi.

6.

Inflatsiyani va pul kreditlari (soʻm) boʻyicha foiz stavkalarini tushirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish, moliyaviy bozorning boshqa segmentlarini rivojlantirish.

2020-yil
noyabr

Markaziybank, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,
manfaatdor vazirlik

va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Soʻmdagi kreditlarning jozibadorligini oshirish, valyuta kreditlariga boʻlgan talabni kamaytirish, fond bozorida moliyaviy resurlarni jalb qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasini pasaytirish nazarda tutiladi.

7.

Mablagʻlarni majburiy zaxira fondida saqlashga qoʻyiladigan talablarni yengillashtirish va pul-kredit siyosati vositalaridan samarali foydalanish orqali banklarga likvidlikni taʼminlash, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiy faolligini qoʻllab-quvvatlash uchun 3 — 6 oylik likvidlikni taʼminlash orqali Markaziy bankning yangi vositalarini joriy etish.

Doimiy

Markaziy bank, tijorat banklari

4 800

(Markaziy bank mablagʻlari)

Chora-tadbirlar rejasi.

Bank tizimining jami aktivlarida yuqori likvidli aktivlar ulushini 10 foizlik darajada saqlab turish nazarda tutiladi.

8.

Jahon banki bilan hamkorlikda nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratishni nazarda tutuvchi “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Markaziy bank, Adliya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

2025-yilga kelib nobank kredit tashkilotlari aktivlari ulushini jami kredit tashkilotlari aktivlaridagi ulushini 0,35 foizdan 4 foizgacha oshirish nazarda tutiladi.

9.

“Banklarda korporativ boshqaruv toʻgʻrisida”gi Nizomning yangi tahririni tasdiqlash orqali korporativ boshqaruv sohasidagi Bazel qoʻmitasining prinsiplarini joriy etish.

2020-yil oktyabr

Markaziy bank

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Banklarda xalqaro standartlarga mos keladigan korporativ boshqaruv tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

10.

Jahon banki bilan birgalikda loyihaoldi tadqiqotlarni ishlab chiqish va moliyaviy xizmatlardan foydalana olishni oshirish Milliy strategiyasining qayta ishlangan loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil oktyabr

Markaziy bank, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Aholi va kichik biznes subyektlarining moliyaviy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, moliyaviy xizmatlar koʻlami va sifatini yaxshilash nazarda tutiladi.

11.

Makroprudensiya vositalaridan foydalangan holda iqtisodiyotda dollarlashtirishni pasaytirish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirish

2021-yil dekabr

Markaziy bank, tijorat banklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Banklarning aktivlari va majburiyatlari tarkibida dollarlashtirish darajasini pasaytirish uchun ragʻbatlantiruvchi va tartibga soluvchi chora-tadbirlardan foydalanish, shu jumladan, banklarning aktivlari va passivlarida xorijiy valyutaning ulushini pasaytirish uchun makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish nazarda tutiladi.

12.

Bankning mijozlarni jalb qilish darajasini oshirish, shu jumladan:

— aholining keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun kam xarajat talab etadigan bank xizmatlari va mahsulotlarini stan-dartlashtirish orqali bank xizmatlari turlarini kengaytirish;

— isteʼmolchilarning qoniqish darajasi (CSI), shuningdek, isteʼmolchilarning moyil-ligi indeksi (NPS) asosida bank xizmatlari sifatini baholash tizimini joriy etish.

2020-yil sentyabr

Markaziy bank,
tijorat banklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Banklarda xizmat koʻrsatish sifatini baholash va monitoring qilish tizimini yaratish hamda bank mahsulotlari va xizmatlari sifatini yaxshilash nazarda tutiladi.

13.

Mavjud maʼlumotlarni toʻliq tahlil qilish, soliq organlarining hodimlarining salohiyatini mustah-kamlash va soliq talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishga yordam beradigan ishlarni tashkil qilish maqsadida zamonaviy maʼlumotlarni qayta ishlash Markazini va tegishli dasturlarni yaratish.

20212023-yillar

Davlat soliq qoʻmitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

60,0 mln.doll.
(Jahon bankining mablagʻlari)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Maʼlumotlarni tahlil qilish va ularni taqqoslash dasturlarini yaratish nazarda tutiladi.

14.

Soliq organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni masofadan turib roʻyxatdan oʻtkazish uchun “Oʻzini oʻzi band qilish” mobil ilovasini ishlab chiqish.

2020-yil sentyabr

Davlat soliq qoʻmitasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Davlat soliq qoʻmitasi mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Jismoniy shaxslarning daromadlarini legallashtirish nazarda tutiladi.

15.

Korxonalarning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun QQS va ortiqcha toʻlangan daro�ad soligʻini oʻz vaqtida toʻlab berish choralarini koʻrish.

2020-yil davomida

Davlat soliq qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Aylanma mablagʻlarning ortiqcha jalb qilinishini bartaraf etish nazarda tutiladi.

16.

Respublika hududida ishlab chiqarilgan tovarlar va import qilingan tovarlarning aksiz soligʻini bosqichma-bosqich birxillashtirish.

2020-yil davomida

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Davlat bojxona qoʻmitasi,
Davlat soliq qoʻmitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Sogʻlom raqobat muhitini yaratish nazarda tutiladi.

17.

Mol-mulk (koʻchmas mulk va transport vositalari) oldi-sotdisini amalga oshirishda zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish.

2020-yil dekabr

Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Markaziy bank

Chora-tadbirlar rejasi.

Mol-mulk (koʻchmas mulk va transport vositalari) boʻyicha tomonlar oʻrtasidagi oldi-sotdi shartnomalarni notarial idoralar orqali rasmiylashtirishda oʻzaro hisob-kitoblarni zamonaviy bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirish tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

Bojxona maʼmurchiligi

18.

Notarif choralarni qoʻllash samaradorligini baholash tartibini tasdiqlash va mexanizmini joriy etish.

2021-yil
mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

Jahon banki mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Taqiq va cheklovlarni qoʻllash tizimini takomillashtirish, biznes yuritishda oldindan koʻra bilish sharoitlarini yaratish, aniq tarmoqlar, hududlar va iqtisodiyotni rivojlantirishda qoʻllaniladigan chora-tadbirlarning real taʼsirini tahlil va nazorat qilish samaradorligini taʼminlash nazarda tutiladi.

19.

Bojxona boji boʻyicha imtiyozlarni maqbullashtirish.

2020-yil dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Iqtisodiyotda bojxona ishtirokchilariga teng sharoitlarni yaratish nazarda tutiladi.

20.

Bojxona toʻlovchisining yagona shaxsiy hisob raqamini yuritish amaliyotini joriy etish.

2020-yil dekabr

Davlat bojxona qoʻmitasi

Davlat bojxona qoʻmitasi mablagʻlari

Davlat bojxona qoʻmitasi buyrugʻi.

Real vaq� rejimida toʻlovlarni nazorat qilish nazarda tutiladi.

21.

Bojxona imtiyozlarni qoʻllagan holda importqilinadigan xomashyolardan maqsadli foydalanish boʻyicha bojxona nazoratini oʻtkazish.

2020-yil davomida

Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish nazarda tutiladi.

Budjet siyosati

22.

Ijtimoiy nafaqalarni koʻrib chiqish va tayinlashini avtomatlashtirish.

2020-yil yakuniga qadar respublika boʻyicha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

2020-yil davomida

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

600 ming doll.

(UNICEF mablagʻlari)

5,0 mln. doll., (Jahon Banki qarz mablagʻlari)

Amaliy chora-tadbirlar.

Oilalarning ehtiyojlarini aniqlash jarayonida shaffoflik va obyektivlikni taʼminlash nazarda tutiladi.

23.

2021-yilda 4 ta vazirlik misolida budjet xarajatlari samaradorligini baholash tizimini joriy etish.

2021-yil yanvar

Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

400,0 ming doll.

(Jahon Banki qarz mablagʻlari)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Budjet mablagʻlarini oluvchilarning budjet mablagʻ-laridan samarali foydalanishi uchun javobgarligini kuchaytirish nazarda tutiladi.

24.

Davlat dasturlari va tadbirlari kesimida budjet taqsimotini bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali “Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini takomillashtirish.

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik
va idoralar

Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi-ning texnik yordami

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Fiskal shaffoflikni yanada oshirirish va budjet oluvchilarning Oliy Majlis oldida hisobdorligini kuchaytirish nazarda tutiladi.

25.

Davlat moliya statistikasini (GFS) institutsional qamrab olishni GFS hisobotiga kiritish orqali takomillashtirish.

Bunda budjetdan tashqari mablagʻlar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari hisoblari, davlat ishtirokidagi korxonalarni kreditlash hajmi boʻyicha buxgalteriya hisobi maʼlumotlarini koʻrsatib oʻtish.

2020 — 2022-yillar

Moliya vazirligi,
Davlat soliq
qmitasi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi-ning mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish nazarda tutiladi.

26.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga muvofiq milliy buxgalteriya hisobi standartlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali Davlat sektorida buxgalteriya hisobi standartlarini joriy etish (IPSAS).

2020 — 2025-yillar

Moliya vazirligi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

500,0 ming doll.

(Osiyo Taraqqiyot Bankining texnik yordami)

Chora-tadbirlar rejasi.

Budjet maʼlumotlarining qamrovi, oʻz vaqtidaligi va ishonchliligini takomillashtirish nazarda tutiladi.

27.

Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan markazlashgan investitsiyalar samaradorligini oshirish, davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA) tizimini joriy etish.

2021-yil
mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi

Xalqaro Valyuta Fondining texnik yordami

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Ijtimoiy soha tarmoqlari, yoʻl-transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini tanlash meʼyorlari va muhimligini belgilash tartibi oʻrna�iladi;

markazlashgan investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan va taklif etiladigan loyihalar maʼlumotlarining har yili yangilanadigan yagona bazasi yaratiladi;

Investitsiya dasturini markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshirish doirasida hududiy loyihalarni mahalliy resurslar, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bajarish orqali Davlat budjeti ulushini bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

28.

Fiskal risklarni baholash mexanizmlarini ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining texnik yordami

Chora-tadbirlar rejasi.

Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash nazarda tutiladi.

29.

Davlat budjeti hisobotini shakllantirish, taqdim qilish va nashr etish jarayonini takomillashtirish.

2020-yil davomida

Moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

AQSh Gʻaznachilik va Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining texnik yordami

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Davlat budjetining shaffofligini oshirish va budjet mablagʻlari oluvchilarining budjet mablagʻlaridan samarali foydalanishda ularning javobgarligini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Tashqi savdo: eksportni ragʻbatlantirish, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va yangi tashqi bozorlarni oʻzlashtirish

30.

2020-yilda eksportni 17 milliard dollar darajasida taʼminlash.

2020-yil

davomida

Eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha Respublika komissiyasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Respublika iqtisodiyotiga xorijiy valyuta tushumini koʻpaytirish nazarda tutiladi.

31.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni talablariga muvofiq eksport tushumlari hisobiga qaytarish sharti bilan 6 oygacha boʻlgan muddatga naqd pul shaklida kreditlar ajratish mexanizmini joriy etish.

2020-yil sentyabr

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Markaziy bank

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport hajmini oshirish nazarda tutiladi.

32.

Eksport tushumini qaytarish muddatini 180 kungacha uzaytirish.

2020-yil sentyabr

Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat bojxona qoʻmitasi,
Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Mamlakat eksport geografiyasini kengaytirish hamda eksport hajmini oshirish nazarda tutiladi.

33.

Eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash.

Xususan, 2021-yilda toʻqimachilik mahsulotlarini — 1,5 baravar, elektrotexnika mahsulotlarini — 1,3 baravar, ipak qurti, charm va boshqa sohalar eksportini kamida 20 foizga oʻsishini taʼminlash.

2020-yil

dekabr

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

manfaatdor vazirliklar, idoralar va tarmoq korxonalari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Ishlab chiqarishni koʻpaytirish va yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

34.

Eksport qiluvchi korxonalarni davlat tomonidan eksport faoliyatida erishgan haqiqiy va aniq natijalariga asoslangan ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish.

2020-yil

dekabr

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Eksport hajmini oshirish nazarda tutiladi.

35.

Oʻzbekistonda MDH erkin savdo hududi toʻgʻrisidagi bitimi shartlarini tatbiq etish muddatini uzaytirish.

2020-yil

dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

Amaliy harakatlar.

Muzokaralar oʻtkazilib, aniq kelishuvlarga erishilganidan soʻng tashqi savdo bozoriga chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi.

36.

Oʻzbekiston uchun Yevropa Ittifoqining “GSP+” benefitsiar maqomini olishni tezlashtirish.

2020-2021-yillar

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

Amaliy harakatlar.

Tovarlar eksporti hajmini oshirish nazarda tutiladi.

37.

Xitoy Xalq Respublikasi va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga chorvachilik mahsulotlarini eksport qilishga ruxsat olish jarayonini tezlashtirish.

Bunda, chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish

2020-2021

yillar

Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Amaliy harakatlar.

Chorvachilik mahsulotlari eksportining oʻsishiga erishish nazarda tutiladi.

38.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilish (saralash, saqlash, qayta ishlash va logistika) infratuzilmasini rivojlantirish, avtotransport parkalarini kengaytirish.

2021-yil

yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi

Tashabbuskorlar mablagʻlari, bank kreditlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini oshirish nazarda tutiladi.

Kambagʻallikni qisqartirish: aholi bandligi va daromadlarini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga imtiyozlar berish

39.

Quyidagilarni koʻzda tutgan holda kambagʻalikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish:

aholi, ayniqsa yoshlar va ayollar oʻrtasida zamonaviy tadbirkorlik va ishbilarmonlik koʻnikmalarini shakllantirish;

biznes tashabbuslarini, birinchi navbatda, mahalliy ijtimoiy muammolarni hal qilishga hissa qoʻshadigan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash;

ishsizlarni qayta tayyorlash va talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻrgatish boʻyicha keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirish;

xalqaro tajriba asosida kambagʻallikni baholash mezonlari va uni aniqlash usullarini oʻz ichiga ??�gan metodologiyani ishlab chiqish.

2020-yil
oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat statistika qoʻmitasi,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,
manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tizimli va muvofiq-lashtirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi natijasida, mamlakatda kambagʻallikni qisqartirish darajasi pasayishiga erishish nazarda tutiladi.

40.

Kambagʻalllikni baholash mezonlari va uni aniqlash usullarini oʻz ichiga olgan metodologiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda, Xalqaro tajribaga asoslanib, kambagʻallikni aniqlashning mezonlarini ishlab chiqish va Fargʻona viloyatining Toshloq tumani misolida kambagʻallik chegarasi va jahon amaliyotida tan olingan 4 (mutlaq, nisbiy, moddiy yetishmovchilik, koʻp oʻlchovli qashshoqlik indeksi) usullarini qoʻllash natijalarini tahlil qilish.

2020-2021

yillar

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,Statistika qoʻmitasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Kambagʻallikka qarshi kurash choralarini tizimlashtirish orqali aholi muammolarini hal qilishning keyingi usullari bilan respublika boʻylab kambagʻallikni koʻp oʻlchovli baholash mezonlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

41.

Respublikaning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal isteʼmol savatini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan oʻzaro muvofiqligini taʼminlash.

Ishlab chiqilgan metologiya doirasida respublikaning 5 ta hududi (Toshkent shahri, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida) misolida aprobatsiya oʻtkazishni tashkil etish.

2020-2021

yillar

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Davlat statistika qoʻmitasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Tasdiqlangan usullar amaliyotda 2021-yildan boshlab amalga oshiriladi.

42.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Oʻzbekistonda “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oʻrganish” Ilmiy markazini tashkil etish.

2020-yil
oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar
va islohotlar markazi, Prognozlash-tirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

Budjet mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Kambagʻallikni qisqartirish masalasida ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari bazasi takomillashtirilib, tuman (shahar) miqyosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

43.

Vazirlik-viloyat-tuman-mahalla kesimidayagona ijtimoiy reyestrni joriy etish.

Bunda, uyma-uy oʻrganish natijalariga koʻra, eng muhtoj va muhtoj oilalarning roʻyxatlarini shakllantirish;

Ushbu oilalarni roʻyxatga olish, kambagʻallikka chek qoʻyish uchun rejalar ishlab chiqilishini taʼminlash;

Pandemiya davrida moliyaviy yordamga muhtoj aholi roʻyxatini toʻldirish va muhtojlarga moliyaviy yordam uchun qoʻshimcha 992 milliard soʻm mablagʻ ajratish;

2020-yil oxiriga kelib:

235 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga qoʻshimcha moliyaviy yordam ajratish;

28000 ehtiyojmand uy xoʻjaliklarida parvarish qilinadigan echkilarni tarqatish, 50 mingga parrandalar va 100 mingta quyonlar, 51 ming gektar erni oʻzlashtirish natijasida 45 ming kishini ish bilan taʼminlash,

“Saxovat va koʻmak” milliy harakati doirasida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kam taʼminlangan oilalarni ish bilan taʼminlayotgan tadbirkorlarga tijorat banklarining kafolatlari va kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash boʻyicha maqsadli takliflarni ishlab chiqish.

2020-yil
dekabr

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Mexnat vazirligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

Amaliy harakatlar.

Moddiy yordamga muhtoj aholining har tomonlama shakllanishi va ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish nazarda tutiladi.

44.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish.

Kasb va mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hisobidan qoplash mexanizmini joriy etish.

2020-yil
oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Aholini tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va boshqarish koʻnikmalariga oʻrgatish hajmini oshirish, shu jumladan, biznes hamda hududlarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish masalalari va masofaviy taʼlim koʻlamini kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga tayyorlash, ularni ijtimoiy va nomoddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hajmini oshirish nazarda tutiladi.

45.

Aholidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olib, ularni yana sotadigan savdo va xarid tashkilotlarini rivojlantirishni (yoki yaratishni) ragʻbatlantirish.

Bunda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash kooperativlari faoliyatini oʻrganish;

Kooperativlar tashkil etish mumkin boʻlgan hududlar roʻyxatini shakllantirish;

Oʻrganishlar natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish.

2020-yil

oktyabr

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Chora-tadbirlar rejasi.

Qishloqlarda kooperativlar tashkil etish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish va qishloq ayollari bandligini taʼminlash nazarda tutiladi.

46.

Oʻzbekiston Respublikasida 2030-yilgacha kambagʻallikni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqish.

Bunda, milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi monitoringi koʻrsatkichlari, milliy iqtisodiyot salohiyati va vazifasi hamda xalqaro tajribani oʻrganish;

boʻlajak iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlash.

2021-yil

mart

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Iqtisodiy tadqiqotlar
va islohotlar markazi,
Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Oʻzbekiston Respublikasida kambagʻallikni qisqartirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

47.

Quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga oid statistik koʻrsatkichlarni baholash orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsion salohiyatni, shuningdek, barqaror va dinamik rivojlanish uchun hududlarning boshqa qiyosiy afzalliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish.

Bunda:

iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik;

mehnat bozori samaradorligi;

ijtimoiy xizmatlarning mavjudligi va sifati;

infratuzilmani rivojlantirish va mavjudligi;

iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va diversifikatsiyasi;

ishbilarmonlik muhitining sifati va tadbirkorlikni rivojlantirish;

moliyaviy mustaqillik, bank-moliya sohasini rivojlantirish;

joylarda davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va axborotning mavjudligini nazarda tutish.

2021-yil

aprel

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi,
Davlat statistika qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Indeksni hisoblash muayyan hududlarga xos siyosatni ishlab chiqishda hisobga olinadigan xavf omillarini tahlil qilish va koʻrilgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash imkoniyati nazarda tutiladi.

48.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasiga quyidagilarni hisobga olgan holda qoʻshimchalar kiritish:

— chorvachilik bilan shugʻullanuvchi kam taʼminlangan oilalar uchun alohida ozuqa bazasini yaratish;

— “bir qishloq-bir mahsulot” tamoyiliga asosan, bogʻdorchilik va boshqa likvidli va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega eksportbop ekinlar yetishtirish va ularni yirik korxonalar bilan birgalikda qayta ishlashga oid qoʻllanmalar, risolalar va amaliy materiallar ishlab chiqish va bepul tarqatish.

2020-yil yakuniga qadar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Xalqaro tashkilotlar, manfaatdor vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Qishloq aholisining bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish nazarda tutiladi.

49.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qaroriga muvofiq respublika hududlarini ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish.

2020-yil yakuniga qadar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalarining faoliyatini tashkil etish, agro-klasterlar yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish nazarda tutiladi.

50.

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini samarali faoliyat olib borishini taʼminlash.

2020-yil yakuniga qadar

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

51.

Maʼlumotlar tahlili, mobil dasturlash va boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirish sohalarida “Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etadigan yoshlarning qamrovini kengaytirish va sonini koʻpaytirish.

2020-yil yakuniga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Respublikada axborot texnologiyalari sohasida faolit koʻrsatayotgan yoshlarni yangi zamonaviy bilimlar va amaliyot bilan bevosita shugʻullanishi hamda xalqaro tajribalarni oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda koʻrib chiqishi imkonini nazarda tutiladi.

Tadbirkorlik subyektlarini nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari

52.

Kichik biznes subyektlari tomonidan mahsulotlarni ulgurji va chakana savdosiga sharoitlar yaratish, jumladan, yangi chakana savdo korxonalari, shuningdek, qishloq joylarda universal doʻkonlar tashkil etishni ragʻbatlantirish.

2020-yil sentyabr

Davlat soliq qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Qishloq joylarda isteʼmol tovarlarga boʻlgan talabni qondirish imkoniyatlari nazarda tutiladi.

53.

Kichik sanoat zonalarida bosh reja asosida arxitekturaviy rejalashtirish tasdiqlangandan keyin yer uchastkalarini ajratish.

2021-yil
yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Qurilish vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarish loyihalari uchun tashqi infratuzilma obyektlariga qulay ulanish imkoniyatlari nazarda tutiladi.

54.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan maʼqullangan innovatsion startap loyihalar asosida tuman (shahar)lar markazlarida kamida 1 tadan texnopark tashkil etish.

2021-yil

yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Infratuzilma xarajatlari (smeta boʻyicha, joylashti-rilgan joyning aniqlanishiga qarab)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Texnoparklar sonini koʻpaytirish va ularning hududida ilgʻor ishlab chiqarishlarni yaratish nazarda tutiladi.

55.

Mavjud kichik sanoat zonalarida kichik biznes va tadbirkorlik uchu� yer ajratishni tezlashtirish;

Aholisi 10 ming kishidan ortiq boʻlgan barcha aholi punktlarida kichik sanoat zonalarini tashkil etish.

2020-yil

oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish hamda aholi bandligini taʼminlash nazarda tutiladi.

56.

Innovatsion gʻoyalar va startaplarning ekotizimini qoʻllab-quvvatlash uchun infratuzilmani yaratish.

2020-yil

oktyabr

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsiya vazirligi, vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Startap loyihalar va innovatsion gʻoyalarni moliyalashtirish imkoniyatlarining kengayishi nazarda tutiladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha moliyaviy taʼminlash choralari

57.

Investitsiya dasturi shakllantirilish jarayonida kichik sanoat zonalari uchun muhandislik va transport infratuzilmasini yaratish boʻyicha maxsus yoʻnalish sifatida kapital quyilmalar hajmini belgilash.

Doimiy

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik
va idoralr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan kichik sa�oat zonalarining muhandislik kommunikatsiyalari bosqichma-bosqich yaxshilanishi nazarda tutiladi.

58.

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash.

2021-yil
yanvar

Savdo-sanoat palatasi,

“Tadbirkor ayol” uyushmasi,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
tijorat banklari

100,0

(ayollar tadbirkorli-gini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tasdiqlangan dastur doirasida)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Tadbirkor ayollar sonini koʻpaytirish, kambagʻallik koʻlamini kamaytirish va aholi bandligini oshirish nazarda tutiladi.

