Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 17.07.1992 yildagi 328-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH MASALALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunini ro‘yobga chiqarish, huquq va erkinliklarni amalga oshirishda nogironlarga O‘zbekistonning boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni ta’minlash, to‘laqonli turmush tarzi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashaydigan joylarni rejalashtirish va imorat solishga oid respublika me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda, turli xil maqsadlardagi binolar va inshootlarni loyihalash va qurishda nogironlarning ijtimoiy va funksional talablari hisobga olinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-1994-yillarda 1-qavatida nogironli oila uchun xonadonlari bo‘lgan uy-joylarning va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarining namunali loyihalarini ishlab chiqishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mikrorayonlar, kvartallar va aholi yashaydigan boshqa joylar qurilishini rejalashtirishda ixtisoslashtirilgan uy-joylar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari bo‘lishini hamda nogironlarning funksional talablarini va hayot faoliyatining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda turli maqsadlardagi jamoat binolari va inshootlarni qayta qurishni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 17-son, 213-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat statistika qo‘mitasi bir oy muddat ichida mazkur qarorning 4-bandi bajarilishini hisobga olish, nazorat qilish tartibi bo‘yicha tegishli hujjatlarni tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1993-yil 1-yanvargacha, nogironlarning mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, xalqaro me’yorlarga asoslanib, ular uchun ixtisoslashgan ishchi o‘rinlari me’yorlarini ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondidan 4,7 foiz stavka bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov undiriladi yagona ijtimoiy to‘lov summasini belgilangan tartibda taqsimlagan holda.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi vazirliklar, idoralar va nogironlar jamiyati bilan birgalikda, keyinchalik imtiyozli shartlarda Nogironlar jamiyatiga berish uchun, davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar (korxonalar, artellar, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalari, maishiy komplekslar va boshqalarni aniqlash bo‘yicha 1992-yil 1-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda bolalar jamoasida bo‘lish imkonini bermaydigan hamda yakka tartibda parvarishni talab qiluvchi og‘ir kasalliklarga chalingan, jismoniy kamchiliklari bo‘lgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy pensiyalar va imtiyozlar tayinlash uchun ma’lumotlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududida bolalikdan nogironlarga ijtimoiy pensiyalar va imtiyozlar tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani qayta ko‘rib chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi Nogironlar jamiyati va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1993-yil 1-yanvargacha “O‘zbekiston Respublikasi nogironlarini reabilitatsiya qilish” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim bo‘limiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 33-son, 314-modda)