Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.05.2026 22.05.2020 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.05.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganligini bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2020-yil 1-sentabrdan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish yuzasidan quyidagi tartibotlar kuchga kirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bir kun ichida rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga ro‘yxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatga majburlarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda mudofaa ishlari bo‘limlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etganda, uni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2020-yil 1-sentabrdan, ushbu nizomning 66-67-bandlari esa mazkur qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazish yuzasidan keng ko‘lamli tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 320-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qaror nomidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1a-ilovaga muvofiq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3-bandning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish yuzasidan o‘zlariga qulay bo‘lgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkinligi belgilab qo‘yilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 4-bandning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislarga va tor ixtisoslikdagi mutaxassislarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun asoslanmagan iltimosnomalar berganligi uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “va vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “propiska qilish yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “propiska qilish yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “hisobga” so‘zi “ro‘yxatga” so‘zi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi mazmundagi 1a-ilova* qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (keyingi o‘rinlarda — doimiy ro‘yxat) va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxat) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni joylashtirishning huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat tasarrufidagi va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik lagerlar, dam olish uylari va zonalari, turistik qishloqlar, kempinglar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turizm va sport bazalari, palatkali (kemping) lagerlar va komplekslar, oilaviy mehmon uylari, o‘tov va palatkali lagerlar va boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari (bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar — bolalikdan nogironlar, oltmish yoshga to‘lgan erkaklar va ellik besh yoshga to‘lgan ayollar, belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironi deb topilgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-hisob hujjatlari — chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchilar uchun), harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik — o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni joylashtirishning huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-mehmon” dasturi — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashash va (yoki) vaqtincha turgan joylari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqaroning doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmaganligi unga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tug‘ilgan bolaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi o‘rinlarda — FHDY) tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirilayotganda, u otasi yoki onasining doimiy ro‘yxatga olingan manzilida idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga to‘lmagan fuqaro uning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatga olingan manzilda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;

b) MvaFRBga o‘zi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) YIDXPorqali murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning hisobraqamiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolar “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalari ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) muvofiq doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga o‘tishni rasmiylashtirish uchun tegishincha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashab turgan joylariga yaqin bo‘lgan MvaFRB va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari hamda YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali ro‘yxatning 1, 6 va 7-bandlariga mansub fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlarida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni umumiy mulk asosida olishiga qaratilgan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish, shuningdek, garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullariga oid bitimlarni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazishda, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalarga rioya etilishi shart, ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonun hujjatlariga muvofiq uy-joyga ega bo‘lgan fuqarolar Ro‘yxatning 1-bandiga asosan doimiy ro‘yxatga olinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda doimiy ro‘yxatga olinish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq uy-joy mulkdor(lar)ining (keyingi o‘rinlarda — mulkdor) arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;

harbiy hisob hujjatlari.

Ro‘yxatning 1 va 8-bandlari asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolarning qarindoshlari Ro‘yxatning 2 va 5-bandlari asosida doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajarasi bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan yoki xususiy mulki bo‘lgan uy-joy maydoniga Ro‘yxatning 2-bandiga muvofiq doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;

doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);

doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxsning xususiy mulki bo‘lgan uy-joy maydoniga uning qarindoshlarini doimiy ro‘yxatga olish ota-onasining yoki vasiyning (homiyning) roziligi asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ro‘yxatning 3-bandiga muvofiq vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joyga Ro‘yxatning 3-bandiga binoan doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxsning pasporti yoki ID-kartasi yoxud tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar hamda oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududida istiqomat qiladigan fuqarolar bilan qonuniy nikohdan o‘tgan hollarda, ushbu fuqarolar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Ro‘yxatning 5-bandiga muvofiq doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ro‘yxatning 4-bandiga muvofiq ota-onasi bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan hamda o‘z oilasi (eri (xotini) va farzandlari) bo‘lmagan voyaga yetgan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar — o‘zlarining tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi (mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ro‘yxatning 5-bandiga muvofiq er (xotin) — xotini (eri) doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatning 5-bandiga muvofiq doimiy ro‘yxatga olinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tug‘ilgan farzandlari (o‘z oilasiga ega bo‘lmagan) Ro‘yxatning 2-bandi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikohi xorijiy davlatda qayd etilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining konsullik legallashtirish qonun hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilgan yoki Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) talablariga muvofiq apostil belgisi qo‘yilgan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (1993-yil 22-yanvar, Minsk) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) a’zo davlatlarda nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan ushbu davlatlar qonun hujjatlari talablari asosida tasdiqlangan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida nikohi qayd etilgan fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga konsullik qonunlashtirilishi yoki apostil belgisini qo‘yish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ro‘yxatning 6-bandiga muvofiq Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar — Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish masalasi yuzasidan murojaat etgan takdirda, doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar.

15. Ro‘yxatning 7-bandiga muvofiq Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar — Toshkent viloyatida boshqa manzil bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda, doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.

16. Ro‘yxatning 8-bandiga muvofiq ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganda, doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ro‘yxatning 9-bandiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylash, tayinlash, tasdiqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ro‘yxatning 10-bandiga va qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ro‘yxatning 11-bandiga muvofiq davlat hokimiyati organlariga, davlat boshqaruvi organlariga, xo‘jalik birlashmalariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkiloti rahbarining mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ishga taklif etilayotgan fuqaroni (yuqori malakali mutaxassis yoki tor ixtisoslikdagi mutaxassis) doimiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi elektron iltimosnomasi elektron hamkorlik tizimi orqali MvaFRB tomonidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, prokuratura yoki adliya organlariga ishga qabul qilingan (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan) yoki o‘tkazilgan taqdirda, ishga qabul qilinayotgan (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan) shaxsni (xodimni, harbiy xizmatchini) doimiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi elektron iltimosnoma mazkur organlar rahbarlarining o‘rinbosarlari tomonidan ham imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ro‘yxatning 111-bandiga muvofiq davlat hokimiyati organlarida, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq bo‘lgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilotning ma’lumotnomasiga ko‘ra, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoki notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylik yoxud homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli organ yoki tashkilot ma’lumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassisning ilgari davlat hokimiyatining boshqa organlarida, davlat boshqaruvi organlarida, xo‘jalik birlashmalarida ishlaganligi doimiy ro‘yxatga olishda uzluksiz besh yil va undan ortiq bo‘lgan davr deb inobatga olinadi. Bunda mutaxassisning ro‘yxatdagi organ va tashkilotning biridan boshqasiga ishga o‘tgan oraliq muddati bir oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarning asosiy lavozimlari va kasblari klassifikatori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ro‘yxatning 12-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi borish imkoni mavjud bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi, yoxud O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlaydigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joy olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq harbiy xizmatchi xizmat qilayotgan joydan berilgan turar joyni belgilangan tartibda xususiy mulk qilib olganda, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy olganda ular Ro‘yxatning 1-bandiga asosan doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagi ma’lumotlar idoralararo ma’lumot almashinuvi tizimi orqali olinadi (agar ular tizimda mavjud bo‘lsa):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi yoki ajrashganligi, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylikni hamda patronatni tasdiqlovchi ma’lumotlar — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining elektron bazasidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan fuqaroga tegishli bo‘lgan uy-joy maydoniga doimiy ro‘yxatga olish uchun uning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) a’zo davlatlar hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida bo‘lgan taqdirda, uning roziligi tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) a’zo davlat hududida bo‘lganda, uning roziligi ushbu Konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi tekshirilib, fuqaro Ro‘yxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq bo‘lgan taqdirda, shu kunning o‘zida 3-ilovaga muvofiq doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so‘rovnoma shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra, Ro‘yxatning 1, 4, 6 — 8-bandlariga asosan doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda ushbu Nizomga 4-ilovaga, Ro‘yxatning 2, 3, 5, 9 — 12-bandlariga asosan doimiy ro‘yxatga olish rasmiylashtirilganda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasport yoki ID-karta olinganda, almashtirilganda, bu haqdagi ma’lumotlar “Manzil” tizimida mas’ul xodim tomonidan yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Doimiy ro‘yxatga olish uchun fuqaro va mulkdor Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:

mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;

