1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Taʼlim sifatini oshirish, yoʻnalishlar va mutaxassisliklarni maqbullashtirish, kadrlar tayyorlashning | |||||
|
1.1. Kadrlar isteʼmolchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish va bitiruvchilar bilan ishlash | |||||
|
1. |
Tashkilotlar va tili oʻrganilayotgan mamlakatlarda talabalar amaliyotini tashkil etish |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari amaliyotini Universitetga baza sifatida belgilangan ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalarida tashkil etish. Talabalar amaliyotini bosqichma-bosqich bevosita tili oʻrganilayotgan mamlakatda oʻtkazish.
Universitetda kadrlar isteʼmolchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va monitoring qilish bilan shugʻullanuvchi Amaliyot va hamkorlik boʻlimini tashkil etish. |
-
Smeta asosida Davlat budjeti |
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Tashqi ishlar vazirligi (I. Neʼmatov) |
|
2. |
Magistraturada ilmiy-pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish orqali taʼlim samaradorligini oshirish |
Magistratura dasturlarini ixtisoslikni chuqur oʻrganishga, pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga yoʻnaltirish. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyini Universitetning ilmiy-tadqiqot bazasi sifatida belgilash. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Fanlar akademiyasining tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Oʻzarxiv” agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika bandlikka koʻmaklashish va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi, siyosiy partiyalar, muzeylarni Universitetning amaliyot bazasi sifatida belgilash. |
Universitet mablagʻlari - - |
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), hamkor tashkilotlar |
|
3. |
Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish |
Universitetning taʼli? yoʻnal?shlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashda hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida kafedralarning filiallari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan, malakaviy amaliyot hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik, maslahatchilik qilgan ilmiy xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish. |
-
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), hamkor tashkilotlar |
|
1.2. Yangi oʻqitish uslublarini joriy etish, xorijiy tajriba asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish | |||||
|
4. |
Oʻquv reja va fan dasturlarini takomillashtirish va bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish |
Tarmoqlar va mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari va talablari hamda ilgʻor xorij tajribasi asosida yangi oʻquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. Bunda bitiruvchilarning qoʻlyozmalar bilan ishlash, qoʻshma korxona va turistik kompaniyalarda gid-tarjimon sifatida faoliyat olib borishi uchun tili oʻrganilayotgan Sharq mamlakatlari va Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va urf-odatlariga oid kompleks bilimlarga ega boʻlishiga erishish maqsadida fan dasturlari mazmunini takomillashtirish. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalarini maqbullashtirish orqali oʻquv fanlari sonini kamaytirish. Oʻquv rejalarida amaliy va koʻchma mashgʻulotlarni oʻtkazishni koʻzda tutish, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini taʼminlashga ajratilgan soatlar hajmini oshirish. Bosqichma-bosqich rivojlangan davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirishni kengaytirish. |
-
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
5. |
Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish |
Oʻqituvchilar tomonidan innovatsion taʼlim texnologiyalari oʻzlashtirib borilishi, novatorlik ishlanmalari yaratilishining muntazam monitoringini yuritish. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish. Oʻquv jarayonida elektron taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy oʻqitish tizimini joriy etish. |
-
|
2020 — 2023-yillarda
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
|
6. |
Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish |
Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga professor-oʻqituvchilar uchun moddiy va maʼnaviy taʼminot asoslarini yaratish. Darslik va oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablagʻ ajratish. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash maqsadida Tahririy nashriyot boʻlimi faoliyatini takomillashtirish, bosmaxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan taʼminlash. |
Universitet mablagʻlari
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
|
|
