09.04.2020 yildagi PQ-4667-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda Respublikamiz hududlarida mahalliy mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshilgan qiymatga ega raqobatbardosh eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan zamonaviy sanoat korxonalarini tashkil etish, hududlarning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish uchun investitsiyalarni keng jalb qilish muhim oʻrin tutmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarixdan maʼlumki, hozirgi Denov tumani hududida joylashgan koʻhna Chagʻoniyon qadimgi davrlardan buyon yirik iqtisodiy-madaniy markaz sifatida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Bu yerda turli xalqlar oʻrtasida madaniy-iqtisodiy aloqalar jadal rivojlangan, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yillar davomida Surxondaryo viloyatining Denov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, aholi uchun dolzarb boʻlgan muammoli masalalar toʻliq hal etilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning eng koʻp aholisi istiqomat qilayotgan Denov tumanining Bosh rejasiga oʻz vaqtida urbanizatsiya nuqtai nazardan yondashilmaganligi sababli ayrim yirik sanoat korxonalari, dehqon va buyum bozorlari tuman markazi Denov shahrida joylashtirilgan. Natijada aholi eng gavjum boʻladigan mazkur hududlarga kirish va chiqish uchun yoʻllarning torligi, avtomobillar uchun toʻxtash joylari va infratuzilma tarmoqlari yetarli emasligi jiddiy muammolar tugʻdirmoqda. Ayniqsa shahardagi dehqon bozori atrofi butunlay izdan chiqqan va aholiga juda katta noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qulay agrobiznes muhitini hamda kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumanining ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalangan holda, hududda uzoq yillar davomida shakllangan hunarmandchilik va tadbirkorlik, sanoat, turizm, xizmat koʻrsatish va agrar sohani rivojlantirish, tuman markazining meʼmoriy qiyofasini tubdan oʻzgartirish, uning tarixiy qismini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2020 — 2022-yillarda Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining (keyingi oʻrinlarda — Dastur) maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanning Bosh rejasini tanqidiy oʻrganib, yoʻl-transport infratuzilmasi, shoh koʻchalar, koʻp qavatli uylar qurilishi, istirohat bogʻlari, sayilgohlar, zamonaviy savdo markazlari, infratuzilma obyektlari va sanoat zonalarini joylashtirish masalalarini muhandislik tarmoqlari bilan birgalikda koʻrib chiqib, takliflarni tayyorlash hamda yaqin va oʻrta istiqboldagi shaharsozlik vazifalarini belgilab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman markazining meʼmoriy qiyofasini tubdan oʻzgartirish, tarixiy qismini rekonstruksiya qilish, koʻp qavatli uy-joy fondini sifat jihatdan yaxshilash, kommunal xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ish bilan bandligini oshirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tadbirkorlarni jalb etgan holda, sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmogʻini jadal rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmlarini keskin oshirish, mahalliy xomashyodan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali tuman iqtisodiyotiga valyuta tushumini koʻpaytirish borasida samarali ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya, xususan, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, avtomobil yoʻllari va ichki koʻchalar holatini yaxshilash, tuman markazidagi massivlarda zamonaviy tungi yoritish uskunalari va chiroqlarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tumanlararo yoʻnalishlarda harakatlanuvchi jamoat transportining yangi yoʻnalishlarini ochib, aholiga sifatli va qulay transport xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim xizmatlari koʻrsatish sifati va koʻlamini kengaytirish, zamonaviy texnika va texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, tadbirkorlik, texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot hamda mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxshilash, binolarini taʼmirlash, jihozlarini yangilash, hududlarini obodonlashtirish, mutaxassislar malakasini va xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish hamda bu sohada xususiy sektor ulushini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish klinikalari va tashxis markazlarini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni jadal rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqqa tortish bazasini kengaytirish orqali mahalliy budjetga daromadlar tushumini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Dasturni amalga oshirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, 2020 — 2022-yillarda Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari asosida “2020 — 2022-yillarda Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli dasturi”ni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida har bir loyihaning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini masʼul rahbarlar ishtirokida taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida belgilangan loyihalarning amalga oshirilishi boʻyicha monitoring olib borish, loyihalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni bartaraf etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturga kiritilgan loyihalarning bajarilishini muntazam ravishda har oyda bir marta Denov tumanida, har chorakda bir marta Respublika darajasida muhokama qilib borish va muammoli loyihalar yechimi yuzasidan zarur va tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi kambagʻallikka oid real ahvolni oʻrganish, kambagʻallikni qisqartirish va bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida tadbirkorlik subyektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Denov tumani va uning markazida shaharsozlik talablari asosida koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun ajratiladigan yer maydonlarini belgilash, tuman markazini kengaytirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra, loyihalarning qiymati va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan hamda tayyorlangan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, Dasturning manzilli roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dasturda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, shu jumladan, tuman markazining meʼmoriy qiyofasini tubdan oʻzgartirish, yirik sanoat korxonalarini tuman markazidan tashqariga koʻchirish hamda kommunal xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Denov tumani hokimligi tuzilmasida Denov shahrini kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Denov tumanining Bosh rejasiga muvofiq tuman markazida joylashgan dehqon bozori va uning atrofidagi xizmat koʻrsatish obyektlarini amaldagi tartib asosida quriladigan zamonaviy bozorga koʻchirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni oʻrganib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Denov tumani hokimligi Respublika ishchi guruhi bilan kelishgan holda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, savdo, ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish hamda tuman markazida shaharsozlik talablari asosida koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Denov tumanida yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan barcha mablagʻlar (tuman qurilish boʻlimining bank hisob raqamiga tushadigan mablagʻlar bundan mustasno), istisno tariqasida, tuman mahalliy budjetiga Dastur doirasida Denov shahrida amalga oshiriladigan infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Denov markazidagi yirik sanoat korxonalarini xatlovdan oʻtkazsin va xatlov natijalariga koʻra, ularni zarur iqtisodiy hisob-kitoblar asosida tuman markazidan koʻchirish masalasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda, Denov tumani markazidagi “Nurli manzil” mahallasi hududida joylashgan sobiq “Pivo-konserva ishlab chiqarish zavodi” bino va inshootlari oʻrnida zamonaviy koʻp qavatli uy-joylar qurish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda kelishilgan loyihalar asosida Denov tumanidagi “Xoja Alouddin Attor” meʼmoriy obidasini taʼmirlash va obodonlashtirish hamda “Said-Otaliq” madrasasi majmuasini taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi bilan birgalikda tumandagi markaziy jome masjidini tuman markazidan tashqariga koʻchirish boʻyicha taklif tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Denov shahriga kirish qismida qurilayotgan yangi bozorga tutash hududda shaharning Bosh rejasiga asosan 4r-108 “Denov aylanma yoʻli” va M-41 “Bishkek-Termiz-Dushanbe” avtomobil yoʻlini bogʻlovchi temir yoʻl ustidan oʻtuvchi hamda Denov tumani markazidagi “Guliston” va “Lolazor” mahallalarini bogʻlovchi Qizilsuv daryosi ustidan oʻtuvchi yangi koʻprik qurilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimlik organlari tomonidan Dastur doirasidagi chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning barcha parametrlari bajarilishi boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor amaliy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Respublika Ishchi guruhiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar Denov tumanida mavjud boʻsh turgan bino va inshootlar negizida “Ishga marhamat” monomarkazi va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etib, ularda birinchi navbatda ishsizlar va kambagʻal oilalar aʼzolarining tadbirkorlik asoslari boʻyicha hamda kasbga oʻqitilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda aholining bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik yaxshi rivojlangan va aholi zich joylashgan hududlar atrofida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan va boʻsh turgan yer maydonlarida 2020-yil 1-iyulga qadar kamida 3 ta kichik sanoat zonasini belgilangan tartibda tashkil etsin va tegishli infratuzilma bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Denov tumanidagi oʻrtacha kambagʻallik darajasiga nisbatan ushbu koʻrsatkich yuqori boʻlgan mahallalarga alohida eʼtibor bergan holda, aholini faol tadbirkorlikka va mehnatga jalb qilish asosida kambagʻallikdan chiqarish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqib, uning ijrosini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumanida ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, ichki yoʻllar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda kichik sanoat zonalariga kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan 50 mlrd soʻm mablagʻlar yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda agroturizm yoʻnalishini rivojlantirish maqsadida ikki oy muddatda tumandagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari va klasterlar tomonidan turistlarni qabul qilishga moʻljallangan oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorida barpo etilayotgan obyektlar loyihasi asosida tumanda avtomagistral yoʻli boʻylab turizm xizmatlarini yoʻlga qoʻyishni koʻzda tutuvchi yoʻlboʻyi infratuzilma obyekti majmuasini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Denov tumanida tibbiyot turizmini rivojlantirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliy aholi bilan bir qatorda qoʻshni davlatlar fuqarolarini qabul qilishga ixtisoslashgan diagnostika markazi, statsionar davolanish, joylashtirish vositalari, ovqatlanish punktlari, avtoturargoh, dam olish joylari va boshqalarni oʻz ichiga oluvchi tibbiyot kompleksini tashkil qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda aholini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suv va kanalizatsiya tizimi bilan taʼminlash boʻyicha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Dastur doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari asosida ishlab chiqarish korxonalarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga oʻz vaqtida ulanishini hamda ularga mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, talab etiladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Dastur doirasida amalga oshiriladigan markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yilgi Investitsiya dasturining 2020-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshirsin hamda kelgusi yillar uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, Investitsiya dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturdagi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda Denov tumani markazidagi Sharof Rashidov va Mustaqillik koʻchalari yoqasida belgilangan masofalarda shaharsozlik talablari asosida zamonaviy “aqlli bekat”lar qurilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuniga koʻra Dasturdagi tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha masʼul ijrochilar faoliyatining natijadorligi xalq deputatlari Surxondaryo viloyati va Denov tumani Kengashlari yigʻilishlarida muhokama qilinishini hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4667-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-apreldagi PQ-4667-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Loyiha
soni

Jami mablagʻ,
mln. soʻm

moliyalashtirish manbai:

respublika
budjeti
mablagʻlari,
mln. soʻm

mahalliy
budjet
mablagʻlari,
mln. soʻm

maqsadli
jamgʻarma
mablagʻlari,
mln. soʻm

tarmoq
korxonalari
mablagʻlari,
mln. soʻm

tashabbuskorlar
mablagʻi,
mln. soʻm

bank
krediti,
mln. soʻm

xorijiy
kredit,
ming doll.

Xorijiy
investitsiya,
ming doll.

xalqaro moliya
institutlari
mablagʻlari,
ming doll.

Jami:

505

3 035 631

379 888

65 859

83 779

144 775

619 979

739 945

54 035

6 450

44 450

I.

Sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq
xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish

147

1 433 839

468 783

390 449

54 035

6 450

1.

Sanoat sohasi

51

908 780

259 728

245 682

37 010

5 450

2.

Xizmat koʻrsatish sohasi

46

294 917

121 707

80 300

8 780

1 000

3.

Qishloq xoʻjaligi sohasi

50

230 142

87 348

64 467

8 245

II.

Muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlarini rivojlantirish

207

637 263

127 500

22 909

9 279

50 775

44 450

1.

Yoʻl-transport infratuzilmasi

67

414 950

127 500

12 450

28 650

2.

Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya
tarmoqlari

11

171 538

10 459

9 279

15 800

3.

Elektr energiya taʼminoti

105

13 880

138 80

4.

Gaz taʼminoti

22

36 176

36 176

5.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

2

719

719

III.

Ijtimoiy soha obyektlarini qurish,
taʼmirlash va jihozlash

84

294 441

227 099

12 850

24 500

14 996

14 996

1.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari

51

81 212

47 370

3 850

14 996

14 996

2.

Umumtaʼlim maktablari

17

117 329

117 329

3.

Sogʻliqni saqlash obyektlari

9

30 400

30 400

4.

Jismoniy tarbiya va sport obyektlari

4

41 000

32 000

9000

5.

Madaniyat obyektlari

3

24 500

24 500

IV.

Qurilish, obodonlashtirish va
koʻkalamzorlashtirish

47

565 440

23 240

71 500

136 200

334 500

1.

Tuman markazini obodonlashtirish

38

140 440

15 240

71 500

53 700

2.

Koʻp qavatli uy-joylar qurish

4

417 000

82 500

334 500

3.

Koʻp qavatli uy-joylarda isitish
tizimini tashkil etish

5

8 000

8 000

V.

Irrigatsiya va melioratsiya
obyektlarini rekonstruksiya
qilish, taʼmirlash va tiklash

8

18 289

16 289

2 000

VI.

“Xavfsiz shahar” konsepsiyasini
amalga oshirish

7

36 360

9 000

4 860

22 500

VII.

Inqirozga qarshi kurashish
jamgʻarmasidan amalga
oshiriladigan ishlar
(ichimlik suv, ichki yoʻl,
maktab, bogʻcha, KSZ
kommunikatsiyasi va boshqalar)

5*

50 000

50 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar soni Respublika Ishchi guruhi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-apreldagi PQ-4667-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI TARKIBI

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Z.Sh. Nizomiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

T.A. Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

4.

B.E. Zakirov

qurilish vaziri

5.

M.X. Saliyev

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

6.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

7.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

8.

Sh.M. Sodiqov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

9.

A.J. Ortiqov

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari

11.

Yo.E. Tursunov

moliya vaziri oʻrinbosari

12.

S.S. Xodjayev

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

13.

D.T. Dehqonov

transport vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

14.

S. X. Bekenov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

15.

A.A. Abduvaliyev

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi

16.

A.X. Abdullayev

Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi

17.

A.I. Ikramov

Savdo-sanoat palatasi raisi

18.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari AJ boshqaruvi raisi

19.

B.B. Eshmuratov

Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

20.

M.M. Yunusov

Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi

21.

I.Oʻ. Xaydarov

Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi

22.

B.K. Sharipov

Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi

24.

N.E. Najimov

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi rahbari

25.

Q.Z. Xoshimbekov

Qishloqqurilishinvest” injiniring kompaniyasi raisi

26.

Z.Gʻ. Narzullayev

Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi raisi

27.

A.Q. Mirsoatov

Milliy bank raisi

28.

S.S. Annaklichev

Oʻzsanoatqurilishbank” ATB raisi

29.

N.N. Saydullayev

Asaka bank” ATB raisi

30.

F.I. Salomov

AT “Xalq banki” raisi

31.

Sh.X. Atabayev

Ipoteka-bank” ATIB raisi

32.

R.Oʻ. Mamatqulov

Agrobank” ATB raisi

33.

O.A. Boʻtayev

Mikrokreditbank” ATB raisi

34.

Ch.S. Mirzayev

Turon bank” ATB raisi

35.

K.N. Irisbekova

AT Aloqa bank” raisi

36.

A.B. Eshanqulov

Qishloq qurilish bank” ATB raisining birinchi oʻrinbosari

37.

Sh.A. Abidov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Respublika ishchi guruhi kotibi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-apreldagi PQ-4667-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 30 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2020-y., 07/20/4667/0405-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)