29.05.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3235
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3235]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112-mh-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAKSIMAL MIQDORLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar nomi

Haq miqdori*

(bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan)

1-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun

1.

Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek garov (ipoteka) va lizing shartnomalarini tasdiqlash

15%

2.

Meros ishi

20%

3.

Dalillarni taʼminlash

20%

4.

1 — 3-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa notarial harakatlarni amalga oshirish

5%

2-bob. Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun***

5.

Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari

20%

6.

Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari

30%

7.

Garov (ipoteka) va lizing shartnomalari

25%

(jismoniy shaxslar uchun yoki taraflardan biri jismoniy shaxs boʻlsa)

100%

(taraflarning barchasi yuridik shaxs boʻlsa)

8.

Mulk ijara shartnomalari

20%

9.

Mediator sifatida tasdiqlanadigan mediativ kelishuvlar

55%

10.

Ishonchnomalar

10%

11.

5 — 10-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa bitimlar

20%

12.

Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar

100%

13.

Dalillarni taʼminlash boʻyicha hujjatlar

100%

14.

12 va 13-bandlarda nazarda tutilmagan boshqa notarial harakatlar boʻyicha hujjatlar

10%

3-bob. Texnik tusdagi harakatlar amalga oshirilishi uchun

15.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali maʼlumot chop etish yoki texnik vositalar yordamida hujjatlardan nusxalar koʻchirish (har bir bet uchun)

0,5%

16.

Hujjatlardan koʻchirmalar tayyorlash (har bir bet uchun)

2%

4-bob. Boshqa qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilishi uchun

17.

Apostil qoʻyish va (yoki) hujjatlarni legallashtirish boʻyicha kompleks xizmatlar koʻrsatish

20%

18.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish (har bitta mulk uchun)**

15%

19.

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun elektron ariza toʻldirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish (har bir notarial harakat uchun bir marotaba)

10%

20.

Hujjatlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish (har bir bet uchun)

15%

21.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchisini imtiyozli sotib olish huquqiga ega ekanligi haqida xabardor qilish

20%

23.

Notarial harakatni notarial idora binosidan tashqarida amalga oshirish (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasida davlat boji toʻlashdan ozod etilgan notarial harakatlar boʻyicha belgilangan haq miqdorining 50 foizi undiriladi)

50%

24.

Notarial harakatni amalga oshirishda boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar olish uchun soʻrovnomalar yozish (elektron shaklda yozilgan soʻrovnomalar bundan mustasno)

5%

25.

Hujjatlarni saqlash (har 250 varaqqacha boʻlgan hujjatlar uchun bir sutkagacha)

0,5%

26.

Pul summalari yoki qimmatli qogʻozlarni depozitda saqlash (bir sutkaga)

1%

27.

Notarial harakatlar doirasida kuryerlik xizmati koʻrsatish

10%

28.

Notarius tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlar berilganligi uchun undiriladigan yigʻimlar stavkalarining 4-bandida belgilangan hujjatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali olish va chop etish (har bir yuridik shaxs uchun)***

5%

29.

Mol-mulkka qoʻyilgan taqiqni (xatlovni) bekor qilish yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankiga kiritish (har bir mulk uchun)

5%

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarida (bundan buyon matnda haq miqdorlari deb yuritiladi) belgilangan haq miqdoridan ortiq undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda toʻlovlar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan belgilanganidan kam miqdorda undirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan murojaat etuvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etilishi tushuntirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan mazkur haq miqdorlarining 1-bobida nazarda tutilgan huquqiy tushuntirishlardan biri bir necha marotaba berilganda ular uchun bitta huquqiy tushuntirish uchun nazarda tutilgan haq miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yongʻini yoki qulashi, transport vositasining yongʻini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, hujjatlarning koʻchirma nusxalari hamda reyestrlardan koʻchirmalar berishda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali koʻchmas mulk yoki avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligini tekshirish yoki bu haqda maʼlumotnoma berish yuzasidan elektron maʼlumotlar bankini yuritish boʻyicha bazaviy idora hisoblanganligi sababli, mazkur haq miqdorlarining 18-bandida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorlarining 50 foizi adliya organlarining budjetdan tashqari davlat boji yigʻiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi, shuningdek kelgusida idoraviy notarial arxivlarni moliyalashtirish, adliya organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, adliya organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni saqlab turish xarajatlari uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Mazkur haq miqdorlarining 28-bandida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorining 50 foizi, shuningdek, notarial harakat videokonferensaloqa orqali amalga oshirilgan hollarda mazkur haq miqdorlarining 2-bobida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorlaridan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hisobraqamiga vazirlik axborot tizimlarini rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-iyuldagi 23-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3235-8, 07.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2026-y., 10/26/3235-8/0698-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son; 01.04.2021-y., 10/21/3235-1/0268-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 11.03.2022-y., 10/22/3235-2/0205-son; 20.12.2022-y., 10/22/3235-3/1101-son; 02.02.2024-y., 10/24/3235-4/0083-son; 21.02.2025-y., 10/25/3235-5/0167-son; 28.03.2025-y., 10/25/3235-6/0280-son; 23.04.2026-y., 10/26/3235-7/0409-son; 07.07.2026-y., 10/26/3235-8/0698-son)