30.03.2020 yildagi 192-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarda gender tenglikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminarlarni muntazam tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmat — davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jins bo‘yicha bevosita kamsitish — jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash, shu jumladan oilaviy holati, homiladorligi, oilaviy majburiyatlari tufayli kamsitish, shuningdek, shahvoniy shilqimlik qilish, teng mehnat va malaka uchun har xil haq to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jins bo‘yicha bilvosita kamsitish — bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo‘yadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, ta’lim, madaniyat orqali targ‘ib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar yoxud talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinsiy mansubligidan qat’i nazar, shaxslarning huquqlari, majburiyatlari, imkoniyatlari va javobgarliklarini belgilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomutanosibliklarni bartaraf etish maqsadida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalari, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan normativ-huquqiy hujjatni yoki uning loyihasini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga (keyingi o‘rinlarda — gender tenglik prinsiplari) muvofiq emasligini aniqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish oqibatlarini umumiy baholashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va kamsitish xususiyatiga ega xavflarni aniqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga yo‘l qo‘yadigan va aniqlangan normalarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari gender-huquqiy ekspertizasining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender sohasidagi normativ-huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq hamda qabul qilinadigan qarorlarning asosliligini va ishonchliligini ta’minlovchi obyektiv faktlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qilinishining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inson huquqlari va gender tenglikka rioya etish, shuningdek, amalda qo‘llash mexanizmlarini kafolatlash va ta’minlash nuqtai nazaridan tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalaridagi qoidalarning gender tenglik prinsiplariga salbiy ta’sirining oldini olish (ogohlantirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglikni ta’minlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertiza sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizasi quyidagi asosiy prinsiplarni hisobga olgan holda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazishning majburiyligi — jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini hech qanday mustasnosiz gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylik — normativ-huquqiy hujjatlar normalari va ularning loyihalarining qoidalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqillik — gender-huquqiy ekspertizani loyiha ishlab chiquvchi tarkibiy bo‘linma bo‘ysunuvida bo‘lmagan va bevosita normativ-huquqiy hujjat loyihasining ishlab chiqilishida qatnashmagan ekspertlar tomonidan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolislik — gender-huquqiy ekspertizani xolis, qonunchilik, nazariy va amaliy asosga tayanib, tegishli mutaxassislik doirasida har tomonlama va to‘liq o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komplekslik — ekspert tomonidan gender-huquqiy ekspertizani normativ-huquqiy hujjat va uning loyihasining barcha qismlarini hisobga olgan holda o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) takliflariga asosan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan har uch yilda bir marotaba yilning I choragida tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizasini o‘tkazish rejasiga (keyingi o‘rinlarda — reja) muvofiq davlat organlari tomonidan ular faoliyatining tegishli yo‘nalishlari asosida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari tomonidan ular faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha rejaga kiritilmagan normativ-huquqiy hujjatlarda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar aniqlangan taqdirda, ushbu nomuvofiqlik bartaraf etilishi uchun gender-huquqiy ekspertiza belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi reja loyihasini shakllantirish maqsadida davlat organlariga o‘z takliflarini taqdim etishlari uchun so‘rov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari so‘rovda ko‘rsatilgan muddatlarda gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun o‘z faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) imzosi bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reja loyihasiga davlat organlarining takliflari bilan birgalikda Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotining tahlili asosida ishlab chiqilgan takliflari ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqilgan reja loyihasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) bilan kelishilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Rejani ishlab chiqishda davlat organlari va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi quyidagilardan foydalanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati subyektlarining taklif va tavsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida chop etilgan nashrlar va boshqa materiallarni o‘rganish natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Rejada quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazish uchun mas’ul davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat organlari normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizasini rejada belgilangan muddatlarda va mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning gender tenglik prinsiplariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborot va takliflarni o‘z ichiga olgan xulosa davlat organlari tomonidan rejada belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat organlarining gender-huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosasida normativ-huquqiy hujjat normalari aynan qaysi qonunchilik hujjatlariga yoki gender tenglik prinsiplariga nomuvofiq ekanligi va zarurat bo‘lganda, misollar va tegishli sohada huquqni qo‘llash amaliyotining tahlili natijalari bilan mustahkamlangan holda, bu nomuvofiqlik nimada ifodalanganligi aks ettirilishi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat organlarining gender-huquqiy ekspertiza natijalari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi gender-huquqiy ekspertiza xulosasida aks ettiriladi va tegishli birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari tomonidan o‘tkazilgan gender-huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha qabul qilingan xulosaning sifati uchun uni ishlab chiquvchi davlat organi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlarining gender-huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosasida keltirilgan taklif va e’tirozlar tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat organlari tomonidan taqdim etilgan xulosalarni bir oy muddatda tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga nomuvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadi va uning natijalariga ko‘ra xulosalarni maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emas deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlardagi gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar bo‘yicha tayyorlangan umumlashtirilgan xulosalarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Komissiyaga rejada belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taqdim etilgan umumlashtirilgan xulosalarning