25.04.2020 yildagi 254-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga oid masalalarni muvofiqlashgan hamkorligini tartibga solish hamda mazkur yoʻnalishda davlat organlarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmua (keyingi oʻrinlarda — karantin majmuasi) barpo etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent shahar hokimligi huzurida Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuasini boshqarish boʻyicha maxsus markaz (keyingi oʻrinlarda — Karantin markazi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish maxsus markazining tuzilmasi 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida karantin majmualari tashkil etilganda Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimiga karantin majmuasida saqlanayotgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslar sonidan kelib chiqib Karantin markazining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Karantin markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda karantinga olingan shaxslar deb ataladi) qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin majmuasini samarali boshqarish, karantin majmuasida koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrish va karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazoratini tizimli ravishda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan karantinga olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini nazorat etilishida hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslarni qabul qilish, saqlash va karantin majmuasidan markazlashtirilgan tartibda chiqarishni tashkil etishda davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin majmuasida muntazam, shu jumladan, karantin tadbirlari yakunlangandan keyin dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Karantin markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktori Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari hamda yordamchi va texnik xodimlarni jalb qilgan holda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuadagi barcha mol-mulklardan samarali foydalanishni va ularni but saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmuani saqlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur tovarlarni istisno tariqasida, tender savdolarisiz, ishlab chiqaruvchi (xizmat koʻrsatuvchi) lar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali xarid qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining faoliyati, yuzaga kelayotgan tizimli muammolar, karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazorati toʻgʻrisida har kunlik maʼlumotlar hamda favqulodda vaziyatlar haqida darhol Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) elektron tarzda axborot kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi karantin majmuasiga mehnat va xizmat faoliyatini olib borish maqsadida tegishli mutaxassis, xodimlar va harbiy xizmatchilarning biriktirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar mehnat va xizmat faoliyatini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ish joyidan ajralgan va oylik ish haqi (pul taʼminoti) saqlangan holda olib boradilar hamda ularga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ularni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita karantin majmuasida istiqomat qilib, unda oʻrnatilgan rejimga rioya qilgan holda olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Karantin markazining moddiy-texnika bazasini shakllantirish va joriy saqlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek karantinga olingan shaxslarni hamda jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilarni oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob, dezinfeksiya vositalari va boshqa zarur narsalar bilan taʼminlash xarajatlari quyidagilar hisobidan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin markazining ustavini belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda karantin markazini kompyuter texnikasi bilan taʼminlash hamda yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulash ishlarini tezlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmitasi bilan birgalikda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib karantin tadbirlari tugatilgandan soʻng 5 kun muddatda ushbu majmuadagi inshootlardan samarali foydalanish yuzasidan Komissiyaga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — karantin markazlariga umumiy rahbarlik qilish va jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar faoliyatini muvofiqlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — karantinga olingan shaxslar, shuningdek jalb qilingan mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilar tibbiy nazoratini tizimli ravishda olib borgan holda ularni sogʻligʻini saqlashga va karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi — karantin majmualari perimetri boʻylab kecha-kunduz qoʻriqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi — karantin majmualarida ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini taʼminlashga va jamoat tartibini saqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — karantin markazlarini oʻrnatilgan tartibda Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlashga masʼul hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 254-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuani boshqarish maxsus markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

* Asosiy ish joyidan ajralgan va oylik ish haqi (pul taʼminoti) saqlangan holda jalb qilinadi. Mutaxassis, xodim va harbiy xizmatchilarning umumiy soni karantin majmuasida saqlanayotgan koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 254-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada (keyingi oʻrinlarda — karantin majmuasi) epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin — maʼlum hududni koronavirus infeksiyasi tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoʻqotishga hamda koronavirus infeksiyasining bir joydan boshqa hududlarga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan maʼmuriy va sanitariya-epidemiologik tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaz — karantin majmuasini boshqarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus markaz;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat organlari — karantin majmuasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash yuzasidan nazoratni amalga oshirishga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm), Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining vakillari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-karantin punktlari — Davlat chegaralarini quruqlikda (avtomobil va temir yoʻllari), havo va suv yoʻllari orqali kesib oʻtish joylaridagi chegara-bojxona majmualarida tashkil etiladigan ixtisoslashgan profilaktik muassasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qizil zona — karantin majmuasining qabulxonasi, karantinga olingan shaxslarning yashashi uchun moʻljallangan xonalari (shu jumladan, yuvinish xonasi va hojatxona), biologik material olish uchun moʻljallangan xonalar, karantinga olingan shaxslarning shaxsiy buyumlari saqlanishi uchun moʻljallangan xonalar, tozalash va dezinfeksiya vositalari saqlanishi uchun moʻljallangan xonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sariq zona — qizil zonadan yashil zonaga yoki yashil zonadan qizil zonaga oʻtish uchun ularning oraligʻida joylashtiriladigan hamda u yerda boʻlgan shaxslarning kiyinishi, yuvinishi va kiyimlarini zararsizlantirilishiga moʻljallangan xonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashil zona — karantin majmuasining tibbiyot va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari hamda nazorat organlarining xodimlari uchun moʻljallangan xonalar, shuningdek dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa tibbiyot preparatlari zaxirasi saqlanishi uchun moʻljallangan hamda xodimlar uchun yuvinish va kiyinish xonalari, hojatxona va oshxona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Karantinga olingan shaxslarni karantin majmuasiga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Chegara bojxona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilarni karantin majmuasiga olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chegara bojxona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida navbatchi xodimlar tomonidan koronavirus infeksiyasining belgilarini aniqlashga alohida eʼtibor qaratilgan holda tibbiy-sanitariya koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng chegara va bojxona xizmatlari nazoratidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chegara bojxona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilar orasidan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxs aniqlanganda harakatlanish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sanitariya-karantin punktlarining navbatchi xodimlari tomonidan chegara bojxona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilarning roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — chegaradan oʻtayotgan shaxslar roʻyxati) shakllantiriladi va elektron aloqa vositalari orqali markazga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz chegaradan oʻtayotgan shaxslar roʻyxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi chegaradan oʻtayotgan shaxslar roʻyxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni hamda ularga tegishli boʻlgan buyumlarni karantin majmuasiga olib borilishi uchun ularning soniga mutanosib ravishda transport vositalari bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Karantinga olinadigan shaxslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olinadigan shaxslar tomonidan karantin majmuasiga borishdan boʻyin tovlash epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi hamda bunday hollarda shaxs majburiy tartibda karantin majmuasiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib borishda kuzatib boruvchi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari, shuningdek ularni olib boruvchi transport vositasi haydovchisi shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib kelgan transport vositasida karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilganidan soʻng uning ketishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda boʻlganlarni aniqlash va ularni karantin majmuasiga olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda ichki ishlar organlari hamda Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda boʻlganlarning roʻyxati shakllantiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda boʻlganlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaxslarga ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimi shu vaqtning oʻzida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarninig roʻyxatini elektron aloqa vositalari orqali tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organi, sogʻliqni saqlash organiga hamda markazga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ichki ishlar organi tomonidan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar roʻyxati tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (IIOFMB, boʻlimlari)ga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) darhol oʻzlariga tegishli hududda yashaydigan koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarning roʻyxatida koʻrsatilgan shaxslarni uy sharoitida “oʻzini-oʻzi yakkalash”ini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarning roʻyxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni joylashtirish uchun karantin majmuasida ularning soniga muvofiq tegishli xonalar ajratilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlganlarninig roʻyxati asosida karantinga olinadigan shaxslarni hamda ularga tegishli boʻlgan buyumlarni karantin majmuasiga olib borilishi uchun ularning soniga mutanosib ravishda transport vositalari bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Karantinga olinadigan shaxslar ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida karantin majmuasiga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olinadigan shaxslar tomonidan karantin majmuasiga borishdan boʻyin tovlagan taqdirda ular majburiy tartibda karantin majmuasiga olib boriladi va bunday harakatlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib borishda kuzatib boruvchi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari, shuningdek ularni olib boruvchi transport vositasi haydovchisi shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Karantinga olinadigan shaxslarni karantin majmuasiga olib kelgan transport vositasida karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilganidan soʻng uning ketishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Karantin majmuasiga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Karantin majmuasiga chegara-bojxona postidan oʻtayotgan hamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Karantin majmuasi hududi yashil, sariq va qizil zonalarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yashil zonaga tibbiyot va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar, nazorat organlarining xodimlari, shuningdek karantin majmuasining yordamchi boʻlimlari xodimlari va karantin majmuasi maʼmuriyatining ruxsati boʻlgan boshqa shaxslar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qizil zonaga karantinga olingan shaxslar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Karantin majmuasiga kiritiladigan xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mavsumiy grippga qarshi emlangan boʻlishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Karantinga olingan shaxslar karantin majmuasida 14 kun davomida yoki karantinga olingan shaxsning sogʻligʻi holatiga koʻra sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Karantin majmuasiga olib kelingan shaxslar u yerga joylashtirilishidan oldin birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi, yaʼni tana haroratining oʻlchanishi, tibbiy niqob bilan taʼminlanishi va qoʻllarini antiseptik vositalari bilan zararsizlantirilishi va shundan keyin tegishli xonalarga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli boʻlgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar karantin majmuasining kirish joyida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan vaqtincha olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar har bir shaxsning F.I.O. koʻrsatilgan holda ikki nusxada tuziladigan roʻyxat asosida qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, roʻyxatda har bir topshirilgan buyum koʻrsatilishi, shuningdek buyumlarni topshirgan va qabul qilgan shaxs tomonidan imzo qoʻyish orqali tasdiqlanishi lozim. Roʻyxatning bir nusxasi buyumlarni topshirgan shaxsga beriladi va ikkinchi nusxasi markazning masʼul xodimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar karantinga olingan shaxs karantin majmuasidan chiqayotgan vaqtda oʻziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy vakillariga topshiriladi. Bunda buyumlarni qabul qilib olgan shaxs ularni qaytarib olganligini oʻz imzosi bilan tasdiqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlarni saqlash (qoʻriqlash) markaz tomonidan ichki ishlar va milliy gvardiya organlari bilan birgalikda tashkillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar maxsus xonada ochiq ultrabinafsha nurlari (bakteriotsid lampa) bilan yoki sterillangan spirtli nam salfetkalar yoxud antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Karantin majmuasining har bir xonasiga 4 tadan koʻp boʻlmagan shaxslar ularning shaxsini hisobga olgan holda joylashtiriladi. Bunda erkaklar va ayollar hamda yuqumli va parazitar kasalliklarga chalingan yoki tibbiy kuzatuvga muhtoj boʻlgan bemorlar alohida xonalarda joylashtirilishi shart, bundan bir xonaga bir oilaning aʼzolarini joylashtirish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Karantin majmuasining har bir xonasiga karantinga olingan shaxslarni joylashtirish bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xonaga bir vaqtning oʻzida 4 tadan kam shaxs joylashtirilganda yoki bir xonaga joylashtirilgan shaxslar orasidan biri yoki bir nechtasi chiqarilganda ushbu xonada qolgan shaxslarning karantinda boʻlish muddati tugaguniga qadar mazkur xonaga boshqa shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Karantin majmuasining xonasida mavjud jihoz va buyumlarning nomi va soni koʻrsatilgan roʻyxat har bir xonaning hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joyiga osib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Karantin majmuasida karantinda saqlashning ichki tartib qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Karantin majmuasining ichki tartib qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Karantinga olingan shaxslarning kun tartibi markaz tomonidan belgilanadi. Kun tartibi karantin majmuasining har bir xonasida hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joyga osib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi eshigining tashqi tomoniga ushbu xonada joylashtirilgan shaxslarning F.I.O. koʻrinarli qilib osib qoʻyilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Karantinga olingan shaxslarning shaxsiy vaqtlarida mutolaa qilishlari uchun kitob va davriy bosma nashrlari bilan taʼminlash markaz zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bir xonadagi shaxslarga berilgan kitob va davriy bosma nashrlarini boshqa xonadagi shaxslarga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Karantinga olingan shaxslar uchun shaxsiy gigiyena vositalari (shu jumladan, antiseptik vositalar, tibbiy niqob, sovun) bilan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi barcha zarur jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Bunda, xonalar mazkur Nizomning ilovasida belgilangan meʼyorlardan kam boʻlmagan holda jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin majmuasi hududida joriy tozalov ishlari kuniga bir mahal, shuningdek haftada kamida bir marotaba dezinfeksiya vositalaridan foydalangan holda oʻtkaziladi. Bunda karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan xonada joriy tozalov ishlari ularning oʻzlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin majmuasi hududida, shu jumladan karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan xonada profilaktik dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari har oyda kamida bir marta amalga oshirilishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olingan shaxslarning umumiy yuvinish va hojatxonadan foydalanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuvinish xonasi va hojatxona karantinga olingan shaxslar joylashgan xonalarining tarkibida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Karantin majmuasining karantinga olingan shaxslar joylashtirilgan har bir xonasi tibbiy yordam chaqirish, karantin majmuasi maʼmuriyati bilan bogʻlanish va tashqi aloqa uchun uzluksiz ravishda ishlaydigan telefon apparati bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, karantinga olingan shaxslarning xonasidagi yuvinish xonasi yoki hojatxona ishlamasligi yoxud shaxsiy gigiyena vositalarining (shu jumladan, antiseptik vositalar, tibbiy niqob, sovun) mavjud emasligi haqidagi talablari karantin majmuasi maʼmuriyati tomonidan darhol bartaraf etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Karantin majmuasida karantinga olingan shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ularning tegishliligi boʻyicha masʼul xodimlarga xabar berilishini taʼminlash maqsadida karantin majmuasida alohida navbatchilik qismi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Karantinga olingan shaxslar tashqaridan har qanday koʻrinishdagi pochta joʻnatmalari, posilka va banderollar qabul qilishi taqiqlanadi, bundan quyidagi joʻnatmalar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali kasalliklarga chalingan karantinga olingan shaxslar uchun dori-darmon vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolovchi shifokor tavsiyasiga koʻra maxsus parhez mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlari va zarur gigiyena vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar va adabiyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur joʻnatmalar markazning maxsus xodimlariga topshiriladi. Bunda joʻnatmalarning xususiyatidan kelib chiqib ultrabinafsha nurlari (bakteriotsid lampa) yoki sterillangan spirtli nam salfetkalar yoxud antiseptik vositalar bilan dizinfeksiya qilinadi va karantinga olingan shaxslarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Karantin majmuasida karantinga olingan shaxslar shaxsiy ehtiyojlari yoki boshqa sabablar tufayli ular harakatlanishi belgilangan hududdan chiqishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Karantinga olingan shaxslarning choyshablari har yetti kunda va ifloslanishiga qarab almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinda boʻlish muddati tugaganidan soʻng karantin majmuasidan chiqarilgan shaxslarning foydalanilgan choyshablari kamerali dezinfeksiya usulida zararsizlantiriladi, karavot va karavot oldi tumbalar hamda xonadagi barcha jihoz va anjomlar dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida joriy tozalash va dezinfeksiya tadbirlaridan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Karantinga olingan shaxslar har kuni ikki mahal (ertalab va kechqurun) tibbiyot xodimlari tomonidan tana harorati oʻlchanadi, koronavirus infeksiyasi klinik belgilari (tana haroratining meʼyoridan yuqoriligi, quruq yoʻtal, holsizlanish, nafas siqilishi) kuzatilganda darhol shifokor koʻrigi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy kuzatuv bilan bir vaqtda tibbiyot xodimi karantinga olingan shaxslarning oʻz oʻrnida boʻlganliklarini tekshirib boradi va bu haqdagi maʼlumotlarni alohida jurnalda muntazam ravishda (kamida sutkada ikki mahal (tun va kun) qayd etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Karantin majmuasida koronavirus infeksiyasi klinik belgilari kuzatilgan shaxs aniqlanganda, u darhol karantin majmuasining alohida xonasiga (izolyatorga) koʻchiriladi va uni 6 soat ichida tegishli kasalxonaga (gospital, provizor gospital) yuborish choralari koʻriladi. Bu shaxslar bilan muloqotda boʻlganlar esa laboratoriya tahlili natijalari olingunga qadar, oʻz xonalarida izolyatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Karantin majmuasida faoliyat yuritayotgan barcha tibbiyot xodimlari, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi va boshqa shaxslar shaxsiy himoya vositalari (kombinezon, etik, tibbiy niqob, koʻzoynak va qoʻlqop) turidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin majmuasida xizmat oʻtovchi ichki ishlar organlari xodimlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari zarur shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob va qoʻlqop) foydalangan holda oʻz xizmat faoliyatlarini olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Karantin majmuasiga jalb etilgan xodimlar ushbu majmuada 14 kun davomida qolib ishlashlari (kazarma holatida boʻlishlari) talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Markaz tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olinganlar oʻrtasida sanitariya-targʻibot ishlari muntazam ravishda olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin majmuasi masofadan ushbu targʻibot ishlarini olib borish uchun umumiy axborot yetkazuvchi barcha vositalar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qizil zonaga tibbiyot xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan boshqa xodimlarning kirishi va karantinga olingan shaxslar bilan muloqotga kirishishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar karantin majmuasiga jalb qilingan xodimlar faoliyati davrida ularda koronavirus infeksiyasi belgilari qayd etilsa, ushbu xodimlar karantin majmuasidan chiqarilmasdan, alohida kuzatuvga olinadi va mazkur Nizomning 45-bandiga muvofiq zarur tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Karantin majmuasining qizil zonasidan yashil zonasiga oʻtish yoki aksincha yashil zonadan qizil zonaga oʻtish sariq zona orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sanepidqoʻmning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari va hududiy oʻlat, karantin va oʻta xavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazlari karantin majmuasida epidemiyaga qarshi rejim talablari bajarilishini monitoring qilish va profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Karantinga olingan shaxslarni ovqatlantirish markaz tomonidan autsorsing yoki keytering shartlari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olingan shaxslar bir kunda toʻrt mahal markaz hisobidan ovqatlantiriladi. Bunda karantinga olingan shaxslarga oziq-ovqatlarni tarqatish tibbiyot xodimi nazorati ostida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Markaz tomonidan har kuni oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorsing (keytering) tashkilotiga karantin majmuasida joylashtirilganlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Karantin majmuasiga oziq-ovqatlar transport vositasida olib kelinishi, ular bir marotaba ishlatishga moʻljallangan, usti yopiladigan maxsus idishlarga joylashtirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishda foydalaniladigan barcha buyumlar bir marotaba ishlatishga moʻljallangan boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Autsorsing (keytering) tashkilotlari tomonidan karantin majmuasiga olib kelingan oziq-ovqatlar markaz faoliyatiga jalb qilingan masʼul yordamchi xodimlar tomonidan qabul qilib olinadi va tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Oziq-ovqatlar shu vaqtning oʻzida tibbiyot xodimlari nazorati ostida karantin majmuasida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan navbat bilan qizil va yashil zonalarda joylashtirilgan shaxslarga tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Karantin majmuasida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan tarqatilgan oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari har bir xonadan maxsus polietilen qoplarga yigʻib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari joylashtirilgan maxsus polietilen qoplar saqlab turilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Barcha oziq-ovqat idishlari va ovqat qoldiqlari joylashtirilgan maxsus polietilen qoplar shu vaqtning oʻzida tegishli hududga olib borilib, maxsus (mufel) pechlarda kuydirib tashlash orqali yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Karantin majmuasi hududiga faqatgina markaz komendanti ruxsati bilan markazga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalari kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Karantin majmuasi hududiga kiritiladigan har bir transport vositasi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan koʻzdan kechirilgandan keyingina kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Karantin majmuasi hududiga kiritiladigan va ushbu hududdan chiqariladigan transport vositalari, ularning haydovchisi va boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi, shuningdek hududga olib kiriladigan buyum, mahsulot va boshqa vositalar haqidagi maʼlumotlar ichki ishlar va milliy gvardiya organlarining xodimlari tomonidan tizimlashtirilgan tartibda karantin majmuasi boʻyicha yuritiladigan elektron maʼlumotlar bazasiga kiritib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Transport vositasini karantin majmuasi hududiga kiritishda ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan transport vositasi haydovchisiga olib kelingan buyum, mahsulot va vositalarni karantin majmuasida qabul qilib olish uchun moʻljallangan hudud doirasida harakatlanishi va ortga qaytishi lozimligi tushuntirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Karantin majmuasi hududidan har qanday buyum, mahsulot va boshqa vositalarning olib chiqilishi taqiqlanadi, bundan yashil zonadan chiqariladigan maishiy chiqindilar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Transport vositalari karantin majmuasi hududidan chiqib ketishidan oldin maxsus ajratilgan maydonchada dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilganidan soʻng uning ketishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Karantin majmuasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va boshqa xizmat koʻrsatuvchi xodimlar har qanday holatda 2 metrdan kam boʻlmagan ijtimoiy masofani saqlashlari tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Karantin majmuasida nazoratni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanepidqoʻm, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi:
(66-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslarning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi taʼminlanishi ustidan belgilangan tartibda nazorat olib borishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslar tomonidan epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzilishini oldini olishlari, ularni aniqlashlari va bartaraf etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslarda koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlangan hollarda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlarni darhol karantinda olingan boshqa shaxslardan ajratish choralarini koʻrilishini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Begona shaxslarni, jonivorlarni va avtotransport vositalarni karantin majmuasi hududiga kiritmaslik maqsadida karantin majmuasi hududi oʻrab olinishi, hududni qoʻriqlayotgan xodimlar uchun maxsus xonalar boʻlishi, hududda kuzatuv olib borish va kirish uchun maxsus postlar belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Karantin majmuasida saqlanayotgan shaxslarni nazorat qilish ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari hamda karantin majmuasi xodimlaridan iborat tarkibda tashkil etiladigan navbatchilik guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin majmuasida karantinga olingan har bir shaxsning xonasi va unga tutash boʻlgan hudud ushbu navbatchilik guruhlari tomonidan alohida karantin hududi sifatida qatʼiy nazoratga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Karantin majmuasi hududini qoʻriqlash Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, karantin majmuasi binolari va unga tutash hududni kecha-kunduz navbatchilik asosida qoʻriqlanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantinga olingan shaxslarning karantin ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari doimiy nazorat qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin majmuasining hududida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari hamda markaz xodimlari tomonidan karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida oʻzboshimchalik bilan karantin hududini tark etishga har qanday urinishlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanishi va bu belgilangan tartibda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Karantinga olingan shaxslarni oʻzboshimchalik bilan karantin hududini tark etish yoki shunday harakatlarni sodir etishga urinish, shuningdek tibbiyot xodimlariga qarshilik koʻrsatish holatlari sodir etilsa, bu toʻgʻrisida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlariga zudlik bilan xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari karantinga olingan shaxslarni oʻzboshimchalik bilan karantin hududini tark etishlarini oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Karantin hududini oʻzboshimchalik bilan tark etishga uringan yoki karantin hududini tark etgan karantinga olingan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Karantin majmuasida yordamchi boʻlinmalar faoliyatini tashkil etish hamda jihozlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Karantin majmuasida polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriyasi va kirxona boʻlinmalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laborotoriya boʻlinmasi alohida binoda joylashgan va xonalarni joylashtirishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etiladi va quyidagi xonalardan iborat boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarni qabul qilish va roʻyxatga olish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni birlamchi zararsizlantirish va saralash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RNK-DNKlarni ajratish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaksion aralashmalarni tayyorlash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil natijalarini hisoblash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya mudiri xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar saqlash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventar xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kislota va ishqorlarni saqlash xonasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya boʻlinmasi xonalari manfiy bosim ostida ishlashga moʻljallangan mexanik ventilyatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Har bir xona funksional vazifasidan kelib chiqqan holda asbob-anjomlar, reaktiv va sarflovchi materiallar bilan taʼminlanishi kerak, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) RNK-DNKlarni ajratish xonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laminar shkaf;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrotsentrifuga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ultrapast temperaturada ishlaydigan muzlatgich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktivlar uchun sovutgich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikser/vorteks;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
termomikser;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) reaksion aralashmalarni tayyorlash xonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxavfsizlik shkafi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reagentlarni saqlash uchun sovutgich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tahlil natijalarini hisoblash xonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriyasi apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya boʻlinmasining barcha xonalari bakteritsid lampalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Har bir xona laboratoriya mebeli (stol, stul, shkaf), bir kanalli har xil oʻlchamdagi dozatorlar, konteynerlar, dozator va probirkalar uchun shtativlar, ultrapast temperaturali muzlatgichlar uchun krioqoʻlqoplar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Laboratoriya biomateriallarni zararsizlantirish uchun avtoklav bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Qizil majmuada joylashgan xonalarning choyshablarini, shuningdek tibbiy xodimlarning maxsus kiyimlarini yuvish uchun karantin majmuasi hududida kirxonalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Kirxona sanitariya qoidalari va meʼyorlari talablari asosida suv taʼminoti, kanalizatsiya va ventilyatsiya tizimiga ega boʻlishi kerak. Kirxona xonalari alohida binoda joylashgan va xonalarni joylashtirishda ketma-ketlik qoidalariga rioya etiladi va quyidagi xonalardan (sexlardan) iborat boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilish va saralash sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni yuvish sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni quritish sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni dazmollash sexi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yumshoq jihozlarni saqlash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirlarni tarqatish (ekspeditsiya) xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuvuvchi va dezinfeksiya vositalari saqlash xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dam olish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuvinish xonasi va hojatxona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Kirxonalar kirlarni zararsizlantirish uchun vannalar, kir yuvish mashinalari, sentrifugalar, dazmollash uskunalari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Yuvilgan choyshab va maxsus kiyimlarni saqlash xonasida stellajlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Kirlarni quritish sexi kirlarni quritish uchun moʻljallangan uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Karantinga olingan shaxslarni karantin muddati tugaganidan soʻng karantin majmuasidan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Karantinga olingan shaxslarda oxirgi 14 kunlik muddatda yoki ularning sogʻligʻi holatiga koʻra sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddatda koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni karantin majmuasidan chiqarish boʻyicha sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur shaxslar bilan bir xonada boʻlgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni karantin majmuasidan chiqarishda quyidagilar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tana harorati karantin muddatining oxirgi 3 kuni davomida meʼyordaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafas olish belgilarining yaxshiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallikni boshqa belgilari mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin muddatida jami uch marotaba polimeraziya zanjirli reaksiya (PZR) tahlili oʻrganishda manfiy natija chiqqanligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Karantin majmuasidan chiqarilayotgan shaxslarning vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ularning oʻzlariga yoki ularning yaqin qarindoshlari yoxud qonuniy vakillariga karantin muddati tugaganidan keyin qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Karantin majmuasi tomonidan karantindan chiqqan shaxslar haqida ularning yashash joylaridagi poliklinikalarga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olingan shaxslar ustidan keyingi 10 kun davomida yashash joyidagi poliklinika shifokori tomonidan telefon orqali kuzatuv oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Karantin majmuasidan chiqariladigan shaxslarni maxsus dezinfeksiyalangan transport vositalarida ularning yashash joylariga olib borilishi tegishli hududdagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan taʼminlanadi.
(89-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ularni yashash joylariga olib borilishi ichki ishlar va milliy gvardiya organlari xodimlari kuzatuvi va nazorati ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Karantindan chiqayotgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) muvofiq epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Karantindan chiqqan shaxslar yashagan xonalarda joriy tozalash va dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilgandan soʻng sogʻliqni saqlash organlari tomonidan xonalar tegishli hududdagi markazga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralarni hisobini yuritish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, saqlash va topshirish uchun javobgarlik markaz direktorining buyrugʻi bilan tayinlangan moddiy javobgar shaxslarga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy javobgar shaxslarning almashinishi tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasi va markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini tuzish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar-moddiy zaxiralarni saqlash joylari ushbu zaxiralarning xususiyatidan kelib chiqib ularni saqlashga moʻljallangan vositalar bilan taʼminlanishi, shuningdek zarur oʻlchov asboblari, oʻlchov idishlari va boshqa nazorat moslamalari bilan taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida markazga kirim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi boʻyicha xarid qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begʻaraz kelib tushishi (hadya shartnomasi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazning oʻzida tayyorlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(93-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqarilish dalilini aniqlash paytida balansdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralar markaz balansidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begʻaraz berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli jismonan va maʼnan eskirganligi natijasida tugatish (yoʻq qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamomad, yoʻqotish yoki shikastlanish (sinish, boʻlinish) aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Karantinga joylashtirilgan shaxslar tomonidan karantin majmuasining tovar-moddiy zaxiralariga yetkazilgan zarar ushbu shaxslar mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Karantin majmuasida tovar-moddiy zaxiralar joylashgan binoni qoʻriqlash Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan karantinga olingan shaxslarning markazlashgan hisobi va karantin rejimi holati ustidan monitoringini olib borish imkonini beradigan markazlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimiga joylashtiriladigan maʼlumotlar formati oʻz ichiga anketa, hisobotlar va boshqa shakllarni olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot tizimi orqali karantin majmualarida joylashtirilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash, ishlash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek ularni tegishli davlat organlariga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Axborot tizimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — hududiy sogʻliqni saqlash organi) tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Karantin majmuasida axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarni va karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar shakllantirish uchun karantin majmuasining maʼlumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotlar bazasi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar bazasini yuritish uchun markaz direktorining buyrugʻi bilan masʼul shaxs tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar bazasiga karantinga olingan shaxslar va karantindan chiqarilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar axborot tizimida belgilangan maʼlumotlarni yigʻish shakliga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun markaz masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Markaz maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarni har kuni kamida ikki marotaba tegishliligi boʻyicha hududiy sogʻliqni saqlash organiga axborot tizimi orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Hududiy sogʻliqni saqlash organlari markaz tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni qabul qilib oladi va shu vaqtning oʻzida umumlashtirilgan holda axborot tizimi orqali Sogʻliqni saqlash vazirligiga hamda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etiladigan maʼlumotlar axborot tizimiga masʼul xodim tomonidan umumlashtirilgan holda qayta kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Axborot tizimida karantinga olingan yoki undan chiqarilgan shaxslarni hisobga olish axborot tizimida oʻrnatilgan formatdagi shakl boʻyicha karantin majmuasiga joylashtirilgan shaxslarni hisobga olish kartochkasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot tizimidagi yangilangan maʼlumotni kuniga kamida ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Karantinga olingan shaxslar haqidagi maʼlumotlardan foydalanishda “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qatʼiy amal qilinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimidagi maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi oqibatida shaxsning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib kelgan yoki ushbu maʼlumotlardan gʻarazli maqsadlarda foydalanilgan holatlarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
(106-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantinga olingan shaxslar joylashtiriladigan xonalarda boʻlishi lozim boʻlgan jihozlarning eng kam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEʼYORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Jihozlarning nomi

Jihozlarning soni

1.

Kiyim javoni

1ta

2.

Tumba (oyoq kiyimlar uchun)

1ta

3.

Karavot

4ta

4.

Stol

1ta

5.

Stul

4ta

6.

Yumshoq jihozlar uchun javon

1ta

7.

Yostiq

4ta

8.

Toʻshak

4ta

9.

Koʻrpa (jun yoki paxtali)

4ta

10.

Choyshab

4ta

11.

Yostiq jild

4ta

12.

Koʻrpa jild

4ta

13.

Xoʻjalik anjomlari uchun javon

1ta

14.

Sochiq

4ta

15.

Qogʻoz salfetkalari

4 ta

16.

Axlat qutisi

1 ta

17.

Pol yuvish uchun latta

1ta

18.

Chelak

1ta

19.

Supurgi

1ta

20.

Hokandoz

1ta

21.

Shvabra

1ta

22.

Konditsioner

1ta

23.

Televizor

1ta

24.

Termometr

4ta

25.

Devorda turadigan ilgich (sochiqlar uchun)

1ta

26.

Xolodilnik

1ta

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 254-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom koronavirus infeksiyasini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish va saqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan shaxs aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm) tuman (shahar) boʻlimlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) (keyingi oʻrinlarda — hududiy ichki ishlar organlari) xodimlari tomonidan darhol koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda boʻlganlarning (keyingi oʻrinlarda muloqotda boʻlgan shaxs deb yuritiladi) roʻyxati shakllantiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda boʻlganlar koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaxslarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimi hamda hududiy ichki ishlar organlari shu vaqtning oʻzida muloqotda boʻlgan shaxslarninig roʻyxatini elektron aloqa vositalari orqali tegishlicha yuqori turuvchi sogʻliqni saqlash hamda ichki ishlar organlariga, shuningdek tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan roʻyxatga asosan mahalliy davlat hokimiyati, sogʻliqni saqlash hamda ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari bilan hamkorlikda tegishli hududda epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlari tashkil etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar organlari Milliy gvardiya organlari xodimlari bilan hamkorlikda darhol muloqotda boʻlgan shaxslarninig roʻyxatida koʻrsatilgan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirilishi va saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Muloqotda boʻlgan shaxslarni uy sharoitida karantinga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muloqotda boʻlgan shaxslar 14 kun davomida yoki ularning sogʻligʻi holatiga koʻra sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida (keyingi oʻrinlarda — karantin muddati) uy sharoitida karantinga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muloqotda boʻlgan shaxslar uy sharoitida karantiniga olinganda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan naryad tomonidan ularning karantin qoidalariga rioya qilinishi ustidan kechayu-kunduz qatʼiy va tizimli nazorat oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muloqotda boʻlgan shaxs uy sharoitida karantinga olinganda u bilan bir uyda yashovchi barcha shaxslar karantinga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur uyda yashovchi shaxslarning biri yoki bir nechtasi karantinga olingan uydan tashqarida boʻlgan taqdirda, ular darhol tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasidan foydalangan holda ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari kuzatuvi ostida yashash joyiga olib kelinadi. Bunda tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasida boʻladigan tibbiyot xodimlari hamda uning haydovchisi yuqori himoya darajasiga ega boʻlgan shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu shaxslar yashash joyiga borishdan boʻyin tovlagan taqdirda ular ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlari tomonidan majburiy tartibda yashash joyiga olib boriladi va bunday harakatlar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muloqotda boʻlgan shaxslarni uy sharoitida karantinda saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning karantin muddati davomida uylarini tark etishlari qatʼiyan man etiladi, bundan ularga kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam koʻrsatish (homiladorlik, tugʻruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologiya yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini koʻrsatish, jarrohlik amaliyoti zarur boʻlganda, inson hayotiga xavf tugʻdirayotgan boshqa holatlar) bilan bogʻliq hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga faqatgina tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasidan foydalangan holda, shuningdek ichki ishlar organlari kuzatuvi ostida tibbiyot muassasasiga olib boriladi. Bunda, tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositasida boʻladigan tibbiyot xodimlari hamda uning haydovchisi yuqori himoya darajasiga ega boʻlgan shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslardan uy sharoitida karantinga olingan kundan boshlab bir kun ichida Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari tomonidan polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasi olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasining tahlili natijasi musbat boʻlganda, darhol uy sharoitida karantinga olingan shaxsni mazkur Nizomnnig 8-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan shartlarda tegishli kasalxonaga (gospital, provizor gospital) olib borish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy sharoitida karantinga olingan shaxs bilan bir uyda boʻlgan boshqa shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda, qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasining tahlili natijasi manfiy boʻlganda, uy sharoitida karantinga olingan shaxslar belgilangan karantin muddati tugaguniga qadar karantinda qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantin muddati davomida yashash joyidagi poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan har kuni ikki mahal koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda birinchi koʻrik soat 9:00 gacha, ikkinchi koʻrik 16:00 gacha amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shaxslarni koʻrikdan oʻtkazadigan poliklinika tibbiyot xodimlari yuqori himoya darajasiga ega boʻlgan shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan oʻtkazilgan koʻrik natijalari observatsion varaqda qayd etiladi. Tegishli hududda oʻtkazilgan barcha koʻrik natijalari haqidagi maʼlumotlar poliklinika tomonidan umumlashtiriladi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga taqdim etib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar poliklinika tibbiyot xodimlari tomonidan oʻtkazilgan koʻrik natijasida uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda koronavirus infeksiyasi klinik belgilari kuzatilganda, bu haqda poliklinika tomonidan zudlik bilan Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimiga xabar berilishi kerak.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Uy sharoitida karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslarning hisobi Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan yuritiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimlari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan yuritiladigan uy sharoitida karantinga olingan va karantindan chiqarilgan shaxslarning hisobi haqidagi maʼlumotlar har kuni elektron axborot tizimi orqali ularning yuqori turuvchi organiga, shuningdek tegishli hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etib boriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojlari uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlarini (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) yetkazib berish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va volontyorlar guruhlarini faol jalb qilgan holda amalga oshiriladi. Bunda barcha zarur mahsulot va vositalar karantinga olingan shaxslarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning uylaridan chiqariladigan chiqindilar ularning oʻzlari tomonidan uyning (koʻp qavatli uylarda xonadonning) kirish eshiklar tashqarisiga chiqarib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uyning (koʻp qavatli uylarda xonadonning) kirish eshiklari tashqarisiga chiqarib qoʻyilgan chiqindilar “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari tomonidan belgilangan tartibda sanitariya qoidalariga rioya etgan holda yigʻib chiqiladi va olib ketiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari xodimlari shaxsiy himoya vositalari (tibbiy niqob va qoʻlqop) bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan haftada bir marotaba karantinga olingan uyning (xonadonning) tevarak-atrofida dezinfeksiya tadbirlari oʻtkazilishi taʼminlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarni karantin muddati tugaganidan soʻng karantindan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarda karantin muddatida koronavirus infeksiyasi aniqlanmasa, ularni uy karantinidan chiqarish boʻyicha sogʻliqni saqlash organlari tomonidan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning yashash joyidagi poliklinika shifokori tomonidan ularda va ular bilan birga yashovchi boshqa shaxslarda koronavirus infeksiyasi klinik belgilari yoʻqligi tasdiqlangan taqdirda ularni karantindan chiqarishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Poliklinika shifokori uy sharoitida karantinga olingan shaxs karantindan chiqarilgan kundan boshlab 10 kun davomida uning sogʻligʻi holati haqida telefon orqali xabar olib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Uy sharoitida karantinga olingan shaxslar karantindan chiqayotganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi qonunchilikda belgilangan tartibda ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2020-y., 09/20/254/0500-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)