Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2016 02.10.1996 yildagi 347-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI ChEGARA QOʻShINLARINING OʻTKAZISh PUNKTLARI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish tartibini belgilaydigan meʼyoriy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda tuzilgan xalqaro shartnomalarga muvofiqlashtirish zaruriyati munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida Nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari, davlat boshqa organlari va jamoat tashkilotlari Davlat chegarasini qoʻriqlashda chegara qoʻshinlariga zarur yordam koʻrsatsinlar va koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
2-oktabrdagi 347-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali temir yoʻl, avtomobil, dengiz, daryo, havo va boshqa aloqalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oʻtkazish punktlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazish punktlari deganda xalqaro aloqalar (xalqaro parvozlar) uchun ochiq boʻlgan chegara temir yoʻllari va avtomobil stansiyalari, dengiz va daryo portlari, aeroportlar va aerodromlarning hududlari, shuningdek shaxslar, transport vositalari, yuklar hamda boshqa mol-mulk va materiallarni chegara, bojxona nazoratidan va nazoratning boshqa turlaridan oʻtkazish amalga oshiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkaziladigan maxsus jihozlangan boshqa joylar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) qarorlari bilan chegara qoʻshinlarining chegara nazorati boʻlinmalari va otryadlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chegara nazorati otryadi (ChNO) — chegara qoʻshinlarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlashni, shaxslarni, transport vositalarini, yuklarni, boshqa mol-mulk va materiallarni bitta va undan koʻp oʻtkazish punktlarida chegara nazoratidan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazishni amalga oshirish uchun moʻljallangan qoʻshin qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara nazorati otryadi, qoidaga koʻra, chegara nazorati boʻlinmalaridan: chegara nazorati divizionlari (ChND), boʻlimlari (ChN boʻlim), postlari (ChNP) va guruhlari (ChNG)dan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ChEGARA QOʻShINLARI ChEGARA NAZORATI BOʻLINMALARINING VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara qoʻshinlarining chegara nazorati boʻlinmalari quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻshin guruhlari va toʻdalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qurolli bostirib kirishlarini qaytarish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi qurolli va boshqa igʻvogarliklarning oldini olish, aholini, davlat mulkini va fuqarolarning shaxsiy mulkini koʻrsatib oʻtilgan jinoiy tajovuzlardan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda shaxslarni, transport vositalarini, yuklarni, boshqa mol-mulklarni va materiallarni belgilangan punktlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtkazishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻtkazish punktlarida shaxslar va transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan noqonuniy usullar bilan oʻtishining oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik; Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini buzuvchilarni aniqlash va ushlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish taqiqlangan portlovchi, zaharlovchi, radioaktiv, giyohvandlik moddalari, qurol-aslahalar, oʻq-dorilar va buyumlarni, shuningdek kontrabanda buyumlarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali tashib oʻtilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻtkazish punktlarida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan shaxslarning gʻarazli faoliyatini MXX organlari bilan birgalikda aniqlash va uning oldini olish, shuningdek operativ qiziqish tugʻdiruvchi shaxslarga doir axborotlarni, ularni keyinchalik MXX chegara qoʻshinlarining razvedka apparatlari yoki organlari orqali tarqatish maqsadida toʻplash va oʻrganishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bojxona organlari mavjud boʻlmagan joylardagi oʻtkazish punktlarida mamlakatning siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga, davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga, aholi salomatligiga va axloqiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarga ega matbuot asarlari, klishe, qoʻlyozmalar, hujjatlar, video va ovozli yozuvlar, fotokino materiallari, boshqa bosma va tasviriy mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali tashib oʻtilishining belgilangan tartibda mustaqil ravishda oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtadigan alohida shaxslar, transport vositalari, yuklar va boshqa mol-mulklarga doir operativ topshiriqlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi rejimi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) mustaqil ravishda yoki aeroportlar (aerodromlar) maʼmuriyatlari bilan birgalikda xalqaro parvozlar uchun ochiq boʻlgan aeroportlar (aerodromlarni, chegara, temir yoʻl stansiyalarini, dengiz va daryo portlarini, xalqaro avtomobil tashishlari xizmatlarini nazorat qilish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish punktlarida belgilangan rejimni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan tartibda MXX tegishli organlariga oʻz vaqtida yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) oʻtkazish punktlarida bunga maxsus vakil qilingan davlat