26.07.2017 yildagi PQ-3147-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻmir sanoati korxonalarining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika koʻmir tarmogʻini boshqarishni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, isteʼmolchilarni koʻmir mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek, koʻmir sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha strategik dasturlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi PQ-3054-son qarori bilan 2017 — 2021-yillarda koʻmir qazib chiqarish korxonalarini yangidan qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2017 — 2021-yillarda koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir tarmogʻini boshqarishning amaldagi tizimi va “Oʻzbekkoʻmir” AJ rahbariyati koʻmir tarmogʻini rivojlantirish va Dasturni amalga oshirish boʻyicha belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini, shuningdek respublika aholisini va ijtimoiy obyektlarni koʻmir mahsulotlari bilan talab qilingan hajmlarda va sifatli taʼminlanmaganligi, buning natijasida tarmoq faoliyatiga nisbatan koʻplab jiddiy eʼtirozlar va shikoyatlar yuzaga kelganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va moliya vazirligining “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekkoʻmir” AJning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir konlarini qazish, xomashyo bazasini kengaytirish va undan oqilona foydalanish, koʻmir sanoati korxonalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish, koʻmir qazib olish va yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirish, tarmoqqa zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalarni keng joriy etishga yoʻnaltirilgan tarmoqda yagona texnika siyosatini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir sanoatini rivojlantirish boʻyicha joriy, oʻrta muddatli va uzoq muddatli prognozlarni, maqsadli ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish, mahsulotlarning yangi raqobatdosh turlarini oʻzlashtirish, mahsulotlarning energiya va resurslar sarfini kamaytirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini yanada chuqurlashtirish, mahalliy xomashyo resurslaridan ustuvor foydalanish asosida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, import oʻrnini bosishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faol investitsiya siyosatini olib borish, tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatini strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish, loyiha ishlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir sanoatining samarali ishlashini tashkil etishga qodir boʻlgan, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini egallagan muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish ishlarini tashkil etish va koʻmir sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash boʻyicha Ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 3-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya (Ramatov) zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish mexanizmi boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir tarmogʻi korxonalarining joriy iqtisodiy va moliyaviy ahvolini oʻrganish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir tarmogʻining investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan jalb etilgan aktivlar va majburiyatlarni, shu jumladan kreditlarni xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir tarmogʻining investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan kredit mablagʻlarini, shu jumladan, istisno tariqasida, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan qaytarish manbalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir tarmogʻini modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilgan, amalga oshirilayotgan va ishlab chiqilayotgan loyihalarni hisobga olgan holda koʻmir narxlarining shakllanishini va koʻmirning ulgurji-sotish narxiga maxsus ustama miqdorini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olishning toʻliqligini va qazib olinadigan hamda isteʼmolchilarga yetkazib beriladigan koʻmirning sifatini taʼminlaydigan qazib olish va ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya etish boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlar va topshiriqlarning bajarilishini tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish va tahlil natijalari boʻyicha “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazish, shuningdek, koʻmir tarmogʻi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori loyihasini bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ijro etuvchi apparati tuzilmasiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining sanoat ishlab chiqarishi masalalari boʻyicha oʻrinbosari qoʻshimcha lavozimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Oʻzbekenergo” AJ boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va “Oʻzbekkoʻmir” AJ boshqaruvi raisi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 26-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3147-son