tahlili asosida tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar mavjud deb topilgan hollarda, ularni bartaraf etish maqsadida Komissiya mazkur normativ-huquqiy hujjatni bajarish va uni qo‘llash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qayta ko‘rib chiqish hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha aniq muddatini ko‘rsatgan holda topshiriq berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining (keyingi o‘rinlarda — loyiha) gender-huquqiy ekspertizasi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ishlab chiquvchi va huquqiy ekspertiza doirasida adliya organlari tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishlab chiquvchi tomonidan loyihaning gender-huquqiy ekspertizasini o‘tkazish natijalari tegishli loyiha bo‘yicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha gender tenglik prinsiplariga nomuvofiq bo‘lsa, yuridik xizmat loyihani tegishli e’tirozlar bilan qayta ishlash uchun loyihani ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan ishlab chiquvchining tarkibiy bo‘linmasiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Loyiha yuridik xizmat tomonidan gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda manfaatdor organlar va tashkilotlarga kelishish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishish jarayonida manfaatdor organlar va tashkilotlar loyihani gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishi va shu bo‘yicha o‘zlarining taklif va e’tirozlarini ishlab chiquvchiga bildirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilgandan so‘ng ishlab chiquvchi loyihani adliya organlariga huquqiy ekspertizadan va uning doirasida gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani huquqiy ekspertizadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining Reglamentlari hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Adliya organlari loyihaning huquqiy ekspertizasi doirasida uni gender tenglik prinsiplariga muvofiqligi va jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish holatlari vujudga kelishiga shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan hamda mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan talablarga muvofiq gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Adliya organlari tomonidan loyihani gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari huquqiy ekspertiza bo‘yicha tegishli xulosada aks ettiriladi, unda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan normalarning mavjudligi to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumot beriladi va loyihani qayta ishlash zarurligi to‘g‘risida takliflar yoki bunday normalar yo‘qligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Loyihalarning gender-huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha bildirilgan e’tirozlar majburiy tusga ega va bartaraf etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalarning aniqlanishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishning talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari gender-huquqiy ekspertizadan quyidagi talablar asosida o‘tkaziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar normalari va qoidalarini hamda ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, qonunda belgilangan tartibda kuchga kirgan xalqaro shartnomalar hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari normalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan gender tahlildan o‘tkazish;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar normalari va qoidalari hamda ularning loyihalarining gender tenglik prinsiplarining har bir tarkibiy qismi (teng huquqlar, teng javobgarlik, teng imkoniyatlar, teng majburiyatlari) bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash. Bunda siyosiy, iqtisodiy, mehnat va boshqa ijtimoiy munosabatlarda amaldagi tenglikka erishishga qaratilgan, biroq jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish hisoblanmaydigan normalar va vaqtincha maxsus choralarni inobatga olish lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida qo‘llaniladigan atamalarning to‘g‘ri ma’noda ishlatilishini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender tahlili quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari qabul qilinishi natijasida har xil jinsdagi shaxslar uchun turli oqibatlarni keltirib chiqaruvchi qoidalarni aniqlash va tartibga solish sohasini oldindan tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini qabul qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzoq muddatli oqibatlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Gender tahlil o‘tkazish davomida tegishli hujjat bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar sohasida kamsitilish holatidagi jinslardan birini qo‘llab-quvvatlash uchun gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir vaqtincha maxsus choralarni belgilovchi normalarni loyihalarga hamda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritish imkoniyatini aniqlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining gender tenglikka erishish sohasidagi davlat siyosatiga mosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi joriy gender holat, loyiha qoidalarining xotin-qizlar va erkaklarning turli ijtimoiy-iqtisodiy holati va roliga ta’siri.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazishda davlat organlari ilmiy-ta’lim muassasalari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini, shuningdek, fuqarolarni shartnoma asosida jalb qilishga haqli. Ushbu tadbirlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Gender-huquqiy ekspertiza o‘tkazilayotganda qo‘llaniladigan axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Gender-huquqiy ekspertiza o‘tkazilayotganda ham rasmiy, ham norasmiy axborotdan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Rasmiy axborotga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy nashrlar, jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ining rasmiy resurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistik ma’lumot va hisobotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud amaliyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Norasmiy axborotga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarining xabarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy nashrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmog‘ining norasmiy resurslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazuvchi ekspertning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazadigan ekspert:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadigan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari predmetiga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish;
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari normalarini aniqlashtirish va ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlarni olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(35-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazadigan ekspert:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertizani tashkil etish va o‘tkazishning qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablariga rioya qilish;
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zini o‘zi rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqda o‘zining rahbariga darhol ma’lum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazish munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlashga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(36-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish reja (keyingi o‘rinlarda reja) loyihasini shakllantirish maqsadida davlat organlariga o‘z takliflarini taqdim etishlari uchun so‘rov yuboradi.

Reja loyihasini shakllantirishdan oldin


2-bosqich

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar

Davlat organlari gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun o‘z faoliyatining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini birinchi rahbar (istisno hollarda uning birinchi o‘rinbosari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Adliya vazirligi

so‘roviga asosan unda ko‘rsatilgan muddatlarda


3-bosqich

Adliya vazirligi

1. Davlat organlari tomonidan berilgan takliflarni umumlashtiradi.

2. Reja loyihasiga normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlili asosida ishlab chiqilgan takliflarni kiritishi mumkin.

3. Reja loyihasini tasdiqlashdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Komissiya) kelishish uchun taqdim etadi.

4. Rejani tasdiqlaydi.

Har uch yilda bir marotaba yilning
I choragida


4-bosqich

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar

1. Rejada belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

2. Gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning gender tenglik prinsiplariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborot va takliflarni o‘z ichiga olgan xulosani Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Rejada belgilangan muddatlarda


5-bosqich

Adliya vazirligi

1. Davlat organlari tomonidan taqdim etilgan xulosalarni tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga nomuvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganadi.

2. O‘rganish natijalariga ko‘ra, xulosalarni maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emas deb topadi.

Bir oy muddatda


6-bosqich

Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjatlardagi gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar bo‘yicha tayyorlangan va umumlashtirilgan xulosalarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etadi.

Rejada

belgilangan muddatda


7-bosqich

Komissiya

Umumlashtirilgan xulosalarning tahlili asosida tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar mavjud deb topilgan hollarda, ularni bartaraf etish maqsadida mazkur normativ-huquqiy hujjatni bajarish va qo‘llash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qayta ko‘rib chiqish hamda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha aniq muddatini ko‘rsatgan holda topshiriq berish huquqiga ega.

Zaruratga ko‘ra

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING GENDER-HUQUQIY
‎EKSPERTIZASI
‎ XULOSASI


____________-son

‎‎1. Normativ-huquqiy hujjat turi.
‎___________________________________________________________________________________________
‎2. Normativ-huquqiy hujjat nomi va rekvizitlari.
‎___________________________________________________________________________________________
‎3. Gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazuvchi davlat organi.
‎___________________________________________________________________________________________
‎4. Gender-huquqiy ekspertizani o‘tkazish uchun asos.
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎5. Normativ-huquqiy hujjatda aniqlangan gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar va ularni bartaraf etish uchun tayyorlangan takliflar.*
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________
Rahbar‎

________________

20___ yil “_____” _______________‎‎

( imzo )‎

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xulosada normativ-huquqiy hujjat normalari aynan qaysi qonunchilik hujjatlariga yoki gender tenglik prinsiplariga nomuvofiq ekanligi masalalari qayd etiladi. Zarurat bo‘lganda, misollar va tegishli sohada huquqni qo‘llash amaliyotining tahliliy natijalari aks ettirilishi lozim.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar (ishlab chiquvchi)

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari tegishli loyiha bo‘yicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasida aks ettiriladi.

2. Loyiha gender tenglik prinsiplariga nomuvofiq bo‘lsa, yuridik xizmat loyihani tegishli e’tirozlar bilan qayta ishlash uchun mas’ul bo‘lgan tegishli tarkibiy bo‘linmaga qaytaradi.

Zaruratga ko‘ra


2-bosqich

Ishlab chiquvchi

Loyiha yuridik xizmat tomonidan gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda manfaatdor organlar va tashkilotlarga kelishish uchun yuboriladi.

Loyiha bo‘yicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasi olingandan keyin


3-bosqich

Manfaatdor organlar va tashkilotlar

Kelishish jarayonida loyihani gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazishi va shu bo‘yicha o‘zlarining taklif va e’tirozlarini ishlab chiquvchiga bildirishlari mumkin.

Zaruratga ko‘ra


4-bosqich

Ishlab chiquvchi

Adliya organlariga huquqiy ekspertizadan va uning doirasida gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuboradi.

Manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilgandan so‘ng


5-bosqich

Adliya organlari

1. Loyihani huquqiy ekspertiza doirasida uning gender tengligi prinsiplariga muvofiqligi va jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish holatlari vujudga kelishiga shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

2. Loyihani gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari huquqiy ekspertiza bo‘yicha tegishli xulosada aks ettiriladi, unda gender tenglik prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan normalarning mavjudligi to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumot beriladi va loyihani qayta ishlash zarurligi to‘g‘risida takliflar yoki bunday normalar yo‘qligi ko‘rsatiladi.

Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlarida hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlarda

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 09/20/192/0386-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)