16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy hisob hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng mulkdor uni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron raqamli imzosi bo‘lmagan hollarda, shaxsiy imzo va identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda, mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, MvaFRB tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Doimiy ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Taqdim etilgan hujjatlarning va so‘rovnomadagi ma’lumotlarning to‘liq bo‘lmasligi, ularda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, doimiy ro‘yxatga olish uchun davlat boji to‘lamaslik doimiy ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ro‘yxatga olishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ro‘yxatga olishni rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Voyaga yetmaganlar doimiy ro‘yxatga olingan, biroq “Manzil” tizimiga kiritilmagan hollarda, avvalgi yashash joyidagi MvaFRB tomonidan “Manzil” tizimiga kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatning 2-bandi asosida doimiy ro‘yxatga olinayotgan voyaga yetmaganlar avvalgi yashash joyi bo‘yicha MvaFRBning doimiy ro‘yxatga olinmaganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ro‘yxatning 9 — 12-bandlari bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar va ular bilan bir vaqtda doimiy ro‘yxatga olinmagan oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek, o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga mulkdor roziligi bilan tegishincha Ro‘yxatning 9 — 12-bandlari bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. MvaFRB tomonidan doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olingan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy mudofaa ishlari bo‘limlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mulkdor o‘z oila a’zolarini va boshqa shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi fuqarolarni doimiy ro‘yxatga olishda O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotin — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalar, farzandlar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bobo-buvi, nevaralar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (xomiy), tutingan ota yoki ona doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balog‘atga yetmagan, ota-onasi bo‘lmagan tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar, agar ularning o‘z oilalari bo‘lmasa, yoshidan qat’i nazar, akasi, ukasi, opasi, singlisining ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olingan tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar — bir-birining doimiy ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda, uy-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, o‘z oila a’zolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmat tugagandan so‘ng Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, ota-onasi yoki boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning arizasiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar asosida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda — FHDY organining o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasi asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy ro‘yxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Doimiy ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nomenklatura bo‘yicha yig‘majildlarga tikiladi hamda MvaFRBda besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Doimiy ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda, fuqarolarga shu kunning o‘zida asoslantirilgan javob xati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Fuqarolarning pasportida mavjud bo‘lgan oldingi yashash manzili bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinganligi mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shtamp asosida bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha fuqaroning doimiy ro‘yxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy ro‘yxatga olinmaganlik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi joylashtirish vositalariga kelgan fuqarolar ushbu joylashtirish vositalarining ma’muriyati tomonidan, ular kelganlaridan keyin bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan fuqarolar ushbu muassasalarning ma’muriyati tomonidan, ular kelgan zahoti bu yerda bo‘lish muddatidan va kelishining davriyligidan qat’i nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab o‘n besh kun muddatda xohishiga ko‘ra, o‘ziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, fuqaro YIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, turar joy egasi nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnoma elektron shaklda to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy hisob hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali xizmat ko‘rsatilganda, vakolatli organ tomonidan lozim bo‘lgan ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda, mulkdorning roziligi talab etilmaydi va so‘rovnoma vaqtincha ro‘yxatdan o‘tuvchi fuqaro tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mulkdor nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaxslar fuqaroni vaqtincha ro‘yxatga olish uchun MvaFRBga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng arizachi uni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron raqamli imzosi bo‘lmagan hollarda, shaxsiy imzo yoki identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi (kadastr raqami, pasport ma’lumotlari, notarial tasdiqlangan rozilik xati), shuningdek, vaqtincha ro‘yxatga olish uchun davlat bojini to‘lamaslik vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa har qanday holat vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etishga asos bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davlat xizmatlari markazlarida so‘rovnoma to‘ldirilgach, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. So‘rovnoma vakolatli organning elektron tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga kelib tushgan vaqtdan boshlab, onlayn tarzda ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi ma’lumotlar aniqlanmagan hollarda, mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan bir kun ichida idoralararo ma’lumot almashinuv orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijasiga ko‘ra, ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i (keyingi o‘rinlarda — vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i) tegishli Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Qo‘shimcha tekshirish talab etilgan taqdirda, ariza beruvchi tegishli ma’lumotnoma bilan YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qo‘shimcha tekshirish muddati uch kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Davlat xizmatlari markazi vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i kelib tushgandan so‘ng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va bu haqda uni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning so‘roviga ko‘ra, unga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i qog‘oz shaklda murojaat qilingan Davlat xizmatlari markazining muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat himoyalangan idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 11-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor va doimiy ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy hisob hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdorning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan o‘zi berish imkoni mavjud bo‘lmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etilganda, mulkdorning turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan mavsumiy ish bilan shug‘ullanishga (qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi bo‘lsa, ushbu bandning oltinchi xatboshisidagi hujjatlar talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor tomonidan turar joy maydoni berish to‘g‘risidagi ariza (roziligi) bilan birga hisobga turishi lozim bo‘lgan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim qilinganda, ushbu fuqarolarning shaxsan o‘zlari kelishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan keyin MvaFRB inspektori taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, shu kunning o‘zida arizachiga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport yoki ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) taqdim etilgan taqdirda, unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MvaFRB orqali turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 12-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MvaFRB inspektori vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta vaqtincha ro‘yxatga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. 16 yoshga to‘lmagan shaxsni vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishda uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki ID-kartasiga vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risida belgi qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hisobga qo‘yilgan fuqaro vaqtincha ro‘yxatga olish joyida yashashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinadi. Bunda ta’lim muassasasi tomonidan fuqaroning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, 35x45 mm o‘lchamli ikkita fotosurat) va ta’lim muassasasi tomonidan turar joy bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma hududiy MvaFRBga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Fuqaro ta’lim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joydagi MvaFRB tomonidan vaqtincha ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Vaqtincha ro‘yxatga olish umumiy asosda qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 46-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha ro‘yxatga olinishi rad etilgan taqdirda, MvaFRB inspektori tomonidan xulosa tuziladi. Ushbu xulosa MvaFRB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha ro‘yxatga olishni rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i yo‘qolgan yoki buzilgan taqdirda, fuqaro tegishli MvaFRBga o‘z shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda, vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i yo‘qolishi yoki buzilishi holatlarini ko‘rsatib, vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtirish haqidagi arizani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MvaFRB inspektori arizada ko‘rsatilgan joyda ushbu fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga shu kunning o‘zida vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ining dublikatini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd varag‘ining dublikati fuqaro tomonidan YIDXP orqali elektron shaklda ham olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Vaqtincha ro‘yxatga olish ta’lim muassasasi rahbariyati va ish beruvchining bildirishnomasi, mulkdor yoki fuqaroning tashabbusi bilan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. MvaFRB mulkdorning arizasi yoki ta’lim muassasasining bildirishnomasi asosida fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinganligini bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. O‘qish Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqarida joylashgan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilgan, fuqaro akademik ta’til olgan yoki ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatilgan taqdirda, ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olingan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi mavsumiy ishchilar bilan shartnoma bekor qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi bo‘yicha hisobga qo‘yilgan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat ko‘rsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ichki ishlar organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari doimiy ro‘yxatga olish masalasi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuboriladigan hujjatlarning haqiqiyligi va ishonchliligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Fuqarolardan ushbu Nizomda ko‘rsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud bo‘lmagan hamda kadastr raqami bo‘lmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Fuqaroni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olishda uning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlariga oid ma’lumot davlat reyestri bazasidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali olinadi. Mazkur raqam orqali tegishli ma’lumotni olish imkoni bo‘lmaganda, fuqarodan kadastr raqamini taqdim qilish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Fuqarolarni noturar joy binolarga doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, tashkilot yoki o‘quv muassasalarining tasarrufidagi uy-joylar, yotoqxonalarga fuqarolarni Ruyxatning 6 — 8-bandlariga asosan doimiy ro‘yxatga olish hamda turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olish mazkur korxona, tashkilot yoki o‘quv muassasasining ruxsat xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan mulkdor turar joy maydoni berilgan kundan boshlab, o‘n besh kun mobaynida ushbu shaxslar to‘g‘risida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Fuqaroni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish, doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar harbiy hisob hujjatlari asosida doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olinganidan so‘ng MvaFRB tomonidan tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga elektron tizimda mazkur Nizomga 3 yoki 9-ilovalariga muvofiq shaklda so‘rovnoma yuboriladi. Mudofaa ishlari bo‘limi mazkur so‘rovnoma asosida harbiy xizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga oladi va harbiy hisobdan chiqarish to‘g‘risida oldingi harbiy ro‘yxatda turgan mudofaa ishlari bo‘limiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar tomonidan harbiy hisob hujjatlarini taqdim etmaslik doimiy ro‘yxatga olishni rad etishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo‘lgan mulkdor ulardan faqat bittasiga doimiy ro‘yxatga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1a-ilova 2020-yil 1-sentabrdan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

