Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari

I. Tashkiliy-huquqiy infratuzilmani takomillashtirish

II. Statistik infratuzilmani takomillashtirish

III. Statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash

IV. Statistika ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash

V. Alohida statistik yo‘nalishlar va metodologiyalarni takomillashtirish

3-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

1-ILOVA
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha MAQSADLI KO‘RSATKIChLAR

2-ILOVA
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar GRAFIGI

2-ILOVA
2020 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashi TARKIBI

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashi to‘g‘risidagi NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Statistika kengashining vazifalari

III. Statistika kengashining funksiyalari

IV. Statistika kengashining vakolatlari

V. Statistika kengashi faoliyatini tashkil etish

5-ILOVA
Idoraviy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan axborot almashinuvini ta’minlash uchun mas’ul bo‘linmalar tashkil etadigan (belgilanadigan) vazirlik va idoralarning RO‘YXATI

6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

9. Mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha vazirlik va idoralar bir oy muddatda xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida idoraviy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va Davlat statistika qo‘mitasi bilan axborot almashinuvini ta’minlashga ixtisoslashtirilgan bo‘limni tashkil etsin.
Milliy statistika tizimini rivojlantirish Strategiyaning 1-ilovasida belgilab berilgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish va 2-ilovasida keltirilgan tadbirlarni o‘z muddatlarida amalga oshirishga asoslanadi.
Ushbu tadbirlarning zarurati va ahamiyatini e’tirof etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-son Farmoni asosida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini 2022-yilda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni bilan esa qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni 2023-yilda o‘tkazish rejalashtirilgan.

T/r

Ko‘rsatkich nomi

O‘lchov birligi

2019 hisobot yili

Yillar yakuni bo‘yicha

2020

2021

2022

2023

2024

2025

I. Tashkiliy-huquqiy infratuzilmani takomillashtirish

1.

Jahon bankining “Mamlakatlar statistika salohiyati indeksi”da bahoni oshirib borish

ballda
(100 ballik shkalada)

64,4

67,8

71,1

74,4

78,7

85,3

94,0

2.

Milliy statistika tizimi xodimlarining Davlat statistika qo‘mitasi qoshidagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malakasini oshirib borish

xodimlar soni,
yilda

1100

1123

1210

1240

1300

1350

1400

3.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining statistika ma’lumotlarini tarqatishning yangi standartlariga o‘tish

standart

k-MTUT

(Ma’lumotlarni tarqatishning kengaytirilgan umumiy tizimi)

MTMS
(Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus tizimi)

II. Statistik infratuzilmani takomillashtirish

4.

Hisobot topshiruvchi subyektlarning qoniqish darajasi bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarda ishtirok etuvchi respondentlar soni

birlikda,
yilda

10000

12000

14 000

16000

18000

20000

22000

5.

Davlat statistika qo‘mitasi veb-saytida e’lon qilinadigan statistik ma’lumotlar (“Rasmiy statistika” bo‘limidagi ma’lumotlar to‘plami) sonini oshirib borish

birlikda,
yilda

140

250

280

310

340

370

400

6.

Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari veb-saytida joylashtirish uchun indikatorlar sonini umumiy tasdiqlangan indikatorlarga nisbatan soni

foizda

32,5

41,2

45,6

51,5

55,8

60,2

65,0

7.

www.gender.stat.uz veb-saytida joylashtirish uchun indikatorlar soni

birlikda

100

110

120

130

140

150

160

8.

Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirish uchun ma’lumot to‘plamlari soni

birlikda

6000

9000

10000

11000

12000

13000

14000

III. Statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash

9.

E’lon qilinayotgan statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasini aniqlash uchun foydalanuvchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish

so‘rov soni,
yilda

2

2

4

4

12

12

12

10.

Oliy o‘quv yurtlarida “davra suhbatlari”, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan brifinglar, press-konferensiyalar va boshqa turdagi uchrashuvlarni o‘tkazib borish

birlikda,
yilda

22

30

36

50

56

60

65

11.

Idoralararo axborot almashinuvini joriy qilish orqali idoraviy va ma’muriy statistika ma’lumotlarini yig‘ish jarayonlarini avtomatlashtirish darajasi

foizda

12

33

75

81

85

95

100

12.

Foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonch indeksi

indeks

-

-

1,0*

1,015

1,02

1,025

1,03

IV. Statistik ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash

13.

Tanlanma kuzatuvlar jarayonlariga maxsus qurilmalardan (planshetlar) foydalangan holda CAPI (Computer-assisted personal interviewing) shaxsiy intervyu o‘tkazish bo‘yicha kompyuter tizimni joriy qilish

foizda

20

30

40

50

60

70

100

14.

Foydalanishda bo‘lgan AT uskunalari va dasturiy ta’minotlarni yangilash va qayta jihozlash

AT umumiy soniga foizda

10

20

30

40

10

10

10

15.

Arxiv ma’lumotlarini elektron saqlashga bosqichma-bosqich o‘tib borish

foizda

3

5

10

20

30

40

50

16.

Statistika ma’lumotlarini “onlayn” rejimida taqdim etish imkonini beruvchi e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimini bosqichma-bosqich (2023-yilga qadar) joriy etish

statistik hisobotlar shakllari, donada

-

72

110

122

-

-

-

17.

Ko‘rsatilayotgan davlat va interaktiv xizmatlar sonini oshirib borish

birlikda

10

12

14

16

18

20

22

18.

Davlat statistika qo‘mitasi veb-saytiga tashriflar soni

mingta,
yilda

500

550

600

650

700

750

800

19.

Taqdim etilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanuvchilari o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish

so‘rov soni,
yilda

2

3

4

4

4

4

4

V. Alohida statistik yo‘nalishlar va metodologiyalarni takomillashtirish

20.

Xalqaro standartlarni o‘zlashtirish — xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan statistika savolnomalarini uyg‘unlashgan ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilishi

foizda

50

55

60

65

70

75

80

21.

Statistika hisobotlari shakllarini takomillashtirib borish (xalqaro tavsiyalar asosida)

shakllar sonidan foizda

30

35

40

45

50

55

60

22.

Ochiq ma’lumotlar shaklida ochib berilayotgan umumfoydalanishdagi ko‘rsatkichlarning ulushi

foizda

40

60

75

85

90

100

100

23.

Xalqaro tashkilotlar ma’lumot bazalarida e’lon qilinayotgan indikatorlarni “Ochiq ma’lumotlar portali”da qamrab olish darajasi

foizda

46

54

60

62

65

70

80

24.

Statistika uslubiyoti va tasniflagichlarini ilg‘or xalqaro tajribaga mosligi

foizda

70

75

80

85

90

95

100

T/r

Tadbirning nomi

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2023-y.

2024-y.

2025-y.

I. Tashkiliy-huquqiy infratuzilmani takomillashtirish

1.

Statistika qonunchiligini takomillashtirish

2.

Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini yaxshilash

3.

Milliy statistika tizimining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish

4.

Milliy statistika tizimi uchun sifatni ta’minlashning milliy tayanch t�moyillarini ishlab chiqish

5.

Statistika tizimining kadrlar salohiyatini yaxshilash

II. Statistika infratuzilmasini takomillashtirish

1.

Tasniflagichlar va boshqa instrumentariylarni takomillashtirish

2.

Statistika registrlarini yaratish

3.

So‘rovnomalarni ishlab chiqish jarayonlari va usullarini takomillashtirish

4.

Vaqt qatorlarini tahlil qilish, mavsumiy tuzatish usullari va ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish siyosatini joriy qilish

5.

Tadqiqot, tahlil va monitoring qilishi bo‘yicha ishlarni takomillashtirish

III. Statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash

1.

Foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish

2.

Statistika ma’lumotlarini tarqatish sohasida siyosatni takomillashtirish

3.