organlariga ularning tabiiy muhitni ifloslanishdan muhofaza qilishga doir faoliyatiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. ChEGARA QOʻShINLARI ChEGARA NAZORATI BOʻLINMALARINING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara qoʻshinlari chegara nazorati boʻlinmalari quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi hujjatlarini tekshirish, ularga tegishli yozuvlarni qayd etish va zarurat boʻlsa ushbu hujjatlarni vaqtincha olib qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini bermaydigan haqiqiy hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslarni ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish huquqini beruvchi hujjatlar zarur tartibda rasmiylashtirilgungacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan ularning chet elda boʻlgan davrida hujjatlar yoʻqotilganligi holatlari va ularning shaxslari aniqlangungacha bunday shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi shaxslarning yuklari va boshqa mol-mulkini belgilangan tartibda mustaqil ravishda yoki bojxona organlari bilan birgalikda koʻzdan kechirish; inson tanasida oʻq otar qurol bor-yoʻqligini aniqlash uchun texnik vositalarni tanlab qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi MXX normativ hujjatlari bilan belgilangan tartibda va chegara qoʻshinlari vakolatlari doirasida operativ faoliyatni amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini buzishlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha surishtiruv olib borish — zarur operativ-qidiruv choralarini koʻrish, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoiy-protsessual qonunchiligiga, “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi kodeksiga muvofiq ushlab turish, tekshirib koʻrish, tintuv qilish, soʻroq qilish va boshqa zarur tergov harakatlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) chegara rejimini buzgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish punktlaridagi rejimni buzgan shaxslarni protokol tuzish uchun uch soatgacha boʻlgan muddatga, zarur hollarda esa bu haqda ushlangan paytidan boshlab 24 soat ichida prokurorga yozma ravishda maʼlum qilgan holda uch kecha-kunduzgacha yoki, agar huquqni buzuvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmasa, prokurorning sanksiyasi bilan oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga maʼmuriy ushlab turish; ushlangan shaxslarni koʻzdan kechirish, tintish, shuningdek zarur boʻlganda ularning mol-mulkini olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mazkur bandning “g” kichik bandida nazarda tutilgan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan gʻayriqonuniy oʻtgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻash uchun yetarli asoslar boʻlmagan taqdirda maʼmuriy tartibda ushlab turish, agar ushbu shaxslarga nisbatan ularni qoʻshni davlatning chegara maʼmurlariga topshirish yoki ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan boʻlsa, prokurorning sanksiyasi bilan ushbu shaxslarni berish yoki chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan vaqt mobaynida ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) maʼmuriy tartibda ushlangan shaxslarni ushbu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan oʻtkazish punktlari binolarida saqlash. Maʼmuriy tartibda ushlab turishning har bir holati, ushlanganni shaxsiy tintish, tekshirish va uning buyumlarini olib qoʻyish toʻgʻrisida protokol tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Davlat chegarasidan, uning rejimidan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish chegara rejimi yoki oʻtish punktlari rejimidan gʻayriqonuniy oʻtish hollarini aniqlash uchun oʻtkazish punktlariga shaxslarni taklif etish. Koʻrsatib oʻtilgan qonunni buzish holatlarini aniqlash zarur hollarda boshqa joylarda ham amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) bojxona organlari mavjud boʻlmagan oʻtkazish punktlarida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan bosma asarlar, klishe, qoʻlyozmalar, hujjatlar, video va ovoz yozish materiallari, fotokino materiallarini, boshqa bosma va tasviriy mahsulotlarni tekshirish; zarur hollarda sanab oʻtilgan materiallarni tekshirish uchun ushlash va ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinishi va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilishi mumkin boʻlmaganlarini olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali olib oʻtilayotgan Oʻzbekiston Respublikasiga keltirish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish taqiqlangan buyumlarni, shuningdek kontrabanda buyumlarini belgilangan tartibda olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish taqiqlangan materiallar, buyumlar va hujjatlarni, shuningdek kontrabanda buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali olib oʻtishga intilgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani yoʻl qoʻyilgan huquqni buzishning ogʻirligi va holatlarini hisobga olgan holda MXX organlari bilan kelishib hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan xorijiy transport vositalari va Oʻzbekiston Respublikasining transport vositalari va ularda tashilayotgan yuklarni mustaqil ravishda yoki bojxona organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda tekshirish; transport vositalariga chegara naryadlari bilan hamrohlik qilish; zarur hollarda transport tashkilotlarining mansabdor shaxslaridan ularni tekshirish uchun transport vositalaridagi plombalangan vagonlar, avtomobillar, konteynerlar, tryumlar