1.3. Rektorat, fakultetlar, kafedralar va akademik litsey rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari zaxirasini yaratish, ularning pedagogik mahorati va kasbiy darajasini oshirish | |||||
|
7. |
Kadrlar zaxirasini shakllantirish |
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida dekanatlar, kafedralar hamda boʻlimlar rahbarlari, shuningdek, professor-oʻqituvchilar faoliyatini ularning oʻquv-uslubiy, ilmiy, tarbiyaviy faoliyati samaradorligini kompleks baholash indikatorlari asosida moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaratish. |
Universitet mablagʻlari |
2020-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
8. |
Pedagog kadrlar tarkibini sifat jihatdan yaxshilash |
Universitet salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida Universitet doktoranturasiga qabul kvotasini koʻpaytirish, yangi ixtisosliklar boʻyicha oliy malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish. Magistraturaning iqtidorli bitiruvchilarini pedagogik faoliyatga jalb etish, yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish orqali professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻrtacha yoshini pasaytirish. |
Davlat budjeti mablagʻlari
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
9. |
Pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish |
Universitet tarkibida respublikada uzluksiz taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan sharqshunos kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini yoʻlga qoʻyish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: turdosh oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilar bilan oʻzaro dars kuzatish (peer review) tajribasini keng yoʻlga qoʻyish; sharq tillari oʻqitiladigan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash; sharq tillari oʻqitiladigan taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun tashkil qilingan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish; tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilar kontingentini shakllantirish uchun oʻrnatilgan tartibda Universitetga buyurtma taqdim etish. |
Davlat budjeti mablagʻlari, manfaatdor vazirlik -
|
2021-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik |
|
10. |
Oʻquv yili natijalari boʻyicha professor-oʻqituvchilar faoliyatini baholash |
Universitet professor-oʻqituvchilarining har oʻquv yili yakuni boʻyicha faoliyatini talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma va amalga oshirilgan ishlarni kompleks tahlil qilish asosida baholash. |
- |
Har oʻquv yili yakunida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
1.4. Taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish | |||||
|
11. |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish |
Ichki telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan optik tolali tarmoqlar, kommutatorlar, tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi tizimlarini toʻliq yangilash. Internet tezligini 300 Mb/sek. gacha oshirish. |
Universitet mablagʻlari |
2020-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
|
12. |
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash |
Oʻquv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, talab darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash. |
Universitet mablagʻlari |
2020-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
|
13. |
Oʻquv va boshqaruv jarayonini nazorat qilishda axborot tizimlarini joriy etish |
Taʼlim va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan oliy taʼlim muassasalari taʼlim, ilmiy va maʼmuriy faoliyati jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishga moʻljallangan “Elektron universitet” axborot tizimiga ulanish. Talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli usullarini (antiplagiat va test sinovlari dasturiy taʼminotlari) joriy etish. Universitetning fakultet va kafedralari hamda professor-oʻqituvchilarining ichki reytingini aniqlovchi elektron tizimni joriy etish. |
Universitet mablagʻlari
Universitet mablagʻlari
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
|
14. |
Masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagogik kadrlarning mustaqil taʼlim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish |
Xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy ko?pleksini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Kompleks quyidagilarni oʻz ichiga oladi: masofaviy oʻqitish xizmatlari portali (veb ilova); onlayn oʻquv smart auditoriyalari; nazariy va amaliy mashgʻulotlarni masofaviy oʻtkazish uchun virtual kabinet; Universitet yetakchi professor-oʻqituvchilari maʼruzalarining audiovizual taʼlim kontentini hamda multimedia taʼlim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiquvchi maxsus studiyalar va multimedia markazi; vebinarlar tashkil qilish va oʻtkazish. 2020-yildan boshlab Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan maʼruza mashgʻulotlarining markazlashgan video-katalogini serverlarda shakllantirish va foydalanish uchun ochiq onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma ishlab chiqish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Universitet mablagʻlari, Innovatsion rivojlanish Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi |
2020-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
|
15. |
Axborot-resurs markazi infratuzilmasini rivojlantirish |
Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar uchun badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish. Axborot-resurs markazida adabiyotlarning ochiq fondini tashkil qilish uchun kutubxonaga moslashtirilgan maxsus xonalar va innovatsion kutubxona joriy qilish. RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini roʻyxatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoyalash tizimini takomillashtirish. Kitoblarni hisobga qoʻyish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish. Kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini koʻpaytirish. Xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish. Elektron va qogʻoz shaklidagi xalqaro ilmiy va oʻquv nashriyotlarga obuna boʻlishni tashkil qilish. Xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda Axborot-resurs markazini yangi xorijiy adabiyotlar bilan boyitish. |
Universitet mablagʻlari
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
|
1.5. Tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish, talabalarda yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzi va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun sharoitlar yaratish | |||||
|
16. |
Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash |
“Kitobxonlar” oyligi, “Sharq durdonalari” festivali, “Yosh targʻibotchilar” tanlovi, “Internet madaniyati va axborot xavfsizligi” targʻiboti, “Yosh sharqshunos dasturchilar” klubi, “Mass media” kompyuter bilimdoni, Talabalar teatr studiyasi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi kabi tadbirlarni tashkil etish Talaba-yoshlarda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida turli tanlovlar, koʻrgazmalar, davriy tematik tadbirlarni tashkil etish, yurtimizdagi ochiq osmon ostidagi muzeylarga va teatrlarga tashriflarni uyushtirish, respublikamizning taniqli ziyolilari, davlat arboblari, sanʼat va sportda shuhrat qozongan shaxslar va urush faxriylari bilan davra suhbatlari, uchrashuvlarni reja asosida oʻtkazish. Universitet talaba-yoshlari uchun “Eng yaxshi kitobxon” stipendiyasini joriy etish. |
Universitet mablagʻlari |
Har yili |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Respublika Maʼnaviyat |
|
17. |
Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng joriy etish |
Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni keng targʻib etish maqsadida Markaz tashkil etish. Ushbu Markazda quyidagilarni amalga oshirish: 1-tashabbus boʻyicha: Universitet talaba-yoshlarini tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻzbek, sharq va gʻarb adabiyotiga, milliy sanʼatning turli yoʻnalishlariga keng jalb etish, universitetda rassomlik, musiqa, xorijiy til va adabiyot toʻgaraklarini tashkil qilish, “Quvnoqlar va zukkolar” klubi, “Talabalar teatr studiyalari” jamoalari faoliyatlarini yanada takomillashtirish, ularning faoliyati uchun toʻgaraklar oʻtkaziladigan xonalarni jihozlash va inventarlar bilan taʼminlash. 2-tashabbus boʻyicha: Universitet talaba-yoshlarini jismonan chiniqtirish, ularni sogʻlom shaxs sifatida kamol toptirish, barcha talabalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda, toʻliq sport inventarlari bilan taʼminlangan sport toʻgaraklariga biriktirish. Talabalar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, yengil atletika va stol tennisi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish hamda respublika miqyosida talaba-yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan musobaqalarga tayyorgarlik ishlarini olib borish. 3-tashabbus boʻyicha: Universitet talaba-yoshlarida axborot tahlili madaniyatini shakllantirish. Universitetda qoʻshimcha Wi-Fi zonalarini tashkil etish hamda talabalar turar joylarini Internet jahon axborot tarmogʻi bilan toʻliq qamrab olish. Kompyuter texnologiyalari boʻyicha talabalar oʻrtasida turli tanlovlar tashkil etish (“Blogerlar”, “Yosh ixtirochilar”, “Klipmeykerlar”). 