59.

Respublika tuman (shahar)larida jadvalga asosan mahalliy muvaffaqiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda, yosh va ayol tadbirkorlar uchun yil davomida mavzuli seminarlar (murabbiylik) turkumini tashkil etish.

2020-yil
oktyabr

Savdo-sanoat palatasi,

Yoshlar ittifoqi,

“Tadbirkor ayol” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Yosh va ayol tadbirkorlar tomonidan zamonaviy, ilgʻor bilim va koʻnikmalar egallanadi.

60.

Tadbirkorlarni qoʻshimcha sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda, karantindan keyingi davrda faoliyat yuritishga oʻrgatish boʻyicha oʻquv-seminarlarini oʻtkazish.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpogʻiston Republikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilgan holda faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga erishiladi.

Sanoat: katta zarar koʻrgan tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash, tarmoqlarda boshlangan islohotlarning davom etishini taʼminlash, raqobatbardoshlikni oshirish, jumladan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mahalliylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish

Neft va gaz sanoatini rivojlantirish

61.

Turkmaniston hududi orqali tranzit yoʻlini ochish boʻyicha qisqa muddatlarda Hukumatlararo muzokaralarni oʻtkazish.

2020-yil yakuniga qadar

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Energetika vazirligi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

Hukumatlararo bitim loyihasi.

Osiyo, Eron va Turkiyaga eksport qayta tiklanadi, 2020-yil oxiriga qadar belgilangan eksport hajmlariga erishish imkoniyatlari yaratiladi.

62.

Eksport prognoz koʻrsatkichlarini bajarish maqsadida:

yuqori qoʻshilganqiymatga ega boʻlgan tayyor mahsulotlarni eksport qilish (polietilen quvurlar, poddonlar va boshqalar);

Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalari boʻyicha maslahatchilari tomonidan tijorat takliflarini tarqatish orqali eksport yoʻnalishlarini kengaytirish.

2020-yil

sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Energetika vazirligi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

Tahliliy-axborot.

Amalga oshirilgan choralar natijasida polimer mahsulotlarining eksport parametrlarini oʻrtacha 20 — 25%ga oshirish mumkin, bu esa 2020-yilda belgil?n�an prognozlarga erishish imkonini beradi.

63.

Suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilar tomonidan faqat birja savdolari orqali sotishni amalga oshirishga toʻliq oʻtish va aholining ehtiyojlarini qondirish maqsadida bozorning barcha ishtirokchilariga teng va shaffof tizim orqali suyultirilgan gaz hajmlarini yetkazib berishni taʼminlash.

2020-2021

yillar

Energetika vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni mavjud 900 ming tonnadan yiliga 1,5 mln tonnagacha koʻpaytirish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmini oshirishni taʼminlashga erishiladi.

64.

Temir yoʻlda yuk tashish uchun onlayn ariza kiritish tizimini joriy etish va taqdim etilgan arizaning holatini kuzatish.

2020-2021

yillar

Transport vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yullari” AJ,

Energetika vazirligi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

Chora-tadbirlar rejasi.

Isteʼmolchilarga tovarlarni tez yetkazib berish tizimi yaratiladi;

Shuningdek, vagonlar boʻyicha qabul qilinadigan arizalarni koʻrib chiqish operatsiyalarini jadallashtirish hamda taqdim etilgan arizalar holatini kuzatish uchun imkoniyat yaratiladi.

65.

Eksportga texnik oltingugurt yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish.

2020-yil
sentyabr

Energetika vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

120 ming tonna texnik oltingugurt mahsulotlarini eksport qilish nazarda tutiladi.

Gidroenergetikani rivojlantirish

66.

Gidroenergetikada qurilish-montaj ishlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yangi shaharsozlik normalari va qoidalarini (ShNQ) ishlab chiqish.

2020-yil yakuniga qadar

Qurilish vazirligi,

Energetika vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

Chora-tadbirlar rejasi.

Koʻmir sanoatini rivojlantirish

67.

Issiqlik elektr stansiyalariga koʻmir yoqilgʻisini yetkazib berish hajmini kamaytirish va birja savdolari orqali sotishni koʻpaytirish.

2020-yil yakuniga qadar

Energetika vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

“Oʻzbekkoʻmir” AJ

Chora-tadbirlar rejasi.

808 milliard soʻmlik 4,3 million tonna koʻmir sotish nazarda tutiladi.

Metallurgiya sanoatini rivojlantirish

68.

Moliyaviy hisobotlarning Xalqaro standartlari (MHXS) talablariga muvofiq hisobot olib borish tizimiga oʻtish.

2021-yil

sentyabr

“Navoiy KMK” DK, “Navoiy KMK” AJ

“NKMK” AJning loyiha ofisi doirasida

“NKMK” AJning oʻz mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

“NKMK” AJ Moliyaviy hisobotlarning Xalqaro standartlari (MHXS)ga muvofiq hisobot olib borishi tizimga oʻtishiga erishiladi.

69.

JORC kodeksi boʻyicha zaxiralarni qayta baholash va davlat balansi hisobini olib borishda JORC kodeksi asosida baholash natijalaridan kelib chiqish.

2021-yil

mart

“Navoiy KMK” DK, “Navoiy KMK” AJ

“NKMK” AJning loyiha ofisi doirasida

“NKMK” AJning oʻz mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

JORC kodeksi boʻyicha zaxiralarni qayta baholash va Davlat balansi hisobini yuritishda JORC kodeksi natijalarini qabul �ilishga oʻtiladi.

70.

Yevrobond ishlab chiqarishni tashkil etish, ESG kredit va reytinglarini olish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

2021-yil

iyun

“Navoiy KMK” DK, “Navoiy KMK” AJ

“NKMK” AJning oʻz mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar.

Xalqaro konsultantlarni jalb qilish, reyting agentliklari va investitsion banklar bilan ishlash imkoniyati asosida korxona mavqeyi oshiriladi.

Avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish

71.

“Oʻzavtosanoat” AJ korxonalarini moliyalashtirish va uskunalarni sotib olishni tezlashtirishni taʼminlash.

2020-yil

III-IV chorak

“Oʻzavtosanoat” AJ

Amaliy chora-tadbirlar.

“Oʻzavtosanoat” AJ korxonalari sotish hajmining oʻsishiga erishiladi.

72.

BCG xalqaro konsalting kompaniyasini jalb etgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil sanoatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil yakuniga qadar

“Oʻzavtosanoat” AJ

“Oʻzavtosa-noat” AJning oʻz mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Respublika avtomobil sanoati rivojlanishning uzoq muddatli strategiyasi belgilanadi.

73.

Avtomobilsozlik sohasida yagona sanoat siyosatini yuritishga yoʻnaltirilgan “Sanoat usulida yigʻish toʻgʻrisida”gi Nizomni ishlab chiqish.

2020-yil

oktyabr

“Oʻzavtosanoat” AJ

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Oʻzbekiston Respublikasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish tartibini soddalashtirish tizimini joriy qilish orqali sogʻlom raqobat muhitini yaratish hamda shtamplash, payvandlash, boʻyash va yigʻish texnologik operatsiyalarning toʻliq siklini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha aniq mezonlar tasdiqlanadi.

74.

Qishloq xoʻjaligining barcha sohalari, shu jumladan, chorvachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, oʻrmonchilik uchun qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarish maqsadida mavjud ehtiyojlarni oʻrganib, qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxonalarni 2025-yilgacha zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlash Davlat dasturini ishlab chiqish.

2021-yil
mart

Qishloq xoʻjalik vazirligi. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Qishloq xoʻjaligining barcha sohalari uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjalik t?x?i�alarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqarishga erishish imkoniyati paydo boʻladi.

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish

75.

Elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish uchun chegaraga tutash hududlarda maxsus savdo zonalarini yaratish.

2020-yil

dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Eksport miqdori oshiriladi, eksportbop yangi tovarlar nomenklaturasi difersifikatsiya qilinadi hamda eksport geografiyasi kengaytiriladi.

