06.07.2020 yildagi PF-6019-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
2022-yil 1-yanvardan boshlab ushbu kichik bandda belgilangan mezonlarga javob beradigan barcha subyektlarda joriy etiladi.
8. Ushbu Farmonning 4-ilovasida keltirilgan vazirlik va idoralar Qo‘mita hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar o‘zlariga tartibga solish bo‘yicha biriktirilgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqsin va ularni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
b) 2020-yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlariga davlat buyurtmachilari, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lgan shaxslarga, shuningdek o‘zining yakuniy manfaatdor shaxslari (benefitsiarlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan yoki ular to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan davlat xaridlari hamda strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar xaridlari ijrochilariga tender va tanlov savdolarida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish tartib-taomillarida va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarda ishtirokini taqiqlashni va bunday qonun buzilishi holatlari uchun javobgarlikni belgilash to‘g‘risida taklif kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2.2.-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.9.-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.9.-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.10.-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.10.-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

bajarish muddati

Mas’ullar

I. Raqobatni rivojlantirish va himoyalash tizimini transformatsiyasini amalga oshirish

1.

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olish tizimidan raqobatni himoya qilishda qonun buzilishlarini oldindan yo‘l qo‘ymaslik (profilaktik) tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi “aqlli” monopoliyaga qarshi tartibga solishning progressiv modelini yaratish.

1. “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish:

monopol tashkilotlar va tabiiy monopoliya subyektlarining reyestrini yuritishni bekor qilish;

“ustun muzokara kuchi” tushunchasini kiritish hamda uni nazorat qilish usullarini aniqlashtirish;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini samarali oldini olish uchun muayyan hollarda aralashuv uchun quyi chegarani kengaytirish.

2. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini oldini olishda maxsus ko‘rsatmalarni (guidelines) ishlab chiqqan holda tushuntirishlar berish institutidan foydalanishni kengaytirish.

2020-yil

oktyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

2.

Tovar, moliya va raqamli bozorlarni tahlil qilishning moslashuvchan vositalarini, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan usullarni joriy etish (behavioral economics).

1. “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, monopol mavqeni aniqlashda muayyan bozor ulushi ko‘rsatkichidan voz kechish, asosiy e’tiborni bozor hukmronligini suiiste’mol qilish holatlariga qaratish.

2020-yil

oktyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)

2. Tovar, moliya va raqamli bozorlar ishtirokchilari xulq atvorini tahlil qilish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil
oktyabr

3. Tovar va moliya bozorlari ishtirokchilarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga to‘liq rioya qilishini rag‘batlantiruvchi xulq-atvor iqtisodiyoti yondashuvlarini, shu jumladan “yumshoq turtki berish” (nudging) konsepsiyasini joriy etish maqsadida raqobat siyosatida institutsional innovatsiyalar laboratoriyasini tashkil etish.

2021-yil

aprel

3.

Iqtisodiyotda raqobat muhiti holatini tahlil qilish.

1. Global raqobatbardoshlik indeksi metodologiyasining “Tovar bozorlarining samaradorligi” indikatori asosida tovar bozorlarida raqobat holatining tahlilini o‘tkazish va “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2020-yil avgust

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

2. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining metodikasi asosida tovar bozorini tartibga solish indeksini (PMR) hisoblash.

2021-yil mart

3. Raqobat holati to‘g‘risida yillik hisobot tayyorlash.

2020-yil

dekabr

4.

Sohaviy boshqaruvdan “bozorlarni boshqarish”ga o‘tish.

Davlat organlarining nizomlariga o‘zlariga tartibga solish bo‘yicha biriktirilgan sohalarda o‘z vazifalari doirasiga raqobatni rivojlantirish bo‘yicha funksional majburiyatlarni kiritish yo‘li bilan davlat organlarining raqobatni rivojlantirish mas’uliyatlarini oshirish.

2020-yil

dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

5.

Davlat monopoliyaga qarshi nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablari buzilishi xavf-xatarga asoslangan yondashuvni joriy etish.

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini xavf-xatar kategoriyalari bo‘yicha tasniflash mezonlarini ishlab chiqish.

2020-yil oktyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

II. Samarali faoliyat ko‘rsatadigan bozorlarni yaratish, shaffoflikni va ularga kirish uchun teng sharoitlarni ta’minlash

6.

Tovar va moliya bozorlariga yangi ishtirokchilarning kirishini soddalashtirish.

Asosiy tovarlar va moliyaviy bozorlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, shu jumladan:

farmatsevtika bozorida;

qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqishda;

bank sektorida;

telekommunikatsiya xizmatlarida (internet, mobil aloqa);

neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda;

kimyoviy va mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishda;

oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda.

2020-yil dekabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev), Qurilish vazirligi

(B. Zakirov), Markaziy bank

(M. Nurmuratov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), Energetika vazirligi (A. Sultanov),

“O‘zkimyosanoat AJ
(J. Mirzamahmudov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

7.

Tovar va moliya bozorlarida raqobat shartlarini ta’minlash.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida monopoliyaga qarshi talablar va qoidalar ishlab chiqish.

2021-yil yanvar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

tarmoqlarni tartibga soluvchi vazirlik va idoralar

8.

Davlat xaridlari sohasida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish.

1. Davlat xaridlari jarayonida kelishilgan harakatlarni oldini olish maqsadida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga buyurtmachilar vakillarining sonini cheklash va ishtirokchilarning affillanganligiga qo‘yilgan talablarni kiritish.

2. Tender savdolari jarayonida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzilishini aniqlash tartibini tasdiqlash.

2020-yil noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

9.

Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning xaridlarida raqobatni ta’minlash.

Strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning xarid qilish jarayonlariga monopoliyaga qarshi talablarni kiritish.

2020-yil sentyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

10.

Birja savdolari mexanizmini takomillashtirish va birja savdolari uchun tovarlar turlarini kengaytirish.

1. Jarayonni elektronlashtirish orqali yuqori likvidli va monopol turdagi tovarlarning savdoga chiqarilishini monitoring qilish tartibini tasdiqlash.

2. Yuqori talab bo‘lgan davrda birja savdolarida monopoliyaga qarshi choralar ko‘rish va narxlarning manipulatsiyasini oldini olish tartibini tasdiqlash.

2021-yil fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

11.

Ulgurji va chakana savdo jarayonida raqobatni ta’minlash.

Ulgurji va chakana savdo uchun monopoliyaga qarshi talablarni raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kiritish.

2021-yil

may

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

III. Tadbirkorlik subyektlarining ma’muriy yuki va xarajatlarini, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini kamaytirish va davlat ko‘magi ko‘rsatilishini tartibga solish

12.

Normativ-huquqiy hujjatlarning raqobatga salbiy ta’sirini kamaytirish.

1. Normativ-huquqiy bazaning monopoliyaga qarshi “kompleks taftishni” amalga oshirish — kamida 3 mingta normativ-huquqiy hujjatlarni va 20 mingta texnik tartibga solish bo‘yicha hujjatlarni “gilotina” usulidan foydalangan holda raqobatga zid me’yorlardan tozalash.

2020-yil sentyabr — 2021-yil mart

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

2. Normativ-huquqiy hujjatlarning ta’sirini “ex-ante” va “ex-post” tamoyili asosida baholash.

2020 — 2023-yillar

13.

Davlat korxonalarini tashkil qilishda raqobatni rag‘batlantiruvchi mexanizmni joriy qilish.

1. Davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi maqsadlarini belgilash mexanizmini joriy qilish va bozorda xususiy korxonalar mavjud bo‘lgan holda davlat korxonalari tashkil etilishini cheklashni ko‘zda tutuvchi “sariq sahifalar” tamoyiliga o‘tish.

2. Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil qilishda monopoliyaga qarshi organ roziligini olish mexanizmini joriy qilish.

2020-yil sentyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

14.

Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar nazorati ostidagi davlat unitar korxonalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar sonini qisqartirish.

1. Davlat unitar korxonalari, yirik davlat kompaniyalari va tabiiy monopoliya subyektlari bilan affillangan bozorlardagi raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish.

2020-yil sentyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

2. Davlat unitar korxonalarni boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirish hamda alohida subyektlar sifatida yirik xo‘jalik birlashmalari tarkibidan ajratish bo‘yicha “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqish.

2020-yil
oktyabr

15.

Investitsiyalarni jalb qilish orqali davlatning va yirik korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirish.

1. Yirik davlat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlarini ommaviy joylashtirishga tayyorlash.

2. Davlat korxonalarida korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobdorlikning xalqaro standartlariga o‘tkazish.

3. Muntazam ravishda moliyaviy hisobotlarni va ma’lumotlarni, shu jumladan xorijiy tillarda chop etish orqali davlat korxonalari faoliyatining shaffofligini oshirish.

2020 — 2024-yillar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov)

16.

Raqobat muhitini rivojlantirish hamda xususiy sektorni davlat organlari xo‘jalik funksiyalarini bajaruvchi alohida sohalarga jalb qilish.

Quyidagi sohalarda akkreditatsiya tizimi va bozor ishtirokchilarini majburiy sug‘urtalashni joriy etish orqali ayrim davlat vazifalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish:

qurilishdagi texnik nazorat;

sertifikatlashtirish, o‘lchash vositalarini kalibrlash va �lchash vositalarini qiyoslash;

kadastr ishlarini bajarish.

2021-yil

yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov),

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (D. Sattarov),

“Davyergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (X. Turaxujayev), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

17.

“Davlat ko‘magi”ning samaradorligini oshirish.

1. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida imtiyoz va preferensiyalar ko‘rinishidagi “davlat ko‘magi”ni berishda monopoliyaga qarshi kurashish organining oldindan roziligini olish mexanizmini joriy etish.

2. Imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish.

3. Imtiyoz va preferensiyalardan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil oktyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

18.

Imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini tahlil qilish.

1. Quyidagi sohalarda imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini o‘rganish:

telekommunikatsiyalar;

avtomobillarni ishlab chiqarish;

elektrotexnika sanoati;

qishloq xo‘jaligi mashinasozligi;

yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish;

mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish.

2020-yil dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Davlat soliq qo‘mitasi
(Sh. Kudbiyev),

Davlat bojxona qo‘mitasi
(M. Azimov)

2. Alohida sohalarga berilgan imtiyoz va preferensiyalarni maqbullashtirish (bekor qilish) bo‘yicha takliflarni kiritish.

2020-yil dekabr

19.

Raqobat muhitiga salbiy ta’sir etuvchi davlat ishtirokidagi yirik monopoliyalarni majburiy bo‘lib yuborish.

1. Amaldagi davlat ishtiroki mavjud yirik monopol korxonalarni bozordagi xulq-atvorini tahlil qilish va ularning xatti-harakatlarida raqobat muhitiga salbiy ta’siri mavjudligini o‘rganish.

2. Raqobat muhitiga salbiy ta’sir etuvchi davlat ishtirokidagi yirik monopoliya�arni belgilangan tartibda majburiy bo‘lib yuborish bo‘yicha taklif kiritish.

2021-yil

mart

Monopoliyaga qarshi
kurashish qo‘mitasi
(N. Sharipov)

IV. Tariflarni shakllantirishning yuqori samarali, ya’ni raqobatni rag‘batlantiruvchi ta’sirni vujudga keltiruvchi usullarni qo‘llagan holda narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan oqilona tartibga solish tizimini yaratish

20.

Raqobatdosh tovar va moliyaviy bozorlarda narx (tarif)larni shakllantirishda bozor mexanizmiga to‘liq o‘tish.

Davlat tomonidan narxlarni tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) o‘rnatish, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) tartibini qayta ko‘rib chiqish.

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

21.

Tabiiy monopoliya subyektlarining narxni shakllantirish usullarini hamda narxni shakllantirishga bo‘lgan yondashuvini ko‘rib chiqish.

Narxlarni shakllantirishda progressiv bozor mexanizmlari (iqtisodiy asoslangan investitsiya qilingan sarmoya rentabelligi (Regulatory Asset Base) usuli, taqqoslash tahlili va boshqa usullar)ni joriy qilish orqali tabiiy monopoliya subyektlarida raqobatni rag‘batlantirish ta’sirini yaratish.

2021 — 2024-yillar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov)

22.

Tartibga solinadigan narxlar qo‘llanilishi ustidan monitoring qilish mexanizmini takomillashtirish.

Tadbirkorlik subyektlarining tartibga solinadigan xarajatlarining asosliligini aniqlash uchun taqqoslov bozorlari va o‘zaro bog‘liq bozorlardagi narxlarning “qiyosiy qiymatlari” usulidan foydalanishni nazarda tutuvchi tartibga solinadigan narxlar qo‘llanilishi ustidan monitoring qilish tartibini ishlab chiqish

2020-yil dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

V. Tabiiy monopoliya sohalarining raqobat bozori holatiga o‘tishdagi to‘siqlarni bartaraf etish

23.