4-tashabbus boʻyicha: Universitet talaba-yoshlarida ona-Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini badiiy adabiyotlar orqali qaror toptirish va axborot-resurs markazi kitob fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, tadbirkorlarni jalb etgan holda fakultetlarda “Book-safe”lar tashkil etish, shuningdek, “Eng faol kitobxon guruhi”, “Eng yaxshi insho” tanlovlarini oʻtkazish hamda “Qadrdon mahallamga va maktabimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyalarini tashkil qilish. 5-tashabbus boʻyicha: Yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni amaliy kasb egasi sifatida tarbiyalash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, talabalarning doimiy yashash hududidagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini oʻrganish va ushbu boʻsh ish oʻrinlariga bitiruvchi talabalarni jalb etib, bandligini taʼminlash tizimini yoʻlga qoʻyish, talaba qizlarni darsdan tashqari boʻsh vaqtlarida psixologlar ishtirokida “Kasb sirlari” mavzusida treninglar, davra suhbatlari, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatib borish boʻyicha Universitet va talabalar turar joyi hududlarida tikuvchilik toʻgaragi faoliyatini tashkil etish. |
Universitet mablagʻlari
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Respublika Maʼnaviyat |
|
II. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, fan va taʼlim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish | |||||
|
18. |
Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish |
Ilmiy salohiyatni koʻtarish uchun oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash (PhD, DSc) salmogʻini oshirish. Ilmiy maktablar faoliyatini takomillashtirish, ilmiy darajaga ega boʻlmagan oʻqituvchilarni professorlar va dotsentlarga biriktirish. Universitet huzuridagi filologiya, tarix va siyosiy fanlar boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar faoliyatining samaradorligini oshirish. |
- |
2020 — 2023-yillarda |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
19. |
Ustuvor ilmiy yoʻnalishlarni muvofiqlashtirish |
Fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq tarzda kafedralar ilmiy yoʻnalishlarini kengaytirish. Universitetda sharqshunoslik sohalari boʻyicha bajariladigan doktorlik (PhD va DSc) va magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari bazasini jahon ilm-fani taraqqiyotidagi yangi tendensiyalar va talablarga muvofiq shakllantirish. |
- |
2020-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
20. |
Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish |
Ilmiy-pedagogik kadrlar faoliyatini hamkor tashkilotlarning talab va ehtiyojlariga javob beradigan loyihalar yaratishga yoʻnaltirish. Universitet ilmiy ishlanmalarini innovatsion gʻoyalar yarmarkalarida taqdim etish, loyihalar natijalari asosida ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilish. Startap loyihalarini ishlab chiqish, talabalar bilan Savdo-sanoat palatasi masʼullarining hamkorligini tashkil etish, seminarlar oʻtkazish va loyihalar taqdimotlarini uyushtirish. |
-
|
Har yili
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
21. |
Fundamental, amaliy |
Yoshlarning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalardagi ishtirokini kengaytirish, ularni ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha yangi loyihalar yaratishga oʻrgatish uchun treninglar tashkil qilish. Ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va ularni Universitet faoliyatiga tatbiq etish. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishdan moliyaviy tushumlar koʻrsatkichi bir oʻqituvchiga toʻgʻri kelishi hajmini oshirib borish. |
-
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Yoshlar ittifoqi (A. Sagdullayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
22. |
Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kadrlar bilan taʼminlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish |
Talabalarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish va tizimli ragʻbatlantirish uchun fakultetlarda Talabalar ilmiy jamiyatlarini tashkil etish. Dissertatsiya ishlarini oʻz vaqtida himoya qilish uchun sharoit yaratish. Tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini oshirish va ilmiy izlanishlarining aprobatsiyalarini kengaytirish maqsadida kafedralar va fakultetlarda ilmiy-nazariy seminarlar faoliyatini kuchaytirish, “Yosh olimlar kengashi” faoliyatida magistrantlar ishtirokini kengaytirish. Yosh tadqiqotchilarning ustuvor yoʻnalishlar doirasida yangi loyihalar yaratishga oʻrgatish yuzasidan treninglar tashkil qilish. |
- |
2020-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlan?sh vazirligi (I. Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
|
23. |
Universitet ilmiy nashrlarining xalqaro tanilishi, nufuzi va raqobatbardoshligini oshirish |
Universitet ilmiy jurnallari tahrir hayʼatlaridagi xorijlik mutaxassislarning sonini oshirish. Pedagog kadrlar va tadqiqotchilarning xalqaro nufuzli konferensiyalarda ishtirokini koʻpaytirish va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda nashrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
Universitet mablagʻlari |
2020-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (I. Neʼmatov) |
|
24. |
Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash orqali pedagoglarning kasbiy malakalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish |
Universitetning hamkor tashkilotlarida sohalar boʻyicha talabalar, magistrantlar, pedagog kadrlarning stajirovkasini amalga oshirish. |
Universitet mablagʻlari |
2020-yil |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmuradov), hamkor tashkilotlar |
|
III. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash | |||||
|
25. |
Sharqshunoslik boʻyicha yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish |
Universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida ikki tomonlama almashuv dasturlari asosida malaka oshirish va stajirovka oʻtashini tashkil etish. Universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarini nufuzli xalqaro taʼlim, ilmiy-amaliy koʻrgazmalar, yarmarkalar hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan forumlar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirokini taʼminlash. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlarda professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning ishtirokini tashkil etish. Xalqaro ilmiy loyihalarni tayyorlash, muammolarni shakllantirish va zarur hujjatlarni taqdim etish malakasini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish. Sharqshunoslik sohasi boʻyicha ilmiy-amaliy, innovatsion markazlar tashkil etish, xorijiy grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda oʻquv adabiyotlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish. |
Xalqaro grantlar, Universitet mablagʻlari |
2020 — 2023-yillarda |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (I. Neʼmatov), Investitsiyalar |
|
26. |
Professor-oʻqituvchilarni stajirovka oʻtash va malaka oshirish, xodimlarni magistratura va doktorantura (PhD)da oʻqish uchun xorijga yuborilishini tashkil etish |
Universitet rahbarlari, kafedra mudirlari, boʻlimlar boshliqlari hamda pedagog kadrlarning yoʻnalishlar kesimida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida malaka oshirishini tizimli tashkil etish. Universitetning yosh mutaxassislarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalariga belgilangan tartibda tanlov asosida doktorantura va magistraturada oʻqishga yuborish. Hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan imzolangan shartnomalarni qayta koʻrib chiqish hamda keng miqyosda axborot va mutaxassislar almashinuvi boʻyicha yangi shartnomalar imzolash. |
Xalqaro grantlar, Universitet mablagʻlari |
2020 — 2023-yillarda |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmuradov) |
|
27. |
Xorijiy yuqori tajribali olim, pedagog va mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish |
Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini Universitetda uzoq va qisqa muddat dars berishga taklif etish. Jalb etiladigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va olimlar uchun ijtimoiy-maishiy va moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish. |
Hamkor tashkilotlar grantlari, Universitet mablagʻlari
|
2020-yil
|
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov) |
|
IV. Universitet moddiy-texnika bazasini rivojlantirish | |||||
|
28. |
Universitetni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash |
Oʻquv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari (800 ta kompyuter, 4 ta server, 25 ta interaktiv sensorli panel, 50 ta proyektor va 130 ta smart televizor, 4 ta infokiosklar, 36 ta SAS HARD, 140 ta videokuzatuv “Smart oʻquv xona”larni tashkil etish va “E-MINBAR” tizimini joriy qilish. Universitetni radio texnikalar (3 ta oʻquv binosi va 1 ta talabalar turar joyi uchun 130 ta kolonka, 4 ta boshqaruv pulti komplekt holda) bilan jihozlash. |
Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro grantlar, Universitet mablagʻlari, homiylik xayriyalari Xalqaro grantlar, Universitet mablagʻlari, homiylik xayriyalari Universitet mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
2021-yil
|
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Investitsiyalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov) |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkich (indikator) nomi |
Oʻlchov birligi |
Amaldagi koʻrsatkich |
2020-y. |
2021-y. |
2022-y. |
2023-y. |
|
I. Sharqshunoslik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish | |||||||
|
1. |
Xorijiy hamkor universitetlar bilan onlayn darslar tashkil qilish. |
onlayn darslar soni |
5 |
10 |
15 |
20 |
25 |
|
2. |
Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash. |
qoʻshma taʼlim dasturlari soni |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
|
3. |
Talabalarning amaliyotlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazish. |
talabalar |
35 |
40 |
50 |
60 |
70 |
|
4. |
IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar sonini oshirish. |
talabalar |
290 |
350 |
400 |
450 |
500 |
|
5. |
Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar sonini oshirish. |
fanlar |
40 |
50 |
60 |
70 |
80 |
|
6. |
Hamkor tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish. |
kafedralar filiallari soni |
5 |
14 |
17 |
20 |
23 |
|
7. |
Universitet huzuridagi akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi. |
foizda (bitiruvchi talabalar soniga nisbatan) |
59 |
62 |
64 |
67 |
70 |
|
II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish | |||||||
|
8. |
Universitetning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi). |
foizda (professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
43 |
44 |
45 |
50 |
55 |
|
9. |
Oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash (PhD, DSc). |
ilmiy pedagogik kadrlar soni |
16 |
20 |
30 |
35 |
40 |
|
10. |
Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish. |
ilmiy dasturlar doirasida jalb qilingan mablagʻlar (soʻmda) |
849 mln |
1,5 mlrd |
2 mlrd |
2,5 mlrd |
3 mlrd |
|
11. |
Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish. |
xoʻjalik shartnomalari soni |
5 |
7 |
10 |
15 |
20 |
|
12. |
Universitet huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlarida maqsadli ilmiy loyihalar va xorijiy grantlar asosidagi tadqiqotlar. |
tadqiqotlar soni |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
|
13. |
Professor-oʻqituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, “Web of Science”, “Scopus” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalari. |
indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni |
82 |
90 |
100 |
110 |
120 |
|
14. |
Monografiyalarni nashr etish. |
monografiyalar soni |
45 |
45 |
45 |
50 |
50 |
|
15. |
Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish. |
maqolalar soni |
183 |
300 |
330 |
350 |
400 |
|
16. |
Ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish. |
konferensiyalar soni |
11 |
13 |
13 |
14 |
15 |
|
III. Universitet pedagog kadrlarining bilim va malaka, kasbiy tayyorgarlik darajasini hozirgi kun | |||||||
|
17. |
Pedagog kadrlarning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini tashkillashtirish. |
pedagog kadrlar soni |
23 |
33 |
35 |
37 |
40 |
|
18. |
Turdosh taʼlim muassasalari oʻrtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida onlayn video maʼruzalar tashkil etish. |
video maʼruzalar |
4 |
10 |
15 |
20 |
25 |
|
19. |
Sharqshunos kadrlar hamda kafedralar mudirlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalariga imzolangan shartnomalar asosida malaka oshirishga yuborish. |
sharqshunos kadrlar |
14 |
17 |
20 |
25 |
30 |
|
20. |
IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini oshirish. |
professor-oʻqituvchilar soni |
54 |
70 |
90 |
105 |
120 |
|
IV. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash | |||||||
|
21. |
Universitetda tahsil oladigan xorijiy talabalar salmogʻini oshirish. |
xorijiy talabalar soni |
35 |
45 |
55 |
75 |
100 |
|
22. |
Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini taʼlim jarayoniga jalb etish. |
xorijiy professor-oʻqituvchilar soni |
25 |
30 |
40 |
50 |
60 |
|
23. |
Yosh olim va pedagoglarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida “El-yurt umidi” fondi va toʻgʻridan-toʻgʻri Universitetning xorijiy hamkorlik shartnomalari orqali stajirovkaga yuborish va malakasini oshirish. |
stajirovka |
2 |
17 |
20 |
25 |
30 |
|
24. |
Xalqaro almashinuv dasturlari, yozgi maktab, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar salmogʻini oshirish. |
jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar soni |
25 |
40 |
45 |
50 |
55 |
|
V. Universitetning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish | |||||||
|
25. |
Auditoriyalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash. |
foizda |
50 |
60 |
75 |
100 |
100 |
|
26. |
Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash. |
foizda |
50 |
60 |
75 |
100 |
100 |
|
27. |
Oʻquv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi simsiz Internet (Wi-Fi) tarmogʻi bilan taʼminlash. |
foizda |
65 |
75 |
85 |
100 |
100 |