Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash jarayonlarini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim turdagi tovarlarni olib kirish me’yorlari tasdiqlanganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor me’yorlari tasdiqlanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim turdagi tovarlar olib o‘tilganda, shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik yoki boshqa tijorat maqsadlarida tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilganda ularning miqdori olib kirish me’yorlardan ortgan taqdirda, ularga nisbatan bojxona qonun hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari olib o‘tilayotgan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan qo‘llaniladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi