02.09.2020 yildagi 536-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “O‘zbek maqom san’ati fakulteti” hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi ― Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti (keyingi o‘rinlarda ― Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga ushbu qarorga 1-ilovada keltirilgan yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yo‘nalishlar (mutaxassisliklar)da tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini Institutda davom ettiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish

1.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti (keyingi o‘rinlarda ― Institut) tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Institut oldiga qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarni, musiqa san’ati ta’limi borasida nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini tahlil qilish.

2. Fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari hamda funksional bo‘limlar tarkibini qaytadan ko‘rib chiqqan holda Institutning tuzilmasini tasdiqlash.

2020-yil sentyabr

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

2.

Institut ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

1. Institutning ustavi loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustav loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash.

2020-yil sentyabr

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

3.

Institutning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

1. Institutning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasi loyihalarini ishlab chiqish.

2. Shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2020-yil sentyabr

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

4.

Institut o‘quv-normativ bazasini yaratish.

Kadrlar buyurtmachilari tomonidan madaniyat sohasining tarmoq kvalifikatsiya doirasi, har bir kasb va lavozimi bo‘yicha professional standartlarni ishlab chiqish va ular asosida davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv-reja va fan dasturlarini tasdiqlash.

2020 ― 2023-yillar

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti

5.

Institutni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchi va xodimlar tarkibini shakllantirish hamda ishga qabul qilish jarayonini tanlov asosida tashkil etish.

1. Yuqori malakali professor-o‘qituvchi va xodimlarni ishga jalb qilish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etish.

2. O‘zbek milliy musiqa san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda professor-o‘qituvchi va xodimlar tarkibini tanlov asosida shakllantirish.

2020-yil 10-sentabrga qadar

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

6.

O‘qitishning kredit-modul tizimiga bosqichma-�osqich o‘tish.

1. O‘qitishda kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha mahalliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish.

2. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab birinchi bosqich talabalarini o‘qitishda kredit-modul tizimini joriy etish.

2021/2022 o‘quv yili

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti

II. Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

7.

Kadrlarni tanlash va tayinlashning samarali mexanizmini joriy etish.

1. Rektorat, fakultetlar, kafedralar rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tarkibini shakllantirish va ularning ish samaradorligini baholashning reyting tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

2. Institut boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish, ularni maqsadli o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti

8.

Institutning 2021/2022 o‘quv yili va kelgusi yillar uchun o‘qishga qabul qilish kvotasini istiqbolda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni hamda o‘zbek milliy musiqa san’ati sohasi bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda shakllantirish.

1. Madaniyat sohasida mehnat resurslariga bo‘lgan talabni aniqlash.

2021-yil mart

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

2. Tahlil natijasi bo‘yicha aniqlangan ehtiyojni oliy ta’lim muassasalariga kvota ajratish rejasiga kiritish.

har yili aprel oyida

9.

Institutda mahorat darslari va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlari va san’at arboblarini taklif etish.

1. Yetakchi turdosh xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislarning mahorat darslarini tajriba almashish maqsadida tashkil etish.

2. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olim va san’at arboblarini taklif etish.

doimo

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

10.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro almashinuv amaliyotini kengaytirish.

1. Professor-o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish.

2. Turdosh hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari yozgi maktablarining integratsiyalashgan innovatsion ta’lim dasturlarida qatnashuvchi talabalar qamrovini kengaytirish.

2020 2023-yillar

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

11.

Ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan talablarini Institutning mutaxassis tayyorlash dasturlari bilan muvofiqlashtirish.

1. Talabalarda amaliy va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtiroki va mas’uliyatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Institut marketing xizmati faoliyati samaradorligini oshirish.

2021-yil dekabr

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

III. Institutda ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash va o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etish

12.

Iqtidorli yosh musiqashunos va san’atshunos olimlarni xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish hamda ularning xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda ishtirokini ta’minlash.

1. Iqtidorli yosh musiqashunos va san’atshunos olimlar orasidan nomzodlarni saralab olish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Musiqashunos va san’atshunos olimlarni xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish.

3. Ularning xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

13.

Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalanish tajribasini o‘rganish.

2020/2021 o‘quv yili davomida

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

2. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoni uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar bo‘yicha taqdimot va muhokamalar o‘tkazish tizimini joriy qilish.

2021-yil mart-aprel

3. Samarali ta’lim innovatsiyalarini rag‘batlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llaydigan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

2021-yil avgust

IV. Institutning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash

14.

Institutni tegishli darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash.

1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha cholg‘ular hamda o‘quv-metodik adabiyotlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan talabdan kelib chiqib o‘quv-metodik adabiyotlarni xarid qilish va chop etish uchun zarur mablag‘lar ajratish.

3. Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),
O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti

15.

Institutda jahon standartlariga mos keladigan zamonaviy axborot-resurs markazini tashkil etish.

1. Axborot-resurs markazini o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash.

2. Axborot-resurs markazida kompleks elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish.

3. Veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslari elektron katalogini yaratish.

4. RFED texnologiyasi asosida kutubxona fondini ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoya qilish tizimini yaratish.

2021-yil dekabr

Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

16.

Institutni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib Institutni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

2020-yil

sentyabr

Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

17.

Ta’lim jarayonini axborot-kommunikatsion qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

1. Masofaviy ta’lim va modul tizimiga o‘tishda zarur axborot texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlash hamda vebinar xonalar tashkil etish.

2. Institutdagi ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini onlayn translatsiya qilishga hamda ularning sifatini monitoring qilishga mo‘ljallangan elektron platformani bosqichma-bosqich joriy etish.

3. Axborot-resurs markazi bazasidagi o‘quv adabiyotlarini raqamlashtirish hamda Institut platformasiga joylashtirish.

2021-2022-yillar davomida

Ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov)

18.

Institutni Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasi, 31-uydagi binoga belgilangan tartibda joylashtirish.

2020-yil sentyabr

-

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev)

19.

Institutni musiqa cholg‘ulari, mebel jihozlari, zarur uskunalar va ovoz yozish studiyasi anjomlari bilan ta’minlash.

1. Institutga zarur bo‘lgan musiqa cholg‘ulari, mebel jihozlari, uskunalar hamda ovoz yozish studiyasi va boshqa anjomlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda mazkur anjom�arni xarid qilish uchun Moliya vazirligiga tegishli hisob-kitoblarni taqdim etish.

2020-yil

sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va Institut budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)