17.06.2020 yildagi 389-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro talab va taʼlim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, undan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil fevral oyida Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi tamoyili, shuningdek, jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatga uygʻun integratsiyalashish asosida mutaxassislar, ilmiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oliy taʼlim tizimiga zamonaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan oʻquv jarayonini joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish, ochiq axborot-taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, taʼlim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimining xalqaro nufuzini mustahkamlash va uni mintaqaviy taʼlim markazi sifatida tanitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollariga muvofiq tadbirkorlik, iqtisodiyot, moliya, korporativ huquq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, psixologiya sohalarida xalqaro standartlar darajasida, jumladan, dual taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilmiy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan har tomonlama hamkorlik munosabatlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlarning professional mahorati darajasi va sifatini uzluksiz oshirib borish, Filial professor-oʻqituvchilarining xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirishini va stajirovka oʻtashini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial rektori Filial muassislari (keyingi oʻrinlarda — muassislar) tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda oʻqitishning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan asosiy bakalavriat yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha barcha darajadagi mutaxassislarni, shu jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkiloti — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega boʻlgan, tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulki bilan oʻz majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida, davlat va ingliz tilida, jumladan, dual taʼlim, elektron va masofaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda Filial tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari hamda dasturlarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialda taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi amaldagi qonunchilikka, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda, Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tomonidan belgilangan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning bitiruvchilariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olganda, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi Filial diplomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim standarti asosida taʼlim olganda, Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
(3-bandning sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olgandan soʻng taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialining vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filialini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Filial vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash, uning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha Turkiya savdo palatalari va birjalar ittifoqi rahbariyati bilan muzokaralar olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, Filialni jihozlash, infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik taʼminlashga doir grafiklarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial faoliyatini tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan grafiklarda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat qilish va monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, bakalavr va magistrlar tayyorlash sifatini tizimli ravishda oshirish, Filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda, mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun xayriya, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni, eng avvalo, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash, iqtidorli talabalarni oʻqitish uchun stipendiyalar ajratish, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va yashash joylarida boʻsh vaqtlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, ularning dam olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng istiqbolli talabalarni tanlov asosida, kelajakda Universitetga va sohaga ixtisoslashgan xorijdagi boshqa yetakchi taʼlim muassasalariga stajirovka oʻtashga yuborish uchun tanlab olishni hamda ularga xorijda tahsil olish uchun maxsus stipendiyalar ajratishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muassislar bilan birgalikda bir oy muddatda Filialning ustavi va tuzilmasi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi guruh (A. Ikramov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-avgustga qadar Filialning bino va inshootlari rekonstruksiya qilinishi, shuningdek, Filial professor-oʻqituvchilari uchun yashash joylari tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 31-avgustga qadar Filial zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va tashkiliy texnika, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial tanlov asosida ishga qabul qilinadigan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va mentorlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Filialga qabul qilish parametrlari manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda, muassislarning qoʻshma qaroriga binoan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Filial faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialning vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(8-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Filialni tashkil etish, shuningdek, taʼmirlash-tiklash, bino va inshootlarni zarur mebel, kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Filial professor-oʻqituvchilari, shu jumladan xorijdan jalb qilinadigan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va xizmat safari xarajatlari Filial, muassislar mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Filialda oʻqitishning toʻlov-kontrakt miqdori muassislar bilan kelishilgan holda Filial tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Filialga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbolidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda taʼlimning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchi xodimlar, shuningdek, pedagogik va ilmiy ish olib borishga jalb etiladigan boshqa shaxslarning mehnati, yashashi hamda transport xarajatlari uchun ularga belgilangan tariflar boʻyicha toʻlovni amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda istiqbolda Filialga oʻz kampusini tashkil qilish uchun kasb-hunar kollejlaridan birining bino va inshootlarini belgilangan tartibda tekin foydalanish huquqi asosida berish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Filial oʻz kampusi tashkil qilinguniga qadar Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 49-uy manzilidagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 7-binosiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Filialda taʼlim sifatini va qonunchilikka rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 389-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialining vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.I. Ikramov

Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, Vasiylik kengashi raisi

2.

Yusuf Sarinay

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti rektori, Vasiylik kengashi hamraisi

3.

D.A. Vaxabov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

4.

S.M. Buzrukxonov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari

5.

Olgan Bekar

Turkiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchisi (kelishuv asosida)

6.

Ali Riza Tazjan

Turkiyaning Hamkorlik va muvofiqlash agentligining (TIKA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari (kelishuv asosida)

7.

O.R. Rijichenko

“U-ENTER” innovatsion tadbirkorlik markazi direktori

8.

Volkan Gyuldermez

“Ziraat Bank Uzbekistan” AJ boshqaruvi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentabrdagi 579-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi 389-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filialini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, Ishchi guruh rahbari

2.

S.M. Buzrukxonov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriningoʻrinbosari

3.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

4.

S.X. Bekenov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

5.

U.N. Tashkenbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi

6.

K.A. Sharipov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori

7.

Sh.I. Asadov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

8.

U.M. Kamaletdinov

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi direktori

9.

A.A. Agzamxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi

10.

Yusuf Sarinay

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti prorektori (kelishuv asosida)

11.

Xakki Arda Tokat

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti “Xalqaro tadbirkorlik” kafedrasi mudiri

12.

D.B. Begmatova

Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti Xalqaro xamkorlik boʻyicha prorektor

13.

E.E. Rustamov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqob?tni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 09/20/389/0774-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 17.09.2024-y., 09/24/579/0725-son)