76.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksporti hajmini oshirish uchun eksportdan keyingi moliyalashtirish tizimini yaratish.

2020-yil
oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot eksport qilinganda, sugʻurta polisini xaridor oʻz vaqtida toʻlash sharti asosida Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksportdan keyingi moliyalashtirish tizimi yaratiladi.

77.

Elektrote�nika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Janubiy Koreya va Yaponiyaning “brend” kompaniyalarini jalb qilish.

2020-2021

yillar

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Innovatsiyalar vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Yangi bozorlarni egallash, ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholi bandligini taʼminlash hamda jahon standartlariga mos ravishda raqobatbardosh eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga erishiladi.

78.

Yakka tartibdagi uy-joy va koʻp xonadonli kvartiralarning loyiha-smeta hujjatlarida har bir uyni nominal quvvatining 25 foizini qayta tiklanadigan energiya bilan taʼminlash majburiyati belgilanmagan boʻlsa, tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishni taqiqlanishi boʻyicha tartibni joriy etish.

2020-yil

dekabr

Qurilish vazirligi,
Energetika vazirligi,

�oliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Respublikada ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish taʼminlanadi.

79.

Elektrotexnika mahsulotlari eksportini oshirish maqsadida, tashqi isteʼmol bozorlarida tizimli ravishda chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish.

Doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport qobiliyati hamda ularning eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.

80.

Mahalliy investorlarga nisbatan xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlarni qoʻllash mexanizmini yaratish.

2021-yil
yanvar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Mahalliy investorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali doimiy yangi ish oʻrinlari yaratish va importni qisqartirishga erishiladi.

81.

Sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida, Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida elektronika va elektrotexnika sohasidagi mustaqil oʻquv muassasasini tashkil etish boʻyicha Koreyaning ilgʻor texnologiyalar instituti (KAIST), Tokio ilgʻor texnologiyalar instituti (Yaponiya), “Nanyang” texnologiya universiteti (Singapur), “Sinxua” universiteti (Xitoy) vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2020-2021

yillar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,“Oʻzeltexsanoat”

uyushmasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Elektrotexnika sanoatida ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha yangi bilim va koʻnikmalarni joriy etish orqali kadrlar tayyorlash tizimi barpo etiladi.

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish

82.

Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarini yetarli kuchlanishga ega podstansiyalar va transformatorlar bilan taʼminlash.

Etarli kuchlanishga ega podstansiyalar va transformatorlarni oʻrnatish (“Parkent-farm” SEZ — 6300 kVatt; “Kosonsoy- farm” SEZ — 410 kVatt; Boʻstonliq farm” SEZ — 12 MVatt).

2020-2021

yillar

Qoraqalpogʻiston Respub�ikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hisob-kitoblariga asosan

Chora-tadbirlar rejasi.

Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalaridagi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.

83.

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida uzoq muddatli kreditlar ajratish.

2020 — 2025-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

500 mln dollar

Chora-tadbirlar rejasi.

Biotexnologik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun infratuzilma yaratiladi.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish

84.

Sifatsiz tayyor toʻqimachilik isteʼmol tovarlarning importini cheklash maqsadida notarif bozor uslubiy talablarini joriy etish.

2021-yil

iyul

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Isteʼmol bozorlarini sifati past va qalbaki import mahsulotlaridan himoya qilish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

85.

Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Xitoy, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarining bojxona bojlarini kamaytirish yoki bekor qilishga erishish (5 — 12%) orqali mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga kirib borishini kengaytirish, shuningdek xalqaro savdo kompaniyalari va brendlari tomonidan yuzaga kelayotgan “toʻsiq”larni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish.

2021-yil mobaynida doimiy

Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Dunyo mamlakatlarida yangi bozorlarini oʻzlashtirish, eksport hajmini oshirish choralari koʻriladi.

86.

Oliy taʼlim muassasalarida ixtisosliklar boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oshirish orqali oʻquv soatlarini koʻrib chiqish.

Tarmoq korxonalarida amaliy mashgʻulotlar va ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtkazish (ish uslubiyotini oʻrganish bilan).

Tarmoq uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha (texnolog, dizayner) xorijiy mutaxassislarni jalb etish orqali qoʻshma oliy taʼlim muassasalarni (YI, Turkiya, Xitoy, Hindiston) tashkil etish.

Korxona yoʻnalishi boʻyicha qabul rejasini toʻlov kontraktlarini pasaytirishni hisobga olgan holda oshirish (kechki va sirtqi oʻquv shakli). Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mutaxassisliklari boʻyicha ilimy tadqiqot ishlarini oʻtkazish hamda mutaxassislarni oʻqitish (malaka oshirish, qayta tayyorlash) xarajatlarini korxonalarning soliq bazasidan chiqarish boʻyicha taklif kiritish.

2021-yil sentyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Mehnat resurslari bilan taʼminlash, ishlab chiqarish darajasini hamda tarmoq korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish

87.

Tarmoq korxonalarini texnik va texnologik modernizatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, 2020 — 2022-yillarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish.

2020 — 2022-yillar

“Oʻzcharmsanoat” uyushamasi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2 200,0

Chora-tadbirlar rejasi.

Tayyor charm mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari 1 798,0 mln.kv.m.ga, poyabzal ishlab chiqarish quvvatlari 67,1 mln.juftga, charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari 5,3 mln. donaga yetkaziladi. Shuningdek, 2020-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3647,2 mlrd.soʻmga yetkaziladi.

88.

Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi elchixonalari koʻmagida charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlari konyunkturasini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning rivojlanish yoʻnalishlarini oʻrganish.

Doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Mahalliy mahsulotlar eksportini oshirishga xizmat qiladi.

89.

Xalqaro ilgʻor tajribalar asosida respublika hududiga charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlarining noqonuniy olib kirishning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish.

2020-yil

oktyabr

Davlat bojxona qoʻmitasi,
Davlat soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Respublika hududiga charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlarining noqonuniy olib kirishning oldini olish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olinadi.

90.

Oliy taʼlim muassasalarida toʻqimachilik, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlari boʻyicha amaldagi mutaxassisliklar yoʻnalishlarni xatlovdan oʻtkazish hamda yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritish.

2020-yil
noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi

Tahliliy-axborot.

Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish

91.

2020-yilning kuz-qish davrida tarmoq korxonalarini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash.

2020-yil sentyabr — dekabr

Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Amaliy chora-tadbirlar.

Tarmoq boʻyicha 22 trln. soʻm miqdorda mahsulotlar ishlab chiqarishi taʼminlanadi.

92.

Tarmoq korxonalarini 2021-yilda 482,0 ming tonna miqd�rida zaruriy sifatdagi mahalliy koʻmir bilan taʼminlash masalasini hal etish.

2020-2021

yillar

Energetika vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Tarmoq boʻyicha 22 trln. soʻm miqdorda mahsulotlar ishlab chiqarishi taʼminlanadi.

Geologiya sohasini rivojlantirish

93.

Geologik obyektlarni, xususan 20 ta konni xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalari texnik yordamini jalb qilgan holda tanlovlar (auksionlar) oʻtkazish asosida salohiyatli investorlarga taklif etish.

2020-yil

dekabr

Davlat geologiya qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, tijorat banklari kreditlari, grantlar va Xalqaro moliya tashkilotlar mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Foydalanilmayotgan konlarni sanoat usulida qazib chiqarish boʻyicha chet el investorlari faol jalb qilinadi.

Zargarlik sanoatini rivojlantirish

94.

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Isteʼmolchilar xuquqini ximoya qilish agentligi bilan birgalikda mahsulot sifatini nazorat qilish choralarini koʻrish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020 yil sentyabr

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Moliya vazirligi Asillik darajasini belgilash palatasi, Isteʼmolchilar xuquqini ximoya qilish agentligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Tarmoqda qora bozor ulushini qisqartirish hamda ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotni sifatini oshirish choralari koʻriladi.

