O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“MAHALLIY SANOAT” DAVLAT KORPORATSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgust 405-sonli “Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 3-sentabrdagi 469-son Farmonga muvofiq va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish sharoitida mahalliy sanoat korxonalari va tashkilotlari ish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasining tuzilishi 1-ilovaga muvofiq konsernlar, muassasalar va tashkilotlardan iborat tarkibda tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga hisob berib turadi;
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qilgan holda, shuningdek, korporatsiyaning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan Ustavi asosida amalga oshiradi;
muassasalar tomonidan berilgan huquqlarni hisobga olgan holda o‘z moliyaviy-iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy faoliyati masalalarini mustaqil ravishda hal etadi, korporatsiya Kengashi qarori asosida markazlashtirilgan ehtiyot, zaxira va boshqa xil jamg‘armalarni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligi ilgari tuzgan barcha shartnomalar va ular yuzasidan qabul qilingan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘ladi;
korporatsiya tarkibiga kirgan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqaradi, korporatsiyaga tegishli mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini, agar bu huquqga O‘zbekiston Davlat jamg‘armasi vakolat bergan bo‘lsa, amalga oshiradi;
iqtisodiy jihatdan maqsadga qanchalik muvofiq ekanligini hamda mahalliy sanoat davlat korxonalari va tashkilotlari mehnat jamoalarining manfaatlarini hisobga olib ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
davlat ehtiyojlari uchun buyurtmalarni bajarish maqsadida korporatsiyaga markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan kapital mablag‘lar va moddiy-texnika resurslari limitlarining fond egasi hisoblanadi;
markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan valyuta mablag‘larini taqsimlaydi.
3. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi markaziy apparati tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Korporatsiya boshqaruvining yuqori organi Kengash bo‘lib, u boshqaruvni saylaydi, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlari va tizimini belgilaydi.
Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari korporatsiya Kengashi tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Korporatsiyaga raisning to‘rtta o‘rinbosari, shu jumladan, bitta birinchi o‘rinbosari, a’zolari 11 kishidan iborat bo‘lgan boshqaruvga va 105 kishidan iborat boshqaruv apparatiga ega bo‘lish tavsiya qilinsin.
Korporatsiya boshqaruvining raisi maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari va rais o‘rinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
4. Hududiy sanoat-savdo konsernlarining namunaviy tuzilishi 3-ilovaga* muvofiq hamda ulardagi boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni 302 nafardan iborat qilib tasdiqlansin.
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Belgilab qo‘yilsinki, hududiy sanoat-savdo konsernlari:
yuridik shaxs hisoblanadi, yig‘ma balansga ega bo‘ladi, “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa qonun va me’yoriy hujjatlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi;
o‘z faoliyatini ta’sis shartnomalari va ustavlar asosida amalga oshiradi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasiga nisbatan, uning Ustaviga muvofiq, muassislar sifatida huquqlarini ro‘yobga chiqaradi va javob beradi;
yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidan o‘z muassislari oldida javob beradi;
konsern apparati tuzilishini va xodimlari sonini, ish haqi fondini ijro apparati ta’minotiga ajratiladigan, konsern Kengashi tasdiqlagan mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda belgilaydi.
Konsernlar boshqaruvlarining raislari ularning Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda saylanadi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
5. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi ikki hafta muddat ichida korporatsiyaning Ustavini va sanoat-savdo konsernining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va ularni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olsin.
Mahalliy sanoat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari sanoat-savdo konsernlarining ta’sis hujjatlarini ishlab chiqishda, hokimlar esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazishda ana shu namunaviy tuzilma va namunaviy ustavga amal qilsinlar.
6. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida mahalliy sanoat davlat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan kelishib olingan takliflarni amaldagi qonunlarga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mulki qo‘mitasi mahalliy sanoat davlat korxonalari va tashkilotlarini aksiyali korxona va tashkilotlarga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda davlat mulkida bo‘lgan aksiyalarga egalik qilish hududini “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasiga berish taomili qo‘llansin.
7. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi apparati Toshkent shahar, Namoyishlar xiyoboni ko‘chasi, 5-uydagi O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligi egallab kelgan binolarga joylashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Avtomobil transporti vazirligi, Aloqa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalliy sanoat vazirligi uchun 1992-yilga belgilangan kapital mablag‘lar, moliya va transport vositalari limitlari, aloqa va telefon turlarini “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi uchun saqlab qolsinlar.