_________________________________________
‎TSHIIB, IIO FMB MvaFRBga
‎_________________________________________
‎______________________________________da
yashovchi _________________________________‎‎
‎(mulkdorning F.I.O.)

ARIZA ‎‎

Mening egaligimda bo‘lgan, _________________ tumani (shahri), __________ ko‘chasi ______ (kvartal) __________ uy, __________ korpusda joylashgan umumiy foydalanish maydoni _____________ kv/m dan iborat bo‘lgan __________ xonadonga fuqaro ___________________________________________________________________________ ni ‎‎

(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinayotgan fuqaroning F.I.O)‎‎

quyidagi oila a’zolari bilan birga doimiy ro‘yxatga qo‘yishingizni so‘rayman.‎‎

Qarindoshlik
‎darajasi‎‎

‎F.I.O.‎‎

Tug‘ilgan yili
‎va joyi ‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
Mulkdor yoki vakil _______________________________________________________________________________‎‎_

(fuqaroning F.I.O.)‎‎

‎‎Imzo __________________

‎‎20____ yil “_____” ____________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mulkdor voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa, uning nomidan ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil sifatida harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎ILTIMOSNOMA

‎‎Fuqaro __________________________________‎________________________________________________________
‎O‘zbekiston Respublikasi __________________________________________________________________________ga

(organ yoki tashkilot nomi)‎‎

‎‎_________________________________________________ lavozimiga ishga qabul qilinganligi (tayinlanganligi) sababli “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining Ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Ro‘yxatning 11-bandiga muvofiq ushbu fuqaro ___________________________________________ da (Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini so‘raymiz.
Fuqaro __________________________________________________________ ishonchliligiga kafolat beramiz.‎‎
‎‎Ilova: _____ varaqda.
‎‎Rahbar _________________________

‎‎elektron imzo

(F.I.O.)‎‎

‎‎20__ yil “____” ________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tug‘ilgan sanasi va joyi

5. Pasport (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi) ma’lumotlari (seriyasi va raqami)

6. Harbiy xizmatga aloqadorligi:

6.1. Chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchi uchun) (seriyasi va raqami, qaysi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan berilgani)

6.2. Harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun) (seriyasi va raqami)

7. Avvalgi yashagan manzili

8. Doimiy ro‘yxatga olinayotgan manzil

9. Kelishdan maqsadi

10. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi

11. Telefon raqami

12. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda)

