O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AFG‘ONISTON RESPUBLIKASI BILAN DAVLAT ChEGARASINI MUSTAHKAMLASh MASALALARI BO‘YIChA KOMISSIYA TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Afg‘oniston Respublikasi bilan davlat chegarasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, zarur chegara tartibini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining zarur moddiy-texnika negizini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I. H. Jo‘rabekov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilsin (Komissiyaning tarkibi ilova* qilinmoqda).
* Ilova berilmaydi.
2. Qayd etilgan komissiya o‘n kun muddat ichida o‘sha joyga borib Afg‘oniston Respublikasi bilan davlat chegarasini mustahkamlash, zarur tartibni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining zarur moddiy-texnika negizini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun taqdim etsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 5-sentabr,
413-son