Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 01.08.2018 yildagi PQ-3893-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda respublikada ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, gʻoʻza ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish hisobiga yer va suv resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, meva-sabzavot va boshka qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ularni eksportga yetkazib berish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishlok xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat koʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2018-yilda hosili past yerlardagi gʻoʻza ekin maydonlarini 99,4 ming gektarga qisqartirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2018-yilda meva-sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini 817,0 ming tonnaga koʻpaytirish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2018-yilda 266,0 ming tonna meva-sabzavot va boshka qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qoʻshimcha ravishda eksportga yetkazib berilishini taʼminlash;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 1.1-1.13-ilovalarga* muvofiq 2018-yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 2.1-2.13-ilovalarga* muvofiq 2018-yilda hosili past paxta maydonlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishning prognoz hajmlari toʻgrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi, “Oʻzbekozikovkatxolding” XK bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar rus tili matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-sonli qarorining 15-bandi, shuningdek, qarorning 5 — 8-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga moslashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Z.T. Mirzayev va N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3893-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 07/20/3893/0914-son)