II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki uy-joy bergan yuridik shaxs haqida ma’lumot:

1. F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi

2. Doimiy ro‘yxatga olinayotgan manzil yoki yuridik manzil

3. Kadastr yoki order raqami

III. Voyaga yetmagan oila a’zolari:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tug‘ilgan yili va joyi

O‘g‘li

Qizi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi
‎Ichki ishlar vazirligi‎‎

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh
‎boshqarmasi‎‎

‎‎Fuqaro doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga
‎‎olinganligi to‘g‘risida ‎
‎QAYD VARAG‘I ‎‎

JSHSHIR _______________________________

‎Qayd varag‘i raqami _____________________

F.I.O. _________________________________
‎___________________________________‎‎____

‎Tug‘ilgan sanasi ________________________

Doimiy ro‘yxatga olingan sana ________________‎‎_______________________

Doimiy ro‘yxat manzili
‎_________________________________

Hujjat raqami
‎___________________________________‎____

‎_____________________________________
‎_____________________________________

‎(pasport, ID-karta, tug‘ilganlik to‘g‘risida
‎guvohnoma, harbiy hujjatlar)‎‎

‎‎Qayd varag‘ini bergan organ __________________________________________________________________________

‎‎(TSHIIB MvaFRB yoki MvaFRG)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.

1. Qayd varag‘i fuqaroning yashash joyida doimiy ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda haqiqiydir.

2. Harbiy hisobga majbur fuqaro uch ish kuni ichida doimiy ro‘yxatga olingan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limida harbiy hisobdan o‘tishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi
‎Ichki ishlar vazirligi‎‎

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh
‎boshqarmasi‎‎

‎‎‎‎Ro‘yxatning 2, 3, 5, 9 — 12-bandlari asosida fuqaro doimiy
‎yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida
‎‎QAYD VARAG‘I ‎‎

JSHSHIR _______________________________

‎Qayd varag‘i raqami _____________________

F.I.O. _________________________________
‎___________________________________‎‎____

‎Tug‘ilgan sanasi ________________________

Doimiy ro‘yxatga olingan sana ________________‎‎_______________________

Ro‘yxatning bandi _______________________
‎Doimiy ro‘yxat manzili
‎_________________________________

Hujjat raqami
‎___________________________________‎____

‎_____________________________________
‎_____________________________________

‎(pasport, ID-karta, tug‘ilganlik to‘g‘risida
‎guvohnoma, harbiy hujjatlar)‎‎

‎‎Qayd varag‘ini bergan organ __________________________________________________________________________

‎‎(TSHIIB MvaFRB yoki MvaFRG)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayd varag‘i fuqaroning yashash joyida doimiy ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Harbiy hisobga majbur fuqaro uch ish kuni ichida doimiy ro‘yxatga olingan tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limida harbiy hisobdan o‘tishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi
(mulkdor)

1. Doimiy ro‘yxatga olish uchun Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga o‘zi kelib murojaat qiladi.

2. Doimiy ro‘yxatga olinish uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

3. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun davlat bojini to‘laydi.

Murojaat qilinganda

2-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

Taqdim etilgan hujjatlar asosida so‘rovnoma shaklini to‘ldirib, avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuboradi.

Ariza
to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida

3-bosqich

1. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi

2. Davergeodezkadastr qo‘mitasi

So‘rovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiradi.

10 daqiqa davomida

4-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

Fuqaroning pasportiga avvalgi yashash manzilidagi doimiy ro‘yxatini bekor qilinganligi to‘g‘risida shtamp bosish yo‘li bilan bekor qiladi va fuqaroning xohishiga ko‘ra doimiy ro‘yxatga olinganligi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini taqdim etadi.

Murojaat qilingan
kunning o‘zida

5-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

Hududiy mudofaa bo‘limiga fuqaro doimiy ro‘yxatga olinganligi haqida elektron tizim orqali ma’lumot yuboradi.

Real vaqt rejimida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi (mulkdor

1. Doimiy ro‘yxatga olinish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun davlat bojini to‘laydi.

Murojaat qilinganda

2-bosqich

YIDXP

So‘rovnoma shaklini to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

1. So‘rovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiradi.

2. Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinishi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga (elektron tarzda) yuboradi.

3. Hududiy mudofaa bo‘limiga fuqaro doimiy ro‘yxatga olinganligi haqida elektron tizim orqali ma’lumot yuboradi.

1 kun mobaynida

4-bosqich

YIDXP

Qayd varag‘i kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning pasportidagi avvalgi doimiy ro‘yxatini bekor qilish shtampining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tug‘ilgan joyi va sanasi

5. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami)

6. Harbiy xizmatga aloqadorligi:*

6.1. Chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchi uchun) (seriyasi va raqami, qaysi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan berilgani)

6.2. Harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun) (seriyasi va raqami)

7. Doimiy ro‘yxatga olingan manzili

8. Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinayotgan manzili

9. Kelishdan maqsadi va muddati

10. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi

11. Telefon raqami

12. Elektron pochta manzili

II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki uy-joy bergan yuridik shaxs haqida ma’lumot:

1. F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi

2. Doimiy ro‘yxat manzili yoki yuridik manzil

3. Kadastr raqami

4. Uy-joy bergan yuridik shaxsning aloqa xati

III. Voyaga yetmagan oila a’zolari:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tug‘ilgan yili va joyi

O‘g‘li

Qizi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Turar joyi bir yarim oydan ortiq muddatga o‘zgargan, uch oydan ortiq muddatga xizmat safariga, o‘qish, ta’til yoki davolanishga borgan taqdirda to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi
‎Ichki ishlar vazirligi‎‎

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh
‎boshqarmasi‎‎

Fuqaro vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga
olinganligi to‘g‘risida
‎QAYD VARAG‘I
‎‎‎‎

JSHSHIR _______________________________

Raqam ________________________________

Fuqaro ____________________________‎‎____

‎Tug‘ilgan vaqti _________________________

Hujjat _________‎‎_______________________
‎Berilgan vaqti __________________________
‎Seriya _________________________________

Amal qilish muddati
‎_____________________________________

Vaqtincha yashash manzili

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Kadastr ________________________________
‎Viloyat_________________________________
‎Tuman (shahar) ___________________________

‎‎Kelishdan maqsad _______________________
‎Qayerdan keldi _________________________
‎Vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati _____ yil “____” ________ gacha

Manzil ________________________________‎‎
‎‎Uy __________ xona _________ ‎‎Ma’lumot ____________________________‎
‎‎Qayd varag‘ini bergan organ __________________________________________________________________________

‎‎(TSHIIB MvaFRB yoki MvaFRG)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning vaqtincha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda, unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish
muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari (boshqarmalari) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘lim yoki bo‘linmasiga uy egasi bilan birga murojaat qiladi.

2. Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

3. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun davlat bojini to‘laydi.

Murojaat qilinganda

2-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

Taqdim etilgan hujjatlar asosida so‘rovnoma shaklini to‘ldirib, avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuboradi.

So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida

3-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi

1. So‘rovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiradi.

2. Fuqaroni vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini rasmiylashtiradi hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yuboradi.

10 daqiqa mobaynida

4-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

Qayd varag‘i kelib tushgandan so‘ng uni rasmiylashtirib, ariza taqdim etadi.

10 daqiqa mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroni Davlat xizmatlari markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun davlat bojini to‘laydi.

1. Xohishiga ko‘ra

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

So‘rovnoma shaklini to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 1 soat mobaynida

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli
organ

1. So‘rovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiradi.

1 ish kuni
mobaynida

2. fuqaroni vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish haqida BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuboradi.

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Qayd varag‘i kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. Real vaqt rejimida

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/320/0645-son)