Statistika ma’lumotlarini yetkazib beruvchilar bo‘yicha siyosatni takomillashtirish

IV. Statistika ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash

1.

Statistika ma’lumotlarini shakllantirish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha integratsiyalashgan tizimni yaratish va takomillashtirib borish

2.

Davlat statistika qo‘mitasi, uning hududiy bo‘linmalari va Institutning moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini modernizatsiya qilish

V. Alohida statistika yo‘nalishlari va metodologiyalarni takomillashtirish

1.

Ro‘yxatga olishlar sohasida statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash

2.

Tarmoqlar statistikasini takomillashtirish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Bajarishga mas’ullar

I. Tashkiliy-huquqiy infratuzilmani takomillashtirish

1.

Statistika qonunchiligini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqish:

vakolatli va mustaqil organ sifatida Davlat statistika qo‘mitasi maqomini mustahkamlash va rahbarlarining vakolatlarini kengaytirish;

mamlakatning butun milliy statisti�a tizimini tashkil etuvchi, ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi davlat idoralarida statistika bo‘yicha mustaqil bo‘linmalarni tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’lumotlari va boshqa hujjatlarini statistik maqsadlarda foydalanish uchun olish va ularga kirishni ta’minlash bo‘yicha ma’lumot almashinuvi qoidalarini takomillashtirish;

rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilari, ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;

ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish hamda fuqarolar va subyektlarning ularda ishtirok etishi va so‘rovnomalarga javob berish mas’uliyati bo‘yicha tartiblarni kiritish;

statistik ma’lumotlarni tarqatish va sifatini nazorat qilish tartiblarini belgilash.

2020-yil avgust

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norkulov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

2.

Milliy statistika tizimining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish.

Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan nizomini tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil sentyabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Statistik ma’lumot ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni takomillashtirish.

Strategiyaning yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarning bajarilishiga mas’ul bo‘lgan manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan tashkil topgan tarmoq ishchi guruhlarini tuzish.

2020-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi,

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norkulov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish.

Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish, jumladan:

statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishni BMT YIK tomonidan tavsiya etilgan “Statistik ma’lumotlarning universal modeli” (GSIM) asosida yo‘lga qo‘yish;

statistika ma’lumotlarini ishlab chiqish jarayonlarini, bu borada xalqaro darajada tavsiya etilgan namunaviy model (GSBPM) asosida yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash;

“Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modeli” (GAMSO) talablarini o‘rganib chiqish va statistika tizimi amaliyotidagi mavjud tartibotlarni mazkur model talablariga moslashtirish;

ixtisoslashgan baholovchi kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda tizimda sifatni boshqarish bo‘yicha (NQAF talablari asosida) standartlar, ularga amal qilish holati va xalqaro andozalarga mosligi yuzasidan o‘rganishlarni tashkil etish, natijada sifat mezonlarini ta’minlanganligini ifodalovchi ISO sertifikatini qo‘lga kiritish.



2021-yil iyul



2022-yil yanvar



2022-yil may



2022-yilda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Statistik infratuzilmani takomillashtirish

5.

Tasniflagichlar va boshqa instrumentariylarni takomillashtirish.

1. Xalqaro standartlarga muvofiq tasniflagichlarni qayta ko‘rib chiqish, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar faoliyatida qo‘llanilishini ta’minlash;

2. Ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq, etika Kodeksi va statistika sohasida ilg‘or amaliyotlar Kodeksini takomillashtirilgan loyihalarini, shu jumladan maxfiylikni himoya qilishni inobatga olib, ularni asosiy ma’lumot ishlab chiqaruvchilar bilan muhokama qilish orqali ishlab chiqish;

3. Ma’lumotlar sohasida ko‘p tilli glossariy va lug‘atlarni yaratish, ularni keng jamoatchilikka yetkazilishini ta’minlash;

4. Ma’lumotlarni shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mutaxassislari malakasini muntazam oshirib borish.

har yili

dekabrga qadar


2021-yil

iyul



2020-yil

avgust doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Mehnat vazirligi

(N. Xusanov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Statistik registrlarni xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirish.

1. Mavjud korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlar bazasini takomillashtirish, undagi ko‘rsatkichlar sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning ma’lumot bazalari bilan integratsiya qilish.

2. Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda registrlar ma’lumotlarini foydalanuvchilarga yetkazishning qulay ma’lumot taqdim etish mexanizmlarini joriy etish.

3. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda biznes-registr bazasini ishlab chiqish va yuritish uchun texnik xizmat ko‘rsatish tartiblarini joriy qilish.

4. Biznesni ro‘yxatga olishni tashkil etish yuzasidan huquqiy asoslarni yaratish va tadbirlarni tashkil etish.

5. Biznesni ro‘yxatga olish tadbirlari yakuni bo‘yicha biznes-registrlarni ishga tushirish.

2021-yil

dekabr



2020-2021-yillarda



2021-yil dekabr



2023-2024-yillarda


2025-yil

iyul

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),

Davlat xizmatlari agentligi

(U. Muhammadiyev),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

So‘rovnomalarni ishlab chiqish jarayonlari va tanlanma usullarini takomillashtirish.

1. Qog‘oz va elektron ko‘rinishdagi savolnomalar, yuzma-yuz intervyular va avtomatlashtirilgan telefon orqali intervyularini o‘z ichiga olgan turli shakllar uchun savolnomalar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatma va mexanizmlarni ishlab chiqish.

2. Statistik registrlarda rejalashtirilgan yangilanishlar va ishlanmalarni hisobga olgan holda korxonalar va uy ho‘jaliklari kuzatuvlari tanlanmalarini takomillashtirish.

2021-yil

sentyabr


har yili

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Mehnat vazirligi

(N. Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Mavsumiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda moslashtirilgan, yuqori chastotali vaqtlar qatorlari bo‘yicha ma’lumotlarni ishlab chiqarish amaliyotini takomillashtirish.

1. Qurilish ishlari dinamikasini diskret asosida aniqlashda mavsumiylik omilining statistik hisobi bo‘yicha takomillashtirilgan uslubiy nizomni ishlab chiqish.

2. Oylik va choraklik asosda ishlab chiqiladigan savdoga oid statistik ko‘rsatkichlarni mavsumiy silliqlanishi bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.

3. Ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) bozor xizmatlari dinamikasini diskret asosida aniqlashda mavsumiylik omilining statistik hisobi bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.

4. Sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.

5. Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar dinamikasini sof choraklar asosida aniqlashda mavsumiylik omillarini hisobga olish bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.

2020-2021-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

9.

Vaqt qatorlarini tahlil qilish, mavsumiy tuzatish usullari va ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqish siyosatini joriy qilish.

1. Maksimal uzoq vaqt kesimida diskret ko‘rsatkichlarning vaqt qatorlarini yaratish.

2. Barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha subyillik diskret ma’lumotlarga mavsumiy tuzatishlar kiritish usulini joriy qilish.

3. Mavjud indekslar va deflatsiya usullarini takomillashtirish.

2021-yil davomida


2022-yildan boshlab



2022-yil yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov)

10.

XVFning ma’lumotlarni tarqatishning ilg‘or tizimlariga ulanish.

O‘zbekiston Respublikasini XVJning kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimidan (e-GDDS)Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga (SDDS) o‘tish.

2021-2022-yillarda,

XVFning tartibotlariga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov)

“Toshkent” RFB

(B. Usmonov)

III. Ma’lumotlardan foydalanuvchilar va ma’lumot yetkazib beruvchilar o‘rtasida samarali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish

11.

Ma’lumotlardan foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish.

1. Jamoatchilikni mavjud statistik ma’lumotlar to‘g‘risida xabardor qilish bo‘yicha foydalanuvchilar bilan munosabatlarni takomillashtirish.

2. Davlat statistika qo‘mitasida aholining statistika bo‘yicha savodxonligini oshirishga qaratilgan video mahsulotlarni tayyorlash uchun media-markaz tashkil etish.

3. Turli guruh foydalanuvchilariga ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

4. Foydalanuvchilarning qoniqish darajasini o‘rganish yuzasidan so‘rovlar o‘tkazish.

5. Statistika idoralari va boshqa ma’lumot ishlab chiqaruvchilarning rasmiy saytlarida foydalanuvchilarga ma’lumot olish bo‘yicha qulayliklar yaratish.

2021-yil

mart


2022-yil

yanvar

2021-yil

dekabr
2022-yil

yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

12.

Hukumat va statistika organlarining o‘zaro hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirish

1. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha barcha tahliliy-statistika ma’lumotlarini tezkor tarzda taqdim etib borish.

2020-yil avgustdan
boshlab

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

2. Bosh vazirning o‘rinbosarlari va maslahatchilari tomonidan olingan tahliliy-statistika ma’lumotlari asosida tegishli yo‘nalishlarda tezkor choralar ko‘rish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Doimiy

Bosh vazir o‘rinbosarlari (A. Ramatov, J. Qo‘chqorov, O‘. Barnoyev, B. Musayev, A. Abduxakimov, S. Umurzakov, O. Umarov, A. Sultanov)

13.

Ma’lumotlarni tarqatish amaliyotini takomillashtirish.

1. Ma’lumotlarni tarqatishning idoraviy siyosatini, shu jumladan ma’lumotlarni e’lon qilish taqvimlarini ilg‘or xalqaro tajribalarga muvofiqlashtirish.

2. Ma’lumot ishlab chiqaruvchi barcha tashkilotlarga, ularning ma’lumot bazalariintegratsiyasini amalga oshirish, shuningdek, ochiq ma’lumotlar portali orqali e’lon qilish uchun statistik ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

3. Vaqt qatorlari bo‘yicha nashrlarni ko‘paytirish va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilib borish;

4. Ma’lumotlarni olishning holatini monitoring qilish va doimiy ravishda takomillashtirib borish, veb-portal faoliyatini ta’minlash va doimiy ravishda yangilab borish.

har yili

yanvar

2021-yil

yanvar



doimiy


doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Mehnat vazirligi

(N. Xusanov),

Sog‘liqni saqlash vazirli?i

(A. Shadmanov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Jahon bankining, “Jahon rivojlanish indikatorlari” (World Development Indicators, World Bank) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.

1. “Jahon rivojlanish indikatorlari” ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.

2. Shakllangan indikatorlarni Jahon bankining, “Jahon rivojlanish indikatorlari” ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.

2021-yil

dekabr

Iqtisodiyot taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

BMT statistika bo‘limi (UN data) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.

1. BMT statistika bo‘limining ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.

2. Shakllangan indikatorlarni BMT statistika bo‘limining ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.

2020 — 2022-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari (Key indicators of the labour Market, ILO) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.

1. Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.

2. Shakllangan indikatorlarni Mehnat bozorining asosiy ko‘rsatkichlari ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.

2021-yil

dekabr

Mehnat vazirligi

(N. Xusanov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Global sog‘liqni saqlash observatoriyasi (Global Nealth Observatory data, World Nealth Organization) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.

1. Global sog‘liqn� saqlash observatoriyasi ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.

2. Shakllangan indikatorlarni Global sog‘liqni saqlash observatoriyasi ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.

2021-yil

dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

FAOning Suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha global axborot tizimi. Akvastat (Global information system of water and agriculture. Aquastat, FAO) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.

1. Suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha global axborot tizimi ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.

2. Shakllangan indikatorlarni Suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha global axborot tizimi ma’lumotlar bazasiga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumot�arportalida (data.gov.uz) aks ettirish.

2021-yil

dekabr

Suv xo‘jaligi

vazirligi

(Sh. Xamrayev)

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Xalqaro transport forumining Asosiy transport statistikasi, (Key Transport Statistics, International Transport Forum) ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.

1. O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro transport forumiga a’zo bo‘lishiga erishish.

2.Xalqaro transport forumi talablari asosida transport statistikasi ma’lumotlarini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.

2021 2023-yillarda

Transport vazirligi

(E. G‘aniyev),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

YUNESKOning Ta’lim bo‘yicha milliy statistika (National Statistics on Education, UNESCO) ma’lumot bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish.

1. Ta’lim bo‘yicha milliy statistika ma’lumotlar bazasida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tan olingan va tavsiya etilgan uslubiyat asosida shakllantirish.

2. Shakllangan indikatorlarni “Ta’lim bo‘yicha milliy statistika ma’lumotlar bazasi”ga to‘liq joylashtirish va doimiy yangilab borish, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) aks ettirish.

2021-yil

dekabr

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi

(A. Shin),

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Ma’lumot�arni yetkazib beruvchilar bilan ishlash amaliyotini takomillashtirish.

1. Respondentlar bo‘yicha siyosatni aniqlash va amalga oshirish.

2. Kuzatuvlar o‘tkazish vaqtida respondentlarga hisobot yuklamasini o‘lchash tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.

3. Respondentlarga hisobot yuklamasini qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash va bajarilishini nazorat qilish.

4. Respondentlarning huquq va majburiyatlarini belgilash va tegishli axborotlarni tarqatish.

5. Koll-tsentrlardan foydalangan holda so‘rov o‘tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2021-yil mart
2021-yil

iyun
2021-yil

iyul doimiy


2022-yil

yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Mehnat vazirligi

(N. Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Respondentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalangan holda statistik hisobotlarni topshirish tizimini takomillashtirish.

1. Statistik hisobotlarni qabul qilishning veb-texnologiyaga asoslangan zamonaviy axborot tizimini ishlab chiqish.

2. Barcha turdagi statistik hisobotlarni onlayn tarzda qabul qilishni yo‘lga qo‘yish.

3. Ma’lumotlarni yig‘ish va kiritish uchun mobil ilovalarni ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan shaxsiy intervyu vositalarini joriy qilish.

2020-yil dekabr


2021yil

dekabr

2021 — 2023-yillarda
alohida grafik asosida

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish

23.

O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini (data.gov.uz) yangi ko‘rinishini ishlab chiqish.

1. Quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) yangi ko‘rinishini ishlab chiqish:

ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga, jumladan ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar yaratish;

ctandartlashtirilgan shaklda ma’lumotlarni yuritish, interaktiv xaritada obyektning geografik joylashuv ma’lumotlarini olish funksiyasini kiritish;

ma’lumotlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirish;

har bir ma’lumotga alohida takrorlanmas ID biriktirish hamda tegishli ma’lumotlarni joylashtirish, qayta ishlash, saqlash va izlashni uning yordamida amalga oshirish;

muddatida joylashtirilmagan ma’lumotlar bo‘yicha vazirlik va idoralarning shaxsiy kabinetiga xabar jo‘natish imkoniyatlarini yaratish.

2. Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlarni onlayn tarzda yangil?b borishni yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini portal bilan integratsiya qilish.

3. Davlat organlarining rasmiy saytlarida ochiq ma’lumotlar sahifasini ochish hamda ushbu sahifani Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan yagona ko‘rinish (standart)ga keltirish.

2021-yil

mart














2021-yil

iyul



2020-yil

oktyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Open Data Watch xalqaro tashkilotining “Open Data Inventory ODIN” reytingida O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasini yaxshilash.

1. “Open Data Inventory ODIN” reytingida mavjud bo‘lmagan indikatorlarni xalqaro tavsiyalar asosida shakllantirish va qo‘mitaning rasmiy sayti (stat.uz) hamda Ochiq ma’lumotlar portalida (data.gov.uz) to‘liq joylashtirish, doimiy ravishda yangilab borish.

2. 2020-2021-yillarda “Open Data Inventory ODIN” reytingida O‘zbekistonRespublikasining ko‘rsatkichini 45 ballga yetkazish (mazkur reytingda 100 talikka kirish).