Tabiiy monopoliyalar sifatida �asniflash mezonlarini qayta ko‘rib chiqish va ushbu sohalarni tubdan qisqartirish.

1. “Raqobat to‘g‘risidagi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunlarni birlashtirish.

2020-yil
oktyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

2. Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati va ishlashi, shu jumladan o‘zaro bog‘liq bozorlarda raqobat sharoitlarini yaratish imkoniyatidan kelib chiqib, tahlillar o‘tkazish.

2021-yil fevral

24.

Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatining shaffofligini va ularning infratuzilmalaridan kamsitishlarsiz foydalanishni ta’minlash.

1. Tabiiy monopoliyalar subyektlarining namunaviy va boshqa shartnomalarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Tabiiy monopoliyalar infratuzilmasiga ulanish (qo‘shilish) asossiz rad etilganligi uchun javobgarlik mexanizmlarini kuchaytirish.

2020-yil noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

25.

Elektr energetika sohasida raqobatni rivojlantirish.

1. Elektr energiyasining ulgurji bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish bo‘yicha Dastur tasdiqlash.

2. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash funksiyalarini xususiy sektorga berish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi tasdiqlash.

2021-yil aprel

Energetika vazirligi (A. Sultanov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

26.

Gaz ta’minoti bozorida raqobatni rivojlantirish.

Xususiy sektorning raqobat asosida gaz ta’minoti bozoriga kirishini ta’minlash dasturini tasdiqlash.

2021-yil sentyabr

Energetika vazirligi (A. Sultanov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

27.

Temir yo‘llari transporti sohasida raqobatni rivojlantirish.

Temir yo‘llari transporti orqali tashishlar bozorida quyidagilarni ko‘zda tutuvchi raqobatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish:

temir yo‘llari infratuzilmasini saqlash va tashishlarni amalga oshirish funksiyalarini ajratish orqali temir yo‘llarida tashishlar xususiy bozorini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish imkoniyatini o‘rganish;

harakatlanuvchi tarkib operatorlari faoliyatini tartibga solish asoslari va ularning tashuvchilar bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish;

kombinatsiyalashgan tashishlarga tarifni hisoblash metodikasini ishlab chiqish (yo‘nalish bo‘ylab har xil turdagi lokomotivlar yoki turli tashuvchilarning lokomotivlaridan foydalanish);

umumiy foydalanishda bo‘lmagan yo‘llarning umumiy foydalaniladigan yo‘llarga texnologik ulanishi uchun teng sharoitlarni ta’minlash;

vagonlar ayri�oshlash “birja”sini tashkillashtirish, tashishlar logistikasini yanada samarali yaratish.

2021-yil
mart

Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

28.

Havo transporti sohasida raqobatni rivojlantirish.

1. Respublikaning barcha hududlarida “ochiq osmon rejimini joriy etish dasturini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Transport vazirligi (E. Ganiyev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

2. Havo transportida tashishlar bozorida turli xizmatlarni ko‘rsatish uchun xususiy sektor subyektlari kirishini ta’minlash dasturlarini tasdiqlash.

2020-yil
dekabr

3. Milliy arzon tashuvchilarni — “loukosterlarni yaratish dasturini tasdiqlash.

2021-yil yanvar

VI. Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari buzilishlariga oldindan yo‘l qo‘ymaslik (profilaktika) vositalarini joriy etish

29.

Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etish.

1. Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2020-yil sentyabr

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

2. Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etish.

2020 — 2024-yillarda

30.

Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari buzilishlariga oldindan yo‘l qo‘ymaslik (profilaktika) mexanizmini joriy etish.

1. Davlat organlarida va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaensni — raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash, huquqbuzarlik xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha ichki tartib-qoidalar tizimini joriy qilish va uni monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish

2020-yil sentyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)

2. Kamida 9 ta korxonalarda tajriba sifatida monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish.

2020-yil

dekabr

VII. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik, avvalo “kartel” kelishuvlari tuzganlik va til biriktirishlar amalga oshirganlik uchun huquqiy ta’sir choralarini kuchaytirish hamda halol raqobatni rag‘batlantirish

31.

“Kartel” kelishuvlariga qarshi kurashish usullarining samaradorligini oshirish.

“Kartel” kelishuvlari va til biriktirish bo‘yicha ra?obat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar miqdorini o‘zgartirish bo‘yicha “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish.

2020-yil
oktyabr

Monopoliyaga qar�i kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

32.

“Kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlashning tahliliy vositalarini takomillashtirish.

Ijtimoiy muhim va monopol turdagi tovar va xizmatlarning narxlari darajasini kuzatish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil
sentyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

33.

Jamiyatda til biriktirish va “kartel” kelishuvlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

1. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda “kartel”larga qarshi ijtimoiy kompaniyani ishlab chiqish.

2. “Kartel” kelishuvlarini aniqlash maqsadida “yengillashtirish” dasturi samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xodjayev)

34.

Nohalol raqobatni oldini olish, aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yuristlar, patent ishonchli vakillari va ekspertlaridan iborat monopoliyaga qarshi kurashish organi huzurida mahsulot o‘xshashligini baholash bo‘yicha ekspert komissiyasini shakllantirish.

2020-yil oktyabr

Monopoliya�a qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Intellektual mulk agentligi
(T. Abdusattorov)

2. Intellektual mulk huquqlarini buzuvchi nohalol tadbirkorlik subyektlari reyestrini joriy etish.

2020-yil
sentyabr

35.

Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi yuzasidan sudyalarning malakasini oshirish tizimini yaratish.

Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda sudyalar uchun raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil qilish.

2021-yil

Sudyalar Oliy kengashi
(U. Mingbayev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

VIII. Raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini joriy etish

36.

Raqamli bozorlarga yangi ishtirokchilar uchun kirish shartlarini soddalashtirish.

1. “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga “raqamli bozorlar” va ularni monopoliyaga qarshi tartibga solish tushunchalarini kiritish.

2020-yil oktyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsi?l?rini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

2. Raqamli bozorlarda tartibga solish hujjatlarisiz innovatsiyalarni sinashga imkon beradigan “tartibga solish qumdoni konsepsiyasi asosida maxsus huquqiy rejimni yaratish.

2020-2021-yillarda

37.

Raqamli bozorlarni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini yaratish.

Raqamli bozorlarning tovar va geografik chegaralarini tahlil qilish va aniqlash tartibini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)

38.

Elektron tijorat sohasida raqobat muhitini takomillashtirish.

Elektron tijorat jarayonida monopoliyaga qarshi savdo qoidalarini tasdiqlash.

2021-yil

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
(N. Sharipov)

39.

Raqamli bozorlarda raqobatni himoya qilish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Raqamli bozor ishtirokchilari tomonidan raqobat qonunchiligi talablarini tezkor va samarali bajarilishini ta’minlaydigan RegTech (tartibga solish texnologiyalari) konsepsiyasiga asoslangan raqamli platformani yaratish.

2022-yil

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

IX. Monopoliyaga qarshi organ faoliyatini ochiqligini ta’minlash va jamiyatda raqobat madaniyatini va raqobatga qarshi xatti-harakatlarga qarshi murosasizlikni shakllantirish

40.

Respublikada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga jamoatchilik tashkilotlarini, ekspert va biznes-hamjamiyatlarni keng jalb qilish.

1. “Raqobat 4.0.” munozaralar maydonchasini yanada rivojlantirish.

2. Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ekspertlar kengashini tuzish.

2020 — 2022-yillar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

41.

Jamiyatda raqobat madaniyati va raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish.

1. Tadbirkorlik subyektlari uchun bozor ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga bag‘ishlangan o‘quv kurslarini tashkil etish.

2. Raqobatni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida nodavlat tashkilotlarini yaratish (tuzish, tashkil qilish).

2020 — 2024-yillarda

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (Sh. Sharaxmetov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

42.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatida raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ular bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishda tezkorlikni ta’minlash maqsadida axborot-texnologiyalarini keng joriy qilish.

Monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha yagona axborot tizimini yaratish va uni hududiy organlar, barcha davlat organlarining axborot-ma’lumot tizimlariga ulanishini ta’minlash.

2020 — 2022-yillarda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

43.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining samaradorligini oshirish.

Ilg‘or xorijiy amaliyot asosida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati samaradorligini asosiy ko‘rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish va joriy etish.

2020-yil sentyabr

Monopoliyaga qa�shi kurashish qo‘mitasi
(N. Sharipov)

44.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini raqobat siyosati va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablaridan xabardorligi va ko‘nikmalarini yanada oshirish.

Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv dasturlarida raqobat siyosati bo‘yicha maxsus kurslarni joriy qilish.

2020-yil sentyabr

Davlat boshqaruvi akademiyasi
(X. Azizov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

X. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining kadrlar salohiyatini tizimli oshirib borish

45.

Monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yaratish.

1. Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarining magistratura yo‘nalishlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat huquqi yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish.

2020-yil sentyabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

2. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy organlari xodimlari uchun raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini qo‘llashga bag‘ishlangan doimiy o‘quv kurslarini tashkil etish.

2020-yil dekabr

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

T/r

Chora tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Amalga oshirish shakli

Mas’ul ijrochilar

1.

“Tartibga solish gilotinasi” usulidan foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlarni yalpi xatlovdan o‘tkazilishini muvofiqlashtirish (keyingi o‘rinlarda xatlov) bo‘yicha davlat organini belgilash, uni o‘tkazish rejasi — Yo‘l xaritasini tayyorlash, xatlovdan o‘tkazilayotgan hujjatlar ro‘yxatini tuzish uchun idoralararo komissiyasi tarkibini tasdiqlash hamda vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlarini tayinlash.

2020-yil

sentyabr

Vazirlar Mahkamasi qarori

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kasimov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Yalpi xatlovdan o‘tkazishni muvofiqlashtiruvchi davlat organi huzurida xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha loyiha ofisini tashkil etish.

2020-yil

oktyabr

Texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb etish.
Amaliy chora-tadbirlar rejasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

3.

Tadbirkorlik subyektlarini “Tartibga solish gilotinasi” jarayoniga jalb etish, asosiy manfaatdor taraflar bilan maslahatlar o‘tkazish, jamoatchilik bilan ishlash rejasini ishlab chiqish.

2020-yil
sentyabr-oktyabr

Tashkiliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanmani, elektron savolnomani ishlab chiqish.

2020-yil

noyabr

Qo‘llanma va rahbarlik

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

Xorijiy ekspertlarni jalb qilish, loyiha ofisi va idoralararo komissiyasi xodimlarini xatlovdan o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlarga tanishuv tashrifini tashkil etish.

2020-yil

noyabr — 2021-yil yanvar

Amaliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

6.

“Tartibga solish gilotinasi” jarayoni uchun yagona veb-saytni tashkil etish.

2021-yil

yanvar

Amaliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

7.

Vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari uchun tartibga solish gilotinasi usuli bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish.

2020-yil

oktyabr — dekabr

Tashkiliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

8.

Tartibga solish gilotinasi dasturining mohiyati va maqsadlari to‘g‘risida keng jamoatchilikka ma’lumot berish, shu jumladan seminar va davra suhbatlarini tashkil etish, yo‘riqnoma va qo‘llanmalar va boshqa tahliliy materiallarni nashr etish.

2020-yil

noyabr — 2021-yil yanvar

Tashkiliy tadbirlar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

9.

Xatlovdan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil

yanvar

Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

10.

Vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish normativ hujjatlarini raqobat va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini xatlovdan o‘tkazish hamda ularni bekor qilish, qayta ko‘rib chiqish yoki saqlab qolish bo‘yicha aniq asoslangan takliflarni loyiha ofisiga kiritish.

2021-yil

yanvar-fevral

Tahliliy materiallar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), vazirlik va idoralar

11.

Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlarining shakllantirilgan ro‘yxatlarini raqobat va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini xususiy biznes vakillari va mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda puxta ekspertizadan o‘tkazish.

2021-yil

fevral — aprel

Ekspertiza xulosasi
va hisobot

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), vazirlik va idoralar

12.

Vazirlik va idoralar bilan ekspertiza xulosalari bo‘yicha muhokamalarni o‘tkazish va qayta ko‘rib chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarning yakuniy ro‘yxatini shakllantirish hamda vazirliklarning shikoyat va apellatsiyalari bo‘yicha muhokamalarni rejalashtirish.

2021-yil

aprel

Ekspertiza xulosasi
va hisobot

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Adliya vazirligi

(R. Davletov), vazirlik va idoralar

13.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘plamini ishlab chiqish va uning raqobatga, biznesga va davlat budjetiga ta’sirini baholash.

2021-yil

aprel — iyul

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

14.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘plamini tasdiqlash, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik tartibga solish hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlar milliy bazasiga kiritish.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga kiritilmagan qonun hujjatlarni avtomatik ravishda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish tartibini joriy etish.

2021-yil

avgust-sentyabr

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
va Hukumatining qarorlari

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

(N. Sharipov)

Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)