va boshqa joylarni ochishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) zarur muhandislik-texnika inshootlari barpo etish, aloqa va kommunikatsiya liniyalari qurish, texnika va qurol-yarogʻni chegara va bojxona nazorati amalga oshiriladigan binolarda va boshqa joylarda joylashtirish va ulardan foydalanish; Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish punktlarida chegara va bojxona nazorati amalga oshiriladigan binolar va boshqa joylarni belgilash hamda ushbu joylarda chet shaxslarning ularga kirishini istisno etish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan gʻayriqonuniy oʻtilishini istisno qilish maqsadlarida qoʻshimcha ravishda rejim qoidalari belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini himoya qilish uchun qurol, jangovar texnika, maxsus vositalar, xizmat itlarini va jismoniy taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) manfaatdor korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish punktlarida xorijga boradigan transport vositalarining toʻxtash vaqtini (toʻxtash joylarini) aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) suzishda va Oʻzbekiston Respublikasining hududiy suvlarida (hududiy dengizida), Oʻzbekiston Respublikasining ichki suvlarida boʻlgan vaqtda, shuningdek kemalar Oʻzbekiston Respublikasi portlarida toʻxtab turgan vaqtda huquq buzilishiga yoʻl qoʻygan harbiy boʻlmagan xorijiy kemalar ekipajlari aʼzolari va ulardagi boshqa shaxslarning qirgʻoqqa chiqishlarini va qirgʻoqda boʻlishlarini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda MDHning boshqa davlatlari qonun hujjatlari boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak boʻlgan shaxslarni chet elning va Oʻzbekistonning harbiy boʻlmagan kemalaridan tushirish va ushlash, ushbu shaxslarni, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, surishtiruv va tergov organlariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) MDH mamlakatlarining oʻtkazish punktlari bilan belgilangan tartibda aloqa oʻrnatish va oʻzaro hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi shaxslar, transport vositalari, yuklar va boshqa mol-mulklar chegara va bojxona nazoratidan oʻtkaziladi, tegishli hollarda esa, shuningdek sanitariya-karantin, veterinariya, fitosanitariya nazoratidan, madaniyat boyliklarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish boʻyicha nazoratdan va boshqa nazoratdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara nazorati oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha chegara nazorati operativ-xizmat faoliyati boʻlinmalarining asosini tashkil etadi. U oʻz ichiga quyidagilarni oladi: Oʻzbekiston Respublikasiga kelish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini beruvchi hujjatlarni tekshirish; transport vositalari, yuklar va boshqa mol-mulkni koʻzdan kechirish; transport vositalarini kuzatib borish, zarur hollarda ularga hamrohlik qilish; Oʻzbekiston Respublikasiga kelish yopiq boʻlgan shaxslar ustidan nazorat oʻrnatish; Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali olib oʻtiladigan materiallar va buyumlar ustidan nazorat oʻrnatish. Chegara nazorati operativ va rejim tadbirlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtuvchi shaxslarni oʻtkazib yuborish chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kelish va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini beruvchi haqiqiy hujjatlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari, yuklar va boshqa mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish chegara, bojxona nazorati va boshqa nazorat tamomlangandan keyin chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara nazorati boʻlinmalari transport vositalari, yuklar va boshqa mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati hamda Chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasi (ChQBB) buyruqlari va koʻrsatmalariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara qoʻshinlari chegara nazorati boʻlinmalari shaxslar, transport vositalari va boshqa mol-mulkni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazishni kecha-kunduz MXX hududiy organlari va bojxona organlari, shuningdek nazoratning tegishli turlarini amalga oshiruvchi yoki ushbu ishda qatnashuvchi boshqa muassasalar, tashkilotlar va korxonalar bilan oʻzaro mustahkam hamkorlikda amalga oshiradilar. Shaxslar, transport vositalari, yuklar va boshqa mol-mulkning Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazilishi boʻyicha funksional faoliyat (texnologik sxema) tartibi va izchilligi chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan manfaatdor muassasalar, tashkilotlar va korxonalar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara qoʻshinlari chegara nazorati boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan shaxslar, transport vositalari, yuklar va boshqa mol-mulkning asossiz ravishda ushlab turilishiga yoʻl qoʻymasliklari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari mavjud boʻlmagan joylarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish punktlarida yuklar va boshqa mol-mulkni koʻzdan kechirish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi MXX Chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasining farmoyishiga binoan chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtuvchi yuklar va boshqa mulklarni tekshirish va oʻtkazishni mustaqil amalga oshirish chogʻida chegara nazorati boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Bosh bojxona boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlat hududida alohida xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishi xavfi boʻlgan taqdirda xavfli uchastkalarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali qatnovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan vaqtincha cheklanadi yoki toʻxtatiladi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan oʻtuvchi odamlar, hayvonlar, yuklar, urugʻliklar, koʻchatlar va boshqa hayvonot, oʻsimlik mahsulotlari uchun karantin oʻrnatilishi mumkin, bu haqda chegara nazorati boʻlinmalari ChQBBning koʻrsatmasini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda (operativ zarurat, qoʻshinlarni boshqa joyga koʻchirish, Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalarining va chet mamlakatlar havo kemalarining maxsus parvozlari va shu kabilar) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan shaxslarni, transport vositalarini, yuklar va boshqa mol-mulklarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazishning alohida tartibi oʻrnatilishi mumkin, bu haqda chegara nazorati boʻlinmalari ChQBBning tegishli koʻrsatmalarini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara nazorati boʻlinmalari xizmat-operativ faoliyatni amalga oshirishda shaxsiy tarkib, operativ kuchlar va vositalar, qurollar va texnika, maxsus texnik vositalar, muhandislik inshootlari va xizmat itlaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tarkibdan davlat chegarasini qoʻriqlashda chegara nazorati boʻlinmasi boshligʻining qaroriga muvofiq mutaxassisligi, tayyorgarlik darajasi, siyosiy-maʼnaviy va ishchanlik sifatlarini hisobga olgan holda foydalaniladi. Shaxsiy tarkibning xizmat vazifalari davlat chegarasini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashi lozim hamda chegara zastavalarining shaxsiy tarkibi uchun belgilangan meʼyorlar doirasida rejalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara nazorati boʻlinmalarining davlat chegarasini qoʻriqlash hamda chegara nazoratini amalga oshirish uchun moʻljallangan shaxsiy tarkibi boshqa vazifalarni bajarishga jalb etilmaydi, oʻquv boʻlinmalarida tayyorgarlikdan oʻtish bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazish punktlarida operativ kuchlar va vositalardan foydalanish maxsus qoidalar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazish punktlarida qurollar va texnikadan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, Qurolli Kuchlar Ustavlari, chegara qoʻshinlarining Ustavi, MXX va ChQBB buyruqlari, koʻrsatmalari talablariga qatʼiy amal qilingan holda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus texnik vositalar chegara nazoratining ishonchliligi, operativliligi va madaniyatini oshirish uchun moʻljallangan hamda ulardan belgilangan maqsadda va maxsus yoʻriqnomalar talablariga muvofiq foydalaniladi. Ularning qoʻllanilishi chegara nazorati boʻlinmalarining ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha xatti-harakatlarining yuqori samaradorligini taʼminlashi lozim. Bunga: shaxsiy tarkibning yuqori darajadagi texnik tayyorgarligi, maxsus texnik vositalarni qoʻllashning oqilona taktik usullari va yoʻllari; boʻlinmalarni maxsus texnik vositalar bilan oʻz vaqtida taʼminlash, maxsus texnik vositalarni soz holda hamda qoʻllash uchun doimiy tayyor holatda saqlash; maxsus texnik vositalarni ular ishdan chiqqanda tezda tiklash yoʻli bilan erishish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara nazorati boʻlinmalariga kemalar va katerlar dengiz (daryo) chegara qoʻshilmalari (qismlari) tarkibidan beriladi. Ulardan Chegara kemalari boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhandislik inshootlari davlat chegarasini buzuvchilarni oʻz vaqtida ushlash, ularning harakatlanishini qiyinlashtirish, chegara naryadlari faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishni taʼminlash uchun moʻljallangan hamda ulardan chegara otryadlari va chegara zastavalarida ularni qoʻllash taktikasiga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat itlaridan (qidiruvchi, qoʻriqlovchi, qorovul, maxsus) ularni tayyorlash yoʻnalishidan kelib chiqqan holda chegara naryadlarini kuchaytirish, davlat chegarasini buzuvchilarni izlash va ushlash, oʻq otar qurollarni, portlovchi va giyohvandlik moddalarini, bosma materiallarni izlash, obyektlarni qoʻriqlash va boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi. Xizmat itlaridan “Itlar va itchilik xizmati boʻyicha qoʻllanma”ga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. DAVLAT ORGANLARI, MANSABDOR ShAXSLARNING ChEGARA QOʻShINLARI ChEGARA NAZORATI BOʻLINMALARI XIZMAT-OPERATIV FAOLIYATINI TAʼMINLASh BOʻYIChA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara qoʻshinlari bilan kelishuvga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarini ochishdan manfaatdor boʻlgan davlat organlari ushbu punktlarda chegara nazorati boʻlinmalarining oʻz funksional vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan texnik vositalar bilan taʼminlangan maxsus binolarni jihozlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara nazorati boʻlinmalariga davlat chegarasini qoʻriqlashga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq fuqarolar, joylardagi hokimiyat organlari, oʻtkazish punktlarida joylashgan fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yordam beradilar. Davlat organlari va jamoat birlashmalari fuqarolarni davlat chegarasini qoʻriqlashda ixtiyoriy ravishda faol qatnashishga jalb etishga koʻmaklashadilar.