9. “O‘zshartnomasavdo”, “O‘zdavyengilsanoatsavdo” 1992-yil va undan keyingi yillar uchun moddiy-texnika resurslariga ajratmalarni ko‘rib chiqishda “Mahalliy sanoat” korporatsiyasiga respublika Hukumati boshqarib turadigan mahsulotlar ro‘yxati bo‘yicha materiallar, asbob-uskunalar va buyumlar ajratishni nazarda tutsinlar.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi, sanoat-savdo konsernlari, mahalliy sanoat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarini rivojlantirish va ular faoliyatiga bog‘liq masalalarni agar bu masalalar ularning huquq doirasiga kirsa, o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashsinlar.
11. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Mahalliy sanoat vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1980-yil 2-iyundagi 398-son qarori, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 31-dekabrdagi 554-son qarori bilan tasdiqlangan o‘zgartishlarning 3-bandi hamda O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Mahalliy sanoat vazirligi tizimida davlat-kooperativ asosda rayon-shahar hunarmandchilik kombinatlarini barpo etish va ularning faoliyatiga respublikaning ijtimoiy mehnat bilan band bo‘lmagan aholisini jalb etish yuzasidan shoshilinch choralar to‘g‘risida” 1990-yil 9-apreldagi 167-son qarorining 3-bandidagi birinchi va ikkinchi xatboshilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari o‘rtoq A. N. Voznenko zimmasiga yuklatilsin.
Qarorning qanday amalga oshirilayotganligi 1992-yil noyabrda Vazirlar Mahkamasi majmuining majlisida ko‘rib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-sentabr,
420-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 420-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi konsernlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
RO‘YXATI
I. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasiga bevosita bo‘ysunuvchi korxonalar va tashkilotlar
Toshkent “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent “Fayz” mebel va yog‘ochni qayta ishlab chiqarish birlashmasi
Tovoqsoy ro‘zg‘or kimyosi ishlab chiqarish birlashmasi
Olmaliq gilam fabrikasi
Toshkent mexanizatsiya vositalari, jihozlar va stanoksozlik eksperimental tajriba-mexanika zavodi
Toshkent “Polimer” ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent metallni qayta ishlash ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent “Sharq” charm-poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent elektr ro‘zg‘or asboblari xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent “Chevar” aksionerlik jamiyati
Toshkent tikuvchilik-ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent matbaa va qoplama buyumlar konstruktorlik-badiiy byurosi
Toshkent xo‘jalik hisobidagi “Nur” korxona do‘koni
Toshkent xo‘jalik hisobidagi “Chevar” korxona do‘koni
“O‘zgipromahalliysanoat” respublika davlat loyiha instituti
“O‘zmahalliyqurilish” respublika tresti
“Shosh” tijorat markazi
“Mahalliykoopta’minotkomplekt” respublika tijorat-kooperativ birlashmasi
“Sharq” tashqi savdo birlashmasi
Respublika xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish-texnologik butlash va ta’minot boshqarmasi
Chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar — 8
“Progress” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Toshkent shahar hunarmandchilik kombinati
Alimkent ishlab chiqarish-trikotaj birlashmasi
II. Hududiy sanoat-savdo konsernlari
Respublika xalq badiiy hunarmandchiligi sanoat-savdo konserni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoat-savdo konserni
Andijon sanoat-savdo konserni
Buxoro sanoat-savdo konserni
Jizzax sanoat-savdo konserni
Navoiy sanoat-savdo konserni
Namangan sanoat-savdo konserni
Samarqand sanoat-savdo konserni
Sirdaryo sanoat-savdo konserni
Surxondaryo sanoat-savdo konserni
Toshkent viloyat sanoat-savdo konserni
Farg‘ona sanoat-savdo konserni
Xorazm sanoat-savdo konserni
Qashqadaryo sanoat-savdo konitserni
Toshkent shahar sanoat-savdo konserni
III. Boshlang‘ich tarkibiy bo‘linmalar
Korxonalar, shu jumladan, ijarachi, kichik korxonalar, kooperativlar, xususiy do‘konlar, muassasalar va tashkilotlar.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 420-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Rahbariyat
Moliya, hisobga olish va hisobot boshqarmasi
Rivojlanish va tadbirkorlik boshqarmasi
Reja-iqtisodiyot boshqarmasi
Kapital qurilish va butlash boshqarmasi
Moddiy resurslar, mahsulotni sotish va marketing boshqarmasi
Texnika boshqarmasi
Mehnatni va mehnatkashlarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish bo‘limi
Nazorat-taftish bo‘limi
Birinchi bo‘lim
Ishlar boshqarmasi
Kadrlar tayyorlash bo‘limi