95.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan qimmatbaho metallarni sotib olishda 180 kungacha toʻlov muddatini uzaytirish mexanizmini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil

oktyabr

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi,

Moliya vazirligi, Markaziy bank

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari oshiriladi.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish

96.

Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari (qandolat mahsulotlari, goʻsht, sut mahsulotlari, qayta ishlangan meva-sabzavotlar, sariyogʻ, margarin) importi uchun kvotalar oʻrnatish mexanizmini joriy etish.

2020-yil

oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

97.

Alkogol va tamaki mahsulotlari aylanmasini tartibga solishni taʼminlash.

2020-yil

oktyabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
vazirlik va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini oshirish, isteʼmol bozorini past sifatli va kontra fakt import mahsulotlaridan himoya qilish.

Qishloq xoʻjaligini tiklash boʻyicha chora-tadbirlar

98.

Foydalanishdan chiqarilgan va yer osti suv zaxiralariga ega boʻlgan yer maydonlarini foydalanishga kiritish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2020-yil
sentyabr — dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Davlat geologiya qoʻmitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, bunda, eng avvalo aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan qatlamini qamrab olish nazarda tutiladi.

99.

Gʻalladan boʻshagan 777,6 ming gektar ekin maydonlariga takroriy ekin ekishga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini toʻliq va samarali joylashtirilishini taʼminlash.

2020-yil sentyabr

Qishloq xoʻjalik vazirligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Takroriy ekin hisobiga 11,4 million tonna qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiriladi.

100.

Mahalliy hokimliklar zaxiralarida boʻlgan 307,1 ming gektar lalimi va yaylovli yerlarni yem-xashak ekinlarini ekish uchun ajratish.

2020-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Goʻsht ishlab chiqarish hajmi 47,6 ming tonnaga va sut ishlab chiqarish hajmi 286 ming tonnaga oshiriladi.

101.

Respublika hududlarining tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, urugʻlik kartoshkasini yetishtirish uchun ixtisoslashtirish, xususan, 40 ta tumanda kartoshka, 23 ta tumanda urugʻlik kartoshkasini yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirish ishlarini jadallashtirish.

2020-yil

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Mahalliy ishlab chiqarish orqali aholining kartoshkaga boʻlgan ehtiyoji qondiriladi.

102.

Sholi yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning (Xitoy, Yaponiya, Vyetnam) zamonaviy texnologiyalarini qoʻllash.

2020-yil

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Ichki resurslar hisobiga aholining guruchga boʻlgan talabi taʼminlanadi.

103.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etayotgan fermer xoʻjaliklariga ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan subsidiyalar ajratilishi yuzasidan Vazi?lar �ahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil
oktyabr

Suv xoʻjaligi vazirligi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Suv sarfi 50%ga, mineral oʻgʻitlar sarfi 37%ga, yoqilgʻi sarfi 35%ga tejashga, shuningdek, oʻrtacha rentabellik darajasi 35%ga yetkazishga erishiladi.

104.

Nasos stansiyalarini har yili va bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, xususan 2020-yilda 163 nasos agregatlarini almashtirish, shuningdek, 50 ta suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sherikchilik asosida xususiy sektorga berish va suvni yetkazib berish boʻyicha davlat xarajatlarining bir qismini suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish.

2020-2021

yillar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Byudje� mablagʻlari,

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Ushbu tadbirlar elektr energiyasini tejash va budjet xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.

105.

Dehqon bozorlarida aholi tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini isteʼmol qilish boʻyicha kunlik aylanmalar monitoringi tizimini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil
oktyabr

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Davlat soliq qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik
va idoralar

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Ichki va tashqi bozorlarda talab muvozanatini saqlab turish orqali qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozoridagi nomutanosibliklarni bartaraf etish va tartibga solish mexanizmi takomillashtiriladi.

106.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining veb-saytida mahalliy eksportyorlar va boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar asosida joriy eksport narxlarini eʼlon qilib borish (har hafta va undan koʻproq) .

Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishlarida Rossiya Federatsiyasi bojxona organlari tomonidan QQS hisoblashda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining veb-saytida eʼlon qilingan joriy eksport narxlarini qoʻllash masalasini muhokama qilish.

2020-yil yakuniga qadar

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,

Oʻzbekiston eksportyorlari uyushmasi

Amaliy chora-tadbirlar.

Rossiya Federatsiyasiga eksport qilish jarayoni osonlashadi.

107.

Respublikada urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2020-yil

dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Urugʻlik materiallarni import qilishda xarajatlar qisqaradi.

108.

Jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer maydonlarini ijaraga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy qilish.

2020-yil

dekabr

“Davyergeodezkadastr”,
Qishloq xoʻjaligi vazirl??gi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Investitsion muhit yaxshilanishi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida investitsion jozibadorlikni oshirilishi nazarda tutiladi.

109.

Har bir hududda koʻchat yetishtirish maqsadida zamonaviy koʻchatxonalar tashkil etish uchun yer maydonlarini ajratish.

Akademik M. Mirzayev nomidagi ilmiy tekshirish instituti yer maydonlarida mahalliy va xorijiy investitsiyalar ishtirokida intensiv texnologiyalar asosida xoʻjaliklarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.

2020-2021

yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Bogʻdorchilik va issiqxonalarni rivojlantirish agentligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Past boʻyli va yarim past boʻyli koʻchatlarga boʻlgan talab qondiriladi.

110.

Intensiv bogʻlar tashkil etish, issiqxonalar va limon yetishtirish maydonini kengaytirish uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish choralarini koʻrish.

2020-2021

yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

26 ming gektar intensiv bogʻlar, 1050 gektar isiqxonalar, 2496 gektar limonzorlar barpo etiladi.

111.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini kengaytirish va takomillashtirish.

2020-yil

oktyabr

Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Sohani boshqarishda davlatning rolini qisqartirish va investitsion jozibadorlikni oshirish nazarda tutiladi.

112.

Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan savdo qilish tartibini takomillashtirish.

2020-yil

oktyabr

Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Sohani boshqarishda davlat�ing rolini qisqartirish va investitsion jozibadorlikni oshirish nazarda tutiladi.

Tarmoqlararo hamkorlik va mahalliylashtirish

113.

Tarmoq korxonalari tomonidan 2020-yil III chorakda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil sentyabr

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AJ, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

Chora-tadbirlar rejasi.

Umumiy summasi 123,1 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqariladi.

114.

Ishlab chiqarish hajmini oshirishni hisobga olgan h�lda eksportbop mah?ul??tlar ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarni ishlab chiqish

2021-yil

yanvar

Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tizimidagi barcha tarmoq korxonalari

Chora-tadbirlar rejasi.

Sanoatning barcha yoʻnalishlarida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari oshiriladi.

Turizmni tiklash boʻyicha chora-tadbirlar

115.

Turizm sohasida ish oʻrinlarini saqlash maqsadida moliyaviy ahvoli yomonlashgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foizsiz kreditlar berish va mavjud kreditlar boʻyicha foiz stavkalari xarajatlarini qoplash mexanizmlarini joriy etish.

2020-yil

oktyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Davlat budjeti, Inqirozga qarshi jamgʻarmasi va Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Turizm infratuzilmasini, sohadagi korxonalar faoliyatini pandemiyadan keyin qayta tiklash va jadallashtirish nazarda tutiladi.

116.

Turizm sohasida subyektlarning xorijiy turistlarni jalb qilishni jadallashtirishga qaratilgan yangi infratuzilma obyektlarini yaratish boʻyicha loyihalarga yoʻnaltirilgan xarajatlarini qoplash mexanizmlarini joriy etish.

2020-yil

oktyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Davlat budjeti, Inqirozga qarshi jamgʻarmasi va Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Turizm infratuzilmasini, sohadagi korxonalar faoliyatini pandemiyadan keyin qayta tiklash va jadallashtirish nazarda tutiladi.

117.

Quyidagilar orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning savdo infratuzilmasini xalqaro elektron savdo maydonchalari infratuzilmasi bilan integratsiyalash:

mahalliy ishlab chiqaruvchilar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oʻzlarining mahsulotlarini sotish uchun elektron savdo maydonchalari imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha xalqaro savdo maslahatchilari ishtirokida bepul treninglar oʻtkazish;

xalqaro elektron savdo maydonchalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning suvenir va hunarmandchilik buyumlarini namoyish etish;

xalqaro elektron savdo maydonchalari bilan hamkorlik oʻrnatish va Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochish boʻyicha muzokaralar olib borish.

2020-yil
IV chorak

Savdo-sanoat palatasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro maydonda targʻib qilishga erishiladi.

118.

Tibbiy turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

oktyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Onlayn bron qilish xizmatlari bilan tibbiy muassasalar, xizmatlar va narxlar toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilgan tibbiy turizm portali yaratiladi;

Sogʻlomlashtirish va dam olish maskanlariga investorlar jalb qilinadi.

119.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻllari hududida turistik infratuzilma majm�asini yaratish va rivojlantirish.

2020-yil

noyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Jizzax, Buxoro, Navoiy hokimliklari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻllari hududida suv faoliyati va plyaj turizmini rivojlantirish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, yoʻlovchilarni tashish uchun doimiy avtobus xizmatlarini tashkil etish nazarda tutiladi.

Investitsion siyosat: Markazlashtirilgan investitsiyalar, qurilish va infratuzilma samaradorligini oshirish, xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni ragʻbatlantirish, Xalqaro moliya institutlari, Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini, tijorat banklarining kreditlarini oʻzlashtirish.

120.

Yirik investitsiya loyihalarini, shu jumladan, 2020-yilda foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashning aniq mexanizmini yaratish.

2020-yil sentyabr

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik

va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Yirik investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishga erishiladi.

121.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida istiqbolli loyihalarni aniqlash va ularni amalga oshirish uchun tarmoq dasturlari va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish.

2020-2021

yillar

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi va davlat budjeti mablagʻlari tejalishiga erishiladi.

122.

Umumtaʼlim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha energiya tejamkorlik talablar asosida quvvati 24 tagacha oʻquv oʻrinli boʻlgan namunaviy loyiha ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil

oktyabr

Xalq taʼlimi vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

�ahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Umumtaʼlim maktablari qurilishi sifati oshiriladi.

123.

Hududlar va tarmoqlarni yanada rivojlantirishga hamda iqtisodiy oʻsishga xizmat qiladigan xom ashyo tayyor mahsulot ishlab chiqarishning uzluksiz zanjiri asosida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish (misni, charm, ipak va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash).

2020-yil

oktyabr

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Olmaliq KMK,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik

va idoralar

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqariladi va budjet daromadlari oshiriladi.

124.

Davlat investitsiyalarini boshqarish samaradorligini baholash natijalariga koʻra, 2021-yildan boshlab Investitsiya dasturiga kiritiladigan, birinchi n?vba�da, kambagʻallikni qisqartirish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qiladigan loyihalarni tanlash boʻyicha mezonlarni ishlab chiqish.

2020-yil

noyabr

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Kambagʻallikni qisqartirishga, yangi ish oʻrinlarini yaratishga, budjet mablagʻlaridan yanada samarali va oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan Investitsiya loyihalarini sifatli ishlab chiqish va davlat investitsiyalari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

125.

Budjet mablagʻlaridan yanada samarali va oqilona foydalanish maqsadida, yuqori kumulyativ taʼsirga ega boʻlgan (sanoat korxonalari, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish sohasi va aholining yuqori konsentratsiyalangan joylariga muhandislik kommunikatsiyalarni olib borish) infratuzilma loyihalarini birinchi navbatda moliyalashtirilishi uchun budjet mablagʻlarini yoʻnaltirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil

oktyabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Tahliliy-axborot.

Budjet mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanishga erishiladi.

126.

Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yilga qadar Investitsiya strategiyasini tasdiqlash.

2020 yil

oktyabr

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Respublikaning 2025-yilga qadar investitsion siyosatni belgilash, hududlar/tarmoqlar imkoniyatlaridan kelib chiqib toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi va taʼsirini baholashga xizmat qiladi.

127.

Milliy manfaatlarni himoya qilishga, milliy xavfsizlikka zarar yetkazadigan (yoki yetkazmaydigan) jihatlarini har tomonlama oʻrganmasdan, chuqur iqtisodiy tahlil qilmasdan va ekspert xulosasi mavjud boʻlmagan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bitimlarning imzolanishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltirilgan, shuningdek, xorijiy investorlarni yuqori texnologiyali loyihalarda ishtirok etishga undaydigan Investitsiyalar xavfsizligi milliy konsepsiyasini ishlab chiqish.

2021-yil

yanvar

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Tarmoq va hududlarga investitsiya jalb qilinishi mezonlari tartibga solinadi.

128.

2021 — 2023-yillarda irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini tizimli rivojlantirish — hosildorlik hamda eksport salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.

129.

2030-yilga qadar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish obyektlarini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirli?i,

Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2030-yilga qadar birinchi tibbiy-sanitar punktlarni tizimli rivojlantirish hamda qishloq joylarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga erishiladi.

130.

Xalqaro standartlar asosida qurilish meʼyorlari va qoidalarga zamonaviy talablarni joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil

noyabr

Qurilish vazirligi,

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik

va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Qurilish meʼyorlari va qoidalari takomillashtiriladi.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish

131.

2030-yilgacha avtomobil yoʻllarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

2020-yil

oktyabr

Transport vazirligi, manfaatdor vazirlik

va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Avtomobil yoʻllarini tizimli rivojlantirish, shuningdek, sanoatni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi tegishli yoʻl infratuzilmasini yaratishga xizmat qiladi.

132.

Tuman markazlari va shaharlarni yuqori sifatli kanalizatsiya tizimlari bilan toʻliq taʼminlashni hisobga olgan holda, ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantirish dasturini tanqidiy koʻrib chiqish.

2020-yil

oktyabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini tizimli rivojlantirish, shuningdek, sanoat zonalarini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi tegishli infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.

133.

Investitsiyalarni monitoring qilish imkoniyatini oʻz ichiga oladigan elektron tizimni joriy etish

2021-yil

yanvar

Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihalarni amalga oshirish monitoringi hamda muammoli loyihalar boʻyicha qarorlar qabul qilish samaradorligi oshiriladi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish

134.

Aholini kenga tarmoqli internetgaulanish imkoniyatlarini oshirish.

2020-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Telekommunikatsiya operatorlari

va provayderlari

706,7

(xorijiy kreditlar va ijrochilar mablagʻi)

Amaliy chora-tadbirlar.

700 mingta keng tarmoqli portlarini oʻrnatish hisobiga respublikadagi portlarning umumiy sonini 2,8 millionga yetkaziladi.

135.

Mobil aloqalar tarmogʻini modernizatsiyalash va kengaytirish, shu bilan birga, tajriba tariqasida beshinchi avlod (5G) tarmogʻini joriy etish.

2020-yil

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Oʻzbektelekom” AJ,
mobil aloqa tarmogʻi operatorlari

704,8

(xorijiy kreditlar va ijrochilar mablagʻi)

Amaliy chora-tadbirlar.

Mobil aloqa sifatini yaxshilash, asosan qishloq joylarda 2 mingdan kam boʻlmagan baza-stansiyalarini oʻrnatish orqali ularning miqdorini 28,1 mingtaga yetkazish, shu bilan birga, Toshkent shahrida mobil aloqa tizimining beshinchi avlodini (5G) tajriba tariqasida joriy etishga erishiladi.

136.

Optik tolali aloqa tarmogʻini q�rish.

2020-yil

dekabr

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Telekommunikatsiya operatorlari

va provayderlari

84,0

(ijrochilar mablagʻi)

Amaliy chora-tadbirlar.

7,5 km optik tolali aloqa tarmogʻini qurish orqali respublika boʻyicha ularning umumiy uzunligini 50 ming km.ga yetkazish hisobiga telekomunikatsiya xizmatlar sifatini yaxshilashga erishiladi.

137.

Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini (maʼlumotlar markazi) yaratish.

2020-2021

yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

960,8 (xorijiy kreditlar va ijrochilar mablagʻi)

Amaliy chora-tadbirlar.

138.

Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish.

2020-2021

yillar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Oʻzbektelekom” AJ

464,1(xorijiy kreditlar va ijrochilar mablagʻi)

Amaliy chora-tadbirlar.

Maʼlumotlarni uzatish uchun xalqaro kanallar tarmoq kengligi 3,000 GB/sek.ga yetkaziladi.

Tibbiyot sohasida elektron xizmatlarni rivojlantirish

139.

“Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2020-yil

noyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi

11,0

(xorijiy investitsiyalar va kreditlar

(Turkiya)

Chora-tadbirlar rejasi.

Tibbiy yozuvlarni elektron shaklda toʻplash va saqlash hamda

real vaqt rejimida kasalliklarni tahlil qilish, kuzatish va prognozlash tizimi joriy etiladi.

140.

Shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish.

2020-yil

oktyabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi

2,0

(Xalqaro rivojlanish uyushmasi krediti)

Chora-tadbirlar rejasi.

Shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qoʻngʻiroqlar va bemorlarga xizmat koʻrsatish sifatini elektron qayd etish nazarda tutiladi.

141.

Koronavirus bilan kasallangan va ular bilan aloqada boʻlgan shahslarni roʻyxatga olish uchun axborot tizimini yaratish.

2020-yil

oktyabr

Sogʻ�i�ni saqlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

mobil aloqa tarmogʻi operatorlari

0,5

(ijrochilar-ning budjetdan tashqari mablagʻlari)

Chora-tadbirlar rejasi.

Koronavirus infeksiyasi boʻlgan bemorlarni markazlashtirilgan roʻyxatga olish va mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilishga xizmat qiladi.

Taʼlim sohasida elektron xizmatlarni rivojlantirish

142.

Oliy taʼlim tizimida masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish.

2020-yil

noyabr

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Toshkent axborot texnologiyalar universiteti

0,85

(ijrochilar mablagʻlari)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Universitet talabalari uchun masofaviy taʼlim tizimini yaratish, AKT yoʻnalishi boʻyicha talabalar sonini koʻpaytirishga erishiladi.

143.

Aholini dasturlash, grafik loyihalash va elektron tijorat asoslarini oʻrgatish uchun shart-sharoitlar yaratish.

2020-2021

yillar

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh�har

hokimliklari

Chora-tadbirlar rejasi.

Hududlarda raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarining ochilishiga xizmat qiladi.

144.

Aholining xalq taʼlimi va oliy taʼlim tizimida oʻquv internet resurslariga erkin kirishini tashkil etish.

2020-yil

dekabr

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari

va provayderlari

Chora-tadbirlar rejasi.

14 ta oʻquv internet resurslariga bepul kirishni taʼminlashga erishiladi.

145.

“Elektron kundaliklar va jurnallar” loyihasini joriy etish.

2020-yil

oktbr

Xalq taʼlimi vazirligi,
Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar

hokimliklari

71,3

(xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari, grantlar, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Toshkent shahridagi maktablarda 400 mingdan ortiq oʻquvchilarning oʻzlashtirishi boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi va elektron taʼlim xizmatlari joriy etiladi.

Elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish

146.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida hayotiylik sikli boʻyicha yangi xizmatlarni joriy etish.

2020-yil

dekabr

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 50 ta yangi elektron xizmatlarni joriy etish nazarda tutiladi.

147.

Fuqarolarni elektron xabardor qilish axborot tizimini joriy etish.

2020-yil

dekabr

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

0,6

(ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari)

Chora-tadbirlar rejasi.

Elektron hukumat xizmatlari boʻyicha fuqarolarni xabardor qilish axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish nazarda tutiladi.

148.

Elektron hukumat tizimining yagona billing tizimini modernizatsiya qilish.

2020-2021

yillar

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

0,7

(ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari)

Chora-tadbirlar rejasi.

Barcha turdagi davlat boj va yigʻimlari uchun toʻlovlarni elektron koʻrinishga oʻtkazish nazarda tutiladi.

149.

“Shaffof qurilish” axborot tizimini joriy etish.

2021-yil

mart

Qurilish vazirligi,

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

6,6

(ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali jamoatchilik uchun qurilish jarayonlarining barcha bosqichlari shaffofligini taʼminlash nazarda tutiladi.

150.

“Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona tizimini modernizatsiya qilish.

2020-2021

yillar

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

1,7

(ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari)

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar taqdim etish nazarda tutiladi.

151.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini modernizatsiya qilish va uning mobil ilovasini ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

1,5

(ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari)

Chora-tadbirlar rejasi.

Elektron davlat xizmatlaridan mobil qurilmalar orqali foydalanishda aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar taqdim etish nazarda tutiladi.

152.

Respublika hududlarida IT-Parkning hududiy filiallarini tashkil etish.

2020-2021

yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Respublikaning barcha hududlarida IT-Parkning hududiy filiallarini ochish imkoniyati paydo boʻladi.

153.

Toshkent shahrida IT-Parkning yangi infratuzilma obyektlari qurilishini tashkil etish.

2020-2021

yillar

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

Chora-tadbirlar rejasi.

IT-Park rezidentlariga oʻz faoliyatlarini rivojlantirishlari uchun zaruriy infratuzilma va zamonaviy laboratoriyalar taqdim etish nazarda tutiladi.

154.

Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi hududida IT-Park filialini qurish.

2020-2021

yillar

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

Chora-tadbirlar rejasi.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish uchun yangi infratuzilma va sharoitlar yaratish nazarda tutiladi.

Elektron tijoratni rivojlantirish

155.

Elektron tijoratni yanada rivojlantirish, ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil

noyabr

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

manfaatdor vazirlik
va idoralar

Tahliliy-axborot.

156.

Biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Biznes-navigator” elektron portalini joriy etish.

2020-yil

noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

Chora-tadbirlar rejasi.

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha universal onlayn platformani joriy etish nazarda tutiladi.

157.

Elektron tijorat sohasida statistik hisoblar va soliq solish tizimlari qonunchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil

oktyabr

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi,
Davlat statistika qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Elektron tijorat sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish nazarda tutiladi.

158.

Yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni hisobga olish va yetkazish yagona milliy tizimini joriy etish.

2020-yil

oktyabr

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ

1,0 (ijrochilar mablagʻlari)

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni yetkazib berishni takomillashtirish nazarda tutiladi.

159.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJning milliy elektron savdo maydonchasini tashkil etish.

2021-yil

noyabr

Axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ

1,5 (ijrochilar mablagʻlari)

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Internet tarmogʻida Oʻzbekiston mahsulotlari savdosini rivojlantirish nazarda tutiladi.

Mehnat va bandlik sohasini rivojlantirish

160.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

42 ming ishsiz fuqarolar uchun kasbiy tayyorgarlik;

ishsizlarga kasb-hunar taʼlimi tashkil etish uchun grantlar ajratish;

1 mingta milliy professional standartlarni tasdiqlash.

2020-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

manfaatdor vazirliklar
va idoralar

8,2 million dollar

(Jahon bankining “Oʻzbekistonni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish” loyihasi boʻyicha krediti)

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish nazarda tutiladi.

161.

Xorijga ishlash uchun ketgan va ishini yoʻqotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarni ish bilan taʼminlash boʻyicha amaliy yordam k�rsatish.

2020-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

manfaatdor vazirliklar
va idoralar

20,0

(chet ellarda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari)

Tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi.

Koronavirus pandemiyasi davrida chet elda ishini yoʻqotgan fuqarolarning ish bilan taʼminlash va daromadlarini oshirish nazarda tutiladi.

162.

2030-yilgacha aholi bandligini taʼminlashning milliy strategiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Iqtisodiy tara�qiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirliklarva idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Bandlik siyosatini rejalashtirishning uzoq muddatli siyosatini shakllantirish nazarda tutiladi.

163.

Inson kapitali va milliy ishchi kuchlarining raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2020-yil

dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirliklarva idoralar

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Mehnat unumdorligi va milliy ishchi kuchining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha samarali choralar va mexanizmlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 09/20/526/1253-son)