2020-2021-yillar
mobaynida




2021-yil davomida

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Statistik ma’lumotlarning elektron arxiv bazasini yuritishni yo‘lga qo‘yish.

Qog‘oz ko‘rinishdan voz kechmagan holda statistika ma’lumotlarining elektron arxiv bazasini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.

2020 — 2025-yillar davomida

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), “O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov)

26.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini avtomatlashtirish.

1. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari va natijalari bo‘yicha jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida maxsus rasmiy veb-saytni ishlab chiqish.

2. Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish.

2020-yil

avgust


2021-yil

aprel

Davlat statistika qo‘mitasi(B. Begalov),

Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev)

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

27.

Statistik ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va taqdim etish bo‘yicha axborot tizimlarini takomillashtirish.

1. Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-saytining yangi ko‘rinishini ishlab chiqish.

2. Katta hajmdagi statistik ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlariga Oracle, MSSQL Server ma’lumotlar bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish.

2020-yil

dekabr

2021-yil

dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

28.

Tanlanma statistik kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

1. Uy ho‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari uchun respondentlarni tanlab olish bo‘yicha maxsus dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.

2. Sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdo,transport, dehqon xo‘jaligi va bozor narxi kuzatuvlariga elektron qurilmalar (planshet tizimi)ni joriy etish.

2020-yil

avgust

2020-yil

dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

29.

Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish.

1. Ma’nan eskirgan kompyuter, server va boshqa qurilmalarini bosqichma-bosqich, grafik asosida yangilab borish.

2. Videokonferensaloqa va IP telefoniya tizimlarini joriy etish.

3. Davlat statistika qo‘mitasining barcha hududiy bo‘linmalarini yuqori tezlikda ma’lumot almashish imkonini beruvchi optik tolali tarmoqqa ulanishini ta’minlash.

2020 — 2025-yillarda alohida grafik asosida

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(A. Ortiqov)

30.

Ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish maqsadida ko‘rsatkichlarni kodlashtirish tizimini yaratish.

1. Ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish maqsadida ko‘rsatkichlarni SDMX platformasi asosida kodlashtirish tizimini yaratish.

2. Ma’lumotlarni SDMX platformasi asosida kodlashtirish.

2020-2021-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Alohida statistik yo‘nalishlar, tarmoq va hududlar statistikasini takomillashtirish

5.1 Ro‘yxatga olishlar sohasida statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash

31.

Aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rib borish.

1. “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Quyidagilarni inobatga olgan holda, aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining dastlabki xarajatlari smetasini tayyorlash:

sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha;

asosiy aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha.

3. Aholini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari va ularni to‘ldirish tartibini ishlab chiqish.

4. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari ishtirokchilari uchun aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanma, tashkiliy-uslubiy materiallarni ishlab chiqish.

5. Aholini ro‘yxatga olish tadbiri yuzasidan aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot olib borish.

6. Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni o‘qitish ishlarini tashkillashtirish, jumladan:

sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha;

asosiy aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha.

7. Aholini ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazish uchun zarur infratuzilmani, jumladan aholini ro‘yxatga olish uchastkalari, instruktorlik uchastkalari, birlamchi ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash markazlari uchun zarur bino va inshootlar, shuningdek, transport, aloqa va boshqa moddiy vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

8. Respublikamizda mavjud barcha tuman va shaharlarning xaritalari hamda xonadonlar, mahalla, qishloq va ovullarning sxematik xaritalarini tayyorlash va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etish.

2020-yil sentyabr




2020-yil noyabr

2021-yil iyul
2020-yil dekabr

2021-yil noyabr



doimiy




2021-yil avgust
oktyabr

2022-yil avgust — oktyabr


2020 — 2022-yillarda





2020 — 2022-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Moliya vazirligi, (Sh. Sharaxmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(E. Muxitdinov), Davyergeodezkadastr qo‘mitasi

(Sh. Habibullayev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(S. Buzrukxanov),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari





Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari



Davyergeodezkadastr qo‘mitasi

(Sh. Habibullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.2 Milliy hisoblarni takomillashtirish

32.

Milliy hisoblar tizimi-2008ni amaliyotga to‘liq joriy etish.

1. Milliy hisoblar tizimi, davlat moliyasi statistikasi va to‘lov balansi o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish.

2. YIMni diskret choraklar asosida hisoblash tajribasini joriy etish orqali choraklik milliy hisoblarni takomillashtirish.

3. Korxonalar xarajatlari tarkibini kuzatish natijalari asosida xarajatlar-ishlab chiqarish koeffitsiyentlarini yangilash yo‘li bilan Resurslar va foydalanish jadvallarini tuzish tajribasini takomillashtirish.

4. Statistik ko‘rsatkichlar hisob-kitoblariga xalqaro klassifikatsiyalar va MHT-2008 ning yangi qoidalarini joriy etib borish.

2021-yil

aprel

2021-yil

dekabr

2021-yil

dekabr



2020 — 2023-yillar mobaynida

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy qismlarini baholash amaliyotini takomillashtirish.

1. Milliy hisoblar tizimi sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq yalpi ichki mahsulotning hajmi, tarkibi va dinamikasiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni joriy etish.

2. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotnibaholash uchun Resurslar va foydalanish jadvallari tizimidan foydalanish.

3. YIMning tarkibiy qismlarini baholashni takomillashtirish orqali uning to‘liq qamrovini ta’minlash.

4. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimini ilg‘or tajribalarga muvofiq ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2021-yil dekabr




2022-yildan boshlab


2020 — 2024-yillar mobaynida

2020-2021-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

34.

Xalqaro taqqoslash dasturida ishtirok etish.

1. “Xalqaro taqqoslash dasturi-2020”da O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini ta’minlash.

2. “Xalqaro taqqoslash dasturi” doirasida “Investitsion tovarlar” bo‘yicha narx ma’lumotlarini shakllantirishda Qurilish vazirligi ma’lumotlarini hisobga olish.

3. Xalqaro taqqoslashlar dasturining doimiy global raundlarida ishtirok etib borish va natijalari asosida xarajatlar usulidagi YIM hisob-kitoblarini XTD talablaridan kelib chiqib takomillashtirish.

2020-2021-yillarda


2021-yil davomida




XTD grafigiga muvofiq

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

5.3. Kuzatilmaydigan iqtisodiyot bo‘yicha statistikani takomillashtirish

35.

Yashirin sektor bo‘yicha keng qamrovli statistik ma’lumotlarni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish.

Xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalarga muvofiq, yashirin iqtisodiyotni statistik baholash metodologiyasini ishlab chiqish asosida tarmoqlar statistikasi ko‘rsatkichlari va YIM hisob-kitoblarini takomillashtirish.

2020-2021-yillar

Davlat statistika qo‘mitasi(B. Begalov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norkulov),

Mehnat vazirligi

(N. Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.4 Narxlar statistikasini takomillashtirish

36.

Iste’mol narxlari statistikasini takomillashtirish.

1. Xalqaro standartlarga muvofiq iste’mol narxlari indeksini hisoblash uslubiyatini takomillashtirish.

2. Iste’mol narxlari indeksi kuzatuvi o‘tkaziladigan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tanlovini Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlari asosida amalga oshirishni joriy qilish.

3. Iste’mol narxlari indeksi kuzatuvlarini “Maqsadlar bo‘yicha shaxsiy iste’mol tasniflagichi-2018” asosida tashkil etilishini ta’minlash.

4. Iste’mol narxlari indeksi ma’lumotlarini shakllantirishda onlayn kassa tizimlariga bosqichma-bosqich integratsiyalash.

5. Iste’mol narxlari indeksi kuzatuvlari va vaznlari hisoblash jarayoni shaffofligini ta’minlash.

2020-yil dekabr


2020-yil

dekabr



2021-yil yanvar



2020 — 2024-yillarda


doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasini takomillashtirish.

1. Ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslarini hisoblash bo‘yicha uslubiy nizomni takomillashtirish.

2. Eksport va import tovarlar narxlari indekslari ma’lumotlarini kengaytirish va hisoblash amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

3. Uy-joy bozorida narxlar indekslarini hisoblash uslubiyatini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.

4. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar narxlari indekslarini shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom ishlab chiqish.

2020-2021-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi

(X. Turaxujayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.5 Uy ho‘jaliklari kuzatuvlarini takomillashtirish

38.

Uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarini takomillashtirish.

1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarini tashkil etish uslubiyatini takomillashtirish,kuzatuv savolnomalarini xalqaro standartlarga moslashtirish.

2. Aholi turmush darajasi ma’lumotlari sifatini hamda turli toifadagi aholi qatlami qamrovini ta’minlash maqsadida uy xo‘jaliklari kuzatuvlari tanlanmasi hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish.

3. Kuzatuvlarning yangi shakllarini joriy etish (avtomatlashtirilgan shaxsiy so‘rov texnologiyalari), kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish uchun zamonaviy dasturiy ta’minotni joriy qilish.

2021-yil



2021 — 2023-yillar mobaynida



2021 — 2023-yillar mobaynida

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortikov)

39.

Aholining umumiy daromadlarini hisoblash uslubiyatini takomillashtirish.

Xalqaro tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasida aholining umumiy daromadlarini hisoblash uslubiyatini takomillashtirish va amaliyotga joriy qilish.

2020-2021-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortikov)

5.6 Tashqi sektor va savdo statistikasini takomillashtirish

40.

O‘zbekiston Respublikasi tovarlar tashqi savdosi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda, TIF TN bilan birgalikda, BMTning Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichini (XSST-2008) amaliyotga joriy qilish.

BMTning savdo va rivojlanish konferensiyasi (YuNKTAD) doirasida ishlab chiqilgan Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (MSTK-2008) asosida,shuningdek, eksport-import tarkibini tahlil qilishda, tegishli statistik ma’lumotlar shakllantirib, foydalanuvchilarga taqdim etib borish.

Doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

41.

Tashqi savdo bo‘yicha yirik ma’lumotlar bazalarini qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy dasturiy ta’minotlarni joriy qilish.

1. Tashqi savdo statistikasi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va tahlil etishning mavjud muammolarini inventarizatsiya qilish.

2. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud maxsus dasturiy ta’minotni samaradorligini oshirish bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqish.

3. Maxsus dasturiy ta’minotni texnik topshiriq asosida takomillashtirish va amaliyotga joriy etish.

2020-yil avgust



2020-yil sentyabr



2020-yil dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

42.

“Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi” (TSOYEAT)ga ulanish orqali xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha ma’lumotlar sifatini oshirish.

1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi, integratsiyalash bo‘yicha bitim tuzish.

2. Tuzilgan bitim asosida texnik yo‘riqnoma ishlab chiqish va Davlat statistika qo‘mitasini TSOYEATga ulanishini amalga oshirish.

2020-yil avgust — oktyabr oylari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov)

43.

Respublika eksport — importida turizm hajmini to‘liq hisobga olinishini va turizm statistikasi ko‘rsatkichlarini sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish tizimini takomillashtirish.

1. Bir oy davomida har bir kiruvchi (norezident) va chiquvchi (rezident) fuqarolarning safarlar soni haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish algoritmini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan algoritm asosida DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan kiruvchi (norezident) va chiquvchi (rezident) fuqarolar haqidagi oylik statistik ma’lumotlarni shakllantirish, o‘rnatilgan tartibda Davlat statistika qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga muntazam taqdim etib borishni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil noyabr



2021-yildan boshlab doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), DXX Chegara qo‘shinlari (Lavozim bo‘yicha), Davlat personallashtirish markazi (N. To‘raxo‘jayev)

44.

Qurilish xizmatlari importi tarkibida tovarlar hajmi va xizmat muddatini aniq baholashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

1. Xalqaro tajriba va tavsiyalarni o‘rgangan holda qurilish xizmatlari importi tarkibida tovarlar hajmi va xizmat muddatini aniq baholashga qaratilgan statistik hisobotlarni takomillashtirish.

2. Tashqi savdo ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha tasdiqlangan statistik hisobotlarga muvofiq ma’lumotlarni shakllantirish.

2020-yil avgust




2021-yildan

boshlab

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

45.

Tashqi sektor bo‘yicha statistikani takomillashtirish, amaliyotga ilg‘or tajribalarni joriy etish.

Tashqi sektor bo‘yicha statistikani takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish:

tashqi sektor statistikasi to‘g‘risida davlat organlari mansabdor shaxslarining savodxonligi va keng jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirish;

tashqi qarz bo‘yicha indikatorlarni takomillashtirish;

foydalanuvchilar kesimida moliyaviy vositachilik bo‘yicha bilvosita o‘lchanadigan xizmatlarni baholash va taqsimlash uchun axborot bazasini takomillashtirish;

TBQ-6 asosida tashqi sektor bo‘yicha2 010 yildan boshlab xronologik statistikani (dinamik qatorlar) ishlab chiqish;

XVFning portfel investitsiyalari va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni muvofiqlashtirilgan tarzda ko‘rib chiqishda ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlash;

tashqi sektor statistikasi sohasida ma’lumotlarni to‘plash va tuzish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish;

tashqi sektor statistikasi bo‘yicha ma’lumotlar qamrovini, davriyligi va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash.

2021-yil yanvar

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.7 Energetika sohasida statistikani takomillashtirish

46.

BMT va Xalqaro energetika tashkilotlari standartlari asosida energetika statistikasi bo‘yicha mavjud metodologiyani takomillashtirish.

1. Energetika statistikasi bo‘yicha mavjud uslubiyatni takomillashtirish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning takliflarini yig‘ish.

2. Olingan takliflar hamda xalqaro tavsiya va qo‘llanmalar asosida energetika statistikasi bo‘yicha mavjud uslubiyatni takomillashtirish.

2020-yil dekabr



2021-yil noyabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Energetika vazirligi (A. Sultanov)

47.

Energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha ma’lumotlar sifatini oshirish.

1. Energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni takomillashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning takliflarini yig‘ish.

2. Uy xo‘jaligi kuzatuvlari savolnomasiga energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha savollarni kiritish.

3. Uy xo‘jaligi kuzatuvlari asosida shakllangan ma’lumotlarni umumlashtirish va jamlanma ma’lumotlarga qo‘shish orqali energiya samaradorligi va energiya sarfi bo‘yicha ma’lumotlar sifatini oshirish va natijalarni e’lon qilib borishni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil sentyabr


2020-yil oktyabr



2021-yildan boshlab

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Energetika vazirligi (A. Sultanov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(B. Abdinazarov)

48.

Yuqori sifatli energiya balansini shakllantirish choralarini ko‘rish.

1. Respublika energiya balansi ko‘rsatkichlarini shakllantirishda Xalqaro energetika va statistika tashkilotlarining ko‘rsatkichlarni o‘rganish, yetishmayotgan ko‘rsatkichlarni aniqlash.

2. Aniqlangan ko‘rsatkichlarni shakllantirish maqsadida statistik hisobotlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.

3. Xalqaro standartlarga muvofiq energiya balansini ishlab chiqish.

2020-yil sentyabr



2020-yil oktyabr



2021-yil iyul

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Energetika vazirligi (A. Sultanov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(B. Abdinazarov)

49.

Energetika statistikasi bo‘yicha mavjud bo‘lmagan ko‘rsatkichlarni aniqlash va BMT standartlari asosida shakllantirishni yo‘lga qo‘yish.

1. Energetika statistikasi ko‘rsatkichlari iste’molchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, respublika energetika statistikasi ko‘rsatkichlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.

2. Inventarizatsiya natijalariga ko‘ra respublikada shakllantirish imkoni mavjud, lekin shakllantirilmagan ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tuzish va ularni shakllantirish.

2020-yil iyul — dekabr




2021-yil dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Energetika vazirligi (A. Sultanov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(B. Abdinazarov)

5.8. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida statistikani takomillashtirish

50.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.

1. Ekologik ko‘rsatkichlarni inventarizatsiya qilish bo‘yicha idoralararo Ishchi guruhini tashkil etish.

2. Idoralararo Ishchi guruhi bilan birgalikda, Respublikada shakllantirilayotgan mavjud ekologik ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritish.

3. Atrof-muhit holatini baholash hamda ekologik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish.

4. Mas’ul vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha ekologik ko‘rsatkichlar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil dekabr


2020-2021-yillarda



2020-2021-yillarda


2021-yil dekabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

(Sh. Abdurazakov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi(X. Turaxujayev), O‘zgidromet

(B. Nishonov),

Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),

O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi

(N. Bakirov), Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi

(B. Islamov),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev), Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

51.

“Ekologik-iqtisodiy hisob tizimi 2012” standartini joriy qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan tayyorgarlik ishlarini tashkil etish.

1. Ekologik iqtisodiy hisobni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha idoralararo Ishchi guruhni tashkil etish.

2. Ekologik iqtisodiy hisob tizimi sohasida xalqaro tajribalarni o‘rganish.

3. Ekologik iqtisodiy hisoblarni ishlab chiqish uchun ko‘rsatkichlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va natijalari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichlarni shakllantirishda mas’ul vazirlik va idoralarni belgilash.

2020-yil dekabr


2020-2021-yillar


2021-yil

noyabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

(Sh. Abdurazakov),

Iqtisodiyot taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi (X. Turaxujayev),

O‘zgidromet (B. Nishonov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev),

Energetika vazirligi (A. Sultanov), O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi (N. Bakirov),

Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi (B. Islamov),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev)

5.9. Korxonalar statistikasini takomillashtirish

52.

Korxonalar statistikasi bo‘yicha ishonchli va to‘laqonli ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida tanlanma kuzatuvlarni o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish.

1. Korxonalar tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha Xitoy, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya va Shveysariya kabi xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish.

2. Korxonalar tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish va qo‘mitaning maxsus ekspert kengashiga kiritish.

3. Tasdiqlangan metodologiya asosida korxonalar tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish.

4. Tanlanma kuzatuvga tushgan subyektlarga har chorakda soliq to‘lovchilar bazasi orqali elektron xabarnoma jo‘natishni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil iyul-avgust


2020-yil avgust




2021-yildan boshlab


2021-yildan boshlab

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

53.

Tadbirkorlik statistikasini takomillashtirish.

1. Asosiy faoliyat va korxona turlarini (mikrofirma, kichik va yirik) aniqlashtirish va tegishli xabarnoma yuborish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish.

2. Tegishli vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda xabarnomalarni taqdim etishni avtomatlashtirish mexanizmini ishlab chiqish.

3. Avtomatlashtirilgan tizim asosida xabarnomalarni o‘z vaqtida subyektlargataqdim etilishiniyo‘lga qo‘yish.

2020-yil iyul — noyabr



2020-yil dekabr



2021-yil yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

Davlat soliq qo‘mitasi

(Sh. Kudbiyev)

Davlat xizmatlari agentligi

(U. Muhammadiyev)

5.10. Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish

54.

Davlat moliyasi statistikasini xalqaro standartlarga moslashtirish, amaliyotga ilg‘or tajribalarni joriy etish.

Davlat moliyasi statistikasini takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish:

fiskal hisobotlarning institutsional qamrovini kengaytirish, XVJning Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha qo‘llanma (DMSQ-2014) standartlariga muvofiq, davlat boshqaruvi tizimining bir qismi sifatida tasniflash kerak bo‘lgan davlat �yudjeti statistikasini, shu jumladan budjetdan tashqari mablag‘lar, budjet tashkilotlari va boshqa institutsional birliklarning budjetdan tashqari hisoblari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash va tarqatish;

davlat operatsiyalarini to‘g‘ri tasniflash va balans ma’lumotlarini taqdim etishni hisobga olgan holda XVJning DMSQ-2014 standartlarini joriy etib borish;

moliyaviy statistikaning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash uchun davlat korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yangilab borish va ularni doimiy ravishda tarmoqlar bo‘yicha taqsimlash;

jamlanma fiskal ma’lumotlarning budjet ijrosi va davlat moliya statistikasi hisobotlari o‘rtasidagi muvofiqligiga erishish, moliyaviy hisobotlarda asosiy agregatlarni solishtirib borish hisobiga fiskal hisobotlarda statistik ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash hamdaaholi savodxonligini oshirish.

2020 — 2025-yillar mobaynida

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.11. Moliya sektori statistikasini takomillashtirish

55.

Moliya sektori statistikasi qamrovini xalqaro tajribaga muvofiq kengaytirish.

1. “Boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi” shakllantirish uchun sug‘urta, lizing va boshqa bank faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan moliyaviy tashkilotlar tomonidan Markaziy bankka tegishli statistik hisobot taqdim etilishini nazarda tutuvchi me’yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2. “Moliya sektori sharhi” va “Boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhi”ni shakllantirish va e’lon qilib borishni yo‘lga qo‘yish.

2020-yil sentyabr






2021-yil yanvar

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.12. Demografik statistikani takomillashtirish

56.

Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida demografik statistikani takomillashtirish.

1. “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy-hududiy tuzilmalarni (obyektlarni) belgilash tizimi” idoraviy statistik tasniflagichini takomillashtirish.

2. Tug‘ilganlik, o‘lganlik, nikoh tuzganlik va nikohdan ajralganlikhaqidagi dalolatnoma yozuvlarini, shuningdek, kelganlik va ketganlik to‘g‘risidagi statistik hisobga olish talonlarini yagona manzil ma’lumotlari bilan birgalikda to‘liq elektron shaklda qabul qilish tizimiga o‘tish.

3. Asosiy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiyatni, davriy hisobotlarni va nashr uchun yig‘ma statistik ma’lumotlarni takomillashtirish.

2021-yil mart



2021-yil iyun




2021-yil oktyabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi

(Sh. Sobirov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(J. Maxsumov),

Manfaatdor vazirlik va idoralar

5.13. Ta’lim statistikasini takomillashtirish

57.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim statistikasini takomillashtirish.

1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ta’lim statistikasi metodologiyasini takomillashtirish, xalqaro tan olingan standartlar asosida ta’lim sohasidagi statistik ma’lumotlar doirasini kengaytirish.

2. Ta’lim sohasida statistikani takomillashtirish bo‘yicha idoralararo doimiy faoliyat yurituvi ishchi guruhini tuzish.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun qabul qilingach


2020-yil

sentyabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

5.14. Sog‘liqni saqlash sohasidagistatistikani takomillashtirish

58.

Sog‘liqni saqlash sohasidagistatistikan� xalqaro andozalarga muvofiqlashtirish.

1. Sog‘liqni saqlash statistikasi va ma’lumotlarni tarqatish amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish.

2. Davlat statistika qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bajariladigan ishlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ma’lumotlar shakllanish tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.

3. Xalqaro kasalliklar tasniflagichining (XKT) so‘nggi tahririga muvofiq kasalliklar statistikasi elektron bazasini ishlab chiqish va uni Davlat statistika qo‘mitasi bilan integratsiya qilish.

2021-yil iyul


2021-yil avgust




2021-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.15. Ijtimoiy soha statistikasini takomillashtirish

59.

Ijtimoiy soha statistikasini takomillashtirish.

Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi tadbirlarni amalga oshirish:

turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘plash uchun uy xo‘jaliklari kuzatuvlari dasturini takomillashtirish;

oshkora va ishonchli ma’lumotlarni olish maqsadida tanlanma va uning uslubiyatini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish;

kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonlariga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etish jarayonlariga zamonaviy dasturlarni (STATA, SPSS) kiritish;

iste’mol xarajatlarini shakllantirish uchun yangi “Maqsadlar bo‘yicha shaxsiy iste’mol klassifikatsiyasi-2018”ni joriy etish.

2020-2021-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.16. Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida statistikani takomillashtirish

60.

Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida statistikani takomillashtirish.

Ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi statistik metodologiyalarni ishlab chiqish hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi statistikani tayyorlash jarayonlariga Oslo Yo‘riqnomasi 2018 va Fraskati Yo‘riqnomasi 2015 kabi xalqaro tan olingan standartlarni joriy etish.

2021-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),

Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.17. Gender statistikasini takomillashtirish

61.

Gender statistikasini takomillashtirish.

1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida gender statistikasi bo‘yicha mavjud ko‘rsatkichlar va ularni shakllantirish uslubiyatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish.

2. Inventarizatsiya natijalari bo‘yicha gender statistikasiga oid qo‘shimcha ko‘rsatkichlar ro‘yxatini tuzish.

3. BMT Statistika bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan “Gender statistikasining minimal bazaviy to‘plami”ni amaliyotga to‘liq joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha kuzatuvlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

4. Tegishli vazirlik va idoralardan yig‘ilgan idoraviy ma’lumotlar hamda kuzatuv natijalari asosida shakllangan ko‘rsatkichlarni saytga (gender. stat.uz) joylashtirish va muntazam ravishda yangilab borish.

2020-yil

oktyabr dekabr


2020-yil dekabr


2020-2021-yillarda



doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.18. Mehnat statistikasini takomillashtirish

62.

Ta’lim statistikasi bo‘yicha xalqaro standart klassifikatsiyani joriy qilish.

Xalqaro tavsiyalarga asosan eng so‘nggi “Ta’lim bo‘yicha xalqaro standart klassifikatsiyasi — 2011” ni amaliyotga tatbiq qilish.

2021-yil sentyabr

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

63.

Mehnat bozoriga oid statistikani takomillashtirish.

1. Ishsizlik va mehnat bozorining boshqa muhim ko‘rsatkichlarini aniq belgilashda XMT standartlariga rioya qilgan holda eng so‘nggi “Mashg‘ulotlarning xalqaro standart klassifikatsiyasi — 2008” ni amaliyotga tatbiq qilish orqali mehnat statistikasi uslubiyatini takomillashtirish.

2. Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga muvofiq, iqtisodiy faoliyat turlari (IFUT-2) bo‘yicha norasmiy sektorni qo‘shgan holda, bandlik va ishsizlik, ishlangan vaqt ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik axborot manbalarini yaratish maqsadida, “Ishchi kuchi kuzatuvlari” savolnomasi va tanlash uslubiyatini takomillashtirish.

3. “Ishchi kuchi kuzatuvlari”ni qog‘oz shaklidan voz kechgan holda zamonaviy axborot kommunikatsiya-texnologiyalari (planshetlar) asosidaelektron shaklda tashkil etishni amaliyotga joriy etish.

4. Iqtisodiy faoliyat turlari, jinsi, ta’lim darajasi, yoshi, migratsiya mamlakati bo‘yicha aholining mehnat migratsiyasi statistikasi uslubiyatini takomillashtirish.

2021-yil dekabr

Mehnat vazirligi (N. Xusanov),

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

64.

Bo‘sh ish o‘rinlari kuzatuvlarini takomillashtirish.

Bo‘sh ish o‘rinlari kuzatuvini xalqaro tavsiyalar asosida o‘tkazilishini ta’minlash uchun mavjud statistik instrumentariyni takomillashtirish.

2021-yil iyul

Mehnat vazirligi (N. Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

65.

Ishchi kuchi kuzatuvlarini takomillashtirish.

Xalqaro standartlarga muvofiq, ishchi kuchiga xarajatlar tarkibi bo‘yicha statistik kuzatuvni amaliyotiga joriy etish.

2021-yil mart

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Mehnat vazirligi (N. Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

66.

Mehnat statistikasi bo‘yicha idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Ish haqi va mehnat bo‘yicha ko‘rsatkichlarning to‘liqligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida, ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(J. Maxsumov), Mehnat vazirligi (N. Xusanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.19. Turizm statistikas�ni takomillashtirish

67.

Turizm statistikasini takomillashtirish.

1. Xalqaro standartlarga muvofiq, (Turizm statistikasi bo‘yicha xalqaro tavsiyalar — 2008) turizm statistikasi metodologiyalarini takomillashtirish.

2. Turizm bo‘yicha fizik hajmi indeksini hisoblash yuzasidan mavjud statistik instrumentariyni takomillashtirish.

2021-yil aprel



2021-yil dekabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(A. Abduxakimov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.20. Transport statistikasini takomillashtirish

68.

Transport statistikasini takomillashtirish.

Xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarga muvofiq, transport statistikasi sohasidagi tasniflagichlar va metodologiyalarni takomillashtirish.

2020-2021-yil

yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

69.

Ko‘rsatkichlarni shakllantirishda “Transport statistikasi uchun tovarlarning standart tasnifi”ga rioya etish.

Transport statistikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni BMTning “Transport statistikasi uchun tovarlarning standart tasnifi (NST-2007)” uslubiyatiga muvofiqlashtirish.

2021-yilda

Transport vazirligi

(E. Ganiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

70.

Tranzit tashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirishni yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali transport turlari kesimida yuklarni tranzit tashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.

2021-yilda

Davlat bojxona qo‘mitasi

(M. Azimov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.21. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi statistikani takomillashtirish

71.

AKT sohasidagi statistikani takomillashtirish.

1. Elektron tijoratni shakllantirish va hisobga olish ma’lumotlarini tayyorlash sohasida ilg‘or metodologiya va tavsiyalarni amaliyotga joriy etish.

2. AKT infratuzilmasi, AKTdan foydalanish, AKT xizmatlariga tariflar, AKTni ishlab chiqarish sektori, ta’limda AKTdan foydalanish, AKT savdosi va boshqa ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha metodologiya va qo‘llanmalarni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.

2020-2021-yillar mobaynida



2022-yil yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.22. Qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish

72.

Qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish.

1. Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO)qishloq xo‘jaligi bo‘yicha savolnomalarida mavjud ko‘rsatkichlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

2. Savolnomada mavjud ko‘rsatkichlar bilan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaldagi davlat statistika hisobot shakllaridagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash.

3. Amaldagi davlat statistika hisobot shakllarida mavjud bo‘lmagan, lekin shakllantirish imkoni mavjud bo‘lgan ko‘rsatkichlarni hisobot shakllariga qo‘shimcha kiritish.

2020-yil avgust



2020-yil sentyabr



2020-yil oktyabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev), Davyergeodezkadastr qo‘mitasi

(X. Turaxujayev), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Norqobilov), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov)

73.

Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha statistik kuzatuvlarning tashkiliy va uslubiy asoslarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish.

1. Xalqaro standartlarga, jumladan BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) tavsiyalariga muvofiq, kuzatuvlar bo‘yicha uslubiyatlarni qayta ko‘rib chiqish.

2. Xalqaro tavsiya va qo‘llanmalarga muvofiq, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha uslubiyatlarni takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish.

3. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tasniflagichlarni qayta ko‘rib chiqish va xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish.

4. Aholi va dehqon xo‘jaliklar� tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini statistik hisobga olish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish.

2021-yil yanvar



2021-yil iyul



2021-yil dekabr


2020-2021-yillarda

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(G. Marufova), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

74.

Agrar statistikani takomillashtirish.

1. Agrar statistikasini yuritish, ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plash metodlarni belgilab olish.

2. Agrar statistikani yuritishda ma’lumotlar ishonchliligi va haqqoniyligini ta’minlash maqsadida yuqori sifat standartlarini joriy etish tizimi ishlab chiqish — hujjatlarni yuritish ichki qoidalari, malaka oshirish rejalari, sifatni nazorat qilish tizimi, tizimni baholash metodlari (programme evaluation), texnologik talablar.

3. Agrar statistikani yuritish uchun mas’ul idorani faoliyatini belgilash va institutsional o‘zgarishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2021-yil may


2021-yil iyun






2021-yil sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

5.23. Uy-joy statistikasini takomillashtirish

75.

Uy-joy statistikasini takomillashtirish.

Uy-joy fondining asosiy statistik ko‘rsatkichlari va ularni hisobga olish uslubiyatlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, zarur tasniflagichlarni ishlab chiqish.

2021-yil

dekabr

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi

(X. Turaxujayev),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (M. Saliyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.24. Investitsiya va qurilish sohasidagi statistikani takomillashtirish

76.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarni asosiy fondlar tasniflagichi bo‘yicha MHT — 2008 tavsiyalari asosida guruhlash.

1. Investitsion faoliyat bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish va e’lon qilish yuzasidan xorijiy tajribalarni o‘rganish.

2. Investitsiyalarga oid ko‘rsatkichlarni MHT — 2008 tavsiyalaridan kelib chiqqan holda asosiy fondlar tasniflagichi bo‘yicha ishlab chiqish.

3. Investitsiyalar hajmlarini asosiy fondlar tasniflagichiga muvofiq guruhlash va natijalarni e’lon qilish.

2020-yil

oktyabr


2020-yil

noyabr


2021-yil

iyun

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Qudratov)

77.

Investitsiya dasturida ko‘zda tutilgan moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqqan holda statistik hisobotlarga tegishli o‘zgartirishlarni kiritib borish.

1. Investitsiya faoliyatida moliyalashtirish manbalarini guruhlash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Investitsiya dasturi doirasida loyihalar to‘g‘risidagi kengaytirilgan tahliliy-statistik ma’lumotlarni shakllantirish.

3. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari bo‘yicha to‘liq qamrovini ta’minlash.

2020-yil iyul dekabr


2021-yildan har choraqda


doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi(B. Begalov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Boboyev)

78.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisob-kitoblarini takomillashtirish.

Asosiy kapitalga �zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlarni haqqoniyligini va qamrovini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan idoraviy ma’lumotlarni Davlat statistika qo‘mitasiga kelishilgan muddatlarda muntazam ravishda taqdim etib borilishini ta’minlash.

2020-yil oktyabrdan boshlab

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov),

Davlat bojxona qo‘mitasi (A. Asamov),

Markaziy bank

(B. Abubakirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

79.

Sotish uchun mo‘ljallangan va “Kalit ostida”gi obyektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqida yangi statistik kuzatuvlarni tashkil etish.

1. ”Kalit ostida”gi obyektlar qurilishini statistik hisobga olishbo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish.

2. “Kalit ostida”gi obyektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining boshlanishi haqidatanlanma kuzatuvlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

3. Sotish uchun mo‘ljallangan va “Kalit ostida”gi obyektlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini yakuniy jamlanma statistik hisob-kitoblarda aks ettirilishini yo‘lga qo‘yish.

2020-yil

iyul sentyabr


2020-yil oktyabr


2021-yil yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Davlat xizmatlari agentligi (U. Muhammadiyev)

80.

Qurilish ishlarini bajarayotgan korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatini oshirish.

1. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga Davlat statistika qo‘mitasini ulashni va ?untazam ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

2. Qurilish-montaj ishlarini bajarayotgan pudratchi va yordamchi pudratchilar, buyurtmachilar va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, oylik bajarilgan qurilish-montaj ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.

2020-yil

oktyabr

Qurilish vazirligi

(B. Zakirov)

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov)

81.

Kambag‘allikni aniqlashga doir statistikani takomillashtirish.

1. Kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha uslubiyotni xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqish;

2020-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortiqov),

Davlat statistika qo‘mitasi (M. Begalov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiyotni Toshkent viloyati misolida tajribadan o‘tkazish va uslubiyotni takomillashtirish;

2021-yil yanvar — iyun

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (A. Ortiqov),

Davlat statistika qo‘mitasi (M. Begalov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, statistik tadqiqotlarni takomillashtirish

82.

Statistika tizimining kadrlar salohiyatini yaxshilash.

1. Mamlakatning milliy statistika tizimida inson resurslari va malakali kadrlar tayyorlash sohasida keng qamrovli siyosatni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2. Kadrlar rotatsiyasini amalga oshirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, kadrlarni tanlash va saralash tartibi va siyosatini qayta ko‘rib chiqish.

3. Xodimlarning shaxsiy yutuqlari asosida lavozimda ilgari surish va rag‘batlantirishining samarali tizimini yaratish.

4. Institutning moddiy-texnik, axborot-kommunikatsiya va statistik infratuzilmasini takomillashtirish.

5. Institutda statistika sohasida kadrlarni kasbiy tayyorlash va rivojlantirish borasida ochiq va onlayn tarzdagi masofaviy o‘quv kurslarini joriy qilish, inson va moliya resurslarini boshqarish masalalarida seminarlar o‘tkazish.

6. Iqtisodiy tahlil bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash uchun magistrlik va doktorlik dasturlarini tashkil etish.

2021-yil yanvar



2021-yil yanvar



2021-yil

yanvar

2021-2022-yillar davomida


2022-yildan boshlab




doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norkulov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Markaziy bank (M. Nurmurodov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

83.

Statistika tizimi xodimlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Qo‘mita tizimi xodimlarini “Statistika asoslari” fani bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.

2. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda amaldagi o‘quv kurslarini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida o‘qishlarni tashkil etish.

3. Xalqaro tashkilotlar ko‘magida “Statistica”, “SPSS”, “Eviews”, “Stata” ekonometrik paketlarini qo‘mita tizimi xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha institutda alohida o‘quv kurslarini tashkil etish.

4. Tasdiqlangan reja — grafikka asosan axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha statistika organlari xodimlarini o‘qitish.

2020 — 2025-yillar davomida

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (B. G‘ayibnazarov)

84.

Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarini “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish.

1. Iqtisodchi xodimlarni “Statistika asoslari” bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, shartnoma asosida o‘qitish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan kelishilgan reja — grafiklarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan reja — grafikka asosan shartnoma asosida iqtisodchi xodimlarni o‘qitishni (shu jumladan masofadan (onlayn) o‘qitish shaklida) tashkil etish.

2020-yil

1-sentabrdan boshlab, doimiy

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (B. G‘ayibnazarov),

Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari

85.

Professional ta’lim muassasalarida Statistika yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

1. Statistika yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida, 10 ta professional ta’lim muassasalarida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2. Statistika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.

3. Statistika yo‘nalishi bitiruvchilarini davlat statistika organlarida ish bilan ta’minlash.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov),

Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (B. G‘ayibnazarov)

86.

Rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda, iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarida global miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi yo‘nalishlarochish.

Iqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida xorijiy nufuzli turdosh oliy ta’lim m�assasalari bilan qo‘shma dastur asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlaydigan yangi (“biznes — tahlilchi”, “katta sonlar tahlili”, “tizimli tahlilchi”, “ma’lumotlar tadqiqotchisi”, “integratsion tahlilchi”, va boshqalar) yo‘nalishlarni ochish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi (I. Norqulov),

Davlat statistika qo‘mitasi

(B. Begalov)

5-bandning uchinchi xatboshisidagi “234” raqami “275” raqami bilan almashtirilsin;
1-ilovaning 32-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomlanishi” ustunidagi “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazining” so‘zlari “Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning “Kadrlar tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi” blokidagi “Kadrlar tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi” so‘zlari “Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4210-son qaroriga ilovaning 12-pozitsiyasi “Mas’ul tadqiqot institutlari” ustunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6-banddan oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi