07.04.2020 yildagi 205-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hududida boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hududida foydalanmasdan boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish va investitsiyalarni jalb qilish orqali viloyatda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorazm viloyati hokimligining Urganch shahri Amudaryo koʻchasidagi 1/4-uy manzilida joylashgan umumiy maydoni 2,58 gektar, shundan bino va inshootlar egallagan maydon 4 152,23 kvadrat metr boʻlgan “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasi binosining bir qismida (keyingi oʻrinlarda — obyekt) yillik 15 000 tonna sintetik polipropilen va polietilen tolalar geotekstil materiallari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun “Khorezm Orient Ceramik” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda — investor) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan sotish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belginsinki, investor “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat unitar korxonasiga yangi maʼmuriy bino qurib berish majburiyatini hamda obyekt negizida investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 733-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 oy muddatda obyektni sotib olish uchun 1 mlrd. soʻm toʻlash, bunda xarid toʻlovlariga chegirma qoʻllanilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-dekabrga qadar 3,0 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya kiritish orqali obyekt negizida yillik 15 000 tonna sintetik polipropilen va polietilen tolalardan geotekstil materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 180 nafar yangi ish oʻrinlari tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida obyektni belgilangan tartibda investorga sotish boʻyicha bir oy muddatda oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan obyektni sotib olish uchun toʻlov amalga oshirilishi hamda qabul qilinadigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan xarid toʻlovlari toʻlangan hamda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilgan deb eʼtirof etilgandan soʻng mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Boʻsh turgan davlat mulki obyektlariga investitsiyalarni jalb qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 738-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariboʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Oʻ. Umurzakov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov hamda Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2020-y., 09/20/205/0404-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)