Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Shaxslar guruhi deb e’tirof etish

3-bob. Aksiyalarni (ulushlarni) olishda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

4-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektning aksiyalarini (ulushlarini) olish tartibini buzish

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish SXEMASI

2-ILOVA
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. U mumiy qoidalar

2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

3-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish tartibini buzish

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik olish SXEMASI

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “2019-yilda agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, davlat inspeksiyalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati samaradorligini va maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida” 2019-yil 4-apreldagi 278-son qaroriga muvofiq hamda tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik olish sxemasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
9. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan shaxslar yig‘indisi shaxslar guruhi deb e’tirof etiladi.
18. Ushbu Reglamentning 12-bandida ko‘rsatilgan axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati bo‘lmaganligini izohlovchi sabablar ko‘rsatilmagan holda vakolatli organga berilgan so‘rovnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda vakolatli organ so‘rovnomani ko‘rib chiqmasdan uch kun mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki murojaatchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda qaytaradi.
26. Vakolatli organ tomonidan investorning so‘rovnomasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan taqdirda, ushbu Reglamentning 23-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan muddat o‘tgach, investor bu to‘g‘risida vakolatli organni yozma shaklda xabardor qilgan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimni tuzish huquqiga ega.
27. Ushbu Reglamentning 26-bandida nazarda tutilgan holatda, vakolatli organ investor yoki uning ishonchli shaxsining yozma shakldagi xabari olingandan keyin besh ish kuni mobaynida xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimni tuzish yuzasidan investorga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Vakolatli organning qarori olingungacha, ularning qabul qilingan va investor yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma shakldagi xabarining sanasi ko‘rsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarini (ulushlarini) olish bo‘yicha bitimni tuzishga oldindan rozilik olingani to‘g‘risidagi qarorga tenglashtiriladi va ushbu bitimni tuzish uchun asos hisoblanadi.
31. Investor xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) mazkur Reglamentning 5-bandi uchinchi xatboshida nazarda tutilgan miqdorda olish uchun bir tomonlama bitimlarni (meros, huquqiy vorislik) tuzishda meros bo‘yicha huquqqa ega bo‘lgan kundan boshlab, bu to‘g‘risida o‘n besh kalendar kun mobaynida vakolatli organga bildirishnoma yuborishi kerak.


Bosqichlar


Subyektlar


Tadbirlar


Bajarish


1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) 50 foizidan ortig‘ini tasarruf etishda, bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa ushbu reglamentning 12-bandiga muvofiq zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlaydi va Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun belgilangan yig‘imlarni to‘laydi.

1. Xohishiga ko‘ra











2. Murojaat qilganda


2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi, YIDXP

So‘rovnomani vakolatli organga yuboradi.

1. 1 soat mobaynida

2. Avtomatik tarzda


3-bosqich

Vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari)

1. Rozilik olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi.

2. Maxsus komissiya tomonidan so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi va oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

1. Hujjatlar qabul qilingan kunda

2. 10 kun mobaynida


4-bosqich

Vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari)

Oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib m�rojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi.

1 kun mobaynida


5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Qaror kelib tushganidan so‘ng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Ariza beruvchi kelib murojaat qilgan taqdirda qarorni elektron yoki qog‘oz ko‘rinishida beradi.

1. 1 soat mobaynida


2. Ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra

________________
(sanasi)

________________

(raqam)

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SO‘ROVNOMA

I. (jis.) Investor — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O.:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ):

3. STIR:

4. Manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili:

7. So‘rovnoma to‘ldiruvchi jismoniy shaxs boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi
subyekt nomi

STIR
raqami

Faoliyat
turi

Ulush miqdori
foizda %

1.

2.

3.

II. (yur.) Investor — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:

2. Tashkiliy-huquqiy shakli:

3. STIR:

4. Yuridik manzili:

5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi:

6. So‘rovnoma to‘ldirgan vaqtdagi muassislari (katnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar

Nominal qiymatda

Foizda %

1.

2.

3.

7. Investor — yuridik shaxs boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi
subyekt nomi

STIR
raqami

Faoliyat
turi

Ulush miqdori
foizda %

1.

2.

3.

8. Telefon raqami:

9. Elektron pochta manzili:

III. (yur.) Xo‘jalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:

2. Tashkiliy-huquqiy shakli:

3. STIR:

4. Yuridik manzili:

5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi:

6. Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) investor tomonidan olinadigan aksiyalar (ulushlar) miqdori:

7. So‘rovnoma to‘ldirgan vaqtdagi muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning ustav fondidagi ulushlari miqdori:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar

Nominal qiymatda

Foizda %

1.

2.

3.

8. Ustav fondiga investor tomonidan kiritiladigan mol-mulkning qiymati

9. Xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa jamiyatlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi
subyekt nomi

STIR
raqami

Faoliyat
turi

Ulush miqdori
foizda %

1.

2.

3.

10. Telefon raqami:

11. Elektron pochta manzili:

IV. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. So‘rovnoma to‘ldiruvchi so‘rovnoma to‘ldirgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni:

2. Oldingi ikki kalendar yilga doir moliya (1 va 2-shakl) va statistika hisoboti:

3. Shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirishning asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlar:

4. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat

Ariza beruvchining

ERIsi

15. Ushbu Reglamentning 8-bandida ko‘rsatilgan axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati bo‘lmaganligini izohlovchi sabablar ko‘rsatilmagan holda, vakolatli organga berilgan so‘rovnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda vakolatli organ so‘rovnomani ko‘rib chiqmasdan uch kun mobaynida Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki murojaatchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda qaytaradi.
22. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berishni ushbu Reglamentning 21-bandining to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga yozma shaklda, rad etish sabablarini, qonunchilikning aniq normalarini hamda tadbirkorlik subyekti ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda yuboriladi. Tadbirkorlik subyekti rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etishga va takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ruxsat berish tusidagi hujjatni berishning rad etilganligi to‘g‘risida yozma shakldagi xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
23. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu Reglamentning 21-bandi beshinchi-oltinchi xatboshilarda nazarda tutilgan, ruxsat berish tusidagi hujjatni berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsat berish tusidagi hujjatni berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan, rad etish sabablarini bartaraf etganlik to‘g‘risida tadbirkorlik subyektining murojaati hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik subyektining murojaati takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.


Bosqichlar


Subyektlar


Tadbirlar


Bajarish


1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik olishda tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa ushbu reglamentning8-bandiga muvofiq zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlaydi va Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun belgilangan yig‘imlarni to‘laydi.

1. Xohishiga ko‘ra


2. Murojaat qilganda


2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi, YIDXP

So‘rovnomani vakolatli organga yuboradi.

1. 1 soat mobaynida

2. Avtomatik tarzda


3-bosqich

Vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari)

1. Rozilik olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi.

2. Maxsus komissiya tomonidan so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi va oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

3. Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali qabul qilingan oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror haqida xabar beradi.

1. Hujjatlar qabul qilingan kunda

2. 10 kun mobaynida

3. 1 kun mobaynida


4-bosqich

Vakolatli organ (Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari)

Oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to‘g‘risida qaror Davlat xizmatlari markaziga (kelib murojaat etganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi.

1 kun mobaynida


5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Qaror kelib tushganidan so‘ng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Ariza beruvchi kelib murojaat qilgan taqdirda qarorni elektron yoki qog‘oz shaklida beradi.

1. 1 soat mobaynida

2. Ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra

______________

(sanasi)

______________

(raqam)

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik olish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun

SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi — Qo‘shib yuborish va qo‘shib olishda ishtirok etayotgan birinchi xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:

2. Tashkiliy-huquqiy shakli:

3. STIR:

4. Joylashgan yeri (pochta manzili):

5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi:

6. Sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi

7. Telefon raqami:

8. Elektron pochta manzili:

9. So‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdagi muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar

Nominal
qiymatda

Foizda %

1.

2.

10. Qo‘shib olinuvchi yuridik shaxs boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi
subyekt nomi

STIR
raqami

Faoliyat
turi

Ulush miqdori
foizda %

1.

2.

II. Qo‘shib yuborish va qo‘shib olishda ishtirok etayotgan ikkinchi xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:

2. Tashkiliy-huquqiy shakli:

3. STIR:

4. Joylashgan yeri (pochta manzili):

5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va joyi:

6. Sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi

7. Telefon raqami:

8. Elektron pochta manzili:

9. So‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdagi muassislari (qatnashchilari) tarkibi va ularning jamiyat ustav fondidagi ulushlari miqdori:

T/r

Muassislar tarkibi

Ulushlar

Nominal
qiymatda

Foizda %

1.

2.

10. Qo‘shib olinuvchi yuridik shaxs boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot:

T/r

Xo‘jalik yurituvchi
subyekt nomi

STIR
raqami

Faoliyat
turi

Ulush miqdori
foizda %

1.

2.

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Ariza berish sanasidan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar ushbu muddat bir yildan kam vaqtni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynida har bir qatnashchi tomonidan amalga oshirilgan faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

2. Amalga oshirilayotgan harakat har bir qatnashchisining o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2-shakl) va statistika hisoboti

3. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat

Ariza beruvchining

ERIsi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi