22.05.2020 yildagi 313-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga muvofiq, yoshlarni ilmiy faoliyatga yanada kengroq jalb etish, yosh isteʼdod egalarini tayyorlab borish hamda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublikaning har bir hududida 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklarini (keyingi oʻrinlarda — Texnoparklar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasining faoliyatini rivojlantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning oʻz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, oʻquv kurslari va treninglar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha loyihalarni saralash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan eʼlon qilib boriladigan tanlovlarga yoʻnaltirish;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik, innovatsion hamda “startap” loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-oʻqituvchi va talabalarini jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish va ularning gʻoyalarini takomillashtirish hamda yangi bosqichga olib chiqish maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparklar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tizimidagi davlat muassasasi hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparklar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparklarning eksterritorialligi joylashgan hudud doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, ularning rezidentlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparklar rezidenti maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va keyinchalik ularni roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali (keyingi oʻrinlarda — reja-jadval) 1-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar texnoparkining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tegishliligi boʻyicha Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, zarur moddiy-texnik baza, asbob-uskuna va mebellar bilan jihozlash hamda loyiha ishlarini amalga oshirsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari reja-jadvalda belgilangan muddatlarda Texnoparklarni toʻliq foydalanishga topshirishga shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Texnopark faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 545-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta taʼmirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark direktori mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan boʻlim boshligʻi lavozimiga tenglashtiriladi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparklarda ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan yuqori deb topilgan innovatsion mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqqan tadbirkorlik subyektlariga tegishlicha “Yashnobod” innovatsiya texnoparki, “Xorazm” innovatsion texnoparki, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining rezidenti maqomini berish tartibi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparklar ustavlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparklar rezidentlarini roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga muntazam ravishda barcha hududiy kengashlari orqali Texnoparklar faoliyatiga iqtidorli yoshlarni maqsadli jalb etish, rezidentlarning ishlanmalarini keng jamoatchilikka targʻib qilish, zarur hollarda, media mahsulotlar ishlab chiqish chora-tadbirlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.R. Rajabbayev zimmasiga yuklansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJA-JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Joylashish joyi

Amalga oshirish muddati

1.

Andijon viloyati

Andijon shahar

2021-yil

2.

Toshkent viloyati

Ohangaron shahar

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar

2022-yil

4.

Samarqand viloyati

Samarqand shahar

5.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahar

2023-yil

7.

Buxoro viloyati

Buxoro shahar

2024-yil

8.

Namangan viloyati

Namangan shahar

9.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahar

10.

Xorazm viloyati

Urganch shahar

11.

Jizzax viloyati

Jizzax shahar

12.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar

13.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 313-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar texnoparkining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 10 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonunchilikda oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/313/0641-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son)